Dilfuza KAMOLJONOVA Barchasi bolalarga
Ushbu kanal bolalarni shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi
Mostrar más198
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
-330 días
- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Tasa de crecimiento de suscriptores
Carga de datos en curso...
Zulfiya ISROILOVA
KAPALAK
Hulkar degan qizchaman,
Gul ichida o‘saman.
Ko‘kda uchsa kapalak,
Yo‘llarini to‘saman.
Unga deyman: “Hay, go‘zal,
Borayapsan qayoqqa ?
Pastga tusha qol bu gal,
Kelib qo‘n bizning bog‘ga...”
Kapalak rozi bo‘ldi,
Kelib qo‘ldi bog‘imga.
Men ham unga tutdim gul,
Sig‘mayin quchog‘imga...
Kapalak xursand bo‘ldi,
Sevinib, qanot qoqdi.
Dedi: “Endi ketmayman,
Bog‘ing menga ko‘p yoqdi.”
O‘ynadik oqshomgacha,
Quyosh uyiga ketdi.
So‘ng dedim kapalakka:
Uxlamoqqa vaqt yetdi.
Toza o‘ynab charchadik,
Endi uxlab orom ol.
Men ham uxlashga yotay,
O‘rtoqjonim yaxshi qol. https://t.me/dilfuza_kamoljonova
Dilfuza KAMOLJONOVA Barchasi bolalarga
Ushbu kanal bolalarni shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi
MEHNATSEVAR O‘RGIMCHAK
(Ertak)
Qishning sovuq kunida,
Issiqqina inida
O‘rgimchakning ishi ko‘p,
Ishidan to‘qishi ko‘p.
Toki qish yerda mehmon,
Sovqotmasin biron jon,
Deya shoshar o‘rgimchak,
Tinim bilmay, jonsarak.
Turli buyurtma olar,
Katta-kichik naqsh solar.
Ro‘mol, qo‘lqop-u qalpoq,
Taxlanar juft-juft paypoq.
So‘nggi urufda bari,
Kamalakdek ranglari.
Oh-ho... po‘rim nimchalar,
Bejirimdir bunchalar.
Minnatdor undan o‘rmon,
Tinim bilmasdan bir on.
Qishga, deb kiyim-kechak,
Ip yigirar o‘rgimchak.
Dilfuza KAMOLJONOVA
YOD OLAMIZ, SHODLANAMIZ!
Tursunboy ADASHBOYEV
TELEFON
Mazza bo‘ldi zag‘chaga,
Arzimagan aqchaga,
Telefon sotib oldi,
So‘ng g‘ilof topib oldi.
Ishlarini butladi,
Zag‘izg‘onni qutladi.
Oldi-berdisin dovlab,
So‘ngra chigirtka ovlab,
Do‘stlarin yo‘qlab bordi.
So‘ngra esa Laylakka
SMS ham yubordi.
QO‘SHUV
Doskadagi yozuvlarni
Dumida artib,
O‘rganmoqda amallarni
Mushuk batartib.
Qo‘shib borgach, sanoq son
Boradi ortib.
To‘g‘ri topsa o‘nta sichqon
O‘ziga tortiq.
https://t.me/dilfuza_kamoljonova
Dilfuza KAMOLJONOVA Barchasi bolalarga
Ushbu kanal bolalarni shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi
Repost from Zamira Buvining Ertaklari🌜
Photo unavailableShow in Telegram
RAVSHAN ISOQOV
YOZ
Tunlar qisqa, bir tutam,
Quyosh-chi, saxiy, hotam.
Tutar handalak hidi,
Biram yoqimli, xushta’m
Ochil dasturxon bogʻlar,
Mevalar pishgan chogʻlar.
Anhor boʻylari soʻlim,
Qitiqlar dilni chogʻlab.
Suvlar kuylar ashula,
Tomchida oʻynar shu’la.
Jimirlaydi yulduzlar
Oymomo toʻpgan palla.
@ZamiraBuvi - Farzandlarimizning ma'naviyatini boyituvchi kanal.🍀🍀🌸
Kavsar TURDIYEVA
QIDIRYAPMAN BEFOYDA
Oyim bergan koptokni
Olish uchun shoshildim.
Birov tegmasin deya
Uni o‘n bor yashirdim.
Berkitgandim koptokni
Hech kim topmas zo‘r joyga
Uch kundirki, topolmay
Izlayapman befoyda.
MUZQAYMOQ
Yurar edi Nodirvoy
Qishloq bilan tanishib.
Muzqaymoq deb o‘yladi
Ko‘rib qoldi qamishni.
Xursand bo‘lib bolakay
Der tikilib ekinga:
– Endi yeyman muzqaymoq,
Hoxlagancha tekinga.
MEHR
Uydami yo ko‘chada
Yonimda bo‘lsa akam,
Jasurlashib ketaman,
Sher bo‘laman chinakam.
Menga kulcha non yopib
Yonimda yursa oyim,
Ish buyursa, “xo‘p” deya,
Quvnoq boqaman doim.
“Balli, ota o‘g‘il”, deb
Yonimda tursa dadam,
Hovlimizga suv sepib
Charchamayman sira ham...
Meni erka ekan deb,
Balki rosa kularsiz.
Ammo sira, sira ham
Turolmayman ularsiz.
Repost from BOLALAR ADABIYOTI
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun "G'UNCHA" jurnalining bosh muharriri, bolalarning sevimli ijodkori DILFUZA SHOMALIKOVA tavallud topgan kun.
TABRIKLAYMIZ!!!
t.me/Adabiyotchi_Bolajon
Elige un Plan Diferente
Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.