cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

SHOVOTLIKLAR

Xorazmning Shovot tumani yangiliklari, muammolar va murojaatlar xususida xabar berib boriladi. Kanalimizga hamma shovotliklarni taklif eting chunki biz siz uchun ishlamoqdamiz! Murojaat uchun : @SHOVOTLIKLAR_BOT

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
975
Suscriptores
-124 horas
-87 días
-6030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Urganch tumani mahallalarida qaysi yo'nalish xodimlari o'z ishini tashkil etishda faollik ko'rsatishmoqda?Anonymous voting
  • Mahalla raislari
  • Hokim yordamchilari
  • Xotin-qizlari faoli
  • Yoshlar yetakchilari
  • Profilaktika inspektorlari
  • Ijtimoiy xodimlar
  • Soliq xodimlari
0 votes
1
00:40
Video unavailableShow in Telegram
#Tarğibot_videorolik 📣Urganch davlat universitetida ishlab chiqarilayotgan arzon, mustahkam, oqligi va unumdorligi yuqori bo'lgan yozuv bo'rlarini xarid qiling. ✔️Universitet boʻri mikrokalʼsit chiqindilarni qayta ishlash orqali tayyorlangan boʻlib, boshqa shu turdagi mahsulotlar bilan raqobatlasha oladi va standart talablariga javob beradi. ✔️Ushbu boʻr oqlik darajasi yuqoriligi, kamsarfi, tannarxining arzonligi bilan boshqa import analoglaridan farq qiladi. 🤝Tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etamiz! ☎️Murojaat uchun tel: +998622246700, +998 939225102. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Mostrar todo...
👍 3
Repost from Murojaat24.uz
❗️Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi 📌Jumladan, import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona toʻlovidan ozod qilinadi, qoʻshilgan qiymat soligʻini 180 kunga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi. 🔔Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi. 🔔Sotilgan koʻchmas mulk uchun toʻlov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin boʻladi. 🔔Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yoʻl xarajatlarini 50 foizi Eksport jamgʻarmasidan qoplab beriladi. 📌Xorazm bo'yicha tahliliy ma'lumotlar kanali : @murojaat24uz
Mostrar todo...
👍 2
Repost from Murojaat24.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi obyekt va loyihalarni ishga tushirish uchun Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari Urganch shahrida viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. Xorazm bo'yicha tahliliy ma'lumotlar kanali : @murojaat24uz
Mostrar todo...
👍 1
Repost from Murojaat24.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#soliq 📣Ijtimoiy soliq miqdorlari belgilandi : Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda toʻlanadi: — yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) – oyiga 340 000 soʻm; — savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YATTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 soʻm; — boshqa YATTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 soʻm. Oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan): — YATT sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi – oyiga 340 000 soʻm; — oilaning boshqa aʼzolari (18 yoshga toʻlmaganlar bundan mustasno) – oyiga 170 000 soʻm Xorazm bo'yicha tahliliy ma'lumotlar kanali : @murojaat24uz
Mostrar todo...
👍 2
Repost from Murojaat24.uz
#Kengash Joriy yil 2-fevralda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.Davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model — “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan muhim qoidalar belgilab berildi. Asosiy o’zgarishlar nimada ekanligi haqida qisqacha ma’lumot : Birinchi o‘zgarish — bu jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholining fikrini inobatga olish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish,shaharsozlik, transport va hududning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolat Kengashlar ixtiyoriga o‘tkazilmoqda. Jumladan : •Ta’lim sohasida tegishli hududda davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish bo‘yicha qaror •Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida havoni ifloslantiruvchi yoki unga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi korxona va inshootlar quriladigan hamda chiqindilar ko‘miladigan joylar •Mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan kurort tabiiy hududlar,rekreatsiya zonalari, botanika va dendrologiya bog‘lari, tabiat bog‘lari ham faqat Kengashlar roziligi bilan tashkil etiladi yoki tugatiladi. •Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchi va bagaj tashish tariflari •Fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar •Ayrim toifadagi shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik obyektlar sirasiga kiritish •Hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha aholi punktlari hududiy zonalari toifalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib o‘zgartirish kiritish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash Ikkinchi yangilik, yillar davomida mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklanib kelingan qator vakolat va funksiyalar tizimlashtirilmoqda. Xususan, Kengashlarning hisobot va axborot eshitishga oid ayrim vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, ular sohalar bo‘yicha tizimlashtirildi. Farmon bilan Kengashlar oldida tegishli hududda faqatgina hokim hamda hududiy davlat organlarining birinchi rahbarlari hisobdorligi belgilanishi kelgusida ushbu rahbarlarning Kengash oldida ham siyosiy, ham professional mas’uliyatini oshirishi, shubhasiz. Uchinchi o‘zgarishni biz, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlaridagi 100 dan ortiq vakolatlarni mahalliy Kengash va ijroiya hokimiyati o‘rtasida aniq taqsimlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilayotganida ko‘ramiz. Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida 2024-yilgi saylov yakunlari bo‘yicha, dastlab viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida, so‘ngra 2026-yildan e’tiboran tuman (shahar) Kengashlarida Kengash raislari va hokimlar alohida-alohida faoliyat yuritishi belgilandi. To‘rtinchi muhim yangilik sifatida Kengashlarning o‘z faoliyatini davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi kafolatlab qo‘yilayotganini keltirish mumkin. Endilikda mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi aniq belgilanmoqda. Beshinchidan, kelgusida Kengashlar samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit va moddiy-texnika bilan ta’minlanadi. Farmonga muvofiq, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) Kengashlarini alohida-alohida bino bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Buning uchun Kengashlar joylashgan bino-inshootlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi, xorijiy amaliyot asosida mahalliy Kengashlar binolariga va ularni jihozlashga doir minimal talablar ishlab chiqiladi. Xorazm bo'yicha tahliliy ma'lumotlar kanali : @murojaat24uz
Mostrar todo...
Repost from Murojaat24.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#20fevral 🎖 Xorazm viloyati bo'yicha kunlik dayjest. 20-fevral ⚠️Hokimliklar kesimida : 1. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi bo'lib o'tdi. 🇺🇿Huquqni muhofaza qilish tashkilotlari kesimida : 1. Xorazm viloyati prokurori M.Axmedov boshchiligida joriy yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. 2. Adliya vaziri o‘rinbosari Xiva shahar va Xiva tuman adliya bo`limlari faoliyati bilan tanishdi 3. Ganiyeva Laylo Saliyjanovna - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi 4. Xorazm viloyatida qo'shma ekologik reyd bo'lib o'tmoqda 👥 Mas'ul davlat tashkilotlari kesimida : 1. Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida Sportning Karate WKF turi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi. 2. Bugungi kunda Qo'shko'pir tumanining 28 ta mahallasidagi 9608 ta aholi xonadonlari va 7 ta ijtimoiy soha obʼektlari suyultirilgan gazdan foydalanib kelmoqda. 💻 OTMlar kesimida : 1. TTA Urganch filiali “Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi mudiri Ibadulla Abdullaevning hayoti va mehnat faoliyatiga “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Umr daftari” ko’rsatuvi orqali nazar tashlandi. 2. Mamun universitetida psixologi D.Sh.Avazyazova tomonidan "Soft skills" mavzusida trening mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. 3. Urganch davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan taniqli shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligiga bag'ishlab oʻtkazilgan adabiy, badiiy kechadan videolavha 4. Urganch davlat pedagogika instituti va Qozog'istonning Atirau universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Xorazm bo'yicha tahliliy ma'lumotlar kanali : @murojaat24uz
Mostrar todo...
👍 1
Repost from Murojaat24.uz
#19fevral 🎖 Xorazm viloyati bo'yicha kunlik dayjest. 19-fevral ⚠️Hokimliklar kesimida : 1.Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Urganch filialida IT sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va yosh dasturchilar bilan uchrashdi 2. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 94-sessiyasi bo'lib o'tdi. 3. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-fevraldagi qaroriga muvofiq, “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.  🇺🇿Huquqni muhofaza qilish tashkilotlari kesimida : 1. Xorazm viloyati prokurori Muradxon Axmedov Gurlan tumani “Olgʻa” mahallasida joylashgan  22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilarning ota-onalari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ishtirok qildi 2. Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Urganch tumanidagi 47-son IDUM o‘quvchilarining otalari bilan uchrashdi. 3. Xorazm viloyatida qo'shma ekologik reyd bo'lib o'tmoqda 👥 Mas'ul davlat tashkilotlari kesimida : 1. Yangiariq tumanida “Xalq bilan armiya - bir tanu bir jon !” shiori ostida tadbir tashkil etildi 2. Viloyatdagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. 3. Yangibozor tumanidagi 2-sonli sport maktabi Sportning Ushu turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Xorazm viloyati chempionati musobaqasi bo'lib o'tdi. 4. Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazi bir qator yo’nalishlarda yangi guruhlarga qabul boshlandi 💻 OTMlar kesimida : 1. UrDPIda "Talabalik faoliyatimda MEN" mavzusida psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi 2. Ma'mun universitetida "Iqtisodiyot" kafedrasining ilmiy-uslubiy seminari bo'lib o'tdi 3. UrDUda "Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati o’tkazildi. 🖋Kun xabarlari : 1. OTMlar orasida "TALABALAR TEATR STUDIYALARI" TANLOVINING 2- HUDUDIY BOSQICHI bo'lib o'tdi Xorazm bo'yicha tahliliy ma'lumotlar kanali : @murojaat24uz
Mostrar todo...
👍 1
Repost from Murojaat24.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#foydali 🔥Gaz - Svet - Suv o'chib qolganda murojaat qilinadigan qisqa raqamlar. ⚠️Albatta bu postni saqlab qoling va yaqinlarga ulashing. Xorazm bo'yicha tahliliy ma'lumotlar kanali : @murojaat24uz
Mostrar todo...
#Infografika ❓Is gazining ko‘p uchraydigan manbalari qaysi? Is gazidan zaharlanish qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak? ⚡️🔣Hurmatli fuqarolar! qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanishda ogoh boʻling. Gaz va koʻmir yoqilgʻisini ishlatganda, dudboʻronlar sozligiga, xonalarni shamollatishga, zarur ehtiyot choralarini koʻrishga eʼtibor bering! 🆘O‘zingiz va oila aʼzolaringizni is gazi xavfidan himoya qiling. Aziz joningizni, oilangiz, farzandlaringiz hayotini xatarga qo‘ymang. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Mostrar todo...
👍 1