cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Sherbek Almatov

🇺🇿 Sherbek Shokirbekovich Almatovning telegram kanali. • Reklama yo'q) ⏳23.04.22-yil. 💎"Oliy Maqsad Sari" "Kechagi Odam Emasman" va "Ajoyib Imkon" loyihalari asoschisi. @SherbekAlmatov Manfaatli bo'lsa : Ota-Onam haqlariga duo qilib qo'ying!

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
377
Suscriptores
-124 horas
-27 días
-1730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Abituriyent nolasi Abituriyentlik bunchalar azob, Kechalar uxlolmay chekarsan sarob. Bu kunlar ham o'tmasdan qolmas, Agarda yiqilsang seni hech kim tan olmas. Uyqingda orom yo'q. Gaplaringda ma'no yo'q. Qiynalganingda do'sting yo'q. Allohdan o'zga najotkoring yo'q. Hech kimni gapi senga yoqmaydi. Yegan ovqating o'zinga yuqmaydi. Dardingni hech kim tinglamaydi.. O'zinga o'zing do'st bo'larsan. O'zinga o'zing yor bo'larsan. In sha Alloh bir kun talaba bo'larsan. O'shanda bu kunlarni unutarsan...! 01.08.2020-y @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
6❤‍🔥 3🔥 2
"Tilla Amal" 30/90-kun "U - zo'r ijodkor" Kimdan so'ramang. Hamma uni yaxshi ko'radi. Maqtaydi. Yaxshi ham, yomon ham. Hammaga yaxshi bo'lishdan, Xudo saqlasin. Hammaga yaxshi ko'rinishga urinayotganlarga, eng yaxshi ta'rif: • U - zo'r ijodkor. Shunaqangi "polvon"ki, qayoqqa borsa, bir qop "paxta" orqalab yuradi. Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
👍 6🏆 4
"Tilla Amal" 29/90-kun "15 daqiqa o'ylash" Folbin va "Tabib"larga ishonadiganlarga, hech tushunmayman. Siz ishonayotgan folbin, o'zi yo'qotgan narsasini haliyam topolmay yuribdi. Biznesi bankrot bo'lib ketdi. Nega oldinroq bilib, oldini olmadi? Oq, qora, qizil... Tovuq, echki, qo'ylarni evaziga davolaydigan "tabib"lar Nega o'zining farzandlarini davolay olmayapti? Qo'lingizdagi chiziqlarga; Tug'ilgan yil, oy, kuningizga; Yulduzlarga qarab sizning kelajagingizni aytib berayotganlar Rostan kelajakni bilishsa, bu ishlarni umuman qilishmasdi. Ilm olish sirlari kitobida keltirilgan, xarom ilmlardan foydalanayotganlarga ergashayotgan juda ko'p. Afsuski.. Ular bilan o'ynashmaslik kerak. Qahri yomon deyishadi. Aslida kim bilan o'ynashmaslik kerak? Aslida kimni qahri qattiq? Nega o'zi fol ochib, tilla topib boyib ketmayapti? Mushkullarni oson qiladigan "tabib"larning, boshi nega muammodan chiqmayapti? 15 daqiqa o'ylaylik. Yetarli. Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
4👍 2
"Tilla Amal" 28/90-kun "Oliy jazo" Afrika qabilalaridan birida jinoyat qilgan odamni, qamab qo'yish, qatl etish degan gaplar yo'q ekan. Yo'lg‘iz o'zini qabiladan haydab yuborisharkan, halos... Nega? O'ylab ko'rdim. Maktab davrda, sinfimizda kimni jazolamoqchi bo'lsak, shunchaki uni safimizga qo'shmasdik. Sessiyada sen imtihondan yiqilding, deyishsa, guruhda boshqa yiqilganlar borligini eshitib, xavotirga tushmasdi. Og'ir jazolaydigan qamoqxonalarda, jinoyatchilarni yolg'iz o'zini qamashadi va jazolashadi. Sahobalarimiz do'zaxdan ham ko'ra, qabr azobidan qo'rqishgan. Har qadam qo'yganimizda, Oliy Maqsadimiz, yolg'izlikdan qochish. Yolg‘izlik, odamga xos xislat emas. Aslida odam uchun yolg'izlik, eng Oliy Jazodir! Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
🏆 6👍 5
"Tilla Amal" 27/90-kun "Bo'laklarga bo'lish, duxni oshiradi" Foydali kitoblar o'qish, foydali post, maqolalar o'qish orqali uyg'onadi. Katta hajmli, chuqur ma'noli kitoblarni o'qish, kichik hajmli kitoblarni o'qish bilan boshlanadi. Uzoq muddatli maqsadlar qo'yish va erishish, qisqa muddatli maqsadlarni bajarish bilan boshlanadi. Kitobxon bo'lmoqchimisiz? Kichik hajmli kitoblarni o'qishdan boshlang. Sabringiz yetmayaptimi? Post va maqolalar o'qishdan boshlang. Bir post yoki maqolani qayta-qayta o'qing. Mazmuniga yetguncha. Ma'nosini tushunib, amal qilib boshlasangiz, mazza qilasiz. Keyingilarini o'qishga dux oshadi. Keyin, katta hajmlisi... Kitobga o'tasiz. Biror ishni doimiy qilish, duxni oshiradi. Ishni yakunlash, yanada katta dux  beradi. Katta ishlarni, kichik ishlarga bo'lib tashlash kerak. Kichik ishlar yakunlanib, dux oshib boraveradi. Katta ishlarni qilish jarayonida, zerikish, charchash va to'xtash bo'lmaydi. Kichik ishlarni oxiriga yetkaza olmagan, katta ishlarni hech qachon oxirigacha yetkaza olmaydi. Duxi yetmaydi! Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
🏆 8👍 3
"Tilla Amal" 26/90-kun "Yana bir tilla amal" Eng yaxshi yozgan postlarim, yurganimda yozilgan. Muammolarimga yechim, yurganimda topiladi Sog'ligim yomonlashganda, yursam yaxshilanadi. Fikrlarim chigallashganda, yursam tartiblashadi. Kayfiyatim tushganligida, yursam ko'tariladi. Yangi, yaxshi g'oyalar yurganimda keladi. Dangasalikni, yurish bilan yengaman. Kayfiyatingiz yaxshi; Fikrlaringiz tartibli; Sog'lom yurish; Muammolaringizga yechim topilishini istasangiz. Yana bir tilla amal - ko'p yurishga odatlaning.
Yuring "yuklaringiz" yengillashadi.
Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
🏆 4👍 2
"Tilla Amal" 25/90-kun "1-qadamni o'zingiz tashlang" Kitob o'qishni boshladim. Har kuni. O'qish uchun har xil foydali kitoblar tavsiya qilishni boshlashdi. Loyihalar qilib boshladim. Yangi loyihalar uchun g'oyalar berishni boshlashdi. Ibodat qilishni boshladim. Ibodatimni mukammal qilish uchun kitoblar tavsiya qilishdi. Post yozishni boshladim. Post yozish uchun yaxshi g'oyalar berishni boshlashdi. Uyimizda ozgina qurilish qildik. Unday qiling, bunday qiling deydigan, maslahat beruvchilar ko'paydi. To'y boshladik. To'yni qanday o'tkazish kerakligi haqida maslahatlar va yordam qo'llari uzatildi. O'ziga suyanib, O'zingiz boshlang. Maslahat va yordam beruvchilar chiqaverdi. Saralab-saralab ma'qulini tanlab ishlataverasiz. 1-qadamni o'zingiz tashlang. Keyin osonlashadi. Dehqonobod t. Terskay q. @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
🏆 5
"Tilla Amal" 24/90-kun "To'g'ri xulosalar chiqarish" Qishlog'imizdan 10 yaqin hojilar, Haj safaridan qaytishdi. Hammasini hoji to'yiga, bir kunda qatnashish nasib qilmadi. Ertasi kuni ham bir nechta hojilarni to'yiga borib duolarini oldik. Birinchi kuni katta to'y bo'ldi. Odamlar ko'p. Hojilar bilan suhbatlashish hech iloji yo'q. Tashqi ko'rinishiga va odamlarning gaplariga qarab xulosalar chiqarib qaytgandim. Ertasi kuni borganimizda, hojilar bilan suhbatlashishga imkon bo'ldi. 1 soatga yaqin suhbatda, oltinga teng, ma'lumot va xulosalar oldim. Bir qishloqqa insonlari bilan suhbatlashishga bordim. Oldin ham bir necha marta borgandim. Odamlari bilan suhbatlashmagandim. O'zimcha xulosalar qilib kelgandim. Odamlari bilan suhbatlashganimda, umuman boshqa xulosalar bilan qaytdim. Xulosalarim. Ziyorat, sayohatga borganlar bilan suhbatlashmay qaytmang. To'y kuni iloji bo'lmasa, ertasi kuni boring. Sayohat, ziyorat va mehmondorchilikka borganingizda, shu joyning odamlari bilan suhbatlashmay qaytmang. Tilla Xulosa. "Odamlari bilan suhbatlashish kerak. To'g'ri xulosalar chiqariladi". Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
👍 5🏆 4 3
"Tilla Amal" 23/90-kun "Buyog'iga qiyinlashadi" Masjidda bobolar bilan suhbatlashdim. Ertalab bomdodga uyg'onish, turish qiyinchilik ekanini; O'tirib-turishlar, yurishlar mashaqqatli bo'lib qolganini; Yodlash uchun xotirani sustligini(charchagani); O'qiyman desa, ko'z nuri kamayib qolganini; Eshitaman desa, qulog'i og'irlashib qolganini; Chiroyli qilib qiroat qilaman desa, ovozi yaxshi chiqmay qolganini; Aytishdi. Biz yoshlar, qilishga qiynalayotgan amallarga, ular bir necha barobar qiynalishadi. Nafsi bilan sog'ligi bilan tanasi bilan kurashishga to'g'ri keladi. Kamayib boradigan resurslar: Vaqt, sog'lik, kuch-quvvat va energiya. Xulosa. Har bir ortga surayotgan majburiyatlarimiz, buyog'iga faqat qiyinlashadi. Resurslar yetishmasligi boshlanadi. Osonlashmaydi. Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
💯 7👍 4
"Tilla Amal" 22/90-kun "Atrof o'z qo'lingizda" Chekishni tashlagandi. Chekadigan ulfatlari uzoqlashdi. O'qishni boshladi. O'qimaydigan do'stlari kamaydi. Sabrli bo'ldi. Sabrsizlar chidolmadi. Qiyin yo'lni tanladi. Chidamsizlar tashlab ketdi. To'g'ri yo'ldan ketdi. Egri yo'ldagilar yurolmadi. Yozishni boshladi. O'qishni xohlamaydiganlar uzoqlashdi. Yomon odatlarini yo'qotdi. Atrofdagi yomon odamlar yo'qoldi. O'zgarishni boshladi. O'zgarmaydiganlar uzoqlashdi. Keyslar ko'p. Muhimi tushundim(tushundingiz). Ular tanlashmadi. O'zi tanladi. Dehqonobod t. Terskay q @Sherbek_Almatov_Blog
Mostrar todo...
🏆 4🔥 3
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.