es
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

Ir al canal en Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

Mostrar más
4 368
Suscriptores
+624 horas
+447 días
+17330 días
Archivo de publicaciones
Repost from Orif Tolib
Oʻzbek tili rivojiga osh markazi ham hissa qoʻsha oladi Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Ustoz – 2020” tanlovi gʻolibi, Toshkent shahridagi prezident maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova “Hammabop oʻzbek tili” mualliflik loyihasini yoʻlga qoʻygani haqida oldinroq yozgan edim. Bugun YouTube kanaldagi bir videoni koʻrib, hayron qoldim: loyiha moliyaviy muammolar sababli biroz toʻxtab qolibdi. Lekin homiy topilib, davom etibdi. Oʻzbek tiliga oid loyihaga kim homiylik qilgan deb oʻylaysiz? U grant ajratadigan biror xalqaro tashkilot, nodavlat uyushma yoki til rivojiga masʼul davlat tashkiloti emas. Koʻpchiligimiz yaxshi biladigan “Beshqozon” osh markazi loyihani qoʻllab-quvvatlabdi. “Hammabop oʻzbek tili”dan ular biror moddiy manfaat olmas, kanal ularni reklama ham qilmas ekan. Eshitib qoyil qoldim, xursand boʻldim. Kanalni kuzatib boring, foyda berishi aniq: 👉 YouTube: @Hammabopozbektili 👉 Telegram: @suvaydo @oriftolib

Hammabop O`zbek tili Loyiha muallifini juda kuchli mutaxassis. Qilgan loyihalarini ko`rib hursand bo`ldim. Bizda shunday loyihalar ko`payishi ham millatimizga ham tilimizga dastak bo`lar edi.
Loyihani kuzatib borishni tavsiya etaman.
Bu bilan kundalik so`zlashuvlarimizni tuzatib borishimiz, xato (hato)siz yozishni o`rganishimiz uchun tayyor yechim ekan. Kanalni kuzatib boring, foyda berishi aniq: 👉 YouTube: @Hammabopozbektili 👉 Telegram: @suvaydo

Yangiliklar ko`p. Telegramning taqdiri nima bo`ladi? Alternativ usullar bormi? Shu haqida ertalab suhbat qilgan edik. Bugun namoyish etishar ekan. O`zimga ham qizziq, kamchiliklar bo`lsa yozing. Kelasi suhbatlarda to`g`rilashga harakat qilaman. @DrAlgorithm

Repost from UNICON SOFT
📱 Telegram o‘chadimi? Hamster Kombat nima bo‘ladi? ❗️Premyera bugun soat 19:30da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1 📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/lSdpjSIX7eg

UzGeeks UzGeeks yangi pogʻonaga tayyorgarlik koʻrmoqda. Tez kunda rejalar va oʻzgarishlar eʼlon qilinadi. Nima deb oʻylaysiz: UzGeeks ning yangi rejasiga nimalar kiritilgan?
Jurnalistika ajoyib kasb, lekin montajchi koʻp narsani oʻzgartira oladi. Osh yeb piyolani rasmga olgandek.
Tadbir juda ajoyib oʻtdi. Davomli boʻlsin! @DrAlgorithm

"UzGeeks" IT hamjamiyati vakillarining yoshlar bilan uchrashuvi muxbir: Muxlisa Abdujalilova #Toshkent shahri @hududtv

Qizziq. Telegram oʻchishi mumkinligi haqida gap yuritgan edik. Lekin bunchalik tez boʻlishini kutmagan edim. Email hech qachon oʻchib qolmaydi, - deb aytganimda, aynan messangerlar umri qisqaroq boʻlishi bilan solishtirgan edim. Email bu yagona protokol. Uni ishlashi uchun dasturlar koʻp va bir biri bilan xabarlasha oladi. Messangerlar biroz boshqacha. Ular bir biri bilan gaplasha olmaydi. Siz Telegramda turib WhatsAppʼga xabar yubora olmaysiz. Shu sababli Email xizmatini Oʻzbekistonda rivojlantirishimiz kerak. Yaxshilik boʻlsin! @DrAlgorithm

Repost from Xushnudbek.uz
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aerop
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi Telegram asoschisi Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan. Fransiya tomoni Durovni “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik”da ayblamoqda. Bunga sabab qilib, Durov Fransiya huquq organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani va Telegramda moderatsiya yo‘qligi keltirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda #freedurov heshtegi ommalashmoqda. Ko‘plab kanal adminlari Durovga ozodlik so‘rab, postlar qoldirgan. Telegram ma’muriyati Durovning hibsga olinishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani, zaxira rejalari mavjudligi, messenjer faoliyati bir maromda davom etishi uchun barcha choralar ko’rilishini ma’lum qilgan. 👉 @xushnudbek 👈

Suhbat Bugun ajoyib suhbat bo`lib o`tdi. Kunni unimli boshladim. Dasturlash tillari haqida edi. Menga yoqadigan dasturlash ti
Suhbat Bugun ajoyib suhbat bo`lib o`tdi. Kunni unimli boshladim. Dasturlash tillari haqida edi.
Menga yoqadigan dasturlash tili qaysi ekanini bilasizmi?
Suhbat chiqishi bilan yana lohida post qoldiraman. @DrAlgorithm

https://t.me/Sardoroga_blog/2390 Endi navbat MailRu Messangerga kelibdi. 2024 yil messangerlarni ko`mish yili bo`lar ekan. @DrAlgorithm

Assalomu alaykum, Ko`rishish uchun baxona bor ekan. Meetup'ning foydali mavzilarini eshitib, ketidan networking qilsak, nima deysiz? Xohlovchilarni UzGeeks MeetUp'ga taklif qilaman! @DrAlgorithm

Assalom alaykum!!! UzGeeks'da Python kuni! 📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosid
Assalom alaykum!!! UzGeeks'da Python kuni! 📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi. 📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan: 1️⃣ "Queue va stack pythonda qanday ishlaydi?" - Xojarbu Xaitmetova (Software Engineer, Epam) 2️⃣ "CPython qanday ishlaydi?" - Bobosher Musurmonov (Software Engineer, Epam) 3️⃣ "Odoo bilan birga yuksalamiz! Low Code, No Code..." - Erkin Isoyev (UIC Group, Aurora+) 4️⃣ "Python da sun’iy intellekt bilan ishlash" - Ayubxon Ibrohimzoda (Python backend o'qituvchi, Ustudy IT Akademiya) 🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak. Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida) Hamkorlar: O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi Thinkland 🌐 UzGeeks.uz

Assalomu alaykum, Ko`rishish uchun baxona bor ekan. Meetup ning foydali mavzilarini eshitib, ketidan networking qilsak, nima deysiz? Xohlovchilarni UzGeeks MeetUp'ga taklif qilaman!

Repost from MohirDev.uz
🔥 Antiqa savollar vaqti keldi! Yangi “10 ta antiqa savol” rubrikasining birinchi sonini kutib oling. Moneff CTO’si Saidolim
🔥 Antiqa savollar vaqti keldi! Yangi “10 ta antiqa savol” rubrikasining birinchi sonini kutib oling. Moneff CTO’si Saidolim Djuraev hazil va professionallik bilan biroz g‘ayrioddiy savollarimizga javob berdi. 👉 Videoni koʻrish ✔️ Kanalimizga obuna bo‘ling va yangi sonlarni oʻtkazib yubormang! @mohirdev

Repost from Kitoblar ombori
Oʻnta farzandli kitobxon oila Instagram'ni gʻarb segmentida bookbloging anchagina rivojlangan. Bizdan farqli ravishda ularda bu jarayon faqatgina tarmoqlarda emas amaliy hayotda ham oʻz aksini topadi. Masalan mana bu ayolni olaylik. Uning 10 ta bolalari boʻlib eng kattasi 12 yoshda boʻlsa eng kichigi esa 5 oylik. Onani oʻzi faol kitobxon va bolalarini ham kitobxon qilgan. Katta oʻgʻli Evan ayni paytda seriyali katta kitoblar ishqibozi ekan. Videoda koʻrsatilgan kitobni 2-marta qayta oʻqibdi. Eng kichik bolasini qoʻlida esa vizual tasavvur xosil qiladigan kitob turibdi. Bu videoni koʻrib biz musulmonlarni oʻsha mashhur gapi yodga tushadi: "Bir erkakni oʻqitsang bir oilani oʻqitasan. Bir ayolni oʻqitsang butun ummatni oʻqitasan." Faqat bu gapni magʻzini gʻarblik ertaroq anglab yetishgan. Manba @kitob_ombori

Oshga borganda shovqindan qutulish
Ko`pincha oshga borganimizda musiqa baland bo`ladi. Hatto to`y oqshomida ham. Ikki kishi suhbatlashaman desa, qiynaladi.
Manimcha bu odamlar biz uchun yechim taklif qilishibdi. Bemalol 2 kishi gaplashib o`tirsa bo`ladi. Yetmaganida, chet ellik mehmonlar bilan ona tilida gaplashishni ham o`ylashibdi.
Ixtiro qilishgani uchun bitta oshga olib borish kerak!
Nima deysiz? @DrAlgorithm #AI

CrowdStrike muammosi va Blue Screen of Deathni Windows va MacOS da tuzatish bo`yicha ko`rsatma. Windows uchun: 1. Safe mode d
+3
CrowdStrike muammosi va Blue Screen of Deathni Windows va MacOS da tuzatish bo`yicha ko`rsatma.
Windows uchun: 1. Safe mode da ishga tushiring. 2. Fayl tizimida quyigadi papkaga boring: C:\Windows\System32\drivers\Crowdstrike directory 3. Barcha `C-00000291` bilan boshlangan file larni o`chirib tashlang: C-00000291*.sys 4. Restart bersangiz ishlab ketishi kerak. MacOS uchun: 1. Kompyuterni qopqogini ko`taring va ishga tushiring 2. Ishlavuring, behavotir. Sizga aloqasi hozircha yo`q. 😂💯💻
Ko`pchilik uchun kunguli tuyulgan narsa, AT mutaxassislari uchun juda katta dars, biznes egalari uchun esa katta yo`qotish bo`ldi. Ma'lumotlarga qaraganda 8,500,000 ta kompyuterga ziyon yetgan. Muxandis admin (Kompyutershik)lar necha minglab qurilmalarni qo`lda tuzatishlari kerak bo`lmoqda. Faqat 19 Iyul emas, hozirda ham tuzatayotganlar bor. Rasmda: * 120 ta noutbuklar tahlanganini ko`rishingiz mumkin. Bu 2,000 tadan 120 tasi holos. Barcha kompyuterlarni bir yigit ishxonasida tuzatib o`tiribdi. * bechora admin * bechora muxandislar * Assembler tilida muammoning nimada ekani ko`rsatilgan. “mov r9d, [r8].” - bu yerda r9d dagi qiymat [r8] da joylashgan manzildagi o`zgaruvchiga saqlanishi kerak. Muammo, r8 da o`zgaruvchi manzili mavjud emas. Yo`q joyga ma'lumotni saqlamoqchi bo`lgan, va .... Uyqusiz tunlarimda.... Ishingizdan nolimang, IT oson deb hursand bo`lmang. Kuningiz hayrli bo`lsin! @DrAlgorithm #BSOD

Bahodir juda kuchli professor. Milliy Universitet davridan taniyman. Keyinchalik chet el universitetlariga oʻqishga ketdi va ilmiy faoliyatini davom ettirib qaytdi. ACM Club tashkil etgan edi. ACM bu xalqaro dasturchilar musobaqasi. Avvallari IBM homiylik qilar edi, keyinchalik JetBrain homiy boʻldi. Finalga chiqqan (yutmasa ham) guruh (3 kishi) TOP AT korxonalariga $20k ga ishga taklif qilinar edi. Oʻzbekistondan 1 marta finalga chiqilgan (2013 y.) Bahodir INHA, Akfa universiteti, New Uzbekistan universitetlarida faoliyat yuritgan. Turli konferensiya va tadbirlarda matematik nazariyalarni o`yinlar yordamida tajriba qilib ko`rsatishi ko`pchilik yodida qolgan. Farzandingizni ilm olishiga sharoit qiling. Bahodirdek jasur qilib tarbiyalang. Ertaga ham oʻzingiz ham farzandingiz roxatini koʻradi. Bahodirlarimiz koʻpaysin! @DrAlgorithm

Repost from Sariq Dev
Angliyaga kelib, Saidolim akani koʻrmasdan ketsa boʻladimi. Saidolim aka Londonda joylashgan Moneff kompaniyasida CTO, Oʻzbek
+1
Angliyaga kelib, Saidolim akani koʻrmasdan ketsa boʻladimi. Saidolim aka Londonda joylashgan Moneff kompaniyasida CTO, Oʻzbekistondagi juda koʻp senior dasturchilarning ustozi. Yoshlar bilmasligi mumkin, lekin Saidolim aka UzGeeks hamjamiyati va @UstozShogird kanali kabi loyihalari bilan Oʻzbekistonda AyTi sohasi rivojiga beminnat hissa qoʻshib kelayotgan insonlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oʻzlarining @DrAlgorithm kanallarida ham foydali maslahatlar berib boradilar. Xullas, har tomonlama hurmatga va oʻrnak olishga sazovor inson. p.s. Ha, aytgancha, rasmda mening yonimda turgan yigit Oxforddagi PhD talaba yurtdoshimiz Iqboljon. Medisinada Sun’iy zakoni qoʻllash boʻyicha mutaxassis. Saidolim akaning yonidagi yigit esa - Javohir, Bloomberg Data Analitika kompaniyasining London ofisida ishlaydigan yurtdoshimiz, Business Analitika sohasi mutaxassisi. Mana shunday insonlar bilan tanishishning oʻzi qanchalik odamga zavq bagʻishlashini soʻz bilan yetkazib boʻlmasa kerak.

PHP bormi? Kitob doʻkonidaman. Java bor. Python bollari bilan turishibdi. PHP qani? Koʻzim Pythonga tushganida darrov UzGeeks
PHP bormi? Kitob doʻkonidaman. Java bor. Python bollari bilan turishibdi. PHP qani? Koʻzim Pythonga tushganida darrov UzGeeks tashkil etayotgan Avgust oyidagi MeetUp esga tushdi.
Kelish esdan chiqmasin.
PHP hali tirik. 4:7 coordinatada turibdi. Til muhim emas. Kalla butun boʻlsa boʻldi. @DrAlgorithm