cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Elchi (Mahdiy)

𝐕𝐚𝐪𝐭 𝐛𝐮 𝐊𝐚𝐥𝐢𝐭 𝐯𝐚 𝐮 𝐘𝐮𝐳𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐌𝐮𝐭𝐥𝐚𝐪𝐨 𝐨𝐜𝐡𝐚𝐨𝐥𝐚𝐝𝐢 ©𝐄𝐥𝐜𝐡𝐢

Mostrar más
Uzbekistán51 394Uzbeko30 926La categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
275
Suscriptores
+224 horas
+117 días
+1330 días
Distribuciones de tiempo de publicación

Carga de datos en curso...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Análisis de publicación
MensajesVistas
Acciones
Ver dinámicas
01
Baxt😇🫶
291Loading...
02
👑Zahiriddin Muhammad Boburga kim ism qo‘ygan edi? Bobur unga qanday ehtirom ko‘rsatgan? 🟡Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga kelgan paytlarda temuriyzodalar hukmronlik qiladigan Movarounnahr va Xuroson o‘lkasida Xoja Ubaydullo Ahror (Xoja Ahror Valiy, 1404-1490)ning nufuzi nihoyatda baland edi. Shu bois, temuriy hukmdorlar o‘rtasidagi ko‘plab nizoli vaziyatlarni tinchlik yo‘li bilan hal qilgan. 1483 yilning 14 fevralida Umarshayx mirzo xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga kelgach, mirzo Xoja Ubaydulloga odam yuborib, shahzodaga ism qo‘yib berishni so‘raydi. Xoja chaqaloqqa Zahiriddin Muhammad, ya’ni “Muhammad (s.a.v.) dinining tayanchi” deb nom beradi. Boburning xolavachchasi, tarixchi va davlat arbobi Mirzo Muhammad Haydar bu haqda shunday yozada: “...bu paytda chig‘atoylar ko‘chmanchi hayot kechirishar, o‘troq emas edi, ular Zahiriddin Muhammadni aytishga qiynalishardi, shu sababli uni Bobur deb ham atardilar. Xutba va yorliqlarda uni Zahiriddin Muhammad Bobur deb aytishdi va yozishdi. Ammo u ko‘proq Bobur Podshoh nomi bilan mashhurdir”. Gulbadanbegimning aytishicha, 1507 yil, Boburning vorisi Humoyun mirzo tug‘ilgach, Bobur o‘zini “podshoh” deb atashlari haqida farmon bergan. Keyinchalik, Bobur o‘ziga ism qo‘ygan piri komil (Ubadullo Ahror)ning “Risolai Volidiya” asarini turkiy tilga nazmiy (she’riy) tarjima qildi. Bu bilan, Bobur xoja oldidagi ulkan ma’naviy qarzni ado etgan bo‘lsa, ajab emas. Bu haqda u o‘zining “Boburnoma” asarida shunday yozadi: “Juma kuni, oyning yigirma uchinchisida badanimda isitma zohir bo‘ldi (1528 yili Hindistonning Gvaliyar viloyatida – A.Z.). Shunday bo‘ldiki, juma namozini masjidda qiynalib o‘qidim. Ertasiga peshin namozini ehtiyot yuzasidan kitobxonada biroz muddatdan so‘ng o‘qidim. Indini, yakshanba kuni yana isitmam chiqdi, ozroq titradim. Seshanba kechasi, safar oyining yigirma yettinchisida hazrat Xoja Ubaydullohning «Volidiya» risolasini nazm qilmoq fikri ko‘nglimga keldi. Hazratning ruhiga iltijo qilib, ko‘nglimdan kechirdimki: agar bu manzuma hazratga ma’qul bo‘lsa, ... bu xastalikdan forig‘ bo‘lsam, nazmim qabul qilinganiga shu dalil bo‘lardi. Ushbu niyat bilan... risolani nazm etishga kirishdim. O‘sha kechaning o‘zida o‘n uch bayt yozdim. Xuddi atayin kelishilgandek, har kuni o‘n baytdan kam bitilmas edi. Darvoqe’, bir kungina bu ish qilinmadi. O‘tgan yili va balki har gal bu xastalikka chalinganimda, aqalli bir oy, qirq kun og‘rirdim. Tangri inoyati bilan, hazratning himmatidan, payshanba kuni, oyning yigirma to‘qqizinchisida birozgina isitmaladim, keyin mutlaqo tuzalib ketdim. Shanba kuni, rabi ul-avval oyining sakkizinchisida risola so‘zlarini she’rga solish nihoyasiga yetdi”. Bobur shunday bir niyat bilan Xoja Ahrorning “Volidiya” risolasini turkiy nazmga kirita boshlaydi va tarjima oxiriga yetmay turib kasallikdan shifo topadi. Asar esa bir bir oyyu qirq kunda turkiy nazmiy shakl hosil qiladi. Bobur “Volidiya” risolasining boshlang‘ich qismida Xoja Ahrorni shunday ta’riflaydi: Hazrati Xoja Ubaydullohdin, Eshit ul sirri xudoogohdin, Xojalar xojasi ul Xoja Ubayd, Xodimu chokari Shibliyu Junayd. Holatu martabasi zohirdur, Vasfu ta’rifida til qosirdur. 📝 A.T.Zamonov
220Loading...
03
⚡️ Ўзбекистон Қозоғистондаги тадбиркорлари сони бўйича Хитойни ортда қолдирди. Қозоғистонда Ўзбекистон бизнеси Хитойни ортда қолдириб, учинчи йирик хорижий инвесторга айланди.  Бу ҳақда “Data Hub” хабар берди. Қайд этилишича, жорий йилнинг 1 май ҳолатига кўра, Қозоғистонда 4595 та асли Ўзбекистонлик юридик шахс рўйхатга олинган, бу йил бошига нисбатан 706 тага, яъни 18 фоизга кўпдир. Қозоғистон Республикаси Стратегик режалаштириш ва ислоҳотлар агентлигининг Миллий статистика бошқармаси маълумотларига кўра, 2023 йил 1 май ҳолатига нисбатан Қозоғистондаги ўзбек ташкилотлари сони бир ярим баробарга ошган.
231Loading...
04
Media files
400Loading...
05
Media files
390Loading...
06
Almut Qal'asi
390Loading...
07
Almut Qal'asi - Qotillar qalʼasi edi. Bu shahar Eronda Kaspiy dengizining janubidagi Alborz tog'lari (Daylam tog'lari) o'rtasida,poytaxt Tehrondan taxminan 100 km uzoqlikda joylashgan tog ' qal'asi Qal'aning asosiy quruvchisi noma'lum. Baʼzi manbalarga koʻra, uni qurgan kishi Daylamning qadimgi shohlaridan biri bo'lgan va Qaʼlani Aloha Amut, ya'ni Burgut uyasi deb nomlagan. Bu baland joyga deyarli hech kim erisha olmagan. Sababi unda yurish qilish uchun faqat bitta yoʻl bo'lgan..Shuning uchun, bu qalʼaga bosqinchilik harakatni amalga oshirish jiddiy muammo edi. Qalʼaga taxminan 840 yoki 859-yillarda asos solingan. XI asrda,aniqrogʻi, 1090 yil sentyabrda Ismoiliylar mazhabidan boʻlgan Hasan as-Saboh qotillari bilan qalʼaga jangsiz kiradi. Soʻngra, u shu vaqtgacha qalʼada hukmronlik qilgan kishini Alamutdan chiqarib yuborgan. Baʼzi manbalarga koʻra, Hasan as-Saboh qalʼani 3000 oltin dinor evaziga biz yuqorida aytib oʻtgan qalʼa hukmdoridan sotib olgan. Shundan soʻng, bu yerda oʻziga xos sirli davlatcha tashkil etib, uni to o'limigacha 53 yil davomida boshqardi. Shundan soʻng, keyingi 200 yil davomida Ismoiliy - Hashshoshiylar qoʻlida qoldi. Aqlli Hasan ibn al-Saboh Alamut qal'asida Ibn Al-Asir aytganidek,chiroyli o'simliklar, turli xil gullar va mazali mevali daraxtlarni o'stirgan, shuningdek, sut, asal, sharob va albumin suvidan kichik sun'iy daryolar yasatgan. Ibn Al-Asir yana taʼkidlashicha, u sehr bilan tanish boʻlgan, shuningdek, muhandislik va qurilish fanlarini oʻrgangan. Bu esa unga Alamutda yerdagi "Jannat"ni yasashga yordam bergan. U kashf qilgan "Jannat"da sut, sharob yoki asal aslida yopiq holda ko'p bo'lmagan miqdorda ketadi. Lekin u tomoshabinga bitmas-tuganmas bo'lib tuyuladi.. U qayerdan sharob, asal va sut olganiga kelsak, Alamut qal'asini o'rab turgan bu yopiq unumdor vodiyda ko'plab asalarichilik, uzumzorlar va minglab qoramol va qo'ylar bor edi!! Shuningdek, u o'z askarlari uchun chiroyli qizlarni keltirib, ularni qo'shiq kuylash, raqsga tushish va musiqa chalishga oʻrgatadi. U oʻz izdoshlarini oʻzi yasagan bogʻ haqiqiy jannat ekaniga ishontira olgan. Ammo bu bogʻga hech kimga kirishga ruxsat berilmagan. Faqat Sabohning maxsus guruhiga qo'shilishga qaror qilganlar kirishi mumkin edi. Saboh va undan keyingi Hashshoshiy rahbarlar yangi aʼzolarni guruh qilib, qalʼaga olib kirar, keyin ularga maxsus tayyorlangan uxlatib qoʻyuvchi ichimlik ichirilar edi. Soʻngra, yangi aʼzolar uxlab qolishlari uchun qoldirilardi. Navbat maxsus guruh aʼzolariga kelardi. Ular yangi Hashshoshiy aʼzolarni "Jannat"ga olib borgan. Yigitlar uyg'onganlarida, goʻyo jannatga kelgandek boʻlishardi. Ular bu "Jannat"dagi hamma narsadan ishtahalarini qondirganlaridan so'ng, yana oʻsha ichimlikdan ichirilgan. Keyin ular bog'lardan olib chiqilib, rahnamo yoniga keltirilgan. Jangchilar uning oldida tiz cho'kishadi. Keyin rahnamo ulardan so'raydi: Sizlar qayerdan kelgansiz?' Jangchilar: "Jannatdan" Keyin rahnamo ularni qidirilayotgan odamlarni o'ldirish uchun yuboradi.. Rahnamo qotillariga agar ular o'z harakatlari davomida muvaffaqiyat qozonsalar, ularni yana jannatga olib borishini va'da qiladi. Agar ular ish davomida o'ldirilsa, farishtalar ularning oldiga kelib, ularni jannatga olib ketishini aytadi. Ularning 1- qurboni, Saljuqiy vazir Nizom al-Mulk boʻladi. Hatto ular keyinroq Abbosiy xalifa Al-Mustarshid Al-Rashid va Salahiddin al-Ayyubiyni o'ldirish uchun muvaffaqiyatsiz suiqasdlarini amalga oshirganlar. Bu holat toki Moʻgʻullardan boʻlgan Xulokuning hujumigacha davom etdi. Xulagu 1256 yilda Bag'dodni bosib olish uchun yo'lda Alamut qal'asini vayron qildi. Qal'a juda mustahkam edi. Lekin qal'aning oxirgi amir Rukniddin Hurshoh unchalik jangga tayyor emas edi. Natijada, katta qirg'in va barcha Ismoiliy qal'alari hamda idoralari yonib ketganidan keyin qoʻrqib, jangsiz taslim bo'ldi. U Hulokudan taslim boʻlgani uchun marhamat kutar edi. Ammo Huloku marhamat qilmaydi.‌‌ Tez orada butun Hashshoshiylar Moʻgʻullar qoʻlida yoʻq qilib tashlanadi
430Loading...
08
Islom olamining g'aflati uzoq davom etsa, bu musulmonlarning qorqinchli tushi bo'lishidan qo'rqaman😢😢 🎞Poytaxt Abdulhamidxon
2251Loading...
09
МЎЪЖИЗА ЯРАТИШ Таълим мудирлигидан бир мактабга текширувчи юбормоқчи бўлишибди. Текширувчи йўлга чиқиб йўлнинг ярмига келганида машинаси бузилиб қолибди. У машина тузатишни билмас экан. Машинанинг капотини очиб моторга термулиб, қўлидан бир иш келмай ўтираверибди. Шу пайт унинг олдидан бир болакай ўтиб қолибди. Болакай текширувчига: "Майлими сизга ёрдам берсам?", дебди. Текширувчи: "Тузатиш қўлингдан келса майли", дебди. Болакай: "Отам механик, мен у кишига ёрдам бериб тураман", дебди. Болакай моторга қараб туриб текширувчидан асбоблар ва калитлар турадиган қутини олиб келишини сўрабди. Текширувчи қутини олиб келиб болакайнинг олдига қўйибди. Бир неча дақиқа уринишдан сўнг болакай теширувчидан машинани ўт олдиришни сўрабди. Текширувчи ҳайрон бўлиб машинани ўт олдирибди. Машинанинг мотори соатдек аниқ ишлай бошлабди. Текширувчи болакайга раҳмат айтиб, ундан нега бу вақтда мактабга бормасдан бу ерларда юрганини сўрабди. Болакай шундай дебди: "Мен синфимизда энг қолоқ ўқувчиман. Бизнинг мактабимизга бугун текширувчи келар экан. Шунинг учун ўқитувчимиз бугун мактабга келмаслигимни тайинлаган эдилар. Акс ҳолда мактабни шарманда қилар эканман!". Фикр: Ана шунақа қилиб биз истеъдодларни ҳалок қиламиз. Закийлик ва мўъжизалар яратиш фақатгина мактаб ўқув дастурларида чекланган эмас. Шахсларни муносиб ўрнига қўйиш билан биз мўъжизалар яратишимиз мумкин. Синфимизда иккичилар бор эди. Муаллимлар доимо уларга "сенлар одам бўлмайсан" дан нарига ўтишмас эди. Улар дарсларда иккичи бўлишсада мотоциклнинг моторини титиб ташлаб бошқатдан тера олар эди. Ҳолбуки, аълочилар бу ишни қила олмас эди. Ўша иккичилар "одам бўлмайсан"ни эшитавериб охири бузуқ йўлларга кириб жувонмарг бўлиб кетди. Ёшларнинг руҳини синдириб қўймайлик. Улардаги истеъдодни аниқлаб ўша томон йўналтирайлик. Ана шунда ҳақиқий мўъжизани кўрамиз иншааллоҳ!
521Loading...
10
Barcha ulamolar isrofning harom va gunohi kabira ekaniga ittifoq qilganlar. Alloh taolo isrofgarni suymaydi. Bu haqida Alloh taolo O‘z Kalomi majidining An’om surasi 141-oyatida bunday marhamat qiladi: “Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas”. Isrofgar shaytonning do‘stidir. “Isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga nisbatan o‘ta noshukur edi” (Isro surasi 27-oyat). Isrof deganda, ko‘pchilik yemoq-ichmoqning ortib qolishini tushunadi, xolos. Lekin isrofning juda ko‘p turlari bor. Ularning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri oziq-ovqatdagi isrof. Alloh taolo yemoq-ichmoqda isrofga berilishdan qaytaradi. Bu haqida O‘z Kitobida bunday marhamat qiladi: “Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas” (A’rof surasi 31-oyat). Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Isrof va takabburlik qilmagan holda yenglar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar!” dedilar” (Imom Nasoiy rivoyatlari). Yemoq-ichmoqdagi isrof nafs xohlagan har narsani yeyaverish, harom va shubhali narsalarni iste’mol qilish hamda to‘ygandan keyin yeb-ichish bilan bo‘ladi.
480Loading...
11
Media files
450Loading...
12
Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash Hamid Ziyoyev - Rossiya bosqini arafasida oʻzbek xonliklarining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli; - Rossiya istilosining dastlabki bosqichlari; - Qoʻqon xonligi va Rus davlati oʻrtasidagi urushlar; - Rus davlati va Buxoro amirligi oʻrtasidagi urushlar; - Xiva xonligining zabt etilishi; - Qoʻqon xonligining tugatilishi; - XIX asr oxirlari - XX asr boshlaridagi Rossiya hukmronligiga qarshi milliy-ozodlik kurashlari.
91Loading...
13
‼️Андижон бойларидан Миркомилбойнинг1917 йили большевикларга ёзган хати Андижондаги илк Думага сайланган депутат ўз хатида ислом дини либерализмдан минг йил олдин мулк ҳуқуқини муқаддаслигини белгилаб бергани ҳақида ҳам фикрлар мавжуд.
480Loading...
14
🏰 Toshkent Darvozalari haqida qisqacha malumot.
1461Loading...
15
📌📌📌 ⚖ Adolat va kuch birlashishi kerak, toki odil bo'lgan narsa qudratli, qudratli narsa adolatli bo'lishi uchun. 💪🏽⚖✅
463Loading...
16
Buni bilgan bilarmish😁
500Loading...
17
Media files
520Loading...
18
«Агар бирор халқни йўқотмоқчи бўлсалар.... биринчи навбатда унинг хотирасини тортиб оладилар. Унинг ота-боболари кимлигини униттирадилар, унинг китобларини йўқ қиладилар, унинг маданиятини янчиб ташлайдилар,унинг тарихини ўчирадилар. Ва унинг фарзандлари эмас,балки бегона шахслар унинг китобларини ёзади,унга бошқа маданиятни сингдиради,у учун бошқа тарихни ёзиб беради.Шундан сўнг халқ ўзлигини унитиб боради ва секин-аста йўқ бўлиб кетади (манқурт,қулваччалар,онгсиз пасткашларга айланади).Унинг атрофидаги халқлар эса бу халқ хақида анча олдинроқ барчасини унитган бўлади. МИЛАН КУНДЕРА (1 апрель 1929 йил Кралово Поле, Чехословакияда туғилган — 11 июль 2023 йилда Париж, Францияда вафот этган )
450Loading...
19
Француз барабанчиси Андре Эстьен хам худди генерал Бонапарт каби 1796 йилда бўлиб ўтган Арколь кўприги устидаги жангдан кейин машхур бўлганди. Бонапарт қўлида байроқ билан республика армиясини жангга бошлаб борган бўлса, 16 ёшли Андре Эстьен француз армиясининг пиёда қўшинларини австрияликлар устига бостириб боришга чорловчи сигнал куйини бор кучи билан чалиб турган экан. Шонли тарих!.
480Loading...
20
#iqtibos Ayol jamiyatning yarmi deyishadi. Yo‘q, u jamiyatning hammasidir. U jamiyatning yarmi bo‘lib qolgan yarmini tarbiyalaydi. Ayolning diniy, vataniy va ijtimoiy ahamiyati judayam buyuk. U ona va buvidir. U xotin, singil va qizdir. U murabbiya, ziyokor va ezgulik kuychisidir. Agar ularni hayotga tayyorlashni eplay olsak, umumiy uyimiz binosiga hissa qo‘sholgan bo‘lamiz. Quyidagi satrlarni aytgan Ahmad Shavqiyga Allohning rahmati bo‘lsin: "Ona madrasadir. Agar uni munosib tayyorlay olsang, qoni toza xalqni tarbiyalaysan!"
440Loading...
21
Media files
440Loading...
22
“Orolni quritsak, Turkistonning Rossiyaga qaramligini abadiy saqlab qolishimiz mumkin”: Kaufmanning imperatorga yozgan maxfiy maktubi Markaziy Osiyoda suv muammosiga taʼsir etuvchi to‘rtta asosiy kuch markazi mavjud. Bular: Rossiya, Xitoy, Eron va AQSH. “Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasini o‘zining tarixiy taʼsir hududi deb hisoblaydi. Masalan, Orol fojiasi bo‘yicha bir maʼlumot bor. 1872-yilning noyabr oyida Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman Rossiya imperatori Aleksandir II ga shunday maktub yo‘llaydi: “Biz shunday yo‘l tutmog‘imiz kerakki, Amudaryo va Sirdaryoning suvlari Orolga yetib bormasin. Bu daryolarning suvi oxirgi tomchisigacha paxta dalalarini sug‘orish uchun sarflansin. Daryo suvlari paxta dalalariga singib ketaversa, ko‘p o‘tmay Orol dengizi quriydi. Keyin Orolni to‘ldirish uchun Sibir daryolarini burib kelamiz. Ana shundagina Turkistonning Rossiyaga qaramligini abadiy saqlab qolishimiz mumkin”.
420Loading...
23
“Orolni quritsak, Turkistonning Rossiyaga qaramligini abadiy saqlab qolishimiz mumkin”: Kaufmanning imperatorga yozgan maxfiy maktubi Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Suhrob Bo‘ronov “Daryo” bilan suhbat vaqtida Markaziy Osiyo mintaqasida suv muammosiga taʼsir etuvchi kuch markazlarini sanab, ularning asl maqsadi nima ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Rossiya imperatori Aleksandir II va Turkiston general gubernatori Fon Kaufman Siyosatshunosning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyoda suv muammosiga taʼsir etuvchi to‘rtta asosiy kuch markazi mavjud. Bular: Rossiya, Xitoy, Eron va AQSH. “Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasini o‘zining tarixiy taʼsir hududi deb hisoblaydi. Masalan, Orol fojiasi bo‘yicha bir maʼlumot bor. 1872-yilning noyabr oyida Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman Rossiya imperatori Aleksandir II ga shunday maktub yo‘llaydi: “Biz shunday yo‘l tutmog‘imiz kerakki, Amudaryo va Sirdaryoning suvlari Orolga yetib bormasin. Bu daryolarning suvi oxirgi tomchisigacha paxta dalalarini sug‘orish uchun sarflansin. Daryo suvlari paxta dalalariga singib ketaversa, ko‘p o‘tmay Orol dengizi quriydi. Keyin Orolni to‘ldirish uchun Sibir daryolarini burib kelamiz. Ana shundagina Turkistonning Rossiyaga qaramligini abadiy saqlab qolishimiz mumkin”. Orol dengizining taqdirini mana shu xatning mazmun-mohiyati ko‘rsatib beradi. Menimcha, Rossiyaning Amudaryo va Sirdaryo suvlariga taʼsir ko‘rsatmasligiga hech kim kafolat bermasa kerak”, — deydi Suhrob Bo‘ronov. Suhbat davomida siyosatshunos Xitoy omiliga ham to‘xtalib o‘tib, Xitoyning aslida Markaziy Osiyoda bir qancha manfaatlari mavjudligini va u buni amalga oshirish uchun qo‘shni Tojikistondagi Sarez ko‘lidan foydalanishi mumkin ekanligini aytib o‘tdi. “Tojikistondagi Sarez ko‘li bilan bog‘liq masala juda nozik. Sababi Sarez ko‘li o‘zida 19 million kub metr suvni jamlagan. Agar bu to‘g‘on yorilsa, quyi oqimda joylashgan davlatlar uchun juda katta xavf vujudga keladi. Bu to‘g‘on solishtirganda Sardoba suv omboridan 15 barobar katta. Maʼlumotlarga ko‘ra, Tojikiston Sarez ko‘lini “ilmiy tekshirish” maqsadida Xitoyga berib yuborgan. Lekin bu maʼlumotni Tojikiston rasmiylari rad qilmoqda. Agar haqiqatan ham Xitoy bu ko‘lni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kelajakda bu orqali taʼsir ko‘rsatishi mumkin”, — deydi siyosatshunos. Shuningdek, Suhrob Bo‘ronov bir vaqtlar Markaziy Osiyo mintaqasiga Eron ham ko‘z tikkanini qo‘shimcha qildi. “Eronning bir vaqtlar ‘Katta Eron’ deb nomlangan loyihasi bo‘lgan. Bu loyihaga ko‘ra, Tojikiston va Afg‘oniston hududidagi daryolar Erondan o‘tuvchi daryolar bilan bog‘lanishi kerak edi. Bu g‘oya 1989-yil Sovet Ittifoqi armiyasi Afg‘onistonni tark etgach o‘ylab topilgan. 1991-yilda SSSR parchalangach, Kaspiy dengizidan foydalanish bo‘yicha Eron bilan hamkorlik qiladigan davlatlar ko‘paydi”, — dedi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
440Loading...
24
#Темур_тузуклари Тўртинчи қисм
451Loading...
25
Media files
480Loading...
26
Bu parazitlar o'z ish vaqtini boshlashgan...
481Loading...
27
​​(Avvalgi maqolaning davomi) Maktubni oʻqib Shayboniyxonning vujudi oʻt boʻlib yondi, koʻzlari qonga toʻldi. Shoh Ismoil charx va duk yuborib, uni zaifalar qatoriga qoʻshgan edi. Shundan soʻng Shayboniyxon qoʻl ostidagi askarlarini toʻplab, zudlik bilan jangga tayyorgarlik koʻra boshladi. Bu vaqtda shoh Ismoil oʻttiz minglik qoʻshini bilan Marvga yetib kelgan edi. Shayboniyxonning askari oz boʻlib, Ubaydullaxon bilan Temur Sulton Buxorodan qirq minglik lashkar bilan yoʻlga chiqqan edi. Biroq Shayboniyxon “bu urush mol-mulk uchun emas, iymon uchun, sunniylar maqomi uchun boʻlajak” deb jangga otlandi. Marv yaqinidagi Murgʻob daryosi boʻyida katta toʻqnashuv yuz beradi. Har ikki tomondan minglab askarlar oʻladi. Oxir-oqibat Shoh Ismoil hiyla yoʻliga oʻtadi. U goʻyo magʻlub boʻlganidek, jang maydonini tark etadi. Shayboniyxon bundan ruhlanib, safaviylarni quvishga tushadi. Ammo aldanganini kech anglaydi. Shoh Ismoil lashkari Shayboniyxon lashkarini har tomondan oʻrab oladi. Barcha oʻzbek sarkardalar qirib tashlanadi. Xonning oʻzi ham jang maydonida shahid boʻladi. Safaviylar uning jasadini topib, boshini tanasidan judo qiladilar. Bu voqea 1510-yil 12-dekabr kuni yuz beradi. Zaki Validiy Toʻgʻonning yozishicha, shoh Ismoilning buyurigʻi bilan Shayboniyxonning bosh suyagidan sharob qadahi yasaladi va u oltin bilan bezatilib, Misr sultoni Falajga sovgʻa sifatida yuboriladi. Chunki Falaj ham Shayboniyxon singari sunniy mazhabida boʻlib, uni qattiq sevar edi. Xonning tanib boʻlmas, boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilinadi. Baland Sufa Registon maydonida Tillaqori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, u yerda keyinroq boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Shayboniyxon taqdiridan xabardor boʻlgan Bobur Mirzoning qalbida shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni qaytadan egallash umidi paydo boʻladi. Hatto, Bobur Samarqandni soʻnggi marta qoʻlga kiritgach, shoh Ismoil nomiga xutba oʻqitib, shia imomlari nomi bitilgan tanga zarb ettiradi. Biroq ayni shu ish Movarounnahr aholisining temuriy shahzodadan koʻngli qolishiga, ulamolarning undan yuz oʻgirishiga olib keladi. Shundan soʻng Shayboniyxon va Shayboniylar asl musulmonlar, yaʼni sunna mazhabidagi musulmonlarning boshligʻi va ularning himoyachisi sifatida har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi.
480Loading...
28
#Nasihat Bo'ydoqlarga Nasihat....... ©D.r Abror Muxtor Aliy
510Loading...
29
📌📌📌 Hayot qanchalik qisqa bo'lsa-da, biz vaqtni behuda sarflash tufayli uni yanada qisqartiramiz.
524Loading...
30
#ЭСЛАТМА • Ўлимга тайёр турайлик! ©️ Аброр Мухтор Алий ✅Telegram 🌐 Instagram 🎞 Youtube   ✅ Tik Tok  📝 Facebook 🌐Umma life 📨 Постни яқинларингизга ҳам улашинг!👇👇👇 https://t.me/AbrorMuxtorAliy
530Loading...
31
Dunyodagi birinchi Tank. 1916-yil 15-sentabrida Somma jangida ilk bor inglizlar tomonidan ishga solingan.
630Loading...
32
Ona o'z farzandlarini sotuvga qo'yganidan uyalib yuzini yopmoqda, Chikago, 1948.
622Loading...
33
"Janggi loy"  Loy janggi nomi bilan mashxur bo'lgan jang haqida qisqacha malumot
540Loading...
34
​​ SHAYBONIYXON O‘LIMI Shayboniyxon Movarounnahrda eng ko‘p qarshilik va qiyinchilik bilan olgan hududi bu Xorazm hisoblanadi. 1504-yilda Shayboniyxon Buxorodan Xorazmga yurish boshladi. Oʻn oy davom etgan qattiq va shiddatli qamaldan keyin 1505-yilning avgust oyida Urganch egalladi. O‘shanda Xorazm Shayxlari Shayboniyxonga "Xorazmni egallading endi uning janubiga yaqin kelma, aks holda ajaling shu yerlarda bitilgan" degan Bashoratomuz gap aytishadi. Ammo Shayboniyxon hargalgidek g‘alabalaridan mast edi. 1506-yil 5-may kuni Xurosonning yakka hukmdori Husayn Bayqaro ogʻir xastalikdan soʻng vafot etdi. Taxt uchun Bayqaroning ikki oʻgʻli Badiuzamon bilan Muzaffar Mirzo jon olib, jon berib kurashdi. Natijada mamlakat parokandalikka yuz tutdi. Oʻsha yilning kuzida Shayboniyxon otining boshini Hirot sari burdi. Maʼlumotlarga koʻra, uning lashkari 200 ming atrofida boʻlgan. 1507-yil may oyining boshlarida Shayboniyxon Hirotni ishgʻol qiladi. 20-may kuni Jome masjidida Shayboniyxon nomiga xutba oʻqildi. U Movarounnahr va Xurosonning yagona hukmdori deb eʼlon qilindi.  Shayboniyxon saltanatining sarhadlarini sohibqiron Amir Temur zabt etgan yerlarni tasarrufiga kiritishni orzu qilardi. Bu vaqtda Xurosonning yarmi, Iroq, Ozarbayjon Shoh Ismoil Safaviy qoʻl ostida edi. Ismoil shialar sardori, takabbur, ayyor, oʻtaketgan mutaassib bir shaxs boʻlgan. U sunniylarni oʻzicha gʻayridin deb sanar, shia mazhabiga til tekkizganlarni ayovsiz qatli om qilishdan qaytmasdi. Maʼlumotlarga koʻra, Shoh Ismoil Hirotni olganida shahar shayxulislomi Sayfuddin Ahmadni huzuriga chorlaydi. U shayxulislomga jamoat oldida sunniylarni laʼnatlab, shialarni olqishlashni buyuradi. Shayx buni rad etadi. Shunda Shoh Ismoil shayxni daraxtga bogʻlab, oʻt qoʻydiradi. Safaviylar va Shayboniylar necha yildirki, oʻzaro qattol raqiblar edi. Shoh Ismoil shialik tariqatini tarqatish maqsadida Movarounnahr hududiga hujum qilib turardi. Shayboniyxon esa “qizilbosh”larni rasuli akramni malomat qilganini kechirolmaydi. U Imomi zamon, xalifa-ul rahmon sifatida sunniylar sharafini oqlashni oʻziga farz deb sanaydi. Shoh Ismoil puxta harbiy tayyorgarlik koʻrib olish uchun urushni ortga surishga harakat qiladi. Shu niyatda u Shayboniyxonga sulh taklif qildi. Elchilar Shayboniyxonga Shoh Ismoilning maktubini topshirishadi. Maktubda shunday yozilgan edi: “Koʻp zamonlardan beri oʻrtadagi ahdnomaga amal qilib, yaxshi qoʻshnichilik rasmini ado etib keldik. Koʻngildagi kelishmovchilik chang-gʻubori koʻtarildi. Ikkala tarafda gina-kudurat qolmadi. Magar siz tarafdan otaliq qoidasi muvofiq koʻrilsa, biz tomondan ham farzandlik yoʻrigʻi bajo keltirilgay, inshoolloh”. Shayboniyxon Shoh Ismoilning makkorligini xoʻb bilardi. Xon javob xati yozib elchilar qoʻliga tutqazadi. Unda shunday yozilgan edi: “Sen oʻzingni kimga tenglashtirmoqchi boʻlgansan? Sen kimu men kim, oʻylab koʻr! Men Chingiziylar  avlodidanman. Sulton Abulxayirxon nabirasiman. Har bir kishi otasining hunarini qilishi kerak. Otang kim edi, bilarsan. Darveshlar darveshi, qalandar! Esingdan chiqqan ersa, ota kasbini davom ettir, deb senga uch narsa yubordim. Qashkul, aso, janda. Hali ham kech emas, bidʼatdan yuz oʻgir, Haq Mustafo yoʻliga kir, shunda tangrim gunohlaringni kechirgay, Alloh akbar!” Xalqda “achchiq danak ekib, shirin meva kutma”, degan maqol bor. Tez orada Shayboniyxonning yozgan xatiga javob keldi. “Har bir oʻgʻil otasining hunarini qilishi kerak deb yozipsan. Unday boʻlsa, Odam alayhissalomning hamma avlodlari paygʻambar boʻlishi kerak edi. Valekin, Alloh Taolo suygan bandalarini nabiy qilib tanladi. Sen Chingiziyman, deb kerilma. Xon naslidan boʻlsang-da, qilichimizning kuchini urush maydonida sinashamiz. Oyogʻim oʻzangida. Senga duk bilan charx yubordim. Hadding sigʻsa, qarshimga chiq, chiqa olmasang, charxni yigirib oʻtiraver”. DAVOMI BOR
551Loading...
35
#ОГОҲЛИК • 18 ёшдан ёшлар ва аёллар кўриши таъқиқланади!!! • Мурожаатчиларнинг шикоятини эълон қилиб, карта рақам қўйиб, пул тушгач мурожаатчига отасини авратини оғзига олиб ҳақорат қилиб ташаётган мана бу Умид (Муҳаммадрасул)ни халқ дардида юрган блогер деб ўйлаб юрганлар, кўзингизни очинг! • Бу фосиқнинг бошқаларнинг оиласига бурун тиқишдан кўзлаган мақсади ҳам аслида атрофига соддаларни йиғиб олиш ва натижада қимор уюштириш бўлган! • Қачонгача бу каби иккиюзламачи фосиқларга алданасиз?! • Булар сизнинг ишончингизни суистимол қилиб, аслида сиздан пул ундириш пайидаги каламушларку! • Оммага, Ботир Қодиров онасининг шаънини ҳимоя қиляпман, деган гапи ҳам сохта эканини кўряпсизми?! • Шахсий суҳбатда бошқа бир онани шу қадар ҳақорат қилиб ташлаган ҳаромхўрнинг она шаънини ҳимоя қилганига ишонасизми?! • Она шаъни деган муқаддас туйғудан фойдаланиб аслида мақсади пул ишлаш эканини тушуниб етдингизми?! • Огоҳ бўлинг! ©️ Аброр Мухтор Алий
490Loading...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
Baxt😇🫶
Mostrar todo...
👑Zahiriddin Muhammad Boburga kim ism qo‘ygan edi? Bobur unga qanday ehtirom ko‘rsatgan? 🟡Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga kelgan paytlarda temuriyzodalar hukmronlik qiladigan Movarounnahr va Xuroson o‘lkasida Xoja Ubaydullo Ahror (Xoja Ahror Valiy, 1404-1490)ning nufuzi nihoyatda baland edi. Shu bois, temuriy hukmdorlar o‘rtasidagi ko‘plab nizoli vaziyatlarni tinchlik yo‘li bilan hal qilgan. 1483 yilning 14 fevralida Umarshayx mirzo xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga kelgach, mirzo Xoja Ubaydulloga odam yuborib, shahzodaga ism qo‘yib berishni so‘raydi. Xoja chaqaloqqa Zahiriddin Muhammad, ya’ni “Muhammad (s.a.v.) dinining tayanchi” deb nom beradi. Boburning xolavachchasi, tarixchi va davlat arbobi Mirzo Muhammad Haydar bu haqda shunday yozada: “...bu paytda chig‘atoylar ko‘chmanchi hayot kechirishar, o‘troq emas edi, ular Zahiriddin Muhammadni aytishga qiynalishardi, shu sababli uni Bobur deb ham atardilar. Xutba va yorliqlarda uni Zahiriddin Muhammad Bobur deb aytishdi va yozishdi. Ammo u ko‘proq Bobur Podshoh nomi bilan mashhurdir”. Gulbadanbegimning aytishicha, 1507 yil, Boburning vorisi Humoyun mirzo tug‘ilgach, Bobur o‘zini “podshoh” deb atashlari haqida farmon bergan. Keyinchalik, Bobur o‘ziga ism qo‘ygan piri komil (Ubadullo Ahror)ning “Risolai Volidiya” asarini turkiy tilga nazmiy (she’riy) tarjima qildi. Bu bilan, Bobur xoja oldidagi ulkan ma’naviy qarzni ado etgan bo‘lsa, ajab emas. Bu haqda u o‘zining “Boburnoma” asarida shunday yozadi: “Juma kuni, oyning yigirma uchinchisida badanimda isitma zohir bo‘ldi (1528 yili Hindistonning Gvaliyar viloyatida – A.Z.). Shunday bo‘ldiki, juma namozini masjidda qiynalib o‘qidim. Ertasiga peshin namozini ehtiyot yuzasidan kitobxonada biroz muddatdan so‘ng o‘qidim. Indini, yakshanba kuni yana isitmam chiqdi, ozroq titradim. Seshanba kechasi, safar oyining yigirma yettinchisida hazrat Xoja Ubaydullohning «Volidiya» risolasini nazm qilmoq fikri ko‘nglimga keldi. Hazratning ruhiga iltijo qilib, ko‘nglimdan kechirdimki: agar bu manzuma hazratga ma’qul bo‘lsa, ... bu xastalikdan forig‘ bo‘lsam, nazmim qabul qilinganiga shu dalil bo‘lardi. Ushbu niyat bilan... risolani nazm etishga kirishdim. O‘sha kechaning o‘zida o‘n uch bayt yozdim. Xuddi atayin kelishilgandek, har kuni o‘n baytdan kam bitilmas edi. Darvoqe’, bir kungina bu ish qilinmadi. O‘tgan yili va balki har gal bu xastalikka chalinganimda, aqalli bir oy, qirq kun og‘rirdim. Tangri inoyati bilan, hazratning himmatidan, payshanba kuni, oyning yigirma to‘qqizinchisida birozgina isitmaladim, keyin mutlaqo tuzalib ketdim. Shanba kuni, rabi ul-avval oyining sakkizinchisida risola so‘zlarini she’rga solish nihoyasiga yetdi”. Bobur shunday bir niyat bilan Xoja Ahrorning “Volidiya” risolasini turkiy nazmga kirita boshlaydi va tarjima oxiriga yetmay turib kasallikdan shifo topadi. Asar esa bir bir oyyu qirq kunda turkiy nazmiy shakl hosil qiladi. Bobur “Volidiya” risolasining boshlang‘ich qismida Xoja Ahrorni shunday ta’riflaydi: Hazrati Xoja Ubaydullohdin, Eshit ul sirri xudoogohdin, Xojalar xojasi ul Xoja Ubayd, Xodimu chokari Shibliyu Junayd. Holatu martabasi zohirdur, Vasfu ta’rifida til qosirdur. 📝 A.T.Zamonov
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Ўзбекистон Қозоғистондаги тадбиркорлари сони бўйича Хитойни ортда қолдирди.
Қозоғистонда Ўзбекистон бизнеси Хитойни ортда қолдириб, учинчи йирик хорижий инвесторга айланди.  Бу ҳақда “Data Hub” хабар берди.
Қайд этилишича, жорий йилнинг 1 май ҳолатига кўра, Қозоғистонда 4595 та асли Ўзбекистонлик юридик шахс рўйхатга олинган, бу йил бошига нисбатан 706 тага, яъни 18 фоизга кўпдир. Қозоғистон Республикаси Стратегик режалаштириш ва ислоҳотлар агентлигининг Миллий статистика бошқармаси маълумотларига кўра, 2023 йил 1 май ҳолатига нисбатан Қозоғистондаги ўзбек ташкилотлари сони бир ярим баробарга ошган.
Mostrar todo...
00:17
Video unavailableShow in Telegram
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Almut Qal'asi
Mostrar todo...
👍 4
Almut Qal'asi - Qotillar qalʼasi edi. Bu shahar Eronda Kaspiy dengizining janubidagi Alborz tog'lari (Daylam tog'lari) o'rtasida,poytaxt Tehrondan taxminan 100 km uzoqlikda joylashgan tog ' qal'asi Qal'aning asosiy quruvchisi noma'lum. Baʼzi manbalarga koʻra, uni qurgan kishi Daylamning qadimgi shohlaridan biri bo'lgan va Qaʼlani Aloha Amut, ya'ni Burgut uyasi deb nomlagan. Bu baland joyga deyarli hech kim erisha olmagan. Sababi unda yurish qilish uchun faqat bitta yoʻl bo'lgan..Shuning uchun, bu qalʼaga bosqinchilik harakatni amalga oshirish jiddiy muammo edi. Qalʼaga taxminan 840 yoki 859-yillarda asos solingan. XI asrda,aniqrogʻi, 1090 yil sentyabrda Ismoiliylar mazhabidan boʻlgan Hasan as-Saboh qotillari bilan qalʼaga jangsiz kiradi. Soʻngra, u shu vaqtgacha qalʼada hukmronlik qilgan kishini Alamutdan chiqarib yuborgan. Baʼzi manbalarga koʻra, Hasan as-Saboh qalʼani 3000 oltin dinor evaziga biz yuqorida aytib oʻtgan qalʼa hukmdoridan sotib olgan. Shundan soʻng, bu yerda oʻziga xos sirli davlatcha tashkil etib, uni to o'limigacha 53 yil davomida boshqardi. Shundan soʻng, keyingi 200 yil davomida Ismoiliy - Hashshoshiylar qoʻlida qoldi. Aqlli Hasan ibn al-Saboh Alamut qal'asida Ibn Al-Asir aytganidek,chiroyli o'simliklar, turli xil gullar va mazali mevali daraxtlarni o'stirgan, shuningdek, sut, asal, sharob va albumin suvidan kichik sun'iy daryolar yasatgan. Ibn Al-Asir yana taʼkidlashicha, u sehr bilan tanish boʻlgan, shuningdek, muhandislik va qurilish fanlarini oʻrgangan. Bu esa unga Alamutda yerdagi "Jannat"ni yasashga yordam bergan. U kashf qilgan "Jannat"da sut, sharob yoki asal aslida yopiq holda ko'p bo'lmagan miqdorda ketadi. Lekin u tomoshabinga bitmas-tuganmas bo'lib tuyuladi.. U qayerdan sharob, asal va sut olganiga kelsak, Alamut qal'asini o'rab turgan bu yopiq unumdor vodiyda ko'plab asalarichilik, uzumzorlar va minglab qoramol va qo'ylar bor edi!! Shuningdek, u o'z askarlari uchun chiroyli qizlarni keltirib, ularni qo'shiq kuylash, raqsga tushish va musiqa chalishga oʻrgatadi. U oʻz izdoshlarini oʻzi yasagan bogʻ haqiqiy jannat ekaniga ishontira olgan. Ammo bu bogʻga hech kimga kirishga ruxsat berilmagan. Faqat Sabohning maxsus guruhiga qo'shilishga qaror qilganlar kirishi mumkin edi. Saboh va undan keyingi Hashshoshiy rahbarlar yangi aʼzolarni guruh qilib, qalʼaga olib kirar, keyin ularga maxsus tayyorlangan uxlatib qoʻyuvchi ichimlik ichirilar edi. Soʻngra, yangi aʼzolar uxlab qolishlari uchun qoldirilardi. Navbat maxsus guruh aʼzolariga kelardi. Ular yangi Hashshoshiy aʼzolarni "Jannat"ga olib borgan. Yigitlar uyg'onganlarida, goʻyo jannatga kelgandek boʻlishardi. Ular bu "Jannat"dagi hamma narsadan ishtahalarini qondirganlaridan so'ng, yana oʻsha ichimlikdan ichirilgan. Keyin ular bog'lardan olib chiqilib, rahnamo yoniga keltirilgan. Jangchilar uning oldida tiz cho'kishadi. Keyin rahnamo ulardan so'raydi:
Sizlar qayerdan kelgansiz?'
Jangchilar: "Jannatdan" Keyin rahnamo ularni qidirilayotgan odamlarni o'ldirish uchun yuboradi.. Rahnamo qotillariga agar ular o'z harakatlari davomida muvaffaqiyat qozonsalar, ularni yana jannatga olib borishini va'da qiladi. Agar ular ish davomida o'ldirilsa, farishtalar ularning oldiga kelib, ularni jannatga olib ketishini aytadi. Ularning 1- qurboni, Saljuqiy vazir Nizom al-Mulk boʻladi. Hatto ular keyinroq Abbosiy xalifa Al-Mustarshid Al-Rashid va Salahiddin al-Ayyubiyni o'ldirish uchun muvaffaqiyatsiz suiqasdlarini amalga oshirganlar. Bu holat toki Moʻgʻullardan boʻlgan Xulokuning hujumigacha davom etdi. Xulagu 1256 yilda Bag'dodni bosib olish uchun yo'lda Alamut qal'asini vayron qildi. Qal'a juda mustahkam edi. Lekin qal'aning oxirgi amir Rukniddin Hurshoh unchalik jangga tayyor emas edi. Natijada, katta qirg'in va barcha Ismoiliy qal'alari hamda idoralari yonib ketganidan keyin qoʻrqib, jangsiz taslim bo'ldi. U Hulokudan taslim boʻlgani uchun marhamat kutar edi. Ammo Huloku marhamat qilmaydi.‌‌ Tez orada butun Hashshoshiylar Moʻgʻullar qoʻlida yoʻq qilib tashlanadi
Mostrar todo...
🔥 2
00:37
Video unavailableShow in Telegram
Islom olamining g'aflati uzoq davom etsa, bu musulmonlarning qorqinchli tushi bo'lishidan qo'rqaman😢😢 🎞Poytaxt Abdulhamidxon
Mostrar todo...
😢 3

🔥 1