cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

DUNYOYIMSIZ😍

^&

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
57
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Baxtli boʻlasiz... Kecha telbalardek qayg‘u chekkan narsalaringizga ertaga “Nega o‘zimni buncha qiynadim” deb afsus chekasiz... Kecha tashvishlantirib tunlaringizni kunga ulagan narsalar uchun ertaga pushaymon bo‘lasiz... Kechagi kuningizga shu qadar ko‘p bog‘langansizki, ertangi kunlaringizda sizga esh bo‘lajak baxtlarni ko‘rolmayapsiz... O‘sha kun kelganda shunday baxtli bo‘lasizki, hamma narsa kechagi kuningizda qolib ketadi...!💟♋️ @NurtayevAbubakr
Mostrar todo...
​​ЖАННАТДА БОШИМГА ТОЖ КИЙДИР БОЛАМ! Қуръонни тамоман ёдлагин болам, Тажвидни ўрганиб маддлагин болам, Саман отни миниб отлангин болам, Ёрдам беролмагай на жиян - тоғам, Жаннатда бошимга тож кийдир болам. Одамлар сендан ҳеч рози бўлмайди, Илмсиз қорилар қози бўлмайди, Қўшиқчининг гўзал овози бўлмайди, Одамларни ўз ҳолига ташлагин болам, Қуръонни тажвидла бошлагин болам. Қиёматда ҳолим жуда ҳаробдир, Қилган ишинг асли жуда савобдир, Ҳатто жоҳилларга бўлгай жавобдир, Ёрдамга келмагай на амма - ҳолам, Жаннатда бошимга тож кийдир болам. Буюк ҳофизлардан ўрган Қуръонни, Ғанимат бил сенга берилган онни, Ҳатто авайлагин бир бурда нонни, Ёрдам беролмаса ҳатто ота - онам, Жаннатда бошимга тож кийдир болам. Кечалари таҳажжудда қилиб нолалар, Сени деб оқарди бу соч толалар, Кўча чангитиб ўйнаб юрса болалар, Ёрдам беролмагай на иним - оғам, Бошимга нурли тож кийдиргин болам. Беш кунлик дунёнинг лаззати қурсин, Қўшиқчилар олдингда индамай турсин, Қуръон билмаганлар армонда бўлсин, Менинг биттагина ўтинчим - нолам, Жаннатда бошимга тож кийдир болам. Дунёнинг ишлари адо бўлмайди, Қориларнинг юзи қаро бўлмайди, Ҳатто қиёматда гадо бўлмайди, Қуръонни ёдлабон қори бўл болам, Ота-онанг дардига дори бўл болам. Каъбани тавоф этиб ҳожи бўл болам, Қиёматда ота-онанг тожи бўл болам. Ажойиб шеър экан, яхшиларга илиндим!😊 ☝️🏻АЛБАТТА ДЎСТЛАРИГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ! 👉🏻 @muslima
Mostrar todo...

Repost from Dunyoda
Uyquning turlari 1. Sunnat uyqu. Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu. Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu. Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi. 4. Uqubatga sabab bo‘ladigan uyqu. Kishi xufton namozini o‘qimasdan uxlasa, bu dunyoda ham, oxiratda ham azob-uqubatga qoladi. 5. Odatiy uyqu. Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu. 6. Nadomatga sabab bo‘ladigan uyqu. Tongotar vaqtida uxlash. Shuningdek, ilmiy majlis bo‘layotgan vaqtida uxlash ham nadomatga sabab bo‘ladi. 7. Gʻaflat uyqu. Tong otayotganida uxlab yotish. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Fotimaga rodiyallohu anho: "Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi", dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu uch narsadan quruq qoladi. 8. Faqirlikka sabab bo‘ladigan uyqu. Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambag‘allikka, devonalikka, qarzdorlikka sabab bo‘ladi. 9. Gʻaromat (ziyon) uyqu. Kishining ibodatdan so‘ng duoda, sanoda, salavotda, qiroatda ko‘zi ketib qolsa, g‘aromat uyqu sanaladi. 10. Rohat uyqu. Kasal va go‘daklarning uyqusi. Ular qancha ko‘p uxlasa, foyda va rohat olishadi. 11. Ibodat uyqu. Olimlar, obidlar va ro‘zadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan so‘ng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida bo‘ladi. 12. Karomat uyqu. Tunda namoz o‘qib turib, charchab sajdada uxlab qolish". 👉 DUNYODA
Mostrar todo...
Repost from Dunyoda
AYOLINGIZNI HURMAT QILING AZIZ ERKAKLAR Ey, erkaklar! Xotiningizni, Xotin emas, xonim deb ayting. Ichingizda mardlari bo‘lsa, Suyukligim, yorim deb ayting. Xotin demang, jonon deb ayting, Jonin sizga fido qilganku. Bitta bo‘sa qo‘ngan yuzidan, Ming yil keta olmaydi kulgu. Xotin demang, sovuq bu kalom, Hech bo‘lmasa AYOLIM denglar. Yolg‘ondakam, bir yilda bir bor, Senda fikru-hayolim denglar. Xotin deya alqamang zinxor, Ja bo‘lmasa ayting ismini. Yigirma besh yilda bo‘lsa ham, Bir bor maqtab qo‘ying husnini! Onasi deng, Onajonisi, Ming o‘rgilsin mehriboningiz. Uning shodon kulgularidan, Nurga to‘lsin xonadoningiz. Gulim denglar, farishtam denglar, Ayting, sizdan nima ketadi, Axir biiiitta shirin so‘zingiz, Ming yil yashashiga yetadi. Xotin, deysiz, hoy, deysiz goho, Mohim, oyim desa bo‘lmasmi. Bitta so‘zdan, birgina so‘zdan, Yarimgina ko‘ngli to‘lmasmi?! Ranjitsalar gohida bilmay, Qancha bo‘lsa baqirib to‘ying. Lekin... Yoshi qirqdan oshsa ham, Yahshi qiz! - deb chaqirib qo‘ying! 👉 DUNYODA
Mostrar todo...
Repost from Dunyoda
00:27
Video unavailable
Namoz o‘qiyotgan qizaloq, onang kim, Senga kim ko‘rsatdi eng to‘g‘ri yo‘lni? Mening ko‘nglim hayron, mening ko‘nglim jim, Ayt, qaydan topayin sendagi dilni? Og‘riqqa belangan ustixonlarda, Intizor turibman mujdalaringga. Peshonang yer o‘pgan munir onlarda Jonim sadaqa bo‘lsin sajdalaringga! Ko‘zlarim gunohkor, ko‘zlarim o‘g‘ri, Ko‘zlaringda qutlug‘ nur ko‘rayapman. O‘zimcha halolman, o‘zimcha to‘g‘ri, Unda nega buncha qaltirayapman?.. Xotiralar meni ezib tashlaydi, O‘zimdan boshqani bilmas ekanman. Kechagi hayotim yo‘qqa o‘xshaydi, Tuzukroq duo ham qilmas ekanman... Namoz o‘qiyotgan qizaloq, otang kim, Senga kim ko‘rsatdi eng to‘g‘ri yo‘lni? O‘xshar bo‘lsa, senga o‘xshasin qizim, Ulg‘aysin pok nurga to‘ldirib dilni... © Behzod Fazliddin 👉 DUNYODA
Mostrar todo...
7.20 KB
Repost from Dunyoda
🌙RAMAZON OYIDAGI XAYRLI ISHLAR🌹 1. Qur’onni ko‘p o‘qish, imkon bo‘lsa, uni bir necha marta xatm qilish. 2. Ro‘zadorlarga iftor qilib berish, tarovehlarda suv ulashish. 3. Farzandlarni, uka va singillarni xatmi Qur’on qilishga qiziqtirib, hayitda ularga mukofot berish. 4. Islomiy va ma’rifiy kitoblar hadya qilish. 5. Sadaqa ulashish, zakotni Ramazonda berishga targ‘ib qilish. 6. Qo‘ni qo‘shni va do‘stlar orasidagi muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish. 7. Mushaf sotib olib, masjidlarga tarqatish, yaqinlarga ulashish. 8. Uy bekalari tayyorlagan saharlik va iftorliklari uchun savob umid qilishlari. 9. Ramazon oyida umra qilish. Ramazondagi umraning savobi nihoyatda ulkandir. 10. Do‘stlar, qarindoshlar va qo‘shnilarga iftorlik qilib berish. 11. Zikr va istig‘forni ko‘p aytish. 12. Yetimlarni, muhtoj oilalarni kafillikka olish. 13. Bolajonlar uchun Ramazon kechalari, zikr musobaqalari o‘tkazib, mukofotlar berish. 👉 DUNYODA
Mostrar todo...
Repost from Dunyoda
Payg‘ambarimiz (s.a.v) Alloh bergan umrni rohatda, huzur ichida yashash va Alloh rizoligiga erishmoq uchun quyidagilarga mutloq amal qilishimizni buyuradilar: 1. Doimo toza ovqatlarni yeng. 2. Juda issiq va juda sovuq yemang. 3. Ko‘p chaynab, sekin yeng. 4. Ovqatdan oldin va keyin qo‘llaringizni yuving. 5. Doimo ovqatdan ishtahali bo‘lib turing, ko‘p yemang. 6. Ovqat yeyish davomida ko‘p suv ichmang. 7. Qishda biroz ko‘proq yog‘li ovqatlar, yozda esa yengilroq ovqatlar va ko‘katlardan yeng. 8. Ovqatlaringizdan xurmoni kam etmang. 9. Uzum, xurmo va zaytun. Allohga shukur etmoq uchun sizga sihat va quvvat beradi. 10. Charchagan vaqtingizda shirinliklarni yeng. 11. Siniq kosalarda ovqat yemang, bunday idishda suv ham ichmang. 12. Ovqatlanayotganda doimo yaxshi kayfiyatda bo‘ling, yolg‘iz ovqat yemang. 13. Doimo ovqatdan so‘ng duo o‘qib, shukr qiling. 14. Har oyda bir kun ro‘za tutingki, vujudingiz dam olsin. 15. Asal yeb turing, u ming dardga davodir. «Ilohiy moʻjizalar» kitobidan. 👉 DUNYODA
Mostrar todo...
Repost from Dunyoda
RO‘ZADORLARGA HUSHXABAR! #Ҳадислар • Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Ramazon oyida mening ummatimga mendan avvalgi payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa berildi: Birinchisi: Ramazon oyining avvalgi kechasi Alloh ularga (rahmat) nazari bilan boqadi, kimga Alloh rahmat nazari bilan boqsa, uni hech ham azoblamaydi. Ikkinchisi: Ularning og‘zidagi hid Alloh huzurida miskning hididan ham xushbo‘yroq bo‘ladi. Uchinchisi: Farishtalar ularning haqlariga tunu kun istig‘for aytadilar. To‘rtinchisi: Alloh azza va jalla jannatiga: «Bandalarim uchun tayyorlangin va bezangin. Ulardan tezda dunyo qiyinchiliklari, tashvishlari ketib, Mening jannatim va ziyofatimga keladilar», deydi. Beshinchisi: Ramazonning oxirgi kechasi bo‘lganda, ularning barchasini Alloh mag‘firat qilib yuboradi», degan edilar, (atrofdagilar): «Ey Allohning Rasuli, u Qadr kechasimi?» deyishdi. Shunda u zot: «Yo‘q! Agar ishchilar ishlarini tugatsalar, haqlari to‘liq qilib beriladimi?!» (Ya’ni bu mukofot ular ro‘zani to‘liq tutganlari uchun beriladi, Qadr kechasining savobi alohida beriladi). 👉 DUNYODA
Mostrar todo...
Photo unavailable
Photo unavailable
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.