Khusanboy Sobirjonov | IT Blog
Canal cerrado
💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp
Mostrar más170
Suscriptores
+124 horas
+27 días
+630 días
Archivo de publicaciones
#Portfolio_blog | #telegram_bot | #news | #foydali
Guruhni nazorat qiluvchi botda ishlar davom etmoqda, lekin endi foydalana olasiz. Qolgan maqsadlar kichik rejalarga bo'lib olinib davom ettiriladi. Fikringizni kutib qolaman. Ancha oldin bunday botni tayyorlashni rejalashtirib yurgan edim. Lekin bu ish ortga surilib kelayotgandi. Agarda imkonim bo'lganda bot kodlarini github ga yuklab qo'yaman. Siz ham tanishib chiqa olasiz.
Rejada :
1. Reklamalarni o'chirib yuborish;
2. Ta'qiqlangan so'zlarni qo'llaganlarni guruhdan haydash 3 marta imkon berib;
3. Guruhga yozish uchun kanalga a'zolikni tekshirish
va boshqalar.
Link : @nazoratchi_2023_bot
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Qiziqarli_savol : Muntazam iboralar bilan ishlashda odatda qaysi satr turidan foydaniladi?
#hikmat
Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarni elektr manbaiga aylantirish mumkin bo‘lganida edi, butun dunyo charog‘on bo‘lardi.
©️Nikola Tesla
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#news | #telegram_bot | #Portfolio_blog
Ushbu postda aytib o'tgandimdek, bot hozirda tayyor va ishlamoqda, ammo yangi funksiyalar qo'shib chiqilmoqda. Tekshiruv ishlari ham ketmoqda birgalikda.
Botga hozirda yopiq guruhlarda adminlar uchun taklif etish havolasini yaratib berish funksiyasi tayyor bo'ldi. Ozgina regular expresion qo'shib qo'yish qolmoqda. Ya'ni bu nima uchun : siz bu link orqali nechta insonni guruhga taklif eta olasiz yoki link yaroqliligi uchun vaqt qo'yib qo'yish ham mumkin degani.
Agarda yana ozgina ustida ishlansa kurs o'tiluvchi yopiq guruh linklarini kursga to'lovni bot orqali amalga oshirib, to'lov amalga oshirilganda shu bot bir marta foydalanish mumkin bo'lgan linkni beruvchi qilish imkoniyati bor. Bu albatta guruhga boshqalar qo'shilishini oldini oladi.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
🔔 #foydali | #motivatsiya
"Mohiyat menga kerak emas", yohud "ChatGPT yonimda bor istalgan muammoni hal qila olaman!"Bir qiziq savol berishdi menga: "Nima uchun aksariyat suhbatlarda ishda odatda ishlatilmaydigan narsalar so'raladi? Nima uchun ChatGPTni yaxshi bilgan va unda ma'lumot izlay olgan odam har doim ham ish topa olmaydi? U ham muammoni yechimini tez bera oladi-ku?" Oddiy bir misol keltiraman. Qaynoq choy damlangan choynak turibdi oldimizda. Agar yonimizda biror go'dak paydo bo'lsa, biz shu ondayoq bolani shu choynakdan uzoqlashtirishga harakat qilamiz. Nima uchun? Javob oddiy – Qaynoq suv bola tanasini kuydirib, shikast yetkazmasligi uchun. Biz buni o'z tajribamizdan o'tkazganimiz uchun, yoki eng kamida yaqinlarimizda ko'rganimiz uchun bilamiz. Qizig'i shundaki, aynan shu qaynoq suvning tanaga salbiy ta'siri haqida ChatGPTdan ham so'rab bilsa bo'ladi. Sizdan ko'p narsa ham talab etilmaydi, savol bersangiz bo'ldi. GPT Sizga joyida kamida 10ta gapdan iborat bir matnni ko'rsatadi va unda shu zararlar haqida bayon qiladi. Diqqat savollar: GPT buni tajribasidan kelib chiqib qildimi? U ham o'z ustiga qachondir shunday aynoq suvni to'kib yuborganmi? O'zi bayon qilayotgan narsaga u qanchalik ishonadi? Tajriba va ilmning o'rnini hech qaysi sun'iy intellekt bosa olmaydi. Bilimi chuqur inson har bir qilayotgan ishini nima uchun qilayotganini; u qilgan ish kelajakda qanday natijalarga olib kelishini; agar u qilgan ishda muammo chiqsa qanday yechim qilish kerakligini bemalol ayta oladi. ChatGPT ustingizga suv to'kib bo'lganingizdan keyin Sizga yordam bermaydi. U faqat o'qib berishni biladi, bayon qilishni biladi, ammo shu bayonotiga hech qachon javob bera olmaydi. 🔥Ilm izlashdan to'xtamang! ©️Alisher Kasimov ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#hikmat
Xotirangizni gina bilan to'ldirib tashlamang, yo'qsa ajoyib damlar uchun joy qolmasligi mumkin.
©️Fyodor Dostoyevskiy
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#foydali | #cpp | #python
Regular expression - muntazam ifoda bo'lib, biror matn berilgan andozaga tushishi, tushmasligini yoki berilgan andoza asosida matnlar orasidan kerakli matnlarni ajratib olish uchun qo'llash mumkin.
Demak, rasmdagi misollar orqali biz telefon raqamini andozaga to'g'ri tushishini tekshirishimiz mumkin. Misollar C++ va Python dasturlash tillari uchun berib o'tildi.
Regular expression ni qayerda qo'llangganini ko'rishimiz mumkin masalan, saytlarda login va parolda, ijtimoiy tarmoqlarda telefon raqami (telegram).
C++ dasturlash tilida regex kutubxonasi (C++11 standartidan boshlab), Pythonda esa re modulini dasturga qo'shib foydalana olamiz.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 RobotOxirgi uch yil keyingi o’ttiz yilni hal qiladi
9-sinfga o’tdim. O’rtoqlarga vaqt kamaydi. Muhit qidirib maktab, keyin litsey almashdi. Uyg’onaman, dars qilaman. Maktabdan chiqaman, repetitorga boraman.
8-sinfgacha tutgan daftarlarimdan ko’ra, oxirgi uch yilda ko’proq daftar to’ldirdim.
Uy, repetiror, litsey. Shu yillarda boshqa birorta xotiram yo’q.
Mevasi uzoq kuttirmadi. Kontraktga 10:1, byudjetiga 30:1 bo’lgan tibbiyot institutga grantga qabul qilindim.
Institut darslari oson tuyulganidan, vaqtim ortib qolib, ingliz, nemis tillarini o’rganardim.
Til bilishim keyinchalik repetitorlik, o’quv markazi, hozir esa maktablarga ulanib ketdi.
Keyinchalik bo’sh vaqtim yana ham ko’p bo’ldi. Lekin hecham o’sha paytdagichalik dars qila olmadim.
Uch yilni mazza qilib o’tkazib, o’n yilni qiynalib o’tkazayotganlarni ko’rayapman.
Uch yilida bosib o’qib, keyingi o’n yilni oson o’tkazayotganlarni ko’rayapman.
Shu uch yil keyingi o’ttiz yilni hal qiladi, g’animat biling.
©️azizrakhimov_blog
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#hikmat
Yaxshi kishi bo'lmoq uchun birgina adolatsizlik qilmaslik kifoya qilmaydi, shu bilan birga uni istamaslik ham kerak.
©️Demokrit
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Portfolio_blog | #news| #telegram_bot
Oldin tayyorlanmay qolgan botimni davom ettirmoqdaman yaqin orada tayyor bo'ladi.
Guruh nazorat qiluvchi botlarni bilamiz. Xuddi shu kabi botni yangicha versiyada tayyorlash uchun ishlar olib borilmoqda. O'zim uchun kerakli funksiyalarni qo'shmoqdaman. Sizga ham qulay bo'lishi mumkin.
©️admin
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#qiziqarli | #foydali | #sql
Bilmaganlar uchun
SQL bu strukturalangan so'rovlar tili (Structured Query Language) bo'lib, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun foydalaniladi. Unda ham biz dasturlash tilida foydalanadigan kabi sonni tekshirishning bir usulini keltirib o'tdim. Bizda NumbersTable deb nomlangan jadval mavjud.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#leetcode | #task_215
Title : Kth Largest Element in an Array
Programming language : Dart
Difficulty : Medium
Link : https://leetcode.com/problems/kth-largest-element-in-an-array/description/
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#hikmat
Nohaq yo‘lda g‘olib bo‘lmoqdan ko‘ra, haq yo‘lida mag‘lublik afzal.
©️Sitseron
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Qiziqarli_savol : a = 1;
def f(): global a; a += 1;
f(); print(a); Natijani toping.
Ideal rezyume yozish formulasi
💼 Ishga topshirganingizda birinchi bo'lib so'raladigan narsa bu albatta - REZYUME
✍️ Qachonki rezyume talabga javob bersagina keyingi bosqichga o'tishingiz mumkin. Shunday ekan talabga javob beruvchi rezyume qanday bo'ladi?
✅ MohirDev ta'lim bo'limi tomonidan "Ideal rezyume yozish formulasi" nomli maxsus qo'llanma tuzib chiqildi. Bu qo’llanma orqali to’g’ri rezyume yozishni o’rganasiz va uni o’qib bo’lgach, aniq ketma-ketlikda rezyume yozish uchun shablonga ega bo’lasiz
🆓 Maxsus qo'llanmani bepul qo'lga kiritishni xoxlaysizmi? Unda quyidagi linkdan ro'yxatdan o'ting:
👉 Qo'llanmani yuklab olish
©️mohirdev
O'zim ham yaxshi rezyume tayyorlab olganim yo'q edi. Endi shunga harakat qilmoqdaman.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#leetcode | #task_415
Title : Add Strings
Programming language : Dart
Difficulty : Easy
Link : https://leetcode.com/problems/add-strings/description/
Comment : Dartda ham BigInt ya'ni katta sonlar bilan ishlash uchun tur mavjud. padLeft funksiyasi ham yaxshi ekan boshqalarning kodidan o'rganib chiqdim.
❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot#Qiziqarli_savol : for i in range(float('inf')): print(i, end = ' ')
Idishlardan kitoblargaO’qituvchilarimiz maktabimiz kutubxonasiga kitoblar qidirib bir amakini oldiga borishdi. Eski kitoblarni makulaturadan saqlab qolib, sotar ekanlar. Yuzlab rus tilidagi kitoblarni tanlab bo’lib, o’zbekcha kitob so’rashibdi. “O’zbek kitob yig’armidi bolam, o’zbek chinni yig’adi” deb javob beribdilar. Haqiqat bo’lgani uchun - qattiq ta’sir qildi. Ota-onam shifokor bo’lishgani uchun uyimiz to’la tibbiy kitoblar bo’lardi. O’qirdim-ku, tushunmasdim. Varoqlab, varoqlab joyiga qo’yib qo’yardim. Kitoblarni tomosha qilib o’tirardim. O’qishga muhabbat ana shu javondan boshlangandi menda. Javonni idishlar bilan emas, kitoblar bilan to’ldirgan ota-onamga cheksiz minnatdorman. Uka-singillaringiz, bolalaringizga yaxshilik qiling. Uyingizni kitob bilan to’ldiring. Televizor pulti, planshet menyusidan ko’ra kitobga qo’l uzatish osonroq bo’lsin. Miyani to’ldiradigan kitoblar uchun, qorin to’ldirishga ishlatiladigan idishlardan ko’proq pul sarflamas ekanmiz, uyimizdan ilmli insonlar chiqishi qiyin. ©️azizrakhimov_blog Barchasi albatta to'g'ri mening otamning ham matematikaga doir kitoblari bo'lar edi ularga umuman tushunmas edim, lekin matematikani o'rganishim uchun bir asos bo'lgan. Hozir esa o'zim ham shaxsiy kutubxonamni kitoblar bilan boyitib bormoqdaman. Asosiy dasturlashga doir kitoblar bilan. Shuncha idishni nima qilishar ekan. Ko'pi chang bosib, faqatgina ko'rgazma uchun turadi. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
