cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

SamDVMChBU akademik litseyi

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
245
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Barcha amallar ... ga qarab boʻladiAnonymous voting
  • Harakat
  • Mansab
  • Niyat
  • Aql
0 votes
“Yoshlar balansi”da 0-15 va 16-30 yosh toifalari bo‘yicha yoshlarning qaysi turdagi ma’lumotlari shakllantiriladi?Anonymous voting
  • bandlik, ta’lim
  • ta’lim, ijtimoiy holatlari
  • salomatligi, ijtimoiy holatlari
  • ijtimoiy holatlari, bandlik
  • bandlik, oilaviy, ta’lim, ijtimoiy holatlari va salomatligi
  • ta’lim, salomatligi
0 votes
Sharof Rashidovni 100 yilligi nechanchi yilda nishonlangan?Anonymous voting
  • 2018
  • 2017
  • 1996
  • 2013
0 votes
Quyidagilardan qaysi biri poytaxt shahar emasAnonymous voting
  • Kanberra
  • Oslo
  • Istanbul
  • Berlin
0 votes
Topishmoqning javobini toping: Baland temir uy yurar,Burni tog'larni surarAnonymous voting
  • Tramvay
  • Kran
  • Buldozer
  • Ekskovatr
0 votes
"Ishq kemasi" she'riy tõplam mualifi kimAnonymous voting
  • Ğafur Ğulom
  • Oybek
  • Muhammad Yusuf
  • Zulfiya
0 votes
Bugun 29-may 2024-yil, chorshanba 🎊BAYRAMLAR:🎊 🇺🇳 Xalqaro BMT tinchlikparvar kuchlari kuni. 🇺🇳 Butunjahon sog‘lom ovqatlanish kuni. 🌏 Alpinistlar kuni (norasmiy). 🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇺🇸 AQSh  - Viskonsin kuni (Viskonsin).  🇺🇸 Rod-Aylend AQSh tarkibiga kirgan kun. 🇦🇷 Argentina - Quruqlik qo‘shinlari kuni. 🇧🇾 Belarus - Harbiy avtomobilchilar kuni. 🇩🇴 Dominikan Respublikasi - Onalar kuni. 🇮🇩 Indoneziya - Qariyalar kuni. 🇳🇵 Nepal - Respublika kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Qurolli kuchlar kuni. 🇷🇺 Rossiya - Harbiy avtomobilchilar kuni va Bojxona xizmati faxriylari kuni. 🇸🇪 Shvetsiya - Faxriylar kuni. 🇹🇷 Turkiya - Istambul fath etilgan kun. 🇹🇲 Turkmaniston - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. 🇺🇦 Ukraina - Qurolli kuchlar topografiya xizmati xodimlari kuni. 🔰 VOQEALAR:🔰 ⚜1176 - Lenyano jangi sodir bo'ldi, Lombard Ligasi lashkari Muqaddas Rim imperatori Frederik Barbarossa qo'shinlarini mag'lub etdi. ⚜1453 - Usmoniy sultoni Fotih Sulton Mehmet Istanbulni  Fath etib  Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasiga yakun yasadi. Istanbulning fathi O'rta asrlarning oxiri bo’ldi. ⚜1660 - Angliyada monarxiya tiklandi. ⚜1790 - Rod-Aylend koloniyalar ichida AQSh Konstitutsiyasini  tan oldi. ⚜1802 - fizik va elektrometallurgiya asoschisi akademik V. V. Petrov elektr yoyi hodisasini kashf etdi. ⚜1832 - Kanadada Rido kanali  ochildi. ⚜1873 - Rus qo‘shinlari Xivani egallashdi. ⚜1913 - «Bahor» teatri namoyishi. ⚜1914 - Kanadaning "RMS Empress of Irlandiya" nomidagi  kemasi Saint Lawrence ko'rfazida g’arq bo’ldi, 1024 nafar yo'lovchining o’limiga  sabab bo’ldi. ⚜1936 - Turk bayrog'i haqidagi qonun Turkiya Buyuk millat Majlisi tomonidan qabul qilindi. ⚜1942 - Bing Krosbi «White Christmas» bestsellerini yozdi. ⚜1953 - Yangi Zelandiyalik  alpinist Edmund Hillari va nepalik  Sherpa Tenzing Norgay Everestga chiqishni bajargan birinchi odam bo'ldi. ⚜1964 - Falastin milliy kengashi Falastinni ozod qilish tashkiloti (FOT) tashkil etilganligini e'lon qildi. ⚜1985 - Heysel  fojiasi: Yevropa Chempionlar Kubogi finalida - Belgiyaning "Heysel" stadionida Liverpul - Yuventus  musobaqasida  39 kishi halok bo'lgan va  350 kishi jarohatlangan. ⚜1988 - AQSh Prezidenti Ronald Reyganning SSSRga tashrifi boshlandi. ⚜1988 -  Istanbul bo‘g’ozi  va Fotih Sulton Mehmet ko'prigining  qurilish ishlari yakunlandi. ⚜1990 - Boris Yeltsin Rossiya oliy sovetiraisi etib saylandi. ⚜2008 - Nepal respublika deb e’lon qilindi. ⚜2009 - AQSh prezidenti Oq uyda kiberxavfsizlik bo'limi tashkil etilganligini e'lon qildi. ⚜ 2010 - Viktor Orban Vengriya bosh vaziri bo'ldi. ⚜2015 - Mohammadu Buxari Nigeriya prezidenti bo'ldi, u ilgari bu lavozimni 1983-1985-yillarda egallagan edi. ⚜2022 - Nepaldagi Mustangda DHC-6 halokati. 🎁 TAVALLUDLAR:🎁 🎈1630 - Kharl II (1685) - Angliya va Shotlandiya qiroli (1660-1685). 🎈1716 - Lui Jan-Mari Daubanton (1799) - fransuz tabiatshunosi. 🎈1830 - Luiza Mishel (1905) - fransuz yozuvchisi va jamoat arbobi, Parij Kommunasi qahramoni. 🎈1855 - Devid Bryus (1931) - ingliz mikrobiologi, parazitolog, kasallik qo‘zg‘atuvchi  bakteriyalarni aniqlagan olim. 🎈1874 - Gilbert Keyt Chesterton (1936) - ingliz yozuvchisi, jurnalist, mutafakkir. 🎈1912 - Muxtor Ashrafiy - bastakor, dirijyor, professor, pedagog, O‘zbekiston xalq artisti. 🎈1917 - Jon  Kennedi (1963) - AQShning 35-prezidenti. 🎈1920 - Jon Xarsaniy (2000) - venger iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1994). 🎈1922 - Salima Asqarova (1997) - mikrobiolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982). 🎈1953 - Aleksandr Abdulov - Rus teatr va kino aktyori. 🎈1957 - Jan-Kristof Yokkoz (2016) -  fransiyalik matematik, Dinamik tizimlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan.  🎈1959 - Rupert Everett - ingliz aktyori, yozuvchi va qoʻshiqchi. 🎈1979 - Iroda Dilroz - xonanda, "Nihol" mukofoti sovrindori (2001). 🎈1981 - Andrey Arshavin - Rossiyalik taniqli futbolchi. 🎈1985 - Shohruxxon - O‘zbek estada qo‘shiqchisi va aktyor.
Mostrar todo...
Bugun 28-may 2024-yil, dushanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🌏 Butunjahon ochlikka qarshi kurash kuni. 🌍 Ayollar salomatligi uchun xalqaro harakat kuni. 🌏 Kimyogarlar kuni. 🌏 Xalqaro egizaklar kuni. 🌏 “Xalqaro Amnistiya” kuni. 🌏 Xalqaro Qizil bo‘rilar kuni. 🌏 Mayonezning tug‘ilgan kuni. 🎉MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇺🇸 AQSh - Gamburger kuni. 🇦🇲 Armaniston - Birinchi respublika kuni. 🇧🇾 Belorussiya, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇷🇺  Rossiya, 🇵🇼 Qozog‘iston - Chegarachilar kuni. 🇪🇹 Efiopiya - Harbiy rejim qulagan kun. 🇳🇵 Nepal - Respublika kuni. 🇵🇭 Filippin - Davlat bayrog'i kuni. 🇫🇷 Fransiya, 🇸🇪 Shvetsiya, 🇩🇿 Jazoir, 🇲🇦 Marokko, 🇹🇳 Tunis, 🇩🇴 Dominikan - Onalar kuni. 🇲🇩 Moldova - Dnestr daryosi kuni. 🇦🇿 Ozarbayjon - Respublika kuni. 🇰🇿 Qozog‘iston - Kimyo sanoati xodimlari kuni. 🇵🇰 Pokiston - Takbir kuni. 🇭🇺 Vengriya - Bolalar kuni 🇻🇪 Venesuela - Daraxt ekish kuni. 🌀VOQEALAR:🌀 🔰1644 - Angliyadagi fuqarolar urushi paytida, 7-Derbi grafi Jeyms Stenli qo'mondonligi ostida qirol tarafdorlari Boltonni egallashdi, "Bolton qirg'ini" sodir bo‘ldi. 🔰1664 - Bostonda birinchi baptistlar jamiyati tashkil topdi. 🔰1742 - Londonda birinchi yopiq suzish havzasi (basseyn) qurildi. 🔰1756 - Fransiyada mayonez yaratildi. 🔰1812 - Rossiya-Turkiya o‘rtasida Buxarest sulhi izolandi. Dunay bo‘yi va Bessarabiya Rossiyaga o‘tdi. 🔰1830 - AQSh prezidenti Endryu Jekson hindularni ko‘chirish haqidagi Qonunga qo‘l qo‘ydi. 🔰1858 - Rus-xitoy Aygun shartnomasi imzolandi. 🔰1863 - Amerikada faqat qora tanli askarlardan iborat birinchi polk Bostonda tashkil etildi. 🔰1871 - Parij kommunasining tugatilishi. 🔰1900 - Oranj respublikasining Britaniya imperiyasiga qo‘shib olinishi. 🔰1900 - Moskvada bepul o‘quv kutubxonasi ochildi. 🔰1902 - Argentina va Chili May paktini imzolashdi. 🔰1905 - Susima jangida rus flotining yakson qilinishi. 🔰1918 - Armaniston mustaqilligini e’lon qildi. 🔰1918 - Ozarbayjon mustaqilligining e’lon qilinishi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil topishi. 🔰1918 - Lenin chegara qo‘riqlash xizmatini tuzish haqidagi dekretga imzo chekdi. 🔰1921 - RKP (b) X konferensiyasi "Yangi iqtisodiy siyosat" (NEP) kursini qabul qildi. 🔰1928 - "Chrysler" va "Dodge" avtomobil konsernlarining birlashishi. 🔰1952 - Gretsiyada ayollarga saylash huquqi berildi. 🔰1956 - Fransiya Hindistondagi sobiq fransuz mustamlakalarini Hindiston Ittifoqiga berdi. 🔰1961 - "Orient Express" poezdining Parijdan Buxarestga so'nggi qatnovi; u 78 yil davomida harakat qildi. 🔰1964 - Falastinni ozod qilish Tashkiloti tuzildi. 🔰1976 - Moskvada Sovet Ittifoqi va AQSh o'rtasida tinch maqsadlarda yer osti yadroviy portlashlarini o‘tkazish to'g'risidagi bitim imzolandi. 🔰1998 - Pokiston Belujiston viloyatida har biri 18 kiloton quvvatga ega bo'lgan 5 ta yadroviy zaryadni sinovdan o'tkazdi. 🎈 TAVALLUDLAR:🎈 🎁1524 - Salim II (1574) - Usmonlilar imperiyasining oʻn birinchi podshohi, Sulton Sulaymon I va Hurram Sultonning toʻrtinchi farzandi. 🎁1660 - Georg I (1727) - Buyuk Britaniya qiroli (1714-yildan), Ganoverlar sulolasining Britaniya taxtidagi birinchi vakili. 🎁1738 - Jozef Giloten (1814) - fransuz vrachi va siyosatchisi, gilotina uning nomiga qo‘yilgan. 🎁1795 - Lambert Xitkok (1852) - amerikalik tadbirkor, dunyodagi birinchi mebel fabrikasining asoschisi. 🎁1807 - Jan Lui Rodolf Agassis (1873) - amerikalik tabiatshunos, muzlik davri konseptsiyasi muallifi. 🎁1838 - Nikolay Naumov (1901) - rus yozuvchisi. 🎁1912 - Patrik Uayt (1990) - avstraliyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi. 🎁1941 - Abduxakim Turg'unov - Sport jurnalisti, sharhlovchi, Oʻzbekiston SSRda birinchi xizmat koʻrsatgan jurnalist. 🎁1942 - Stenli Ben Pruziner - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi. 🎁1944 - Sondra Lokk - amerikalik aktrisa, qo'shiqchi va rejissyor. 🎁1971 - Yekaterina Gordeyeva - sovet va rus figurali uchish ustazi, 2 karra olimpiada, 3 karra Yevropa chempioni. 🎁1994 - Mohira Abdullayeva - oʻzbektonlik bokschi, 81 kg dan ortiq vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 🎁2003 - Nargiza Jumaniyozova - oʻzbek badiiy gimnastikachisi, milliy terma jamoa aʼzosi
Mostrar todo...
Bugun 27-may 2024-yil, Dushanba. 🎉BAYRAMLAR:🎉 🌏 Shoshilinch tibbiy yordam kuni. 🌏 Quyoshdan himoya qilish kuni. 🌏 Dadil qarorlar kuni. ⚜MILLIY BAYRAMLAR:⚜ 🇺🇸 AQSh - Skotch kuni. 🇧🇴 Boliviya - Onalar kini. 🇩🇪 Germaniya - Qulupnay bayrami. 🇬🇵 Gvadelupa, 🇸🇽 Sen-Marten - Qullikni bekor qilish kuni. 🇫🇷 Fransiya - Qarshilik kuni. 🇪🇸 Ispaniya - Qurolli kuchlar kuni. 🇳🇬 Nigeriya - Bolalar kuni. 🇳🇮 Nikaragua - Qurolli kuchlar kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Qirg‘iziston kutubxonalari kuni. 🇵🇪 Peru - Mahalliy tillar kuni. 🇷🇺 Rossiya - Umumrossiya kutubxonalari kuni. 🇷🇺 Rossiya - Sank-Peterburg shahri kuni. 🇺🇦 Ukraina - Nashriyot, poligrafiya va kitob tarqatish xodimlari kuni. 🌀VOQEALAR:🌀 📌453 - Liu Szyun akasi Lyu Shaoni o'ldirib, Janubiy Sun imperatori bo'ldi. 📌1606 - Moskva qo‘zg‘oloni. 📌1647 - Massachusetsda birinchi jodugar - Acha Young qatl etildi (osilgan). 📌1703 - Petropavlovsk qal'asi qurildi. Sankt-Peterburg shahriga asos solingan kun. 📌1844 - Morze usulida birinchi xabar yuborildi. 📌1855 - Sankt-Peterburgda I. A. Krilov haykali ochildi. 📌1895 - Ingliz ixtirochisi Birt Akres kinoproyektorni patentladi. 📌1905 - Susima urushi boshlandi. Ertasi kun Yaponiya floti Rossiya harbiy kemasini deyarli yo'q qildi. Bu urush dunyo tarixidagi birinchi zamonaviy dengiz urushi edi. 📌1907 - Kaliforniya, San-Frantsiskoda vabo epidemiyasi boshlandi. 📌1921 - Afg‘oniston mustaqil davlatga aylandi. 📌1923 - Andre Lagash va Rene Leonard «Le-Man poygasi» ni  yutib olishdi. 📌1931 - Inson ilk bor stratosferaga chiqdi. 📌1937 - San-Fransiskoda Oltin darvozalar ko’prigi ishga tushdi. 📌1940 - Belgiya taslim bo'lish to'g'risidagi aktni imzoladi. 📌1941 - Germaniyaning  «Bismark»  kemasi halokati. 📌1953 -  Parij, Belgiya, Fransiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va G'arbiy Germaniya  o’rtasida Mudofaa Assotsiatsiyasi shartnomasi imzolandi. 📌1960 - Turkiyada 27- may to'ntarishi sodir bo'ldi. 📌1964 - Kolumbiyada fuqarolar urushi boshlandi. 📌1971 - Lev Yashinning xayrlashuv uchrashuvi 103 ming tomoshabin ishtirokida bo'lib o'tdi. 📌1977 - SSSR davlat madhiyasi tasdiqlandi, u 1991-yilda SSSR qulaguniga qadar amalda bo‘ldi. 📌1997 - Parijda Rossiya Federatsiyasi va NATO o'rtasidagi o'zaro munosabatlar to'g'risidagi ta'sis akti imzolandi. 📌1999 -  BMTning urush jinoyatlari sudi Yugoslaviya prezidenti Slobodan Milosevichni Kosovoda sodir etilgan vahshiylik va etnik albanlarga  genotsid qilishda  aybladi. 📌2001- 53 mamlakat tomonidan Afrika Ittifoqi tashkil etildi. 📌2009 - UEFA Chempionlar Ligasi finali: "Barselona" "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib (2:0) tarixda uchinchi marta kubokni qo'lga kiritdi. 🎂TAVALLUDLAR:🎂 🎊1332 - Abdurahmon Abu Zayn ibn Muhammad Ibn Xoldun - atoqli arab tarixchi va faylasufi. 🎊1756 - Maksimilian I (1825) - Bavariya kurfyuristi (1799-1806), Bavariya qiroli (1806-1825), Vittelsbaxlar sulolasi vakili. 🎊1863 - Pyotr Borovskiy (1932) - jarroh va parazitolog, Oʻzbekistonda oʻpka patologiyasi asoschilaridan biri. 🎊1897 - Jon Duglas Kokfort (1967) - ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1951). 🎊1922 - Sir Christopher Frank Caradini Lee (2015) - ingliz aktyori, musiqachi va yozuvchi, Ikkinchi jahon urushi faxriysi. 🎊1923 - Genri Kissindjer - amerikalik davlat arbobi, Nobel mukofoti sohibi (1973). 🎊1934 - Tursunboy Rashidov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mexanik-olim, texnika fanlari doktori, professor. 🎊1967 - Pol Gaskoyn - ingliz futbolchisi, yarim himoyachi. 🎊1971 - Paul Bettany - ingliz aktori. 🎊1979 - Bahodirjon Siddiqov - oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, 2019-2020-yillarda va 2023-yildan Oʻzbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi. 🎊1987 - Martina Sablikova - chexiyalik konkida uchuvchisi, uch karra Olimpiya chempioni. 🎊1989 - Alyona Zavarzina - Rossiyalik snoubordchi, jahon chempioni. 🎊1999 - Lili-Rouz Depp - aktrisa va model, Jonni Depp va Vanessa Paradining qizi
Mostrar todo...
Bugun 26-may 2024-yil, yakshanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 Yevropada qo‘shnilar kuni. Butunjahon mallalar  kuni. Butunjahon Drakula kuni. 🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇦🇲 Armaniston — Sardaparatsk jangidagi g‘alaba kuni. 🇧🇲 Bermud - Bermud orollari kuni. 🇬🇾 Gayana — Mustaqillik kuni. 🇩🇪 Germaniya - Otalar kuni. 🇬🇪 Gruziya — Mustaqillik kuni. 🇩🇰 Daniya — Koronprins Frederik tug‘ilgan kun. 🇾🇹 Janubiy Koreya, 🇹🇭 Tailand, 🇸🇬 Singapur, 🇻🇳 Vetnam — Budda tug‘ilgan kun. 🇮🇹 Italiya — Pitsa festivali. 🇷🇺 Rossiya — Rossiya ishbilarmonlari kuni. 🇹🇯 Tojikiston — Advokatlar kuni. ⚜ VOQEALAR:⚜ 🔰451 - Avaray jangi. 🔰1135 - Leon soborida Alfonso VII butun Ispaniya Imperatori deb e’lon qilindi. 🔰1648 - Bogdan Xmelnitskiy Korsun yaqinida polyaklarni mag'lub etdi. 🔰1679 - Angliya parlamenti Xabeas Korpus (shaxs daxlsizligi) qonunini qabul qildi. 🔰1707 - Ispaniya taxti vorisi uchun urush paytida Burbon koalitsiyasi kuchlari Saragosani egallashdi. 🔰1761 - Mixail Lomonosov Venera sayyorasi atmosferasini aniqladi. 🔰1799 - A. Suvorov boshchiligidagi Rossiya imperiyasining armiyasi Turinga bostirib kirdi. 🔰1805 - Milan cherkovida  Napoleon I boshiga  Lombardiyaning temir toji kiydirildi. 🔰1828 - Nyurnbergda Kaspar Hauzer topildi. 🔰1868 - Angliyada oxirgi ommaviy qatl. 🔰1897 - B. Stoker „Drakula“ romanini chop ettirdi. 🔰1899 - Fargona viloyati xalq muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🔰1918 - Zakavkazye federatsiyasi uchta mustaqil respublikaga: Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonga bo'lindi. 🔰1928 - FIFA tashkiloti har to‘rt yilda bir marotaba futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish borasida qaror qabul qildi. 🔰1938 - Germaniyaning Volfsburg shahrida «Folksvagen» avtomobil kompaniyasiga asos solindi. 🔰1948 - JARda aparteid siyosati boshlanishi e'lon qilindi. 🔰1953 - Gorlag mahbuslarining Norilsk qo'zg'oloni boshlandi. 🔰1947 - SSSRda o'lim jazosi bekor qilindi (1950-yilda qayta tiklangan). 🔰1966 - Gayana Respublikasi o‘z mustaqilligini e'lon qildi. 🔰1972 - Richard Nikson va  Leonid Brejnev Moskvada Raketaga qarshi mudofaa tizimlarini cheklash haqidagi bitimni imzolashdi. 🔰1991 - Gruziya presidenti saylovida Zviad Gamsaxurdiya  gʻolib boʻldi. 🔰1994 - Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. 🔰2014 - Donetsk aeroportida janglar boshlandi. 🔰2020 - AQShda irqiy kamsitishlarga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi. 🎈TAVALLUDLAR:🎈 🎁1265 - Dante Aligyeri (1321) - florensiyalik shoir, italyan adabiy tilining asosshilaridan biri, mutafakkir, ilohiyotchi, siyosiy arbob, mashhur “Ilohiy komediya” ning muallifi. 🎁1568 - Muhammad III, Mehmed III (1603) - Usmonlilar imperiyasi sultoni. 🎁1814 - Genrix Geysler (1879) - nemis olimi, noyob asboblar, termometrlar, kimyoviy uskunalar ixtirochisi. 🎁1822 - Edmon De Gonkur (1896) - fransuz adibi. 🎁1876 - Robert Yerks (1956) - psixolog, AQShda etologiyaga  asos solgan. 🎁1877 - Aysedora Dunkan (1927) - amerikalik raqqosa. 🎁1877 - Edvard Gryunayzen (1949) - nemis fizigi, qattiq jismlar nazariyasi asoschisi. 🎁1905 - Aldo Guchchi (1990) - italyan liboslar dizayneri, modelyer. 🎁1909 - Mett Basbi (1994) - taniqli ingliz murabbiyi, butun umrini «Manchester Yunayted» ga bag‘ishlagan.  🎁1938 - Baxtiyor Aliyev - changchi, bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1983). 🎁1947 - Tilak Jo‘ra (1994) - hassos shoir, adabiyotshunos, tarjimon. 🎁1966 - Helena Bonem Karter - britaniyalik teatr, kino va teleaktrisasi.  🎁1969 - Anjelika Varum - estrada qo‘shiqchisi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist. 🎁1971 - Met Richard Stoun - аmerikalik animator, film produser, ssenariy muallifi, aktyor, va bastakor. 🎁1974 - Sherzodxon Qudratxoʻja - jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi. 🎁1977 - Luka Toni - italyan futbolchisi, jahon chempioni (2006). 🎁1988 - Akito Vatabe - yaponiyalik biatlonchi, ikki karra Olimpiada sovrindori, jahon chempioni. 🎁2000 - Xanna Neise - nemis skeletonisti, Olimpiya chempioni.
Mostrar todo...