Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
Canal cerrado
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
Mostrar más170
Suscriptores
+124 horas
+27 días
+630 días
Archivo de publicaciones
#my_blog
Mission CompletedMen bu gapni shunchaki ishlatmayman. Avvallari kompyuter o'yinlarini ko'p o'ynardik (o'qish bilan parallel ravishda zo'r olib ketganmiz ikkisini), do'stlarim bilan ham birgalikda. O'yinlarda turli xil missiyalar berilar ularda 1-kelgan strategiyamiz orqali harakat qilib o'ta olmay mag'lubiyatga uchrasak, keyin tahlil qilishga o'tardik. Shundan so'ng, qo'llagan strategiyamizni avvalgilaridan xulosa chiqarib, boshqa usulini qo'llashga o'tardik ya'ni o'zgartirardik. Shu orqali o'yinning to'liq barcha missiyalarini yakunlab tugatardik. Nechta o'yinni shunday qilib oxiriga yetgan ekanmiz-a❓ Hozir sanog'i yodda ham yo'q. Sanasak, topsa bo'ladi. Shu yerda biz agarda mag'lubiyatga uchrab, o'yinni o'ynashdan voz kechganimizda u o'yinlarni hali ham yakunlamas edik ekan. Endi hayotga ko'chamiz. Hayotda shuni unutmangki, sizga faqat bitta jon taqdim etilgan. Hamda biror vaqtni saqlab qo'yib, aynan o'sha yerdan boshlab ketish yoki boshidan boshlash imkoni ham yo'q. Hayotda siz albatta oldingizga biror maqsad qo'yasiz va shunga erishish uchun doimo harakat qilasiz. 🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#my_plan
3 oydan oshib ketgan edi. Aynan mana shu shablonni tayyorlayman deya o'zimga vada berganimga. Mana oxiri tayyorlandi ham. Bu esa endilikda siz va mening ishlashimiz uchun ancha yaxshi bo'ladi. Aiogram 2 da ishlab yurganlar bo'lsa yoki endi boshlagan, ammo bunda ham 3 versiyasiga o'tmaganlar qiynalmaysiz. Chunki o'zbek tilida telegram bot darslari 2 versiyasi uchun chiqarilgancha yangilanmay qolib ketgan.
Kirib kelayotgan bahor mavsumi uchun avvaldan tuzilayotgan rejalarim hozirchalik:
1. Telegram bot darslari aiogram 3 asosida tayyorlanadi. Serverga joylash, ishlatish qismlarini ham ko'ramiz. Bepul va pullik serverlarda.
2. Leetcode platformasidagi
Top Interview 150 study planini boshlamoqchiman har bir masalasi uchun video yechim chiqarish ko'zda tutilgan. Interview larga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib boraveraychi 4-kursda chet el kompaniyalariga ishga topshirib ko'rishni boshlamoqchiman. Masalan, hamma orzu qiluvchi FAANG kompaniyalari va boshqalar.
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot#my_plan / #videodars
Yaqin kunlarda chiqarlishi kerak bo'lgan videodarslar:
1. Magic Mouse - veb-saytda sichqoncha ko'rinishi va funksiyalarini o'zgartirish
2. Typed.js - matnlar bilan ishlash. Agarda buni veb-saytlarda ko'p ko'rgan bo'lishingiz kerak va nimaligiga tushunmagansiz.
3. Particles.js - snowfall va boshqa animatsiyalarni ham ko'ramiz birgalikda.
4. NBS va NBY - endi 1 dan N gacha bo'lgan sonlar uchun topish algoritmini o'rganamiz. Time complexity ni O(sqrt(N)) da hisoblaymiz. Bilamanki, siz qo'llaydigan yechimlar N^2logN, N^2, N^3/2 bo'ladi.
5. Qo'shimcha shorts, lifehack videolar.
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
Yuqoridagi 2 postda sintaktik xatolik kuzatilgan bo'lsa, shu yerda qoldiring qayeri ekanligini ko'rsatib. Hozir miya o'z-o'ziga dam bervorgan oxiri o'zini nazorat qila olmasdan.
Aiogram Documentation ni yaxshigina ko'zdan kechirishga to'g'ri keldi. Ayrim imkoniyatlarni umuman topa olmadim. Olib tashlashgan endi kerak emasligi uchun yoki nomi o'zgargan boshqalarini.
Shu dokumentatsiya borligi ham yaxshida ustozlar shu dokumentatsiyadan o'qib o'rgan, izla deb bekorga aytishmaydi. Yechim topiladi albatta va yangi bilimlarni o'rganasiz.
Oldingi Husanboy zo'r fikrlardi ya'ni aksincha, dokumentatsiyaga tushunmas (ingliz tilida noob bo'lgani uchun), bu nima uchun muhimligini bilmagani uchun kerak emas deb hisoblar edi.
Ketdim-a endi uxlayman. Yaxshi dam olib, qolgan ishlarni ertaga davom ettiramiz. Baribir ish hech qachon tugamaydi inson hayoti davomida.
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#portfolio_blog / #telegram / #result
Mission Completed ✅Telegram bot uchun Aiogram 3 versiyasi shablonni oxiri yakunladim. Keyin esa GitHub ga joyladim. Shu README.md ni markdown ko'rinishida yozishga oldin tushunmas edim. Endi esa ancha yaxshi tushuncha paydo bo'ldi. Ustozlarimga raxmat. GitHub bo'yicha ham yaxshi bilimlarni o'rgatishmoqda. Muammolar yuzaga kelib, o'zim yechim topa olmasam. Yonimdagi senior dasturchilar yordamga keladi. 😅 Python dasturlash tilida telegram bot yaratishga qiziqyabsizmi ? Unda bu aynan siz uchun. Hali ham kech emas. Birinchi eng oddiy telegram botingizni ushbu shablon orqali yarating. Shablonni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin. GitHub: https://github.com/uzbek-coder-2022/telegram-bot-template-aiogram-verison-3 🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#portfolio_blog
Bugungi videodars yozish ishi to'xtatildi va uning o'rniga endi aiogram 3.4.1 versiyasi uchun telegram bot shablonini tayyorlash ishlari.
2 va 3 versiya o'rtasidagi o'zgarish farqlarini ham bir qator ko'rib, o'rganib ketilmoqda. Keyin hamma botlarimni 3 versiyasiga update qilish ishlari boshlanadi.
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#my_challange / #days_53
+--------------------------------------------+
| 22.02.2024 |
+----+----+----+-----+---+-------------------+
| 1. | 40 | 11 | 115 | 1 | leetcode.com |
| 2. | 53 | 53 | 109 | 5 | kep.uz |
| 3. | 51 | 17 | 78 | 1 | codeforces.com |
| 4. | 51 | 40 | 55 | 1 | robocontest.uz |
| 5. | 6 | 6 | 8 | 1 | geeksforgeeks.org |
+----+----+----+-----+---+-------------------+
| 1. | 40 | 40 | Duolingo |
| 2. | 38 | 38 | Sololearn |
| 3. | 38 | 38 | Mimo |
+----+----+----+-----------------------------+
| 1. | 28 | 0 | You Tube |
+----+----+----+-----------------------------+
| 1. | 1 | 0 | "Labirint" |
+----+----+----+-----------------------------+
1. kep-i
2. kep-ii
3. kep-iii
4. kep-iv
5. kep-v
6. leetcode-i
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot#qiziqarli / #foydali
QWERTY klaviaturasida ishlab o'rganib qolgan inson albatta russian keyboard ga o'tgan vaqtda yozishga juda qiynaladi. Kecha zo'r yechim topib shunga lifehack da ko'rib. ЯШЕРТЫ orqali bu muammoga yechim topish mumkin ekan.
Endi esa hech qanday qiyinchiliksiz yozish mumkin va anchagina tez. Shuni laptop, desktop keyboardlari ham uchun ham yechimini chiqarish kerak-da. Nima deysiz shunga.
Siz ham buni bilarmidingiz ❓
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot#my_challange / #days_52
+--------------------------------------------+
| 21.02.2024 |
+----+----+----+-----+---+-------------------+
| 1. | 39 | 10 | 114 | 1 | leetcode.com |
| 2. | 52 | 52 | 104 | 1 | kep.uz |
| 3. | 50 | 16 | 77 | 1 | codeforces.com |
| 4. | 50 | 39 | 54 | 1 | robocontest.uz |
| 5. | 5 | 5 | 7 | 1 | geeksforgeeks.org |
+----+----+----+-----+---+-------------------+
| 1. | 39 | 39 | Duolingo |
| 2. | 37 | 37 | Sololearn |
| 3. | 37 | 37 | Mimo |
+----+----+----+-----------------------------+
| 1. | 28 | 0 | You Tube |
+----+----+----+-----------------------------+
| 1. | 1 | 20 | "Labirint" |
+----+----+----+-----------------------------+
1. kep-i
2. leetcode-i
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot#foydali
Videoning compress qilingandan keyingi holati. Hajm 20 karra kamaytirilgan hamda sifat 1080p 30 FPS ga tushirildi.
Avvalgi video hajmi nega u qadar katta bo'lib ketgani sabablari:
1. 4K 60 FPS tasvir
2. HDR yoqilgan holatda olingan
Yuqoridagilarga tushunasiz degan umiddaman.
Sizga men ishlatgan dastur kerak bo'lsa, boshqa OS lar ham uchun ham mavjud ekan. Quyida link qoldiryabman.
Havola: https://handbrake.fr
🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
#qiziqarli
Planshet kamerasida bugun videodars yozib olgan edik. Bunaqasini Iphone larda bo'ladi deb yurgan men xayron qoldim. 1:05:38 davomiylikdagi video hajmini rasmda ko'rishingiz mumkin.
3-ishtirokchi bo'lishi required qilingan ekan 😕. Endi unga odam izlaymiz. Jamoa a'zolari bitta OTM dan bo'lsin deyilmaganda boshqa OTM dan odam olib turardik. Transfer qilib vaqtinchaga 😁.
DavomiSizga tafsiyam siz ham kitobni o'qib chiqing. "Latte" hayotda o'zi nima ekanligini ustozim ta'riflab ko'rsatib berdilar. Kitobni o'qish davomida ham tushunib olishingiz mumkin buni. Endi har kitob o'qish jarayonimda "Latte" ichgan holatda o'zgacha tasavvur bo'lmoqda. Endigi o'qish uchun o'tilayotgan kitob bu Frans Kafka ning "Labirint" nomli asari hisoblanadi. 🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
ResultKitob o'qish bo'yicha hozircha challangem orqali bitta kitobni o'qib tamomlabman. 8 kun davomida orada bir kun uzilish va umumiy 9 kun ichida yakuniga yetibdi. Kitob nomi: "Latte omili" Muallif: Devid Bax, Jon Devid Mann Kitob sahifalar soni: 233 bet Kitob mazmuni bo'yicha yuqoridagi rasm orqali o'qib olishingiz mumkin qisqacha tanishgan holatda. Kitobda yozilgan ko'p narsalarga doimo moliyaviy muammolarga qanday yechim topish va chiqib ketishni o'zi yoshligimdan bunga o'rganib, qo'llab kelar edim ham ekan. Kitobda men bilmagan holatlarni yanada hayotdan olib aks ettirib berishi hamda 3 sirga bog'liqligini ko'rsatib bergani, ayrim yodimdan chiqqan yaxshi va yomon odatlarimni yodga solgani yodda qolarli bo'ldi va bular uchun yechimlar ham berdi. O'zimning qisqacha fikrlarim. Bo'lmasa gapiraman desa juda katta ma'lumot bor. 🔹Telegram ♦️You Tube 🤖 Robot
