es
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

Ir al canal en Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

Mostrar más
4 726
Suscriptores
+524 horas
-187 días
+37230 días
Archivo de publicaciones
❌ Yangi turdagi "Moshennik" Assalomu alaykum, Bu bezorilar sodda odamlarni aldash uchun nimalar qilmaydi-ya? Bugun ko`p kanal
Yangi turdagi "Moshennik" Assalomu alaykum, Bu bezorilar sodda odamlarni aldash uchun nimalar qilmaydi-ya? Bugun ko`p kanallarning izohlar bo`limida shu kanal nomida o`xshash hisob ochib, kanal nomidan o`zini nopok guruhlarini reklama qilmoqda.
Iltimos ularga ishonmang.
Agar e'tiborsiz qolib, kanaliga qo`shilsangiz, keyin sizga sababchi bo`lgan yaxshi kanal egasidan arz qilib yurasiz. Iltimos, begona guruhlarga kirishdan oldin Tekshiring. Ayyom barakali o`tsin! 06.02.2026 London

Yechim: CIS va ITIL. Assalmu alaykum, maqola yozishga shu kunlarga vaqt bo`lmayapti. Lekin bugungi Data leak mening ham asabimga tegdi. Shunga aytib kelayotgan narsalarimizga e'tibor bermaslik natijasi deb bilaman. To`liq fikrimni ertaga chiqarsam kerak. 03.02.2026 London @DrAlgorithm

Bugun yangiliklarga boy bo`lmoqda. Qiziq bugun 3 ta katta yangilik ko`rdim AT kanallarda. Yana birini ulashmoqchiman. Qudrat aka Abdurahimov, juda ko`p dasturchilarning ustozi, seminar tashkil qilgan ekanlar. Dasturchi bo`lmoqchi bo`lganlar uchun juda foydali bo`ladi deb o`ylayman. Siz ham qatnashing. 29.01.2026 London @DrAlgorithm

❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ Dasturchilar va dasturchilikka qiziquvchilar uchun yangilik!!! Ko'p yillik tajribaga ega dasturchi, koʻplab se
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ Dasturchilar va dasturchilikka qiziquvchilar uchun yangilik!!! Ko'p yillik tajribaga ega dasturchi, koʻplab senior dasturchilar ustozi Qudrat Abdurahimov tomonidan “Talabgir dasturchi boʻlish sirlari” nomli BEPUL seminarda ishtirok eting. 📆 Seminar 31-yanvar soat 19:00 da GITA dasturchilar akademiyasida boʻlib o‘tadi. Seminarda oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin! ⚠️ Joylar soni chegaralangan! Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling! 👉🏻 Roʻyxatdan oʻtish Murojaat uchun: 🤙 908083738 💬 @GitaAdmin 📌 Anor plaza,4-qavat.(Shahriston metro yaqinida joylashgan)

UzGeeks treddagi mavzuni olib chiqmoqda ekan. Tadbirga kelishingizni tavsiya qilaman. 29.01.2026 London @DrAlgorithm

Repost from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!! UzGeeks'da Vibe Coding kuni! 📆 7-fevral, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi bin
Assalom alaykum!!! UzGeeks'da Vibe Coding kuni! 📆 7-fevral, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks February2026 Vibe Coding Day Meetup" bo'lib o'tadi.
1️⃣ Okay, Claude, million dollarlik startup qurib ber... - Mabrur Khayitboev (Founder @ Screenflow) 2️⃣ Vibe Coding - Muhammadqodir Mahmudjanov (Founding engineer @ makon.ai) 3️⃣ AI Agentlarga xotira qo'shish - Aziz Mirzayev (Senior SWE @ EPAM Systems, co-founder of UzGeeks) 4️⃣ Keyingi 2-3 yil ichida karyerangizni rivojlantiradigan muhim mahorat - Ramziddin Maxmudov (Full Stack SWE @ Supermiya, Truss)
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak. Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida) Hamkorlar: O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi Thinkland Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate https://uzgeeks.uz/

UzGeeks treddagi mavzuni olib chiqmoqda ekan. Tadbirga kelishingizni tavsiya qilaman. 29.01.2026 London @DrAlgorithm

Qiz farzandni O‘qitish kerak emas. O‘tgan hafta zo‘r darsga bordim. O‘zimdan aqlli insonlar bilan ko‘rishish baxtiga muyassar
Qiz farzandni O‘qitish kerak emas. O‘tgan hafta zo‘r darsga bordim. O‘zimdan aqlli insonlar bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘ldim. Alhm. Mavzular orasida ta’lim, ayniqsa qiz farzand ta’limi haqida suhbat bo‘ldi. Olgan xulosam:
Qiz farzandni o‘qitish kerak emas, Uni Zo‘r o‘qitish kerak ekan.
Otamisiz, nima qilsangiz qiling, lekin qiz farzandingizni zo‘r o‘qiting. O‘ylab qarasam: * Maktabga borib kelishi * Universitetga kirishi * Pishiriq kursiga borishi yetarli emas ekan. * Aniq fanlardan dars olib berish * Fan olimpiadalarida qatnashtirish * Raqs yoki Sport bilan shug‘ullantirishi * Sizning kasbingizdan xabardor bo‘lishi, kerak bo‘lsa birga ishxonangizga olib borish shart ekan.
Hurmatli hamkasbim, otalar. Qizlarimizni o‘qitaylik. Ertaga ishlamasa ham, uyda o‘tirib sizning nevaralaringizni tarbiyalasa ham, Zo‘r o‘qigan bo‘lsin!
Kuningiz barakotli bo‘lsin! 27.01.2026 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum doʻstlar! Bir haftadan beri maqola yoza olmadim. 1. Bir StartUp boshlangan edi, shuni prod'ga chiqarish bila
Assalomu alaykum doʻstlar! Bir haftadan beri maqola yoza olmadim. 1. Bir StartUp boshlangan edi, shuni prod'ga chiqarish bilan band boʻldik. 2. Juda ajoyib insonlar bilan koʻrishish baxtiga sazovor boʻldim. Bu haqida alohida yozib beraman. Kelayotgan ish haftasini yangi kuch va yangi energiya bilan boshlab olaylik. 🤲 Izoh: Rasm qayerda ekanligini izohda yozing. 23.12.2025 UK @DrAlgorithm

SI Agentlar mardikorlik qiladi Shunday, SI agentlarini o‘ziga vazifalar yasatib, keyin shu vazifalarni o‘ziga bajarishni tasavvur qilib ko‘rganmisiz?
Bugun Aziz Mirzayev aynan shu mavzuda Master klass qilib berdilar.
Videoni ko‘rib chiqing, 10x dan kattaroq foyda olasiz. Kanallarida ham a’zo bo‘lib qo‘ying, yangiliklarni o‘tkazib yubormaysiz.
Ba’zilar nonni "nana" deb yurgan vaqtda Aziz yasagan dasturlardan xalq foydalanar edi. Endi SI ni o‘rganaman deganda, Aziz ularni boshqaraman demoqda.
Yakshanba barakali o‘tsin! 18.01.2026 London @DrAlgorithm

Farhodga qoyil qolaman. Dasturchi emas, lekin dastur yozadi. SI ni o‘ziga dushman bilib, yoki boshqa sabablar bilan SI yordamida ishlashni o‘rganmayotgan dasturchilar ko‘p. Negadir ular SIga moslasha olmaydi. Ammo Dasturlashni bilmagan odam SI yordamida juda ajoyib ishlar qiladi.
Yoki bilim borligi, bizga to‘sqinlik qilyapti. Yoki yangi bilimni olishga dangasamiz.
#Gashtak bilan bo‘lgan suhbatni ko‘rib, sizda ham SI bilan do‘stlashish hissi paydo bo‘lar.
O‘zimiz ustimizda ishlamasak, ertaga....
Dam olish kunlari miriqib, foydali video ko‘rishingiz uchun ulashdim... 17.01.2026 London @DrAlgorithm

Repost from #Gashtak
☄️Boshqacha #Gashtak! Dasturlashni bilmasdan turib, Telegram’da ishlaydigan moliyaviy yordamchi bot yaratdik. To’liq videoda g’oyadan boshlab, butun jarayon va yakuniy natijani ko’ring! Ko’rsatuv davomida: - Nega aynan moliyaviy bot - Sun’iy intellektdan real foydalanish - Kodsiz bot yaratish - Telegram bot bilan ishlash - Ovozli xabarni matnga aylantirish - ChatGPT va Gemini yordamida kod yozish va boshqa foydali ma’lumotlarni oling. 🎥 https://youtu.be/A1QDxnBuB94 To’liq YouTube kanalimizda tomosha qiling, bizga obuna bo’ling va IT’ga qiziqadigan tanishlaringizga ulashing! 📱 Telegram | 📱 Instagram Homiylar: 🌐 Moneff | Cappadocia Walton’s

Google Workspace va Gemini Pro
Naxalov aka AI Bloglarida yaxshi mavzuni aytib o‘tibdilar.
Man Gemini Pro ni o‘zini sotib olmaganman. Biroz boshqa yo‘l tutaganman. Photosda menda ham joy qolmagan edi. Keyin 2 ta yo‘lim bor edi. * Google One sotib olish 200MB’lik * Google Workspace sotib olish 2TB’lik Man Google Workspace sotib oldim. Shunda menda: 1. Telefondagi rasmlarni avtomat GWga saqlab qo‘yadi. 2. Gemini Pro 3. Google Drive (Shared Drive yasash imkoniyati) 4. O‘zimga tegishli yordam.uz domenida shaxsiy email. (saidolim@yordam.uz) 5. Google Meets 150 kishiga 24 soatlik. (Zoom kerak emas endi) Har doim turli usul bilan SIni ishlatsa bo‘ladi. Hamma o‘ziga mos variantini tanlab olgani yaxshi.
Postdan maqsad, bunday usul bilan ham Gemini Pro ishlatish mumkin ekanini aytib o‘tish.
12.01.2026 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum doʻstlar, Edu.Digital.uz baraka topsin, ajoyib videolar chop etmoqda. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash juda nozik masala. Buni juddiy olmasak boʻlmaydi. Taqdimotga tayyorlanish vaqtida ajoyib hodisa yuz berdi: Namuna uchun roʻyxatdan oʻtish uchun .UZ domendagi saytlarga kirib koʻrdim. Menga "Tasdiqlash tugmasi" (checkbox) kerak edi. Qaysi saytda oldindan belgilab qoʻyilgani (✅ checked) qiziq edi. Ne koʻz bilan qaray-ki, tugmani tanlangani (✅) I yoqda tursin, tugmani oʻzi yoʻq. Koʻzlarimga ishonmadim. Yana bir necha saytni tekshirdim. Bir xil xolat. Tugma yoʻq. Toʻgʻri - dangasamiz, toʻgʻri - oʻqimaymiz, lekin odamlarga kerak emas deb qonunni buzish kerak emas-de. Xullas doʻstlar, oʻzimiz toʻgʻrilamasak - birov toʻgʻrilab bermaydi. Diqqat qilaylik. Qonunni ishlataylik. Foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari bilash ishlash madaniyatini shakllantiraylik. Dam olish kuni hayrli oʻtsin. Kelasi hafta boshlanadigan ish/oʻqish haftasi barakali boʻlsin! 11.01.2026 London @DrAlgorithm

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
Veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda nimalar majburiy bo‘lmasligi kerak? ✅UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi. ⚜️Mutaxassisning ta’kidlashicha, veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda, ro‘yxatdan o‘tayotgan inson foydalanuvchi shartnomasiga ongli ravishda rozilik bildirishi va uning ma’lumotlari qanday tartibda qayta ishlanishi haqida xabardor bo‘lishi zarur. ⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

https://t.me/milliymatematikauz/6715 Milliy universitet men uchun katta maktab bo‘lgan. O‘qib yurganimizda Mirsaid aka Aripov kafedra mudiri edilar. Bizga dars bermagan bo‘lsalar ham ham talabalik davrida ham dars berganimda ko‘p hamkorlik qilganmiz. 1 kurs vaqtimizda elektron lug‘at qilingan edi. 2GB lik katta kutubxonalari bor edi. Hozirgi o‘lchamda 2GB katta bo‘lmasligi mumkin, lekin matn shaklidagi kitob 30-40KB atrofida bo‘ladi. Kitoblarni internetdan topish va yuklab olish uchun 2 yildan ko‘p vaqtlari ketgan edi. Domla juda ko‘p kitob chiqarganlar. AT atamalar lug‘atidan tortib, yangi chiqqan texnologiyalarning kitoblarini tarjima qilishgacha. Ularning kitoblaridan o‘rganib, AT sohalariga kirib kelganlar juda ko‘p. Madaniyat va ma’rifat kanali juda yaxshi intervyu tayyorlashibdi. Eshitib eski vaqtlarga sayohat qilgandek bo‘ldim. Domla yoshlari katta bo‘lsa ham (umrlari uzun bo‘lsin) zamondan ancha oldinda yurishga harakat qiladilar. SIdan foydalanib kod yozishni o‘ylab o‘tirilgan bir vaqtda, SI yordamida yangi yechimlar qilayotganlarini ko‘rib hayron qoldim. Vaqtingiz bo‘lsa, bir suhbatlarini eshitib ko‘ring. P.S. Videoda yana ko‘p domlalar bor. Balki sizga ustozlik qilgan domlalarni ham ko‘rib qolasiz. 08.01.2026 London @DrAlgorithm

Rahbar ishni bajarmas emas Kecha qo‘limga 8 yil CTO bo‘lib ishlagan odamning maslahatlari podkasti tushib qoldi. Bitta aytgan
Rahbar ishni bajarmas emas Kecha qo‘limga 8 yil CTO bo‘lib ishlagan odamning maslahatlari podkasti tushib qoldi.
Bitta aytgan gapi qiziq tuyuldi.
- Sen bajaruvchi emassan, san ishni qilish bilan band bo‘lishing kerak emas, - deydi u. - Sening vazifang kelajakka qarash. Kelishi mumkin xavflarni oldini olish, - deganida o‘ylab qoldim. Nimaga asoslanib bunday dedi? - Ishni bajarishni dasturchilarga qo‘yib ber. O‘zing esa yasalayotgan tizim biznesga qanday ta’sir qilishini, ertaga biror muammo chiqmasligini, agar chiqish xavfi bor bo‘lsa, oldini olib tizim yasashni o‘ylashing kerak.
Bugun bilan emas, kelajak bilan yashashing kerak.
Gapini tahlil qilib ko‘rdim. Odatda tizim yasash, dastur yozish desa kodga kirib ketamiz. Hujjat tayyorlash kerak, deyilsa, keyinroqqa qoldiramiz. Avval kod yozib olay, keyin hujjat yozaman deymiz. Vaholanki ha hujjat yoziladi na test ssenariy. Phoenix Projectda ajoyib holat keltirilgan. Xodimni ishga olishmoqda. Suhbat (intervyu)davomida CTO jadval to‘ldirmoqda. Jadvalda quyidagi ustunlar bor: 1. Foyda berish o‘lchovlari. 2. AT tizimlarga hissasi. 3. ATga aloqador biznes xavf. 4. AT nazorat usullari. Shu yerda biznesga ta’sir qiladigan AT tizimlar haqida bo‘lim bor. U yerga: - Tizim to‘g‘ri hisobot bermaydi, chunki kiruvchi ma’lumotlar doim ham toza emas. (Manual editing) - Mijoz ismini, rasmini, o‘ronini o‘zgartira olmaydi. (Tahrirlash qo‘shilmagan) - Savdo bo‘limi mijoz harakatlarini ko‘ra olmaydi. Bu kabi kamchiliklar ko‘p tizimlarda bor. Eng qizig‘i, kitobda ham shundan keladi, biz biznesga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan narsalarga qattiq e’tibor beramiz. Moliya, savdo tushishi, mijoz qaytib ketishi, lekin dasturni to‘g‘rilab qo‘yishni keyinga qoldiramiz.
Demak "AT sababli biznesga ta’sir qiladigan xavf" emas ekan bu ham "Biznes xavfi" ekan deb.
Demak Biz tizimni ishlab chiqish ketma-ketligimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. AT rahbarlarning vazifalari tizimning oxirini nima bo‘lishi, ko‘cha tugayotganda qayerga burilish kerak ekanini hal qilishini o‘ylash. Dasturni mukammallashtirish, toza kod yozish, dasturchilariga aql o‘rgatish emas ekan.
Moshina poygasida ham haydovni qanday haydashni biladi, yonidagi odam qayerga haydashni etib turadi.
Fikrimda kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldiring. Izohlarda yozib qoldirsangiz bo‘ladi. Birga o‘samiz. 08.01.2026 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum do`stlar, Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi juda ajoyib video chiqaribdi. Juniorlar hafa bo`lmaysiz. Sizni o`ylab aytgan edim... To`liq videosini avvalgi postimda tashlagan edim. https://t.me/DrAlgorithm/996 Youtubeda ko`rish uchun: 📱 https://www.youtube.com/watch?v=eb1-xtlQy5c Kuningiz barakotli o`tsin! 07.01.2026 London @DrAlgorithm

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
Juniorlarga tizimni to‘liq ishonib topshirmang — Saidolim Jo‘rayev ✅UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi. ⚜️Mutaxassisning ta’kidlashicha, junior mutaxassislar kuch va o‘sish istagiga boy bo‘lsa-da, nozik tizimlarni “to‘liq topshirib qo‘yish” xavfli. Chunki arxitektura, xavfsizlik, monitoring va barqarorlik kabi masalalar tajriba talab qiladi. ⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Adkham Zokhirov
"Xarita.ai" loyihasi... Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi. Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor: - Dasturchilar uchun - Oddiy Foydalanuvchilar uchun Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL! Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇 Saytga o'tish: https://xarita.ai Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing! (P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!) @adkham_zokhirov