cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Leaders _ Unumli

"Leaders" jamoasi Liderlari va Talabalari o'zi uchun yaxshi xulosa olgan va boshqa insonlar uchun ulashuvchi fikr va manbalari @Leaders_official

Mostrar más
Tayikistán4 892El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
480
Suscriptores
Sin datos24 horas
-47 días
-530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

BIRODARIM HARAKATING BILIB QO'Y Bismillahir Rohmanir Rohiym. Avvalo shu so'zlarni ongimizda joylagan, fikrlashimizga imkon bergan, Barcha Ne'matlar Uniki bo'lgan Alloh Subhanahu va Taologa cheksiz Hamd-u Sanolar bo'lsin. Alhamdulillah ilm degan yo'lga kirish va bunda bardavom bo'lish uchun qodir qilganicha harakat qilyapmiz, shu yo'lda ko'rganlarimiz bo'yicha xulosalar shakllantirib, o'zimizni tergab turamiz, tergab turamiz-ki, o'zligimizni unutmaylik deya. Ey aka-uka, opa-singillar, sizlarga bugun bir haqiqatni aytmasam bo'lmas. Bu haqiqat omonat sifatida sizga ulashiladi. Yurgan Yo'limizda Harakatimiz 3 Xil Bo'lur: ▪️So'z ▪️Amal ▪️Tafakkur ~SO'Z ILA HARAKAT Bu harakatdan voz kechish kerak, atrofga boqing, minglab insonlar so'zida dono, aqlli, serharakat, dinda sobitqadam, xatolarni chetga suruvchi.. Qaysidir jihatdan yozish uslubim meni ham shu qatorga kiritib qo'yayotgandir. Mayli Alloh nasib qilsa keyingi harakatga o'tkazar yoki in shaa Alloh boshqa bir inson shu sabab bilan o'z harakatini o'tkazar degan niyat bilan yozmoqdaman. So'z bilan harakatda, faqat so'z bor, amal hayron doimi, Ijtimoiy tarmoqlar bu harakatni eng katta qo'llab-quvvatlovchisi va avjiga chiqaruvchisidir. ~AMAL ILA HARAKAT In shaa Alloh Har birimizga nasib qilsin, buni o'zingiz atrofga qarab guvohi bo'lasiz. Katta-katta davralarda, minglab insonlar oldida gapiruvchi insonlardan darak yo'q bo'lgan bir holda, Unga teskari holda Alloh uchun amal qilib kelyotgan, harakati AMAL ORQALI harakatdan iborat bo'lgan insonlar ham bor. Chin ko'nglik tubidan shunday insonlarga Havas qilaman, Karami keng Jamoli Tengsiz bo'gan Alloh Subhanahu va Taolo bizni ham shular qatorida qilsin in shaa Alloh. Amal bilan harakat qiluvchilar orasida ham men bu harakatlarini suyganlarim, harakatlarini davomli qila bilganlari... ~TAFAKKUR ORQALI HARAKAT Har bir insonga va uning farzandlariga, amallarida davomli bo'lib, shu darajada harakat qilishga chiqishni nasib qilsin... Qalbdagi halovat ila har bir ishni mohirona, hamda qodir qilganicha mukammal qilishga muvaffaq bo'luvchi bunday insonlar har davradi suyuklidur... BIRODARIM atrofga boqing, o'zingizga boqing harakatingiz faqat va faqat o'zingizga bog'liq. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh @Leaders_Leisure [] Oliy Tibbiyot Maktabi
Mostrar todo...

​​ #Ustoz Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh har birimizni holimizni bilguvchi Zotdir, O'zi holimizni bilgan holda Hidoyatini bersin. Qalblarimizni isloh aylasin in shaa Alloh. Ustoz - Muallim - Tarbiyachi. Umuman olganda kimningdir qaysidir ilmni egallashida ko'makchi yoki sababchi bo'lsangiz siz tabiiy ravishda shu maqom himoyasiga kirishasiz. Avvalo bu mas'uliyat shunchaki nom uchun, riyo uchun, tug'yonga ketish-u, nafsni semirtirish uchun emas ekanini anglab olaylik. Ustoz otangdek ulug', endi Ustoz o'zi bunga tayyormi buni anglamog'i kerak. 1. Birinchi galda hurmatni talab qilmaslik, bu haqidagi Hadislar yetarlicha bayon etilgan. Hurmatga erishiladi, tortib olinmaydi. Yillar erishtiradi, sifatlar erishtiradi. 2. Sifatlarga kelsak. Talab qilish - Tartib qilish. Ilm vakili o'z nafsi bilan hamda shayton alayhi lana bilan raqib bo'lib kurashda bo'ladi. Ustoz tartib va talab orqali bu yo'lda shogirdlarga ko'mak berishi kerak. 3. Sifatlar. Talab qilishi - Amal qilishi. Avvalo talab amal orqali bo'ladi. Ya'ni avval o'zi amalida namoyon qilishi, hamda shuni Unga ergashuvchilardan talab qilishi darkor. Aziymatni uqtirishi kerak, ya'ni yo'lda taslim bo'lmaslikni. 4. Sifatlar. Amallarini tanlay olish. Har bir inson xatokor bir banda. Kimga-ki insonlardan bir guruhi ergashsa, u kishi o'zini taftish qilishi kerak. Inson fitratiga xos xatolari sabab avvalo Allohdan duolar qilib,  undan yiroqlashishni so'rashi, keyingi o'rinlarda omma oldida oshkor qilishdan saqlashini so'rashi va shunga amal qilishi darkor. 4. Sifatlar. Tashkilotchi, Harakatchan. Tashkilotchi, harakatchan, serg'ayrat muallim Har qachon, so'zi bor-u amali yo'q muallimdan afzalroq. Harakatda talabaga o'rnak bo'la olishi kerak, shu o'rinda u ham bekami ko'st emas ekanini ta'kidlay olishi, ya'ni: ~berilgan savol va jumboqlarda ilmi yo'q bo'lsa buni ta'kidlashi, uni topib berishga harakat qilishi kerak ~bu bo'yicha ko'rsatma berishi darkor ~mas'uliyatdan qochmasligi shart. 5. Sifatlar. Bu nomning mas'uliyatini his qilgach, uni himoyasiga bel bog'lash. Ustoz, Muallim - bu yo'lning boshini anglagan inson, boshqa omillarsiz o'z vazifasiga jon-u dilidan kirishadi. Ustoz maqomiga ega Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. ning "Men sizlarga Muallim qilib yuborildim'm" deya aytgan so'zlarining mas'uliyatini qalbiga ko'mmog'i shart. 7. Sifatlar. Mehr va Chegara. Ustoz mehrni beminnat va soxtaliklarsiz ulashishi kerak, bu o'rinda Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. dan va Sahobalardan o'rnak olish o'rinli. Shu bilan bir qatorda ikki tomon munosabati haddidan oshishga olib keladigan chegarada to'xtash kerak, Mehr berishda ham, talab qilishda ham. 8. Sifatlar. Talab Chegarasi. Talab chegarisida ham yuqoridagidek. O'zini ustun tutgan holdagi talab emas, aynan talabasining foydasini o'ylagan holda ota-onasi kabi qayg'urish orqali qilayotgan talabini so'zsiz izohlay olishi kerak. 6.Talablar. Ilm va Ustoz Hurmati. Muallim o'z ergashuvchilariga Ilm fazilati va Ustoz o'rni haqida tushuncha berishi. Ma'lum toifadagi talabalardan esa buni talab qilib olishi darkok. ~Ushbu o'rindagi talab, ilm va Ustoz maqomi uchun bo'lishi kerak. ~Ilm va Ustoz maqomi uchun ekanini qanday biladi desak; buni Muallimning qalbi oshkor qiladi va bu haqiqat o'zi hamda Alloh Subhanahu va Taoloning o'rtasida oshkor bo'ladi, insonlar orasida emas. ~Agar o'z nafsi uchun Talab qilsa bu Maxfiy Riyo orqali, o'z egasini qilayotgan mehnatlarini ajrini kesib qo'yishi mumkin. ~Qalblarni bilguvchi Zotni, xatto o'ylarimiz orqali ham bizni anglay olishini, shu xattoki fikrlash ne'mati ham Unga tegishli ekanini esda tutmoq darkor. P.S. In shaa Alloh ushbu post manfaatli bo'ladi. Bu yo'lga harakat qilaman deganlar soni ortmoqda Alhamdulillah, shu o'rinda mas'uliyatini ham bir eslab olishsa foydadan holi emas. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh @Leaders_Leisure [] Oliy Tibbiyot Maktabi
Mostrar todo...

Repost from Muslim.uz
🔴ЖОНЛИ: Тажвид дарсларининг "Хатми Қуръон қиламиз" дастури. "Аъроф" сурасининг 96 оятидан 149 оятигача 06.09.2023 Youtube орқали томоша қилиш Facebook орқали томоша қилиш Instagram орқали томоша қилиш Telegram voice орқали эшитиш 🟢 ITV орқали томоша қилиш (tas-ix) @muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Mostrar todo...
JONLI: Tajvid darslarining "Xatmi Qur’on qilamiz" dasturi "Arof" surasi 96-oyatidan 06.09.23

Telegram:

https://t.me/muslimuzportal

#tavsiya // #dofamin // #qullik Telegram Ijtimoiy tarmog'ida yangi "qarmoq" qo'shildi. ~ story Avvalgi "qarmoq"larni sanab o'taman ~ members (a'zolar soni) ~ ko'rishlar soni ~ uzatishlar soni ~ Comments bandi (kanal uchun) ~ reaction bandi ~ STORY @Leaders_Leisure [] Oliy Tibbiyot Maktabi
Mostrar todo...
USTOZ OTANGDEK ULUG' [] ILM UCHUN Bilamiz-ki "Ustoz otangdek, ba'zi o'rinlarda otangdan ulug' " - deya keltirilgan fikrni eshitasiz. Hozirgi kunda Ijtimoiy hayotimizda yetishmayotgan omillardan biri, Ustozga, Ilmga bo'lgan hurmatni shakllantirish yetarli emasligi ko'rinib bormoqda. Ustoz roziligi, Ustoz ko'rsatmasi ilm yo'lidagilar uchun qanchalik muhim ekani u yoqda tursin. Ustozni o'rnida hurmat qilish haqida ilm, tarbiya yetishmasligi ko'rinmoqda. Nega Tarbiya, chunki siz Oilangizdagi Ota-Onangizga qiladigan muomala, ustozlaringiz huzurida namoyon bo'ladi. Achinarli jihati shundaki, sizni tarbiyangiz, siz bilan birga bo'lgan muhitdagi Ilm olayotgan Talabalarga ham ta'sir etadi, ularga hush bo'lmagan, ustoziga bo'layotgan munosabatga rozi bo'la olmaydigan muomalani ko'rishga majbur bo'lib qolmoqda. Xususan LMS guruhlaridan birida bo'lgan holatni aytsam, yangi ochilgan guruhga bir Liderimizni ta'yinlagandik. Alhamdulillah ana shu ochilgan guruhda oilasida yaxshi tarbiya ko'rgan talabamiz ham bor ekanlar. Shu bilan bir qatorda yetarlicha tushunchaga ega bo'lmagan talabalar ham mavjud ekan. U yerda qilingan ustozga bo'lgan munosabat sabab, aqlli bo'lgan talabamiz, bizga murojaat qildilar va "Ustozimga bunday murojaat qilishlari meni g'azablantirdi" - deb aytdilar. Hamda "barcha ilm vakillariga shu haqida biroz eslatma bersangiz, Koshki shu orqali nafaqat Ustozlarga bo'lgan tavozeni shakllantirish orqali, oiladagi Ota-Onalariga bo'lgan Mehr-Muhabbatlarini hosil qilsalar" - deya Iltimos qildilar. Bu murojaat birinchi galda o'zimga ta'sir qildi😊. Bir eslatma bo'ldi. Ustozlar bizdan va sizdan hurmat talab qilishmaydi, bunga muhtoj ham emaslar, buni o'zimiz anglay olishimiz o'z tarbiyamiz va ustozlar oldidagi martababimizni, talaba sifatida martabamizni belgilovchi sifatlardan. Bu Tavoze nafaqat LMS talabalari uchun eslatma, barcha ilm talabidagilar uchun eslatma. Shu o'rinda aytsam, Ustoz deya Tilda aytish doim talab qilinmaydi. Ularning ko'rsatmasiga amal qilish, Tavozeli bo'lish talab etiladi. Ehtimol Ustozingiz boshqa bir o'rinda sizga aka-uka yoki opa-singil bo'lishi mumkin, lekin ilm o'rnida siz uchun Muallim hisoblanadi. Bunga e'tiborli bo'ling. Shu qatori Ona-Onalarimizga ham tavozeli bo'lish, ko'rsatmalarini qabul qilish, odob doirasida suhbat qilish talab etiladi. "USTOZ OTANGDEK ULUG' " Bu kichik bir eslatma sifatida yozildi. Asl Ustoz, Ilm, Ota-Ona bilan bog'liq ilmlarni izlanish orqali kengroq o'rganib olasiz in shaa Alloh. @Leaders_Leisure [] Oliy Tibbiyot Maktabi
Mostrar todo...
ҚАЙҒУРМА ШОГИРД (РАССОМ). Рассомнинг шогирди бўлиб узоқ йиллар бу хунарни устозидан қунт билан ўрганибди. Бир кун устозидан сўрабди: -Устоз шунча йиллик қилган меҳнатим самарасини қандай баҳолай? Устоз айтибди: -Бир энг ёқтирган расмингни чиз, уни омма жамланадиган жойга қўйда, ёнига қизил қалам билан хатоларимни белгиланг дея ёзиб қўй - дебди. Шогирд устозни айтганидек, расмни чизибди ва омма кўп ўтувчи жойга уни жойлаштириб, бир кун ўтгач хабар олибди. Қараса расм тўла қизил белгилар эмиш, бирор белгисиз жойи йўқ. Тушунликка тушган шогирд, устозини олдига келиб, дебди: -Устооз, мен ҳали ҳеч нима ўрганмабманку, бундан жуда афсусдаман. Устози айтибди: -Ўтган галги расмни, ўтган галги жойга қўйда, бу гал рангли қаламлар қўйиб хатойимни тўғирланг деб ёз - дебди. Шогирд устозни айтганини қилибди, бир кун ўтгач қараса расмда ҳеч қандай ўзгариш йўқ эмиш. Шогирд ҳайрон, устозга яна борибди. Устози дебди: -ҚАЙҒУРМА ШОГИРД одамлар шундай, ўз қўлидан келмаса ҳам хатоларни топишга уста, балки у бошқа соха вакилидур, балки рассом, ўзи хатони тўғирлай олмайди ёки ўзи меҳнат қила олмайди, лекин сени хатойингни топишга ҳаракат қилади. Шундай экан инсонларнинг гапидан ҚАЙҒУРМА ШОГИРД, зар қадрини заргар билур, сени ҳар бир меҳнатинг мен учун қадрли... П.С. Фикри қандай, Амали қандай шу орқали хулоса қилинг, ҳар бир фикрни таҳлил қилаверманг. ©«Leaders» жамоаси
Mostrar todo...
25:52
Video unavailableShow in Telegram
00:00 - 07:54 Vaqt oralig'ida "Uhud Jangi" haqida izoh keltirilgan. Ko'ring, tahlil qiling sizga Yo'l bosh bo'lganlarga isyon qilishingiz oqibatini anglab olasiz.
Mostrar todo...
ПАЙҒАМБАРИМИЗ_ﷺ_ХАЁТИ_36_38_ҚИСМЛАР_Муфтий_Нуриддин_ҳожи_дом.mp451.87 MB
Ushbu video tashlanganda skachat botlar orqali yuklab olganlar bo'lsa @Leaders_official_bot ga yubora olasizmi. Nuriddin Domlaning Uhud jangi haqidagi videolari edi.
Mostrar todo...
03:41
Video unavailableShow in Telegram
📼 480p, 💾 10.9MB, @Gozilla_bot
Mostrar todo...
Shogird-ustozini-rozi-qilishi-kerak-Shayx-Sayyid-Rahmatulloh.mp410.85 MB
07:24
Video unavailableShow in Telegram
Ularni g'ordan kim chiqaradi?! Aynan Siz va biz uchun ibratli hikoya. P.S. G'orga qaytmay, Uchishga urinadiganlar, ehtiyot bo'ling, ilmni Alloh beradi. Qanotlaringiz sindirilib, bu gal Jarni tubiga Mahkum bo'lishingizga o'zingiz sababchi bo'lib qolmang @Leaders_Leisure
Mostrar todo...
Ularni_g_ordan_kim_chiqaradi_Abdukarim_Mirzayev_745310425_243.mkv16.65 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.