cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

RANCH texnologiya universiteti️

Bizning manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahar, Xonqa ko'cha 26-uy "URGANCHKORMMASH" binosi Murojaat uchun raqamlar: +998 62 227 7772 +998 99 217 0060 +998 99 218 0060 Admin: @Ranchtexnologiyauniversiteti

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 688
Suscriptores
+224 horas
+87 días
+2730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:10
Video unavailableShow in Telegram
Qurbon hayiti muborak! Bugungi bayram - Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, o'qishlaringizda omad va zafarlar, shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz! ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
hayitmovqurbon.mp413.51 MB
24👍 7🔥 3🎉 2
🏛Urganch Ranch texnologiya universitetining "Texnologiya" kafedrasi mudiri I.Y. Rajabov tashabbusi bilan 2024-yil 14-iyun kuni «IT Park Xorazm» MChJga 1-kurs "Kompyutr injiniringi" va "Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar hamda kafedra professor-o'qituvchilari bilan birgalikda sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida talabalar IT Parkning o'quv kurslari, undagi sharoitlar, yo'nalishlar bilan bevosita tanishib, o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kelgusida shu kabi IT markazlar faoliyatini o'rganib, o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishga astoydil harakat qilishlarini bildirdilar. ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
👍 6🔥 4🎉 2
🏛Xalqaro hamkorlik doirasida Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti ma'muriyati bilan uchrashuv o'tkazildi! Urganch Ranch texnologiya universiteti rektori Atajonov Juratbek Atavaevich Yaponiyadagi Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Haruo Saburi bilan hamkorlik qilish maqsadida muzokaralar olib bordi. Kelgusida ilmiy amaliyot va malaka oshirish uchun talabalar hamda professor-o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish, ilmiy uchrashuvlar tashkillashtirish va uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan kelishib olindi ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
👏 16 5👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
👨‍🏫 Urganch Ranch texnologiya universiteti ishchi-xodimlarni ishga taklif qiladi! 2024-2025-o'quv yilidan universitetda yangi yo'nalishlar ochilishi munosabati bilan ishchi-xodimlarni ishga taklif qilamiz. Batafsil ma'lumot uchun: +998952160060
Mostrar todo...
6👍 2
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Barcha izlagan savolning javobi! Abituriyentlar va ularning ota-onalarini doimiy ravishda xususiy universitetning diplomi tan olinishi haqidagi savol qiynaydi. Bu savolning qonuniy asosi "Ta'lim to'g'risidagi" qonunning 31-moddasida keltirilgan bo'lib, videoda ushbu moddaning to'liq tavsifini sodda tilda tushuntirib o'tdik. 💬Endi ham xususiy universitetga topshirishga o'ylanyapsizmi? Izohda fikringizni qoldiring! ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
last last1.mp412.31 MB
👍 13 1🔥 1
🏛2024-yil 13-iyun kuni Urganch Ranch texnologiya universiteti talabalarining “Zakovat” jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Universitet Zakovat jamoasi “Talabalar ligasi” sinxron turnirining 2023-2024-o‘quv yili bahorgi mavsumida Xorazm viloyati miqyosida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘quv yili davomida o‘tkazilgan boshqa intellektual turnirlarda ham munosib ishtirok etdi. Jamoa a’zolariga diplom va kitob sovg‘alari topshirildi. ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
10
Photo unavailableShow in Telegram
🔥XORIJDA AMALIYOT O’TASH UCHUN TANLOV Xalqaro hamkorlik doirasida professor-o’qituvchilar hamda talabalarning xorijiy hamkor universitetlarga almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun universitet bosqich tanlovi o’tkaziladi. Tanlovda ingliz tilini bilish sertifikatiga ega barcha yo'nalish professor-o’qituvchilari, universitetimizning 3-bosqich bakalavriat talabalari hamda 2-bosqich magistrantlari ishtirok etishlari mumkin. Rektor maslahatchisi Bekzod Duschanovga murojaat qilishlari so’raladi. ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
👍 11
01:29
Video unavailableShow in Telegram
🏛Ranch universiteti talabalari ustozlarini shunday qadrlashadi😍 Universitet talabalari yil davomida ta'lim-tarbiya bergan ustozlariga ''Minnatdorchilik maktub''larini yetkazishdi:
Siz eng mehribon ustozsiz! Bizlarga bilim bersangiz uchun rahmat ustoz! Siz bizning eng sevimli ustozimissiz! Siz eng yaxshi ustozsiz! Sizdan o'rganganlarimiz ko'p! Sizni hurmat qilamiz!
Zero, "Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamoq bo'lmas ado, oning haqin ming ganj ila". ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
full99.mp455.80 MB
👏 17👍 6 5
🏛2024-yil 11-iyun kuni Urganch Ranch texnologiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d., akademik, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Saidaxror Saidaxmedovich G’ulomov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Akademik S.G‘ulomov universitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga “Yangi O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishda sifatli ta’limning roli” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Unda Yangi O‘zbekistonni Innovatsion taraqqiyot strategiyasi modeli, sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish imkoniyatlari va yo‘nalishlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
👍 18👏 4
🏛 Xalqaro hamkorlik doirasida Ispaniyaning Lieida universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Uni Lleida universiteti rektori Jaume Puy Llorens hamda Urganch Ranch texnologiya universiteti rektori Atajonov Juratbek Atavaevich imzoladilar. Memorandumda professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish birgalikda ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar o’tkazish va qo'shma dasturlarni tashkil etishga kelishib olindi. Xalqaro hamkorlik doirasida chet el universitetlari bilan uzviy aloqalarni o’rnatish borasida ishlar davom ettiriladi. ✅ Ranch - bu katta imkoniyatlar universiteti! Instagram | Telegram | Facebook | You Tube | Veb Sayt
Mostrar todo...
👏 6 1