cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Saqlangan Xabarlar 🇺🇿

...

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
219
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Mostrar todo...
👍 1
​​2022-yil, noyabrda yozgan postlarim bilan, 2023-yil noyabrdagilarini farqi katta deb oʻylayman va bu narsani siz guvohi boʻldingiz, sizdan koʻplari guvohi bolishi shart emas, kerak ham emas. Tarix tarixda qolgani yaxshi. Bu kanal saqlanib qoladi va keyinchalik, balki kelajakda farzandlarimga oʻz oʻsmirlik vaqtimni balki shu kanalga asoslanib aytib berarman. Lekin bu postdan keyin men sizlarga boshqa ijtimoiy fikrlarimni yurituvchi sogʻlom va yangi kanalimni linkini qoldiraman. Fikrimni yoqtiruvchilar kirib qoʻshilib meni kuzatishni davom etishadi. Boshqalar esa bu postni oʻqib boʻlganidan soʻng bemalol, hech qanday xafagarchiliklarsiz kanalimdan chiqib ketib, oʻz telegram savatchalaringizni bitta kanalga boʻshatishingiz mumkin. Kanalimdan olgan taasurotlarim. 1 yil, 2 oy, 15 kun. Bu oz muddat emas. Har holda yashash muddati kam beriladigan odam zoti uchun bu muddat ham koʻp hisoblanadi va oʻylaymanki, bu kanal uchun sarflagan vaqtimni bir biriga qoʻshib chiqsak 1 oydan oshda kerak. Oʻxx, 31 ta kapalak hasaddan kuyib ketishsa kerak. Xullas, bu vaqt meb uchun SHUNCHAKI AJOYIB oʻtdi. Rostanam kanalimga mana bir yilim mobaynida oʻz muddatlarining eng yaxshilari kelib qoʻshildilar va qoʻllaridan kelgancha fikr bildirdilar. Eng qiyin paytlarimda qoʻllab quvvatladingiz, oʻrgatdingiz, men uchun vaqt ajratingiz va oʻz oʻrnida menga yetishmayotgan e'tiborni berdingiz. Ayniqsa kanalimda bir yildan beri har qanday vaziyatda fikrlarini ayamaydigan Huquqshunos Maftunani alohida e'tirof etgan boʻlardim. Chunki u doimo shu yerda edi. Ha, bu kanalni ochganimdan keyin endi menga ham eshituvchi, oʻquvchi doʻst, maslakdosh, qadrdonlar topildi. Kimlardir maqtagani yoki koʻzlariga chiroyli koʻringanim uchunmas, rostanam fikrim yoqqani uchun kuzatadigan insonlar diasporasi hosil boʻldi va bundan fahrlanaman. Agar shunday insonlar ushbu soʻzlarni oʻqiyotgan boʻlsa, sizlarni yana bir bor yangi qoʻllashga undab qolaman. Agar istasangiz va meni yolgʻiz qoldirishni istamasangiz a'zo boʻling. Yangi kanal linkini shu postdan keyin qoldiraman. Bu post yozilganidan soʻng bu kanalga boshqa xabar yuborilmaydi va shu sabab bemalol chiqib ketingiz mumkin. Chiqib ketmasangiz ham ushbu postni hamma oʻqishi uchun 17-noyabr 23:59 ga qadar kutaman. Soʻngra baribir barchani chiqarib yuboraman va kanal maxviy tartibga oʻtadi. Bu dunyoda hamma narsaning yakuni boʻlgani kabi, aslida hech narsaning yakuni yoʻq. Poyezdda ketar ekansiz, bir bekatdan keyin ikkinchi bekat kelishiga ishonishingiz kerak. Bu ham Yangi bekat. Istovchilar shu Oʻsmir Ollohyorning bekatida tushib qolsin, istovchilar esa Katta boʻlishga intilayotgan Ollohyorning bekati uchun yoʻlga chiqishsin. Zero yangi bekat, ancha qiziqarli oʻtishiga aminman. Ammo men tarix odamiman, eski xotiralarimni qattiq qumsash odatim bor. Ba'zida suygan insonlarim bilan chiroyli vaqt oʻtkazgan joylarimizga borib koʻp qolib ketaman. Bu kanal ham men uchun shunday boʻlib qoldi. (Pavel Durovga rahmat) Muhimi oʻz yoʻlimdan ketyapman va bu ham bir qadam edi. Kanalimizda ajoyib vaqtlar oʻtdi... Kanaldan chiqib ketishingiz mumkin Hammasi uchun rahmat qadrdonlarim. Barchangizni yaxshi koʻraman. Bayroq va oxirgi link. 🇺🇿 | @ErkinovOllohyor
Mostrar todo...

😢 7🤝 2
#kun_mavzusi #diqqat OXIRGI POST. (Bu postni yozish juda qiyin boʻldi. Ikki yarim kun oʻylandim va oxiri umuman boshqa matn yozishga qaror qildim. Ushbu postimni Yan Lapatkovning gaplaridan iqtibos keltirgan holda boshlamoqchiman. Oxirigacha oʻqiysiz degan umiddaman. Axir doim oʻqib kelgansizku...) Oʻzingiz haqingizdagi eslaydigan ilk xotirangiz qaysi? Oʻyinchoqlarmi yoki ota onangiz bilan sayrmi? Yoʻq, qorbobo boʻlsa kerak, toʻgʻrimi? Esingizdami, oʻshanda qorbobo haqiqiy moʻjizadek tuyulardi. Mening ilk xotiram esa dadamning siyosiy qochqinga aylanishi boʻlgan. Ollohyor Erkinov sifatida xotiram shu yerdan boshlangan. Aynan oʻshanda men uchun qorbobo haqiqiy moʻjiza boʻlmay qolgan. Oʻsha xotirani oʻchirish uchun, menimcha hamma narsaga rozi edim. Biroq, sizga maslahatim, istaklaringizda xushyor boʻling, axir ular roʻyobga chiqish xususiyatiga ega. Ya'ni men bilmayman yaxshi va yetuk inson boʻldimmi, yoki yomon va omadsizmanmi bilmayman, lekin bilamanki, bu menman. Qolgan 8 milliard insonlardan tubdan boʻlmasa ham ozroq farq qiluvchi insonman. Ha, boya aytganimdek insonman va insonda turli qiyinchilik stressli holatlar boʻlib turadi, lekin faqat oila va doʻstlardan omadi chopganlargina buni osonlikcha yengib oʻtadilar, oiladan ham kamchiligi bor, doʻsti va boshqa yaqini yoʻq boʻlgan mendek noshudlar uchun esa istalgan stressli holat haqiqiy azob. Chunki buni bir oʻzim yengib oʻtishimga toʻgʻri keladi doim va bu koʻp vaqtimni olib qoʻygan. Bazan oylab karaxt yurgan vaziyatlarim boʻlardi va oʻsha payt ichimdagini birovga aytolmas edim. Sababi bizning jamiyatdagi normalarda kimgadir ichingdagi gapni aytsang sir boy beruvchi insonsan va gʻamingni ichingda saqlab, qalbingni sasitib, zahrini birovlarga sochib yurishing kerak. Shuning uchun koʻchalarda kimdir sizga oʻta qattiq negativlik qilyotgan boʻlsa, uni qattiq birovga aytolmaydigan gʻami bor. Ha, gʻamgin jamiyat. Agar yillar oʻtib hayotimga bagʻishlab kino ishlansa koʻrishni tavsiya bermasdim, sababi u juda tushkun va... nima desamikin, juda gʻalati chiqqan boʻlardi. Bir inson shaxsiyati siz oʻylagangizdan koʻra murakkabroq. Bizdagi hislatlar oq va qoradan tashqari million hil ranglarga burkangan. Ulardan aksariyatini siz qabul qilolmay qolasiz. Menda ham shunday boʻlardi va mendagi stress boshqa tengdoshlarimga yoki oʻsmirlarga oʻxshab ruhiy travma yoki qanaqadir ahmaqona mayda muammolardan emas, konkret oila muammolari, jamiyat, millat muammolari va kelajagim tashvishi bilan bogʻliq boʻlgan. Esimda, har safar korrupsion holatlar haqida hisobotlarni oʻqiganimda yuragim rostanam ogʻriy boshlardi. Hozir ogʻrimayapti, sababi korrupsion holatlar kamaydi emas, men oʻsha hisobotlarni oʻqimay qoʻydim va Moliya vazirligi kanallaridan chiqib ketdim. Xullas mavzuga qaytamiz. Oʻzi bu kanalni nega ochgandim degan savolga javob berib ketaman. 2022-yil, avgust oyida yuqorida aytganimdek stressli va depressiyali vaziyatlarim bir vaqtga toʻgʻri keldi hamda miyam boshqa dafamin ishlab chiqarolmay qoldi. Bir insonning butun yiliga beriladigan azob goʻyo menga bir oy ichida berilgandek tuyulgandi. Lekin birovga aytolmasdim va bundan faqat ongim zaharlana boshladi. Sababi siz agar ichingizdagi zaharni tashqariga chiqarib tashlamasangiz, iqibatda u zahar sizni oʻldira boshlaydi. Shu sabab kanalimdagi birinchi video va gaplarga e'tibor bersangiz faqat tushkunlik aks etgan. Xullas shunday qilib, oʻsha vaqt menga ijtimoiy faollik juda muhim edi va kanal shu sabab ochildi. Kanalning bosh mavzusu nima edi? Aniq mavzu boʻlmadi. Sababi men oʻzimni faqat bir mavzu bilan chegaralab qoʻyishni hech qachon istamaganman va shu sabab bu kanal yopilsa ham boshqa ijtimoiy sotsial kanalimni yuritmoqchiman. Kanalni nega yopmoqchiman? Sababi shaxsiyatimni ehtiyot qilish. Men bu kanal ochilganida hammaga ochiqmozor boʻladi deb oʻylamaganidim. Hamda juda shaxsiy fikrlar berib yuborganman. Asosiysi bu kanal mening eng oʻzgarayotgan davrimga toʻgʻri keldi. Ya'ni kanalimdagi oldingi davr mobaynida yozgan fikrlarim oʻrtasida ancha farq bor. Fikrlar hilma hilligi ham bosh sababim.
Mostrar todo...
💯 1
#oxirgi qoʻshiq. #great_music Ichimdagi gaplar aytilgan yakun uchun mos qoʻshiq deb aytolaman. 🇺🇿 | @ErkinovOllohyor
Mostrar todo...
Salom Hayr @konsta.mp35.10 MB
😢 2👍 1🔥 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Shunga ikki kun oldin kuzatuvchi boʻlib qabul qilingan edim. Borvoray deymanu pulimdan qizgʻonaman. Lekin bir kuni albatta siyosatga doir boshqa konferensiyalarga boraman Alloh umr bersa. Dubay yomonam tortyapti lekin. Ilgari kun shunga qabul qilinganidim, 4 kun oldin esa Fevralda Dubayda boʻladigan FWWMUN ga qabul qilindim. Ham oxirgi oy 2 ta Dubaydagi universitetga qabul qilindim. Balki bu taqdir... 🇺🇿 | @ErkinovOllohyor
Mostrar todo...
👍 10
Postlar kechikayotgani uchun uzr. Bellgilangan vaqt oʻtib ketganidan daxshatli tarzda stresdaman... Kanaldan hayrlashginimiz bilan sizlarni yangi ochgan kanalimga taklif qilishimni hisobga olim oʻzim haqidagi postlarni oʻsha kanalga yozadigan boʻldim. Bugun hayrlashuv postini tashlayman, keyin yangi kanal linkini ham. Izohlarda ham yozganman. Topib hozir ham qoʻshilvolsangiz boʻladi. Xullas bu oxirgi muhlat. Oʻzimni ham, sizni ham koʻp qiynamayman.. Fikrlarim rostanam yoquvchi insonlar bilan yangi kanalimda fikrlashishni davom etaveramiz....
Mostrar todo...
5👍 2🤝 1
00:06
Video unavailable
Ilgari kuni Futbol tarixida qoladigan super uchrashuv boʻlib oʻtdi. Manchester City va Chelsi jamoalari golboʻron qilib tashlashdi oʻyinni. Lekin oʻyindagi mana bu vaziyat ijtimoiy tarmoqda eng koʻp aylanyapti. 😂😁 City futbilchilari reja tuzishyotganda raqib jamoa futbolchisi Palmer kelib poyloqchilik qilgani internetda katta kulgiga sabab bolmoqda. Videoni koʻring. Oʻzbekcha talqini 😂 🇺🇿 | @ErkinovOllohyor
Mostrar todo...
3.39 MB
😁 5
​​Mening Dengizim (Dzanum nomli serb qoʻshigʻining badiiy tarjimasi) Azizam, naqadar tashlandiq boʻldim. Malham topolmadi bedavo yaram. Keraksiz boʻlishga bir umr koʻndim, Xattoki soppa sogʻ holatimda ham... Qaro tun tegramda boʻlganda hozir, Tush degan gʻaflatdan ketolmam yengib. Eshitgin, axir bu dengiz ovozi, Najotimni yuvib ketguvchi dengiz. Meni ham hech bir zot xohlamas sendek, Va birov istamas mening dardimni. Koʻz yoshlar qiladi qalbimda kemtik, Taslim boʻlish uchun sevgandim kimni? Savollar gulhanmas, tun ummonida, Tafakkurim turar boshini egib. Yostiq deb atalmish jang maydonida, Yana tush koʻraman ming azob chekib, Bu holat oxirgi yozgacha emas, Dunyo toʻxtaguncha etadi davom. Ha, toʻgʻri tushunding, la'natlanganman, Omad degan jumla unut batamom. Tashlandiq ruh menman, yoʻqdir makonim, Soqovman - soʻzlashdan ketgandim bezib. Lekin daxshatli tush sen eding jonim, Mening dengizimsan, mening dengizim Mening dengizimsan, mening dengizim. Azizam, naqadar tashlandiq boʻldim. Dengizli tushlarga boʻlganman qaram. Keraksiz boʻlishga bir umr koʻndim, Xattoki eng baxtli holatimda ham... Ollohyor Erkinov | 23.10.2023 🇺🇿 | @ErkinovOllohyor
Mostrar todo...

6
Ishlarim koʻpayib postlarni yozishga ulgurmadim. Yoʻq qilinish yana 12 soatga kechikadi nazarimda. Tongacha postlarimni tashlayman. Sizlarning oʻqib olishingizni hisobga olib qoq tushda bu kanal faolsizlantiriladi va rostanam mening fikrlarimga qiziquvchi insonlarni yangi kanalimga tashlik qilib qolaman. Bu huddi keyingi bosqichga oʻtishdek boʻladi. Yangi kanalimga oʻtasiz degan umiddaman. 🇺🇿 | @ErkinovOllohyor
Mostrar todo...
👍 6
Izoh??? Kanalimda bir ikkita shoir va oʻzini shoir deb biluvchilar bor edi...
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.