YETTIGUZAR MAHALLA YOSHLARI🇺🇿
491
Suscriptores
Sin datos24 horas
-77 días
+1630 días
- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Tasa de crecimiento de suscriptores
Carga de datos en curso...
Repost from Yettiguzar MFY🇺🇿🇺🇿
01:26
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
QABUL XOVOS TG.mp416.99 MB
Repost from Yettiguzar MFY🇺🇿🇺🇿
00:43
Video unavailableShow in Telegram
Insta-bloger Akmal Fatullayev xonandalardan Janob Rasul va bloger Bobur Mansurovga ovoz berdi, ko'plab muxlislarxam Bobur Mansurovni tanladi....
@yettiguzar
8.16 MB
👍 6
Repost from Yettiguzar MFY🇺🇿🇺🇿
Сирдарёда ёшлар етакчиси вақтинчалик вилоят ҳокими бўлди
Вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев айни кунда қисқа муддатли меҳнат таътилида бўлганлиги сабабли илғор ёшлар етакчиларидан бири Раҳимжонов Дилмурод Баҳодир ўғли вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.
Бундан кўзланган асосий мақсад замонавий билим ва тафаккурга эга, ташаббускор кадрларни тайёрлаш, ёшларга ўз раҳбарлик қобилиятларини тўла намоён этишлари учун замин ҳозирлаш ва уларга мотивация беришдан иборат.
Вилоят ҳокими ўринбосарлари ва бошқарув аппарати ходимлари иштирокида ўтган йиғилишда Д.Раҳимжонов ҳокимлик жамоасига таништирилди.
Унда сўзга чиққан вилоят ҳокимининг биринчи ўринбосари Рахимжон Бобоев вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев ташаббуси билан амалиётга татбиқ этилаётган ушбу тажрибанинг аҳамияти хусусида тўхталди.
Бугундан ўз вазифасига киришган Д.Раҳимжонов белгиланган кун тартибига мувофиқ вилоятдаги инвестицион лойиҳалар, ижтимоий соҳа объектлари, қурилиш ва қишлоқ хўжалиги соҳасида олиб борилаётган ишлар билан танишади. Шунингдек, ҳудудларда сайёр қабул ҳамда ёшлар билан учрашувлар ўтказилиши ҳам режалаштирилган.
Маълумот ўрнида, 28 ёшли Д.Раҳимжонов 2022 йилдан буён Гулистон шаҳар Дўстлик маҳалласи ёшлар етакчиси сифатида фаолият юритиб келмоқда. У 2023 йилда ўтказилган "Йилнинг энг намунали ёшлар етакчиси" Республика танловида 3 ўринни эгаллаган.
Telegram | Facebook | Instagram
Photo unavailableShow in Telegram
#Xovos_tumani
#Yoshlar_ovozi
E'lon!
2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash" yili munosabati bilan Yoshlari ishlari agentligi tuman bo'limi va Tuman Madaniyat bo'limi hamkorlikda "Yoshlar tanlovi" o'tkazmoqda.
🔵 2024-yil 04-yanvar kuni soat 11:00 da Xovos tumani Bunyodkor mahallasida joylashgan 14-son Musiqa va san'at maktabida "Yoshlar ovozi" tanlovi bo'lib o'tadi.
🟣"Yoshlar ovozi" tanlovi quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi.
🔹 Estrada xonandaligi
(2 ta yosh toifasida, 10-15 yosh va 16-22 yosh toifasida)
🔹 Teatr ijrochiligi
(jamoa tarkibi 14-30 yosh toifasida)
Tanlovda ishtirok etishni istagida bo'lgan tumanimiz yoshlarini ushbu tanlovga chorlab qolamiz.
Tonlov shartlari yana bir bor ishtirokchilarga o'qib eshittiriladi.
Photo unavailableShow in Telegram
#Foydali #Word
Word dasturida tahrirlash uchun #tezkor tugmalar
• CTRL + L — matnni chapga tekislash;
• SHIFT + F3 — harflar holatini o'zgartirish;
• CTRL + SHIFT + 8 — pechatga chiqarilmaydigan belgilarni ko'rsatish;
• CTRL + R — matnni o'ng tomonga yoki chap tomonga tekislash;
• CTRL + J — matnni ikki tomonlama yoki chapga tekislash;
• CTRL + E — matnni markazga tekislash;
• CTRL + U — tanlangan matnning ostiga chizish;
P.S: Word'ni ochib, ushbu tezkor tugmalarni amalda qo'llab ko'ring, shunda esda qoladi!
⭐️ Doʻstlaringizga ham ulashing
✅ @Faqatyetakchilar
Repost from Yettiguzar MFY🇺🇿🇺🇿
2024-yil O‘zbekistonda "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilindi
Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida ma’lum qildi.
Yangi yil muborak!
Repost from Yettiguzar MFY🇺🇿🇺🇿
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Xovos tumani Yetti guzar mahallasi xodimlari tomonidan 🎄YANGI YIL🎄 tabrigi. 🎉🎉🎉
Biz Yetti guzar mahallasi faollari Xalqimizni va shu tizimda faoliyat olib borayotgan barcha faollarni yaqinlashib kelayotgan 2024-yil bilan muborakbod etamiz.
Sizlarga tinchlik- osoyishtalik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sog‘lik- omonlik tilaymiz. Keyingi yildagi ishlaringizda kuch-quvvat, omad va zafarlar tilab qolamiz...
Yetti guzar MFY raisi
Mavlyanova Guljamol
Yetti guzar MFY yoshlar yetakchisi Holiqberdiyev Jonibek
Yetti guzar MFY hokim yordamchisi Abdujabborov Muhammad
Yetti guzar MFY profilaktika inspektori Xomidov Xojiakbar
Yetti guzar MFY xotin-qizlar faoli
Atabayeva Mastura. @yettiguzar
00:43
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Kirib kelayotgan yangi 2024-yil muborak bo'lsin, aziz yoshlar!
Yangi yil yangi imkoniyat va g'alabalarga boy bo'lsin!
@alisher_sadullaev
6.82 MB
Photo unavailableShow in Telegram
“Mahalla futbol yetakchisi” lavozimi joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar futbol yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
* mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
* mahallada futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlash;
Belgilanishicha:
futbol yetakchisi tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari bilan kelishilgan holda mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
* futbol yetakchisi lavozimiga futbol sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan va shaxsiy fazilatlari bilan mahallada namuna ko‘rsatgan nomzodlar tayinlanadi.
📍@sarikandayoshlari
⚡️ Yangi yil bayrami munosabati bilan metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, hukumat tashabbusi bilan 2023 yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to’liq faoliyat ko’rsatishi vaqti davomida barcha yo’lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi
@alisher_sadullaev
Elige un Plan Diferente
Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.