PACEMAKER | 2.0 |
Ir al canal en Telegram
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
Mostrar más4 792
Suscriptores
+524 horas
-187 días
-10230 días
Archivo de publicaciones
4 789
🚨 O'tkir koronar sindromda shifoxonagacha bo'lgan bosqichda tizimli tromboliz
1. Tizimli tromboliz uchun ko'rsatmalar:
✅ ST-segment ko'tarilishi bilan o'tkir miokard infarkti (STEMI):
– Ko'krak orqasida kuchli, 20 daqiqadan ko'proq davom etadigan og'riq.
– EKGda ST-segmentning ≥ 1 mm ko'tarilishi (kamida ikki qo'shni ko'krak yoki qo'l-oyoqlar elektrodlarida).
– Chap tarmoq to'sig'ining yangi blokadasi bilan kechuvchi STEMI.
⏰ Vaqt omili muhim:
– Agar ko'krak og'rig'i boshlanganidan 12 soat ichida koronar angiografiya imkoniyati bo'lmasa, tromboliz o'tkaziladi.
– 12-24 soatdan keyin: faqat og'riq va EKG o'zgarishlari davom etsa amalga oshiriladi.
2. Qarshi ko'rsatmalar:
🚫Gemorragik insult yoki bosh miya qon aylanishi buzilishi (o'tmishda)
🚫Yaqinda o'tkazilgan jarrohlik yoki travma (3 hafta ichida)
🚫 Faol ichki qon ketishi
🚫Aorta diseksiyasi gumoni
🚫 Og'ir gipertenziya (≥ 180/110 mm Hg)
🚫 Qon ivishining og'ir buzilishlari
3. Tizimli trombolizda ishlatiladigan dori vositalari:
➕ Fibrinolitik preparatlar:
– Alteplaza (rtPA)
– Tenekteplaza (TNK-tPA)
– Streptokinaza
4. Tez tibbiy yordam shifokorining amaliyotida qo'llash usullari:
🔹 Alteplaza (rtPA):
– Bolus va infuziya:
• 15 mg vena ichiga bir martalik bolus.
• 30 minutda 0,75 mg/kg (maksimal 50 mg) infuziya.
• Keyin 60 minutda 0,5 mg/kg (maksimal 35 mg) infuziya.
– Umumiy doza: Maksimal 100 mg.
– Antikoagulyantlar bilan birga qo'llash: Heparin bilan birgalikda ishlatiladi.
🔹 Tenekteplaza (TNK-tPA):
– Bir martalik bolus: Tana vazniga qarab:
• < 60 kg – 30 mg
• 60–69 kg – 35 mg
• 70–79 kg – 40 mg
• 80–89 kg – 45 mg
• ≥ 90 kg – 50 mg
– Antikoagulyantlar bilan birga qo'llash: Enoksaparin yoki Heparin bilan birga ishlatiladi.
🔹 Streptokinaza:
– Dozasi: 1,5 million birlik 30-60 minut davomida vena ichiga tomchilab yuboriladi.
– Maxsus eslatma: Allergik reaktsiyalar va gipotenziya xavfi yuqori, shu sababli bir martalik qo'llanadi (o'tmishda ishlatilgan bo'lsa, takrorlanmaydi).
5. Qo'shimcha davolash:
💊 Antikoagulyantlar: Heparin yoki Enoksaparin.
💊 Antiagregantlar: Aspirin va Klopidogrel.
💊 Og'riq qoldiruvchi: Morfin.
➕ Oksigenoterapiya – agar saturatsiya < 90% bo'lsa.
4 789
Qabul jarayonida ulgurmaganlar uchun Dush chor juma kunlik guruhga 4-5 kishi qabul qilinadi
4 789
+1
Batafsil maʼlumotlar: Kursda o'tiladigan mavzular
📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏
Darslar 🎓
Dush chor juma / 20:00
🕓
Qabul uchun:
@pacemaker_admin4 789
Intensiv Kardiologiyaga Aritmiyalar bo'limi ko'pchillikka maʼqul boʻlgan darslardan. Sizlarga ham ulashgim keldi
Manfaat li qilsin 🤲
☎️ https://t.me/PACEMAKER_2
4 789
+3
#Tez_tibbiy_yordam 5-mavzu
•Oʻtkir yurak yetishmovchiligi
•Yurak tampanadasi
@doctor_ashrafz0da
4 789
#Bolalar kasalliklari
🔷️ Tabiiy ovqatlantirish
▫️ 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqat ingradientlariga bo‘lgan talabi:
• Oqsil = qo‘shimcha ovqatga qadar 2-2,5 g/kg og‘irligiga;
= qo‘shimcha ovqat berilgandan so‘ng 3-3,5 g/kg og‘irligiga.
• Yog‘ = 3 oygacha - 6,5 g/kg.
4-5 oygacha - 6 g/kg
6 oydan boshlab - 5,5 g/kg.
• Uglevod = 1 yoshgacha - 13 g/kg.
▫️Energiyaga bo‘lgan talabi.
6 oygacha -120 kkal/kg
1 yoshgacha - 115 kkal/kg.
🔶️ Qo‘shimcha ovqatlar.
▪︎ 6 oyda - sabzavotlar pyuresi 🥔🥕
▪︎ 6,5 oyda - mannaya kasha 5%li 🍚
▪︎ 7 oyda - mannaya kasha 10%li 🍙
▪︎7,5 oyda - go‘shtli bulyon 30-50ml 🍵
▪︎8 oydan - guruchli mastava🍛,
kefir🍶, shakarsiz tvorog🥛,
pechenye 🥯
▪︎9 oydan - frikadelka 🥘
▪︎11 oyda - parlanvan katlet 50gr 🧆
🔺️Bolalarni 1 oyligidan boshlab vitaminlar o‘rnini to‘ldirish uchun meva sharbatlari beriladi. Dastlab 2 tomchidan. Har 1 oyiga 10 ml dan ko‘paytiriladi. Asosan olma va sabzi sharbatlari beriladi!
❗ Qo‘shimcha ovqat berish qoidalari:
- bolani sog‘lom vaqtidan boshlanadi;
- ko‘krak sutidan oldin beriladi;
- 1 choy qoshiqdan boshlanadi.
https://t.me/PACEMAKER_2
4 789
Hammaga birdik kerakli yangi ma'lumotlarga boy kitobcha, chiqarib olib tòldirib borsanglar manfa'atli bòladi, tòldirilgan variantini ham tashlab boramiz kòrib borasizlar in shaa Alloh.
@doctor_ashrafzoda
4 789
+8
❣️ FUNDAMENTMAL ARITMOLOGIYA
Hamma kutgan kitob sotuvda mavjud. Ushbu kitob Oʻzbekistonning eng koʻzga koʻringan lektorlaridan biri Fayzullo Ismoilov tomonidan yozilgan. Kitob qoʻl yozma usulida juda ham tushunarli stilda.
✅ A4
✅ 456 bet
✅ Rangli
👑 Yetkazib berish BEPUL
🆕 Buyurtma:
@Gypothalamus
@TIB_BOOK - DOMINANT. Orginal tibbiy kitoblar doʻkoni
4 789
Bo'lmachalar fibrillyatsiyasi
P tishcha yoʻq
fffff toʻlqin
R-R interval zar xil
4 789
SVT deyish xato emas. Lekin SVT ning AVTRT turi. Sabab V1 da QRS bilan T o'rtasida P bor.
4 789
Javob: AV tugun re-entry taxikardiyasi.
QRS keng bo'lishiga sabab gis oyoqlaridagi blok
