es
Feedback
ABOBIL TV🫀🕊️

ABOBIL TV🫀🕊️

Ir al canal en Telegram

#Bismillah – Islomiy filimlar 🤏🏻🐻 • Reklama uchun🍃 • @Cosmosl1k

Mostrar más
800
Suscriptores
-124 horas
-17 días
-3130 días
Archivo de publicaciones
ҚАБРИ ҚАЙТА ҚАЗИЛГАН ҚИЗ Admin: #davron_gulomov Ассалому алайкум! Яқинда интернетта тарқалган бир видеони кўриб қолдим. Унда бир ёш муслима қиз 2йил аввал вафот этиб, ҳар куни отасини тушига кириб "отажон, мени бу ердан бошқа ерга ўтказинг, ёнимдагилар менга озор беряпти" дер экан. У қиз хаётлик чоғида яхши амаллар қилиб намозни маҳкам тутган экан. Отаси охири имом-домлаларнинг олдига бориб бўлган воқеани айтиб қабрни ўтказишликка рухсат сўрабди. Қизни қабрини ковлаб юзини очишганида худди тирик одамдай юзлари нурли, чиройли бўлиб турибди. Ва уни бошқа қабрга кўчиришди. (Бу воқеа қайси давлатдалиги менга номаълум). Саволим шуки: "ёнимдагилар озор беряпти" деганда нимани тушуниш мумкин? Шу воқеа ростдан хам бўлиши мумкинми? Кафанланган маййитни юзини очса бўладими? Яна уни юзини очиб видеога ҳам олишган, ва ижтимоий тармоқларда кўп тарқалган. ЖАВОБ: – Ва алайкум ассалом! Мусулмон одам унақанги шов-шув ва ахмоқликларга ишонмаслиги керак. Одатда дин душманлари мусулмонларни ахмоқ қилиш учун ботил тоифалар ўзларига инсонларни мойил қилиши учун бу каби майнавозчиликни қилишади. Валлоҳу аълам! Bizga qo'shiling🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

ҚЎРҚИТИШ УЧУН АЙТСА ҲАМ ТАЛОҚ ТУШАВЕРАДИМИ? Admin:#davron_gulomov ❓CАВОЛ: Эр талоғини билмасдан шунчаки қўрқитиш учун айтса ҳам талоқ тушаверадими? Энди эр-хотин бирга яшаса бўладими? Буни йўли борми? 💬 ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Талоқ лафзини очиқча айтилганда, албатта, талоқ тушади. Бу ҳолатда ният эътиборга олинмайди. Талоқ лафзини очиқча айтмай, ҳам талоққа, ҳам бошқа маъноларга далолат қиладиган лафзларни айтса, масалан: "Чиқиб кет", "Тур йўқол", "Жавобингни бердим", дегани каби. Бунда эр нимани ният қилган бўлса, ўша бўлади. Яъни, талоқни ният қилса, талоқ бўлади. Талоқни ният қилмаса, талоқ тушмайди. Талоқлар сони учтага етгунча қайта никоҳланиши мумкин. Талоқлар учтага етса, эр-хотин қайта никоҳлана олмайди. Фақат аёл тўғри никоҳ билан бошқа эрга тегиб, тўлақонли эр-хотинлик алоқасидан кейин талоғини олса ва иддани тугатса, кейин аввалги эрига никоҳланиши мумкин. Валлоҳу аълам. Bizga qo'shiling 🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

ҚИЁМАТДА АЁЛНИНГ СОЧИ АВРАТЛАРИНИ ЁПИБ ТУРАДИМИ? Admin: #davron_gulomov ❓CАВОЛ: "Аёл кишининг сочи узун бўлиши керак, қиёматда авратларини шу сочи ёпиб туради" деган гап эшитдим. Шу тўғрими? 💬 ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Соч аёлларнинг зийнати ҳисобланади. Уни заруратсиз кесиш жоиз эмас. Фақат эрининг рухсати билан ва эркакларникига ўхшатмай кесишлари жоиз. Соч қиёматда авратни ёпиб туради деган гап, бирор ҳадис ёки уламолар сўзида учрамайди. Асоссиз гапларни аниқ билмай туриб тарқатишдан эҳтиёт бўлиш керак. Валлоҳу аълам. Bizga qo'shiling 🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

Kopchilik ovozli chatga kirmayabdi va shuning uchun bu guruhga kirib yozishni taklif qilaman @Savol_va_Javob_Chat

ҚАЗО НАМОЗЛАРНИ ВИТРДАН ОЛДИН ЎҚИШ КЕРАКМИ? Admin:#davron_gulomov 👨‍💻 ❓CАВОЛ: Қазо намозларни витр намозидан кейин ўқиш керакми ёки олдин ўқиш керакми? 💬 ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Буни фарқи йўқ. Ўзи умуман олганда қазо намозларни фақат уч вақт: қуёш чиқаётганда, тиккага келганда ёки ботаётганда ўқиб бўлмайди, бошқа ҳамма пайтларда ўқилаверади. Валлоҳу аълам #Илм_ахли

Jiddiy fikir qil faqat jiddiy 🍃Oʻzingga chetdan qarasang, hammasi ayon boʻladi. Har bir jihatiga eʼtibor ber. Kuningni nima bilan oʻtkazyapsan? Kimlar bilan doʻstsan? Soniyalaring nimalarga sarflanyapti? Nima sabab kech uxlayapsan? Nimani oʻrgana olding? Tafakkur qilasanmi hech? Nimadandir voz kechmasang, nimagadir erisha olmaysan. Avval oʻzing bilan kelishib ol, qaysi biri men uchun muhim. Qaysi birini yoʻqotsam topgan narsamga arziydi de. 8 soat uxlab, umringni teng yarmini behuda oʻtkazib yuborma. Ulgurasan uxlashga ham. Tolibi ilmlik hammaga nasib qilavermaydi. Sen buning haqqini toʻliq ado etolmasang, boshqasiga beriladi sendan olinib.🥀 Xushyor boʻlaver. Admin: #abror_muvahhid_ Bizga qo'shiling🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

#ilm izla 🍃" Chunki sen Allohsan " 🕊 - Allohni kórganmisan ? - Ha, juda koʻp bor ! - Qachon ? - Aybimni yashirganida, rizq ato qilganida, jonimni asraganida... ( Qalbim qorayib, lablarimni shukur degan kalima tark etganida shu jumlalar beixtiyor yodimga keladi... Va Uni eslab, takror bor vujudim, ruhim ila yana Unga qaytaman..!) Bizga taqdim etilgan muallifning ushbu kitobida Allohning gózal  ism-sifatlari keltirib, ularga yondashilgan xolda bandaning qalbida yashashga uyg'otuvchi , dunyo va oxirat saodatiga yetaklovchi gózal fikr va mulohazalar, ibratli hikoyalar, hikmatlar bayon qilinadi. Kitob shaklan kichik bólsada oʻziga ishonchi, yashashga ixlosi, atrofida yaqinlari qolmagan, yoki Haq yólidan adashib ortga qaytolmayotgalar  uchun zulmatni yoritgan tong misoli bir nurdir..! Bilasizmi nima ? Gunoh qilish yomon, ammo tavbaning qabul qilinishiga shubha qilish undanda yomonroq va xunukroqdir ! Biz oxirzamon farzandlari kun sayin oʻzimizni ózligimizni yóqotib, gunoh ma'siyatlar ichida yoʻqolib boryapmiz.. Qalb nega maxzun boʻladi ? Faqatgina qilgan gunohlarimiz ortidan... Keyin bechora qalb nima qilsin ? Qanday xotirjam boʻlsin ?! Yon atrofdagilaringizga hech eʼtibor beryapsizmi ? Koʻpchilikning yuzida tabassum, shukronalik, mehr - muhabbat kabi gulgun xislar kórinmay qolgan.. Hamma bir biridan xafa, arazda góyoki Shu yerda bir narsani yoddan chiqarib yuborganingizni xis qildingizmi ? Bizni Kim yaratganini, yaxshilik va yomonlik ham undan ekanligi, har bir ishga uning hikmati jo bólganini, Uning buyuk va bitmas rahmat egasi ekanligini, abadiy ochiq tavbalar eshigi borligini unutib qoʻyibmiz! Bir soʻz bilan aytganda Unga yuzlanishni Uning mavjudligini unutibmiz.. Men ham unutibman.. Dardimning darmonini, gunohlarim tavbasini qabul qiluvchi marhamat egasi U ekanligini unutibman.. Ammo men Unga qayttim, Ungagina tavakkul qildim ! { وَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِیلࣰا } Qalbimda shundayin bir oxistalik, yengillik borki buni soʻz bilan ifodalay olmayman.. Chunki endi dardim ham davoyim ham undan boʻlgan Ash- Shofeʼiy bor, hech kim yonimda qolmasa ham doim men bilan bóluvchi Al- Qorib bor.. Men Robbimga juda muhtojman Ham miskinu ham noilojman " " فَأَيْنَمَا تُوَلُّوا۟ فَثَمَّ وَجْهُ ٱللَّهِ إِنَّ ٱللَّهَ Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz oʻsha tomonda Allohning yuzi mavjuddir.. (2:115 ) " Unga qaytishdan qórqmang, uyalmang ! Bilaman.. biz osiylarning qilgan gunohlari dunyolarga sigʻmas, ammo Uning va'dasi haqdir..! Qayerdan bilasiz.. siz qilgan oʻsha gunohlar tavbalaringiz tufayli uning mag'firati ila savob amallari daftaridan joy olar ! Nega deysizmi? Chunki U Allohdir..! Birozgina tafakkur qilsak bu olamda bizni ranjitadigan, qalbimizga ozor beradigan hech nima va hech kimsa yoʻqdir aslida.. Hammasi oʻsha Menga borib taqaladi.. Ichimizdagi "Men" ni isloh qilish kerak, uni tarbiyalash kerak ! Oʻzingizga quloq soling, qalbingizni tinglang.. Zero yaxshi inson yomon maslahat bermaydi ! Xulosa sifatida shuni aytolmanki, óylashimcha birgina kitob mulohazalarimning, qarashlarimning pala-partishligini tartiba solishimga yordam bergan boʻlsa Robbimning men bilmagan tomonlardan yuboradigan marhamatlari hali kengdir..! Bizga ushbu kitobni taqdim etgan va mutolaa qilishimiz uchun sababchi bólganlardan ham Alloh ózi rozi bólsin! السلام عليكم و رحمة الله و بركاته 7 - dekabr 2023- yil Kitobni olib mutola qilganmn Bugun sizlarga yozishga musharaf qildi Robbim ..🥀 Admin: #abror_muvahhid_ Bizga qo'shiling🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

#bismillah. 🌻 هَلْ تَعْلَمُ ؟ = ? Bilasizmi 🌻 هَلْ تَشْرَبُ ؟ = ? Ichasizmi 🌻 هَلْ تَأكُلُ ؟ = ? Yeysizmi 🌻 هَلْ تَدْرُسُ ؟= ? Oʻqiysizmi 🌻 هَلْ تَذْهَبُ ؟ = ? Borasizmi 🌻 هَلْ تَفْعَلُ ؟= ? Qilasizmi 🌻 هَلْ تَدْخُلُ ؟ = ?Kirasizmi 🌻 هَلْ تَخْرُجُ ؟ = ? Chiqasizmi 🌻 هَلْ تَعْرِفُ = ? Bilasizmi 🌻 هَلْ تَكتُبُ ؟ = ? Yozasizmi 🌻 هَلْ تَقْرَأُ ؟ = ? Oʻqiysizmi 🌻 هَلْ تَحْفَظُ ؟ = ? Yodlaysizmi arab_tilida_sozlashaylik birodarlar Admin: #abror_muvahhid_

#islom_sari 🍃Nafsini sindirib, tarbiyalay olgan kimsa, yolg'iz o'zi bir shaharni bosib olgan jangchidan ham kuchliroqdir.🥀 Admin: #abror_muvahhid_ Bizga qo'shiling🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

#davron_gulomov Qalam va Lavha Islomda erkak va ayol, erkaklik va ayollik ontologiyasini (borlig'i) izohlab beradi. Alloh qalam va lavhani yaratganida qalamga dunyodagi jamiki sodir boʻlguvchi hodisalar va ularning sabablarini lavhaga yozishni buyuradi. Yozuvchi (taʼsir oʻtkazuvchi) biri faol agent (erkak) sifatida, keyingisi esa (ayol, taʼsirni oʻziga oluvchi) oʻzini bu uchun koʻngilli tarzda qabul qiluvchi sifatida taqdim etadi. Ular bir-birlarini hech qachon tark etmaydilar, raqobatga kirishmaydilar, aksincha har biri oʻzining alohida rollarini bajargan holda bir-birlarini toʻldiradilar va qoʻllab-quvvatlaydilar. Shu sababli bu mavjudotlar oʻrtasida butun borliqdagi hayot, tartib va hamjihatlikni uygʻotuvchi va saqlab turuvchi transsendent (gʻayritabiiy) chuqur munosabatlar mavjud. Ular tasavvurimizdagi mukammal bir juftlik kabidir va hech qachon bir-birisiz mukammal boʻla olmaydi. Jins ( erkak va ayol) bu dunyodagi ontologik voqelikning (haqiqatning) koʻrinishidir. Erkak ayolni Xudo ularni xalifa qilib qoʻygan shu dunyoda hayot, tartib va hamjihatlikni saqlab qolish uchun qabul qiluvchi vosita (receptive agent) sifatida bu transsendent munosabatlarda ishtirok etishga undovchi faol agent (vakil)dir. Mukammal juftlik oʻzlarining alohida - alohida vazifalaridan ogoh holda, ushbu vazifalarni amalga oshirishga harakat qilishadi, bir-biri bilan raqobat qilishmaydi. Ayol va erkak munosabati modernizm taqdim qilgan oddiy shartnoma qogʻozi anglatadigan narsadan murakkabroqdir. Bizga qo'shiling🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

Barchaga savol (aqrabolar Kim?)

#ilm_ahli Йиғламагил, бўлди алар шуҳадолар, Йиғламагил, ютуқниҳам олиб кетти. Йиғламагил, жаннатларга етгандурлар, Йиғламагил, ақраболар* шаҳид кетти. #davron_gulomov Bizga qo'shiling🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈 👈

#nature Admin: #abror_muvahhid✅ 𝐁𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐪𝐨'𝐬𝐡𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠 🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈🏻 👈🏻
+3
#nature Admin: #abror_muvahhid✅ 𝐁𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐪𝐨'𝐬𝐡𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠 🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈🏻 👈🏻

nb79bawvcn732fbccr.m4a2.43 MB

#Sto 𝐁𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐪𝐨'𝐬𝐡𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠 🫀🍃🔔 [ @islam1c_life ] 👈🏻 👈🏻

+3