cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Maktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: 🌐 https://instagram.com/PTMA_MTIM 🌐 https://t.me/PTMA_MTIM 🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im ▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM Murojaat uchun: +998(93)5418097

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
554
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
+830 días
Archivo de publicaciones
02:20
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun 📣📣📣📣📣 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI! 🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi. 🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
sd_tugash_.mp436.27 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Farzandimning hujjatlarini 20-iyun kuni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz saytiga topshirsak, ishchi guruh tomonidan hujjatlar qayta tahrirlash uchun yuborilganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt beriladi? ✅Prezident maktablariga o‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari, baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kabi hujjatlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi. 🔖 O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi. ❗️E’tibor bering, hujjat topshirishning oxirgi kuni – 20-iyun sanasida hujjat topshirgan talabgorlarning hujjatlari tahrir talab bo‘lsa, faqatgina o‘sha kuni tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin bo‘ladi. 📌 Ya’ni 20-iyun kuni tahrir uchun qaytarilgan hujjatlar shu sanadan boshqa sanalarda qabul qilinmaydi. Sababi, ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Hujjatlar 1-iyundan – 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin. Agentlik tizimidagi maktablar joylashuvlari hududlar kesimida: 🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🇺🇿 Andijon viloyati 🇺🇿 Buxoro viloyati 🇺🇿 Jizzax viloyati 🇺🇿 Navoiy viloyati 🇺🇿 Namangan viloyati 🇺🇿 Samarqand viloyati 🇺🇿 Sirdaryo viloyati 🇺🇿 Surxondaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent viloyati 🇺🇿 Farg‘ona viloyati 🇺🇿 Xorazm viloyati 🇺🇿 Qashqadaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent shahri 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov #ishga_taklif_etamiz 📣 DIQQAT E'LON! ❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA! 🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI. 📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 1-15-iyun kunlari bo'lib o'tadi. ⏰ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab: ➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud; ➖mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin; ➖xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi. 🗂 Talab etiladigan hujjatlar: ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat; oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat; ➖ nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka); ➖ IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda). ✅ Nomzodlardan nimalar talab etiladi: halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati; ➖ liderlik qobiliyatlari va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi; ➖ zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi. 🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 1-iyun 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin. ☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180) Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o‘quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o‘rgatiladi?
➖Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lgan holda tashkil etiladi.
❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar imtihon kuni va vaqtini qanday bilib olishlari mumkin?
➖Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirilgan vaqtda ariza yuboruvchilar tomonidan kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yo‘llanadi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirganda IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar beriladimi?
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! 📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarning joylashuv manzillari hududlar kesimida tayyorlandi. 📍Mazkur lokatsiyalar orqali hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashingiz mumkin. 🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🇺🇿 Andijon viloyati 🇺🇿 Buxoro viloyati 🇺🇿 Jizzax viloyati 🇺🇿 Navoiy viloyati 🇺🇿 Namangan viloyati 🇺🇿 Samarqand viloyati 🇺🇿 Sirdaryo viloyati 🇺🇿 Surxondaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent viloyati 🇺🇿 Farg‘ona viloyati 🇺🇿 Xorazm viloyati 🇺🇿 Qashqadaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent shahri 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #test_namunalari ❗️DIQQAT, TEST NAMUNALARI! ⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish istagida bo’lgan oʻquvchilar uchun test savollari namunalari eʼlon qilinmoqda 🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/test-namunalari
📶 Bizni kuzatishda davom eting, test namunalarini eʼlon qilishda davom etamiz!
☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga #qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.
📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.
📆 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda topshirishingiz mumkin. 👇Maktablarimizdagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/bosh-orinlar-kvotasi ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #eʼtirof 🇺🇿 YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH UCHUN 🔰 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Abduraximov Nuriddin Ziyadulla o'g'li O'zbekiston "VETERAN" jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun" medali bilan taqdirlandi. 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Mostrar todo...
👍 16 2
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Attestatsiya_2024 #Life ☑️ AYNI DAMDA YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA IMTIHONLARI O'TKAZILMOQDA 🔘  Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-, 11-sinf o'quvchilariga 2023-2024-o'quv yili uchun tarix fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Surxondaryo_ixtisoslashtirilgan_maktablar #qabul_2024 ✅ Ota-onalar uchun yanada qulaylik! 🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali hamda Surxondaryo viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi. ❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring. Maktab lokatsiyalari: 📍Termiz shahridagi Prezident maktabi 📍Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Denov 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Denov 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📍Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📍Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📍Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📍Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Facebook
Mostrar todo...
15:05
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 #OAV_biz_haqimizda AOKA | Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjatlar qabuli bilan bog'liq jarayonlar #uzbekiston Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
uzb5.mp471.38 MB
1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi? ➖belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda; ➖ Prezident maktablari uchun talabgorlarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda; ➖talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda; ➖maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda; ➖shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas; ➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa. ☎️ Call-markaz: 1206 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Attestatsiya_2024 ☑️ YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA IMTIHONLARI O'TKAZILDI 🔘  Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf o'quvchilariga 2023-2024-o'quv yili uchun algebra fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tdi. 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Mostrar todo...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #bayram_muborak 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Aziz o'quvchilar, qadrli bolajonlar! Sizlarni Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktab ma'muriyati bugungi bayram, ya'ni xalqaro bolalar kuni bilan dildan qutlaydi. Shodon kulgularingiz olamni tutsin, baxtli bolalik davrida mazza qilib yashang. Ota-onangiz va el koriga yaraydigan ajoyib insonlar bo'ling. Biz sizlarni yaxshi ko'ramiz! 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Mostrar todo...
👍 1👏 1
Repost from Hilola Umarova
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Mostrar todo...
Vazirlik 1-Iyun Bolalar Kuni.mp412.64 MB
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #qabul_2024 🚨 Diqqat! Ota-onalar uchun yanada qulaylik!
Farzandlaringizni Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab internatlariga hujjatlarini online topshirishda qiyinchiliklarga duch kelyapsizmi?
Bu kabi qiyinchilklarga yechim bor! 📑 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi endi o'quvchilar qabuli bo‘yicha online hujjatlar topshirishda ko'maklashadi! ☑️ Maktab binosida 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yoʻlga qoʻyildi. Tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring. 📌 Qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning: ▪️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ▪️ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ▪️ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Mostrar todo...
👍 3
01:11
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 #OAV_biz_haqimizda UzReport |Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli yuzasidan lavha. 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar 1-iyundan – 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Prezident_hamda_Ijod_maktablariga_qabul_qachondan_boshlanishi_maʼlum.mp412.55 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.