cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Iqtibos San'ati

Ilmu fan-dengiz ko'rinmas unda had, Tolibi ilm unda g'avvosdir abad. ©Jaloliddin Rumiy Iqtibos satrlarida o'zingizni toping... Botimiz : @Kutubxona_darslik_bio_bot Taklif va shikoyat bo'lsa : @Quote_Adminstrator_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 521
Suscriptores
-124 horas
-17 días
-26930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Tasodifan olingan suratlar yanada chiroyli, tasodifan uchragan insonlar bilan baxtliroq bo'lamiz, burchakda uxlab qolish eng yoqimli tush, rejalashtirilmagan ishlar yanada qiziqarli. O'z-o'zidan kelgan hamma narsa go'zaldir. ©Ara Güler P.s : Bu jumlaga qanchalik qoshilasiz... @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
❤‍🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Turmush - muttasil kurash: avval yakdillik, keyin teng huquqlilik, so'ngra mustaqillik va hukumat uchun! @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Fakt Yozolmagan yozuvchi Detektiv romanlari bilan jahonga tanilgan Agata Kristi dastlab harbiy kasalxonada, so‘ng dorixonada ishlagan. Zaharlar va ularning ta’sirini juda yaxshi bilgan. Shu sababli asarlarida qotilliklar ko‘pincha zahar yordamida amalga oshiriladi. Kitoblari to‘rt milliarddan ortiq nusxada chop etilgan va dunyoning yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan Agata xonim disgrafiya dardidan aziyat chekkan – qo‘lda yoza olmagan. U barcha mashhur romanlarini aytib turib yozdirgan. @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
👍 3❤‍🔥 1💔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yo'qdan bor qilish yaxshi, Lekin borni yo'q qilish juda yomon ish. ©Sarafroz... @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
❤‍🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
“Taomni yaxshi tayorlamaydigan qiz sevilmas. Axir sevgi shoʻrva pishirib berolmaydi”. @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
❤‍🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
Abu Hurayra (r.a.) bir kuni bozorga kirib: “Ey odamlar, sizlar bu yerda yuribsizlar, masjidda esa Muhammadning (s.a.v.) meroslarini tarqatishyapti”, dedilar. Odamlar bozorni tashlab, masjidga yugurishdi. Bir pasdan so‘ng qaytib kelishib: “Ey Abu Hurayra, biz meros tarqatilayotganini ko‘rmadik”, deyishdi. U kishi: “Nimani ko‘rdinglar?” deb so‘radilar. “Bir qavm Allohni zikr qilayotganini, Qur’on o‘qiyotganini ko‘rdik”, deyishdi. Abu Hurayra aytdilar: “O‘sha narsalar Muhammadning (s.a.v.) meroslaridir”.  ©Abu Lays as-Samarqandiy. "Tanbehul g’ofilin" @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
❤‍🔥 6🔥 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tuygʻular ichida hech biri insonga sogʻinchdan koʻra qattiqroq azob bermaydi.
©IkromSharif @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
❤‍🔥 7
Photo unavailableShow in Telegram
“Ovqatimni yesam, onam sovgʻa berardilar. Imtihondan oʻtsam, otam taqdirlardilar. Oʻzingizga qilgan yaxshiligingiz uchun dunyoda faqat ota-onangizgina mukofotlaydi”. ©MubashshirAhmad @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
❤‍🔥 8👍 1 1🥰 1
Eng mashhur detektiv yozuvchilar o‘ntaligi Detektiv hikoyalar ilk marta Yevropada 1840-yillardan boshlab yozila boshlagan. Ushbu janrning uchta muhim jihati mavjud: jinoyat, qidiruv va fosh etish. Quyida dunyo bo‘yicha tanilgan 10 ta eng mashhur detektiv yozuvchilarni e’tiboringizga taqdim etamiz.    10-o‘rin: Den Braun. 1964-yil AQSHda tug‘ilgan adib ijoddan tashqari, jurnalistika va musiqa bilan ham shug‘ullanadi. “Da Vinchi siri” romani Nyu York bestsellerlari reytingida 1-o‘rinni egallagan. Ushbu asari, shuningdek “Farishtalar va iblislar”, “Inferno” romanlari ekranlashtirilgan. “Da Vinchi siri” o‘zbek tiliga tarjima qilingan.   9-o‘rin: Remond Chandler. 1884-1959-yillarda AQSHda yashab o‘tgan yozuvchi va adabiy tanqidchi. Aksar detektiv asarlarining qahramoni Filip Marlou ismli izquvar. “Chuqur uyqu”, “Xayr, azizim” kabi asarlari mashhur. “Ikki karra sug‘urta” nomli kitobi suratga olinganda yozuvchi ham tasodifan kadrga tushib qolgan.   8-o‘rin: Jon Grishem. 1955-yilda AQSHda tug‘ilgan. Yozuvchi beysbolchi bo‘lishni orzu qilgan, lekin otboqar, santexnik, asfaltlovchi, sotuvchi, ta’lim olgach esa advokat bo‘lib ishlagan. Yuridik trilleri asosida Gollivudda ko‘plab filmlar ishlangan. Asarlari 42 tilga o‘girilgan. “O‘ldirish vaqti keldi”, “Firma” kabi asarlari mashhur.   7-o‘rin: Yan Fleming. 1906-1964-yillarda Buyuk Britaniyada yashab ijod qilgan. Harbiy-dengiz kuchlarida ofitser, so‘ng jurnalist bo‘lib ishlagan. Jeyms Bond haqdagi romanlar muallifi. Mashhur “Kazino Royal” asari ekranlashtirilgan. Yozuvchi urush davrida ingliz razvedkachisi bo‘lib ishlagan payti Bond obrazini o‘ylab topgan. Agent 007 haqda 12 ta roman yozgan.   6-o‘rin: Erl Stenli Gardner. 1889-1970-yillarda AQSHda yashab o‘tgan. “Qayg‘uli qiz ishi”, “Baxmal mushuk ishi”, “Qarg‘alar sanay olmaydi” kabi asarlari mashhur. Advokat ayol Perri Meyson obrazini 82 ta romaniga kiritgan. Yozuvchining o‘zi advokat bo‘lib ishlagan. 5-o‘rin: Boris Akunin. 1956-yil Gruziyada tug‘ilgan. Adabiyotshunoslik va tarjima bilan ham shug‘ullanadi. “Azazel”, “Turk gambiti” asarlari dovrug‘ qozongan. Erast Fandorin haqdagi sarguzashtlar unga omad keltirgan.    4-o‘rin: Jeyms Xedli Cheyz. 1906-yilda Buyuk Britaniyada tug‘ilib, 1985-yilda Shveysariyada vafot etgan. “Blendish xonimga orxideyalar yo‘q”, “O‘liklar tishlamaydi”, “Qo‘g‘irchoqdan noxush xabarlar” kabi asarlari bilan tanilgan. Yozuvchi avvaliga yumor hikoyalar yozgan. Ilk detektiv romanini 12 kunda tugatgan. Hayoti davomida yuzdan oshiq roman yozib qoldirgan.   3-o‘rin: Reks Staut. 1886-1975-yillarda AQSHda yashagan. “Cho‘chigan erkaklar ligasi”, “Yana o‘ldirish”, “Qora orxideyalar” asarlari mashhur. Asarlari 35 ta tilga o‘girilgan. Romanlaridagi Niro Vulf ismli detektivning xarakteri muallifning o‘ziga o‘xshab ketadi. Reks qulupnaylarni, Niro esa orxideyalarni kolleksiya qilgan.    2-o‘rin: Agata Kristi. 1890-1976-yillarda Angliyada yashab o‘tgan adiba. “O‘nta negr bolasi”, “Jigarrang kostyumdagi odam”, “Golf maydonidagi qotillik” kabi asarlari shov-shuv bilan o‘qilgan. Dramaturgiya bilan ham shug‘ullangan. Albatta, Kristi yaratgan Puaro obrazini tanimaydigan odam yo‘q. Adibaning ko‘plab asarlari ekranlashtirilgan. Eng mashhur detektiv qirolichasi.   1-o‘rin: Artur Konan Doyl. 1859-1930-yillarda Buyuk Britaniyada yashab ijod qilgan. Yozuvchi bo‘lishidan avval shifokorlik bilan shug‘ullangan. “To‘rtlar belgisi”, “Baskervillar iti”, “Dahshatlar vodiysi”, “Sherlok Xolms sarguzashtlari” asarlari dovrug‘ qozongan. Yozuvchiga shubhasiz, Sherlok Xolms obrazi shuhrat keltirgan. Konan Doylning o‘zi baquvvvat inson bo‘lgan, ko‘plab sport turlari bilan shug‘ullangan. Detektiv janrdan tashqari, fantastika va bolalar adabiyotiga oid asarlar ham yozgan.   ©Nodirabegim Ibrohimova tayyorladi @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
🔥 4❤‍🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Meni o'ldirmaydigan hamma narsa meni kuchliroq qiladi. ©Fridrix Nitsshe @Iqtibos_Sanati
Mostrar todo...
❤‍🔥 3 3
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.