cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

ToshDO'TAU Zakovat klubi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti Zakovat klubi. Murojaat uchun: @behruz_6402

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
251
Suscriptores
-124 horas
-67 días
-930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Javob: Aleksandr Blok Izoh: BIRINCHI — tun, IKKINCHI — ko'cha, UCHINCHI — fonus, TO'RTINCHI — dorixona.
Tun, ko‘cha, fonus, dorixona, Chorasiz va notavon yorug‘. Chorak asr yasha xoh yana – Bari shunday kechar. Chora yo‘q. Tugash – barin boshlaydi qayta, O‘tmish takrorlanadi hanuz: Tun, jimirlar muzlagan o‘ra, Dorixona, ko‘cha va fonus...
Blokning bu she'ri 1912-yil 10-oktyabrda yozilgan. Ushbu savolga faqatgina Sayyoraxon To'xtasinova (3) to'g'ri javob topdi.
Mostrar todo...
25-savol Muallif: Azizbek Tulkinbekov Noodatiy tetra - blits 1) Goro Nyuda yaponyalik mashur qurolsoz usta. U òzi yasagan qilichlarining siri oshkor bo'lmasligi uchun qurollarini BIRINCHIda yasaydi. D/s: BIRINCHIni toping 2) IKKINCHI bolasi deb umumiy ta'lim-tarbiyadan chetda qolgan bolalarga nisbatan aytiladi. D/s: IKKINCHIni toping 3) Qo'g'irchoq teatrining yurtimizning ayrim hududlarida " UCHINCHI xayol" deb atashadi. 2011-yil premyera qilingan va Ryan Reynolds bosh rolni ijro etgan film nomida ham UCHINCHIni uchratishingiz mumkin. D/s: UCHINCHIni toping. 4) Ma'lumotlarga ko‘ra o‘rta asrlarda TO'RTINCHIni "jodugarlar oshxonasi" deb atalgan. D/s: TO'RTINCHIni toping. Diqqat savol: BIRINCHI, IKKINCHI, UCHINCHI va TO'RTINCHI qaysi Sankt-Peterburglikning asari ichida uchraydi? Javoblar: @tulkinbekov
Mostrar todo...
💯 1
Javob: Guantanamo Izoh: Guantanamo qamoqxonasi maxbuslarni maxsus tanlab olingan va qayta-qayta eshitilganda inson ruhiyatiga ta'sir qiluvchi musiqalar bilan qiynab so'roqlar o'tkazgani bilan mashhur. "Guantanamo" va "Mesopotamiya" so'zlari ham 'daryolar orasida joylashgan yer' ma'nosini anglatadi. Afsuski ushbu savolga to'g'ri javob yo'llanmadi.
Mostrar todo...
👍 2
24-savol Muallif: Azizbek Tulkinbekov Savolda bir so'z boshqa bir so'zga almashgan. Amerikalik basketbolchi Delonte West aholi zich joylashgan hududda moshinada baland ovozda musiqa eshitishi ustidan shikoyat kelib tushadi. Westning qilmishiga yarasha jazo olishi uchun sudyalar 48 soat uy qamog'iga olinishi va bu vaqt ichida uydan chiqarmagan holatda turli xil yoqimsiz qo'shiqlarni baland qilib qo'yishni tayinlashadi. Bu jazoga West " Unday bo'lsa ikki kun ichida man uyimda emas "Mesopotamiya"da yasharkanman" deb aytib o'tgan. D/s: almashtirilgan so'zni asl holida yozib bering. Javoblar: @tulkinbekov
Mostrar todo...
Javob: Qirol nutqi (The kings speech) Izoh: Lionel qirol Georgiy VI ning duduqlanishini davolagan va bu asosida David Seidler ssenariysi asosida 2010- yil Tom Huper "Qirol nutqi" filmini suratga olgan Ushbu savolga Mahfirat Qahhorova (3), Miraziz Tursunov (2) va Muxlisaxon Muxammadaliyeva (1) lar to'g'ri javoblarni eng birinchilardan bo'lib yo'llashdi.
Mostrar todo...
23-savol Muallif: Azizbek Tulkinbekov Lionel Logue avstraliyalik til terapevti va havaskor sahna aktyori hisoblanadi. Umridagi eng mashhur ishlaridan biri bu qirol Georg VI ni davolaganligidir. D/s: Loguening hayotidan ilhomlanib yaratilgan asarni yozib bering. Javoblar: @tulkinbekov
Mostrar todo...
Javob: Goodall Izoh: Bu "Shindler ro'yhati" filmi orqali yaxshi tanish bo'lgan Caroline Goodall edi. Vatandoshi va familyadoshi bo'lgan Jeyn Morris Goodall shimpanzelar hayotini o'rgangan mashhur primatolog hisoblanadi Ushbu savolga Sayyoraxon To'xtasinova (3) va Muxlisaxon Muxammadaliyeva (2) to'g'ri javob yo'llashdi.
Mostrar todo...
22-savol Muallif: Azizbek Tulkinbekov Britanyalik aktrisa Caroline intervyularidan birida bo'sh vaqtlarida hayvonlarni rasmga olishni yoqtirishini aytib o'tgan. U shimpanzelarni ham rasmga olganmi yoki yo'q bu haqida ma'lumot uchramadi. D/s: Carolinening familyasini yozib bering. Javoblar: @tulkinbekov
Mostrar todo...
#reyting Hayotbek Almamatov 20 ball Mahfirat Qahhorova 13ball Sayyora To'xtasinova 9 ball Muxlisaxon Muxammadaliyeva 9 ball Husanbek Madaminjonov 6 ball Miraziz Tursunov 4 ball Lobarxon Shamsiddinova 4 ball @Jamshid_Samarqandiy 3 ball Rasul Alimov 2 ball Islombek Mahmudjonov 2 ball Azamat Hamidov 2 ball Javlonbek Masharipov 2 ball Xurshida Hazratqulova 1 ball Sevinch Eshquvvatova 1 ball Marjona Jovliyeva 1 ball Mohichehra Ochilova 1 ball
Mostrar todo...
👍 2
Javob: Janna d'Ark Izoh: Kartina nomi "Gulxandagi Janna d'Ark". Savol matnidagi Renening fransuz ekanligi va gulxanda yonayotgan ayol tasviri sizni Janna d'Arkka olib bordi degan umiddamiz. Ushbu savolga birinchilardan bo'lib to'g'ri javobni yuborganlar: Madaminjonov Husanbek (3) Qahhorova Mahfirat (2) Ochilova Mohichehra (1)
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.