cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

BOLAJONIM. DILBANDIM

BOLAJONIM DILBANDIM KANALI Siz eng foydaliy kanaldasiz. Ushbu kanal bolalar nafaqalari. moddiy yordam huquqiy maslahatlar uchun undan tashqari reklama hizmatlari ham.mavjud.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 718
Suscriptores
+324 horas
-187 días
-5130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

O'zgalar parvarishiga muhjot bo'lgan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarning kasallik ro'yhati.. Ro'yhatdagi kasallik mavjud bo'lgan bolalarni onalariga parvarishlash nafaqasi ajratilashi
Mostrar todo...
#ибрат Иши битгач, эшик қоқмай қўйганлар кўп. Кўзи оч-у, аммо қорни туйганлар кўп. Мунофиқлик либосини кийганлар кўп. Ёлғон дунё жилвасига учма кўнглим. Қон ютсанг хам иймонингдан кечма кўнглим....
Mostrar todo...
02:28
Video unavailableShow in Telegram
❗️ Видеоқўлланма: ипотека кредити учун субсидия олишга аризаларни қандай жўнатиш мумкин? 🔷 15 майдан субсидия олиш учун аризалар қабули бошланди. Хизматдан Ягона портал орқали бепул ва ҳеч қандай ҳужжатларсиз фойдаланиш мумкин.
Mostrar todo...
IMG_4912.MP47.55 MB
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
Mostrar todo...
❗️Туҳмат қилганлик учун қандай жавобгарлик бор? ☑️ Туҳмат, яъни била туриб ёлғон, бошқа бир шахсни шарманда қилувчи уйдирмаларни тарқатганлик учун қонунчиликда маъмурий ва жиноий жавобгарлик назарда тутилган. ❕Хусусан, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексда туҳмат қилган шахсга нисбатан 6.8 млн сўмдан 20.4 млн сўмгача миқдорда жарима солиниши белгиланган. ⏩ Агар ушбу ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилса, 68 млн сўмгача миқдорда жарима ёки 300 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 2 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади. 🔰Туҳмат нашр қилиш ёки бошқача усулда кўпайтирилган тарзда, шу жумладан ОАВда, телекоммуникация тармоқларида ёки Интернетда жойлаштириш орқали амалга оширилса, ушбу ҳаракат жиноят ҳисобланади ва айбдор: ▫️68 млн сўмдан 136 млн сўмгача миқдорда жарима; ▫️300 соатдан 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари; ▫️2 йилдан 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари; ▫️1 йилгача озодликни чеклаш билан жазоланиши мумкин. ✅ Агарда туҳмат: ➖ оғир ёки ўта оғир жиноят содир этишда айблаб; ➖ оғир оқибатлар келиб чиқишига сабаб бўлган ҳолда; ➖ хавфли рецидивист томонидан; ➖ ғаразгўйлик ёки бошқа паст ниятларда қилинса: ▫️102 млн сўмдан 170 млн сўмгача миқдорда жарима; ▫️360 соатдан 400 соатгача мажбурий жамоат ишлари; ▫️1 йилдан 3 йилгача озодликни чеклаш жазоси тайинланиши мумкин.
Mostrar todo...
Koʻpaydimi shuncha alamlar, Dilda qoldmi dogʻ zalolat Har qadamda urush janjallar, Ex nima boldi sizga odamlar .. Bir -biringizga ola qarashlar, Gunoxlarga bilib botsalar, Bohton gʻiybat qoʻrqmay tortsalar, Ex nima boldi sizga odamlar. Rostini ham.yolgʻon desalar, Diqqat bilan tinglar odamlar, Kimdir olar hayotdan tajriba, Ex sizga nima boldi odamlar. Ijod ✍ S.S.A
Mostrar todo...
❗️МОДДИЙ ЁРДАМ НАФАҚАСИ ҚАНДАЙ ШАХСЛАРГА БЕРИЛАДИ ? ⚡️САВОЛ; Моддий ёрдам нафақаси кимларга берилади ? ⚡️ЖАВОБ; Ҳукуматнинг 654-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан, моддий ёрдам фарзандлари бўлмаган ёки барча болалари 18 ёшдан катта бўлган оилаларга ва якка-ёлғиз фуқароларга 6 ой муддатга тайинланади ва тўланади. ✅ Моддий ёрдам нафақаси оиланинг ойлик жами даромади минимал истеъмол харажатлари (Ҳозирги кунда 648 000 сўм)дан ошмайдиган оилаларга берилади. ❗️6 ойлик муддат тугаганидан кейин яна моддий ёрдам олишни давом эттирмоқчи бўлган оила янги муддат учун қайта ариза бериши керак бўлади.
Mostrar todo...
02:39
Video unavailableShow in Telegram
15.78 MB
“Декрет пули” қандай ҳисобланади? “Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида”ги Низом 4-параграфи, 40-48-бандлари ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақани, 5-параграфи, 49-78-бандлари эса вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик, ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақаларни ҳисоблаш тартибини тартибга солади. Ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақа, ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақани тайинлаш ва тўлаш учун белгиланган тартибда берилган меҳнатга лаёқатсизлик варақаси асос бўлади. Варақа йўқолган ҳолларда нафақа унинг ўрнига такрорий берилган вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақаси (дубликат) асосида берилади. Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик, ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақалар барча ҳолларда ходимнинг ҳақиқий иш ҳақидан ҳисоблаб чиқарилади. Нафақаларни ҳисоблашда асос қилиб олинадиган ҳақиқий иш ҳақига иш жойидан, суғурта бадаллари ундирилиб тўланадиган жами иш ҳақи тўловлари киради. Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик ёки ҳомиладорлик таътили бошланган ойдан олдинги 12 ой даврида олган ва суғурта бадаллари чегирилган барча мукофотларнинг 1/12 қисми нафақа ҳисоблаб чиқариладиган ойлик иш ҳақига қўшилиб, ўртача ойлик иш ҳақи миқдори аниқланади.
Mostrar todo...
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 31.05.2024 йилдаги «Темир дафтар” орқали ижтимоий хизмат ва ёрдам кўрсатиш ҳамда “Саҳоват ва кўмак” жамғармаси маблағларини шакллантириш ва улардан фойдаланиш тартибини такомиллаштириш тўғрисида» 313-сон қарори.
Mostrar todo...
Вазирлар_Маҳкамасининг_2024_йил_31_майдаги_313_сон_қарори.pdf2.04 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.