Fan va texnologiyalar universiteti
Ir al canal en Telegram
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali. 📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz ☎️ Aloqa uchun: +99878-888-38-88 Savollar va shartnoma olish uchun @usat_bosh_menejer ga murojaat qiling.
Mostrar más6 679
Suscriptores
-624 horas
-507 días
-33130 días
Archivo de publicaciones
📚 NAZARIY BILIMLAR — AMALIYOTDA!
👍 Fan va texnologiyalar universitetining Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabalari umumta’lim maktablarida amaliyot o‘tashmoqda.
🎓 Amaliyot davomida talabalar o‘z nazariy bilimlarini mustahkamlab, pedagogik mahoratlarini oshirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur tajribani egallash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
✨ Bugungi tajriba — ertangi muvaffaqiyatli faoliyat sari muhim qadamdir!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
📚 NAZARIY BILIMLAR — AMALIYOTDA!
👍 Fan va texnologiyalar universitetining Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabalari umumta’lim maktablarida amaliyot o‘tashmoqda.
🎓 Amaliyot davomida talabalar o‘z nazariy bilimlarini mustahkamlab, pedagogik mahoratlarini oshirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur tajribani egallash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
✨ Bugungi tajriba — ertangi muvaffaqiyatli faoliyat sari muhim qadamdir!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
#USAT #TalabalikHayoti
🎓 TALABA TALABA EMAS!
Kechki ta’lim talabalari bilan navbatdagi qiziqarli suhbatni tashkil etdik!
🎤 Talabalik hayoti, kutilmagan javoblar — barchasi “Talaba talaba emas” rubrikasida!
💬 Siz ham ushbu gapni davom ettiring va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
🚀 “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA TAKLIF ETAMIZ!
💡 Sizda innovatsion g‘oya bormi? Uni taqdim etish, kreativ fikrlashingizni namoyon etish va o‘z salohiyatingizni sinab ko‘rish vaqti keldi!
🏆 G‘oyangizni taqdim eting va eng yaxshi g‘oya muallifi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
📅 Sana: 19-oktabr
🕑 Vaqt: 14:00
🥇 Tadbir doirasida “IT Queens” hamda “Ilmiy maqolalar tanlovi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.
✨Yangi g‘oyalar, kreativ yondashuvlar va ilmiy yutuqlar bir nuqtada jamlanadi!
📞 Batafsil ma’lumot uchun: 93 369 06 93
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
#USAT #OchiqDars #Iqtisodiyot
📚️️ IQTISODIYOT KAFEDRASI TALABALARI UCHUN OCHIQ DARS BO‘LIB O‘TDI
🎤 Iqtisodiyot kafedrasi dotsent v.b., PhD Yuldoshova Manzura tomonidan kechki ta’lim talabalari uchun “Tasviriy statistika ko‘rsatkichlari: mutloq va nisbiy miqdorlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar statistik ko‘rsatkichlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab, ularni amaliy tahlilda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
🎓 Bunday darslar talabalarning kasbiy bilimlari va tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
🇹🇷 Turkiyada tahsil olayotgan talabamizning bir kuni qanday o‘tadi?
🌍 Fan va texnologiyalar universiteti talabasi bilan xorijdagi talabalik hayoti, yangi tajribalar va unutilmas lahzalarga nazar tashlaymiz!
❓Siz ham xorijda tahsil olishni istaysizmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
+7
🎓 ILK QADAM, YUKSAK MAQSADLAR: TALABALIK GUVOHNOMALARI TOPSHIRILDI!
Bugun universitetimizda 1-bosqich talabalariga talabalik guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Kunduzgi bo‘lim boshlig‘i J. Tayirov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosar Sh. Rivojov so‘zga chiqib, yangi talabalarni talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan samimiy tabrikladilar. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi islohotlar va universitetimizda talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritdilar.
📃 Talabalik guvohnomasi — yangi imkoniyatlar, katta orzular va yorqin kelajak sari tashlangan ilk qadam!
Aziz talabalar, sizni hayotingizning eng jo‘shqin, unutilmas va imkoniyatlarga boy davri — talabalik bilan tabriklaymiz! Ilm yo‘lida izlanishdan, yangi marralarni zabt etishdan va orzularingiz sari dadil intilishdan aslo to‘xtamang!
💙 Talabalik davringiz unutilmas xotiralar, yangi yutuqlar va katta muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+4
🇺🇿 YETAKCHILIKDAN RAHBARLIK SARI
🏛 Oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining Respublika forumi doirasida yoshlar yetakchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov ishtirok etdilar.
👍 Forumda Fan va texnologiyalar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jalilov Abdulbosidxon ham faol qatnashib, o‘zining «Yetakchilikdan rahbarlikka»loyihasini Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etdi.
🎉 Quvonarlisi, loyiha ijobiy baholanib, moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi.
Mazkur tashabbus yoshlar yetakchilarining boshqaruv salohiyatini oshirish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni kelajakdagi rahbarlik faoliyatiga tayyorlashga qaratilgan.
👏 Bu kabi tashabbuslar yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yangi avlod rahbarlarini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
Repost from Edu.uz
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi. 📆 Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🌐 Arizalarni topshirish https://my.uzbmb.uz manzili orqali amalga oshiriladi. 👥 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin? 🎓 Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov qanday o‘tkaziladi? 📝 Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi. ☑️ Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin. 🗓️ Davlat grantlari belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi. ‼️ Muhim! Tanlovt natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi. 📌 Hurmatli talabalar! Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni yakuniga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+3
🇺🇸 USAT O‘QITUVCHILARI AQSHDA XALQARO MALAKA OSHIRISH DASTURIDA ISHTIROK ETDILAR
👍 Fan va texnologiyalar universitetining ikki nafar professor-o‘qituvchisi AQShning Nyu-Jersi shtatida o‘tkazilgan “Ta’limda sun’iy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot” xalqaro malaka oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Dasturda universitetimiz nomidan:
🔹 Ibragimova Feruza Axtamovna — Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti v.b.;
🔹 To‘ychiyeva Madina Gafarovna — katta o‘qituvchi ishtirok etdilar.
🌐 Xalqaro tajriba almashish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini chuqur o‘rganish va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘zlashtirish professor-o‘qituvchilarimizning kasbiy rivojlanishi hamda universitetimizda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
👏 O’qituvchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi faoliyatlarida yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar va ilmiy izlanishlarida zafarlar tilaymiz!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
💙 Tabassumli chehralar, porloq kelajak!
✨ Har bir tabassum ortida katta orzular, har bir bilim ortida esa yorqin kelajak sari tashlangan qadam bor. Fan va texnologiyalar universitetida bugungi quvonch va intilishlar ertangi muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor yaratadi!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
+4
👍 Fan va texnologiyalar universiteti yoshlar yetakchisi respublika forumida ishtirok etmoqda!
Joriy yilning 9–11-oktabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida o‘tkazilayotgan “Oliy ta’lim yoshlar yetakchilari forumi — 2026” da Fan va texnologiyalar universiteti yoshlar yetakchisi, rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi talabamiz Jalilov Abdulbosid ham ishtirok etmoqda.
📌 Forum doirasida oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida tajriba almashish, yangi tashabbuslarni ilgari surish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
💫 Mazkur forum yoshlar yetakchilari uchun yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirish, respublika miqyosida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
🌍 Xorijiy til va adabiyoti — bugungi kunda keng imkoniyatlar beruvchi, talabgir yo‘nalishlardan biri.
Bu yo‘nalishni tamomlagach, faqat o‘qituvchilik bilan cheklanib qolmaysiz. Tarjimon, copywriter, muharrir, kontent yaratuvchi, lokalizatsiya mutaxassisi yoki xalqaro kompaniyalarda kommunikatsiya va mijozlar bilan ishlash kabi ko‘plab sohalarda faoliyat yuritishingiz mumkin.
💡Til bilimi — bu shunchaki ko‘nikma emas, balki turli kasblarga yo‘l ochuvchi professional imkoniyat.
Siz bu yo‘nalishni tamomlaganingizdan so‘ng qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz?
💬 Javobingizni izohlarda yozib qoldiring!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
+5
#Tibbiy_psixologik_immunitet
#Davra_suhbati
⁉️ Yoshlar orasida tibbiy va psixologik immunitetni qanday shakllantirish mumkin?
Joriy yilning 6-oktabr kuni universitetimizda Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Asab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, Fransiya Psixomotor oliy instituti faxriy professori Zarifboy Ibodullayev bilan mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🎙 Suhbat davomida bugungi yoshlar duch kelayotgan dolzarb muammolar — depressiya, maqsadsizlik, stress hamda turli giyohvandlik vositalariga ruju qo‘yish kabi holatlar va ularga qarshi tibbiy-psixologik immunitetni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ruhiy zo‘riqish va psixologik bosimlarni yengishda sog‘lom fikrlash, to‘g‘ri kun tartibi va faol hayot tarzining ahamiyati haqida qimmatli tavsiyalar berildi.
🎤 Tadbir yakunida talabalarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan batafsil javob va tavsiyalar oldilar.
💬 Sog‘lom ruhiyat — sog‘lom kelajak poydevori!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
+6
#TANLOV
#MUNOZARA
✨ Mustaqil fikr, kuchli mantiq va ishonchli nutq — munozaraning asosiy kuchi!
Joriy yilning 7-oktabr kuni oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida an’anaviy jamoaviy “Munozara” respublika turnirining 2-hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilishi, notiqlik mahoratini rivojlantirishi hamda o‘z nuqtayi nazarini dalillar asosida himoya qila olishiga xizmat qiluvchi ushbu intellektual bellashuvda Fan va Texnologiyalar universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.
👩💼 Universitetimiz sharafini munosib himoya qilgan talabalarimiz:
🔹 Xojaqulova Nargiza — Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi, 1/25-guruh;
🔹 Mirxamidova Farangiz — Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi, 5/25-guruh;
🔹 Turobova Mashhuraxon Yorqinjon qizi — Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi, 4/25-guruh.
🥉 Quvonarlisi, Fan va Texnologiyalar universiteti jamoasi 22 ta oliy ta’lim muassasasi orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
👏 Talabalarimizni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi intellektual bellashuvlarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
+5
#Tibbiy_psixologik_immunitet
#Davra_suhbati
✅ Joriy yilning 6-oktabr kuni universitetimizda Toshkent Davlat tibbiyot universiteti “Asab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, Fransiya psixomotor oliy instituti faxriy professori Zarifboy Ibodullayev bilan davra suhbati bo'lb o'tdi.
✅ Suhbat davomida bugungi kun yoshlarining eng og‘riqli nuqtalari — depressiya, maqsadsizlik (apatiya) va stress, shuningdek, turli giyohvandlik vositalariga ruju qo'yish kabi holatlarga qarshi "tibbiy va psixologik immunitet"ni shakllantirish sirlari haqida ma'lumotlar berildi.
✅ Suhbatdan talabalarimiz o'zlari uchun har qanday psixologik bosimni dori-darmonsiz, shunchaki kun tartibini o‘zgartirish, sog‘lom fikrlash va faol hayot tarzi orqali yengish mumkinligi haqida tushuntirildi.
✅ Tadbir so'nggida talabalarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga olim tomonidan batafsil javob oldilar.
+6
#_TANLOV
#_MUNOZARA
Joriy yilning 7-oktyabr kuni Oliy ta'lim tashkiloti talaba-yoshlari o'rtasida an'anaviy jamoaviy “Munozara” respublika turnirining 2-hududiy saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Yoshlarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil, notiqlik san'ati hamda o'z nuqtai nazarini asosli himoya qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ushbu nufuzli intellektual bellashuvda Fan va Texnologiyalar universiteti talabalari ham munosib qatnashdilar.
Universitetimiz sharafini quyidagi talabalarimiz munosib himoya qilishdi: 🔹 Xojaqulova Nargiza — Turizm va mehmondo‘stlik yo'nalishi (1/25-guruh) 🔹 Mirxamidova Farangiz — Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi(5/25-guruh) 🔹 Turobova Mashhuraxon Yorqinjon qizi — Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi (4/25-guruh)Ushbu nufuzli bellashuvda Fan va Texnologiyalar universiteti jamoasi jamoasi 22 ta oliy ta'lim muassasasi ichidan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥉✨👏👏👏 Instagram | Facebook | Youtube | Sayt | Lokatsiya
