cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

AndMI | Mashinasozlik Texnologiyasi fakulteti | Rasmiy kanali.

Mashinasozlik Texnologiyasining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz.🏛Siz bu yerda; 🏛AndMI va 🏛MT ga bog'liq barcha 💡👨‍🏫Yangiliklar 📣🗣E'lonlar 📚🎑⚽️Tanlovlar Fakultet dekani M.Jo'raxonovga murojat uchun dekanbot manzili - @Mash_Tex_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
238
Suscriptores
-124 horas
-27 días
-930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:21
Video unavailable
0630(2).mp49.65 MB
Photo unavailable
Hurmatli yigit va qizlar! Qadrli talaba-yoshlar! Sizlarni Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda nishonlanib kelinayotgan 30-iyun – Yoshlar kuni bilan Andijon mashinasozlik instituti jamoasi nomidan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Bu kun, nafaqat yoshlikni, balki yangicha fikrlashni, ijodkorlikni va gʻayratni nishonlash kunidir. Bu qutlugʻ ayyomda cheksiz umid, ishtiyoq va imkoniyatlar yoshlikning asosiy boyligi ekanini his etgan holda begʻubor yoshlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etaman. Mana shunday quvonchli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, oʻgʻil-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik Oʻzbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz. Ushbu qutlugʻ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar go‘zal va begʻubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Oʻz oldingizga qoʻygan ulkan va xayrli maqsadlardan chalgʻimay doimo olgʻa yurishingizga, yuqori marralarni zabt etib, mamlakatimiz va xalqmiz taraqqiyotiga oʻz hissangizni qoʻshishingizga tilakdoshmiz. Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman. Hayotingiz sermazmun va rang-barang, unda hamma narsa – oʻqish va ilm, boʻsh vaqt va jamoat ishlari, sevgi va doʻstlik uchun joy boʻlsin! Bayramingiz muborak boʻlsin!
Umid Turdialiyev, Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
02:23
Video unavailable
Shaxsan Prezidentimizdan yoshlar kuni uchun maxsus! Barchasi uchun katta rahmat, janob Prezident. P.S. sevimli iqtibosingizni izohlarda qoldiring, aziz yoshlar.
Mostrar todo...
26.37 MB
Photo unavailable
🟥🟥🟥⏺⏺#Qadrli_Yoshlar
Barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin!
💐 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon mashinasozlik instituti boshlangʻich tashkiloti jamoasi nomidan bugungi sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sog‘lik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz! 🇺🇿 Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va taʼsiri tobora ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✍️ Ilhomjon Kabulov Turgunboyevich Andijon mashinasozlik instituti yoshlar yetakchisi, rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi. ✅️Kanalni kuzatishda davom eting @andmiyoshlari
Mostrar todo...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#Xushxabar Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Joʻrayeva Yekaterina Maksimovna fan va taʼlim rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “MDH mamlakatlari eng yaxshi tadqiqotchisi – 2024” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi. U Qozogʻistonning “Bobek” milliy harakati tomonidan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlarining eng yosh izlanuvchi sifatida eʼtirof etildi. Shuningdek, tashkilotchilar uning ilmiy rahbari Materialshunoslik va yangi materiallar kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Gulistan Orazimbetovani diplom hamda tashakkurnoma bilan taqdirlagan. Qayd etish lozim, Yekaterina institutning jamoat ishlarida, kimyo fani toʻgaragida, fan olimpiadalari, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar faol ishtirok etib keladi. Ayni paytda u ilmiy rahbari texnika fanlari doktori, professor Gulistan Orazimbetova rahbarligida “Mashinasozlikda rangli va koʻra metallarni va qotishmalarini qoʻllashning uziga xosligi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormokda. Institut jamoasi Guliston Orazimbetova hamda Yekaterina Joʻrayevani ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilab qoladi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
🔥 1
01:05
Video unavailable
#ishonch Millionlab insonlar – ota-onalarimiz, opa-singillarimiz, oʻgʻil-qizlarimiz bugun bizga umid va ishonch bilan koʻz tikib turibdi. Ana shunday umid va ishonchni oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi natijalar bilan mustahkamlash bizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishi kerak qardli yoshlar. SIZ qaysi yo'ldasiz? Kanalni kuzatishda davom eting! @andmiyoshlari
Mostrar todo...
video_2024-06-27_08-05-42.mp418.80 MB
Photo unavailable
#yoshlar_oyligi #zukko_kitobxon #final 🕯Andijon mashinasozlik instituti  boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida talaba yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobxon yoshlar safini kengaytirish, zukko yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Zukko kitobxon tanlovining bahorgi mavsumida "Institut rektorining kubogi" uchun bellashadilar. ⭕️Eslatib oʻtamiz ushbu tanlovimiz jami 6 turdan iborat va final bosqichi joriy yilning 27-iyun sanasida soat 11:00 da Transport va logistika fakulteti faollar zalida bo'lib o'tadi.
📚Tanlangan adabiyotlar 1.Togʻay Murod (Yulduzlar mangu yonadi) 2. Said Ahmad (Qorakoʻz majnun) 3.Odil Yoqubov (Ulugʻbek xazinasi) 4 Amir Temur (Temur Tuzuklari) 5.Fyodor Dostoyevskiy (Jinoyat va jazo)
✅️ Kanalni kuzatishda davom eting! @andmiyoshlari
Mostrar todo...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#biz_giyohvandlikka_qarshimiz 📑Butun jahonda 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Har yili sana munosabati bilan turli tadbirlar, targ‘ibot uchrashuvlari va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Lekin shunga qaramay butun dunyoda bu baloning payi qirqilmayapti. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, jahonda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, giyohvandlik xastaligi muammoligicha qolmoqda. Bu muammoga hamon jiddiy tahdid sifatida qaralmoqda. 📍Talaba-yoshlar orasida Giyohvandlikka qarshi kurashish, aniqroq aytganda, uning kelib chiqish sabab va omillariga qarshi kurash olib borish maqsadida bugun institutning Axborot reysurs markazi binosida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida davra suxbati tashkil etildi. 💠Davra suxbatini fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari I.Kobulov olib bordi. I.Kobulov o'z nutqida, "giyohvandlik ijtimoiy kasallik bo‘lib, u nafaqat insonning jismoniy va ruhiy holatini izdan chiqaradi, balki uning oilasiga, yon atrofiga, jamiyatga zararli ta’sir ko‘rsatadi, turli ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi. 💠Shu sababli, barcha mas’ul idoralar, jamoat tashkilotlari, vazirlik va boshqarmalar e’tiborini mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olishga, mas’uliyatni yanada kuchaytirishga, bu illatning tarqalishiga imkon berayotgan sharoit va omillarni bartaraf etishga qaratishimiz muhim. Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish lozim" - deya ta'kidladi. 📹Talaba-yoshlarga davra suxbati davomida O'zbekiston miliy teleradiokompaniyasi tomonidan O'zbekiston davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda suratga olingan "Og'ufurushning qaltis o'yini" nomli hujjatli film namoyish etildi. ✅️Kanalni kuzatishda davom eting! @andmiyoshlari
Mostrar todo...
Photo unavailable
#munozara #yoshlar_oyligi #rektor_kubogi 🔊🔊Andijon mashinasozlik insitituti Yoshlar oyligi doirasida institut rektori kubogi uchun Munozara intellektual o‘yininining yarim final va final bosqichlari bo‘lib o‘tadi. Barcha jamoalarni 26-iyun soat 09:00 da institutimizning Axborot resurs markazida kutib qolamiz. Bizni kuzatishni davom eting @andmiyoshlari
Mostrar todo...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#biz_giyohvandlikka_qarshimiz 📑Butun jahonda 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni keng nishonlanadi. Har yili sana munosabati bilan turli tadbirlar, targ‘ibot uchrashuvlari va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Lekin shunga qaramay butun dunyoda bu baloning payi qirqilmayapti. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, jahonda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, giyohvandlik xastaligi muammoligicha qolmoqda. Bu muammoga hamon jiddiy tahdid sifatida qaralmoqda. 📍Talaba-yoshlar orasida Giyohvandlikka qarshi kurashish, aniqroq aytganda, uning kelib chiqish sabab va omillariga qarshi kurash olib borish maqsadida bugun institutning Axborot reysurs markazi binosida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida davra suxbati tashkil etildi. 💠Davra suxbatini fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari I.Kobulov olib bordi. I.Kobulov o'z nutqida, "giyohvandlik ijtimoiy kasallik bo‘lib, u nafaqat insonning jismoniy va ruhiy holatini izdan chiqaradi, balki uning oilasiga, yon atrofiga, jamiyatga zararli ta’sir ko‘rsatadi, turli ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi. 💠Shu sababli, barcha mas’ul idoralar, jamoat tashkilotlari, vazirlik va boshqarmalar e’tiborini mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olishga, mas’uliyatni yanada kuchaytirishga, bu illatning tarqalishiga imkon berayotgan sharoit va omillarni bartaraf etishga qaratishimiz muhim. Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish lozim" - deya ta'kidladi. 📹Talaba-yoshlarga davra suxbati davomida O'zbekiston miliy teleradiokompaniyasi tomonidan O'zbekiston davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda suratga olingan "Og'ufurushning qaltis o'yini" nomli hujjatli film namoyish etildi. ✅️Kanalni kuzatishda davom eting! @andmiyoshlari
Mostrar todo...
👍 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.