cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

“Yoshlar qanoti” O'EP

O'zbekiston Ekologik partiyasi “Yoshlar qanoti” telegramdagi rasmiy kanali

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoNaturaleza y animales11 269
Publicaciones publicitarias
269
Suscriptores
Sin datos24 horas
-67 días
-12730 días
Archivo de publicaciones
05:54
Video unavailableShow in Telegram
Daraxtkush, tabiat kushandasi bo‘lgan insonlar, suv va boshqa tabiiy ne'matlarni bugun qadriga yetmayotganlarga, ekologiyamizga befarqlarga farzandlarimizdan chaqiriq!. Ko‘zingizni oching!. Bugun Siz va Biz yashayotgan zamin hammamizga meros emas, balki ota-bobolarimizdan omonatga hamda kelajak avloddan qarzga olganmiz. Omonatga ham qarzga ham xiyonat qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Ona tabiatni birgalikda asraylik! Abdushukur Xamzayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Mostrar todo...
50.50 MB
Repost from HUSANBOY DADABOYEV
#Ayollarqanoti #Yoshlarqanoti Фарғона вилоятида Экофорум ўтказилади🌱 2023 йил 11 август куни Ўзбекистон Экологик партияси ташаббуси билан Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 32 йиллиги арафасида “Яшил тараққиёт учун” курашамиз шиори остида “Экофорум” Фарғона вилоятида ўтказилиши режалаштирилган. Экофорум доирасида ёшлар ўртасида экология йўналиши бўйича турли хилад танловлар ўтказилиш тартиби ҳамда экофорумни ўз вақтида ижтимоий тармоқларда ёритиб бориш бўйича келишиб олинди. Экофорум 09.00 дан 19.00 гача (1-кун) давом этади. Экофорум Ўзбекистон Экологик партияси Наманган, Андижон ва Фарғона вилоятининг туман (шаҳар) партия ташкилоти раислари ҳамда ҳар бир вилоятдан 10 нафардан ёшлар ва аёллар қаноти фаоллари ҳамда ёшлар парламенти аъзолари жами 100 нафарга яқин партия вакиллари бирлашган ҳолда иштирок этиш кўзда тутилмоқда. Бизни кузатиб боринг, экофорумни ҳар бир жараёни ёритиб борилади☺️
Mostrar todo...
#Eko_partiya #Jizzax "Mahalla ayollari mehnatkash" O'zbekiston Ekologik partiyasi Zafarabod tumani Kengashi ijroiya qo'mitasi raisi tumandagi Samarqand MFY Nodirabegim ko'chasida ko'p qavatli uylarning birida yashovchi Qo'shboqova Tillaxon opani xonadonlarida bo'lib tomorqadan qay tarzda unumli foydalanayotgani bilan tanishdi.Yer maydoni kichkina bo'lishiga qaramasdan har xil gullar va oziq ovqat uchun mahsulotlar yetishtirish amalda yo'lga qo'yilgan."Yozgi dehqonchilik hosilini yig'ib,kuzga ekinga ham tayorgarlik ko'rayapmiz " deydi xonadon egasi suhbat davomida... Mahallada hammaga o'rnak xonodon. 𝕆'𝕫𝕓𝕖𝕜𝕚𝕤𝕥𝕠𝕟 𝔼𝕜𝕠𝕝𝕠𝕘𝕚𝕜 𝕡𝕒𝕣𝕥𝕚𝕪𝕒𝕤𝕚 𝕁𝕚𝕫𝕫𝕒𝕩 𝕧𝕚𝕝𝕠𝕪𝕒𝕥𝕚 𝕂𝕖𝕟𝕘𝕒𝕤𝕙𝕚 𝕚𝕛𝕣𝕠𝕚𝕪𝕒 𝕢𝕠'𝕞𝕚𝕥𝕒𝕤𝕚 𝕞𝕒𝕥𝕓𝕦𝕠𝕥 𝕩𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚 https://t.me/Jizzaxekopartiya
Mostrar todo...
02:17
Video unavailableShow in Telegram
Xorazm viloyati partiya tashkiloti tomonidan ham atrof-muhit tozaligiga qaratilgan ekohashar o‘tkazildi. Amudaryo sohillarida o‘tkazilgan tadbirda partiya faollari, volontyorlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. O`zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi Matbuot xizmati
Mostrar todo...
95.12 MB
#Xorazm_viloyati #eko_aksiya 🌿🌿 Аtrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishda qonunchiliklarga rioya qilinishi, oʼsimlik va hayvonot olami xilma-xilligini hamda genofondini asrab qolish, shuningdek, hududdagi oʼrmonzorlarda yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kabi masalalarda davlat nazorat organlari va jamoatchilikni say-harakatini birlashtirgan holda mazkur tadbirning ilk bosqichi Аmudaryoning Xorazm viloyati Urganch va Yangibozor tumanlaridan oqib oʼtuvchi hududlarida, daryoning qirgʼoqboʼyi va sanitar-muhofaza mintaqalarida hamda daryodan suv oluvchi magistral kanallar sohilboʼylarida oʼtkazildi. O`zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi Matbuot xizmati
Mostrar todo...
#eko_aksiya 🌳 O'zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi tashabbusi bilan O'zbekiston Ekologik harakati, Xorazm viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasi, viloyat Oʼrmon xoʼjaligi boshqarmasi, viloyat Sanitariya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi bilan hamkorlikda Аmudaryosi bo'ylab "Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik" shiori ostida ekohashar o‘tkazildi. 🔸 Unda partiyaning viloyat Kengashi xodimlari, "Аyollar qanoti" va "Yoshlar qanoti" faollari, hamkor tashkilot vakillari hamda ekofaollar ishtirok etdi. Hashar avvalida partiya vakili ustoz B.Qalandarov bugungi kunda yoshlar o'rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilishda shaxsiy daxldorlik hissini oshirish ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berdi. 🌱 Ekofaollar daryo atrofidagi chiqindi, plastik va polietilenlardan tozalab, tabiatga o'z foydalarini keltirdi. O`zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi Matbuot xizmati
Mostrar todo...
Repost from Aysanem Begimova
"Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik" Oʻzbekiston ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi partiya tashkiloti Kengashi hamda Oʻzbekiston Ekologik harakati Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo'linmasi tashabbusi bilan "Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik" shiori ostida ekohashar o‘tkazildi. Nukus shahridagi "Achchiq koʻl" yoqalarida boʻlib oʻtgan aksiyada tuman (shahar) Kengashi raislari, "Ayollar va Yoshlar" qanoti boʻliimi, Yoshlar parlamenti aʼzolari tomonidan tozalash ishlari olib borildi. Bu kabi tadbirlar Oʻzbekiston ekologik partiyasi tomonidan har yili muntazam oʻtkazilib kelinmoqda. Shunga qaramay oziq-ovqat qoldiqlari, shisha va plastik idishlari, polietilen paketlar dam olishga kelgan shaxslar tomonidan tashlab ketilmoqda. Fuqarolardan ona tabiatni asrab-avaylashni va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashni soʻrab qolgan boʻlar edik. Zero bu betakror go‘zallikni asrab-avaylab, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.
Mostrar todo...
Repost from "EKOSAN" fondi
#Surxondaryo #Ekohashar Bugun O'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti tashabbusi bilan "EKOSAN" ekologiya va salomatlik xalqaro hayriya jamoat fondi viloyat boʻlinmasi hamda viloyat ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Amudaryo daryosi qirg'og'i bo'ylab "Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik" shiori ostida "ekohashar" o‘tkazildi. Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, shahar va tuman raislari, "Ayollar va yoshlar qanoti" bo‘limi, ommaviy axborot vositsalari hamda ekofaollar ishtirok etdi. Hashar avvalida O`zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar kengashi raisi Utkir Eshanqulov bugungi kunda yoshlar o'rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilishda shaxsiy daxldorlik hissini oshirish ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berdi. 👉 https://t.me/surxondaryo_ekosan_hayriya_fond
Mostrar todo...
Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik Tabiat musaffoligini saqlash va aholining ekologik madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya tashkiloti tomonidan Vobkent tumanida “Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik” shiori ostida ekohashar, tozalik aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada partiya faollari, Yoshlar ishlari agentligi faol yoshlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Aksiyada dastlab yoshlarga plastik va polietilenning atrof-muhitga yetkazadigan zararlari to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi. Batafsil 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.