cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

CHDPU Matematika va informatika fakulteti rasmiy kanali

Publicaciones publicitarias
702
Suscriptores
Sin datos24 horas
-67 días
-3130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from Manaviyat.edu.uz
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi: 1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; 2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi; 3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi; 4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi; 5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi; 6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi; 7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.  ⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi: 1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish; 2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash; 3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish; 4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Mostrar todo...
6986619.pdf1.67 MB
👍 5🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz ertamiz egalari, qadrli yoshlar! Sizlarni Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklayman! Universitetimizdagi yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsadni biz har yili talabalarimiz safiga qo‘shilayotgan yurtimiz yoshlarining innovatsion salohiyatini maksimal darajada ochish uchun sharoit yaratishda ko‘ramiz. Bugun har sohada zamonaviy reallikka to‘g‘ri va tezkor moslashuvchi, istiqbolni ko‘zlab ish yurituvchi, bilimlarini samarali qo‘llay oluvchi mutaxassislarga talab katta. Universitetimiz ilk kunlardan buyon chuqur bilim va ko‘nikmalari, ijodiy salohiyati, intiluvchanligi va qat’iyati bilan ajralib turuvchi bitiruvchilarning munosib darajadagi raqobatbardoshligini ta’minlab kelmoqda. Ushbu ajoyib kunda talabalarimiz ijodiy va professional rivojlanish yo‘lida allaqachon muvaffaqiyatli qadamlar tashlayotganliklari, o‘zlarining jamoatchilik, sport va ijtimoiy sohalardagi tashabbuslari va loyihalarini samarali amalga oshirib, ilk g‘alabalarini qo‘lga kiritayotganliklari, oldilariga qo‘ygan vazifalarini a’lo darajada bajarayotganliklarini ta’kidlashdan juda mamnunman. Bugun universitetimizda bir qator nomdor stipendiyalar sohiblari, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlar, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, ko‘plab innovatsion ishlanmalar, startap loyihalar egalari, umuman olganda, chinakan iqtidor egalari tahsil olmoqda. Biz talaba yoshlarimiz bilan hamisha faxrlanamiz! Serqirra iqtidoringiz mamlakatimiz farovonligi yo‘lida rivojlansin. Sizning g‘amxo‘rligingiz, sa’y-harakatlaringiz hamda innovatsion g‘oya va rejalaringiz natijasida jonajon O‘zbekistonimiz yanada gullab-yashnasin! Salomatlik, shijoat, muvafaqqiyat yor bo‘lsin! G‘ofurjon Muxamedov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
30-iyun "Yoshlar kuni". 🏢Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Matematika va informatika" fakulteti tyutorlari hamda yoshlar ittifoqi koordinatori tashabbusi bilan "Zakovat" intelektual oʻyini va "Kitobxon talaba" loyihasining ilk bosqichi boʻlib oʻtadi. "Kitobxon talaba" loyihasi ⏰ 20:00 da 📆 30-iyun O'yin o'tkaziladigan manzil: https://t.me/Chdpu_kitobxon_talaba_MI "Zakovat" intelektual oʻyini ⏰ 21:00 da 📆 30-iyun O'yin o'tkaziladigan manzil: https://t.me/CHDPUzakovat bo'lib o'tadi.
Bizni kuzating:
Fakultet rasmiy sahifalari: 👇👇👇 Telegram | Facebook |Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Stipendiya #Tanlov_boshlandi ⚡️Diqqat! Prezident va nomli Davlat stipendiyalariga tanlov boshlandi⚡️ Universitet rektorining tegishli buyrugʻiga asosan, O'zbekiston tarixi hamda chet tillari (ingliz va nemis) bo'yicha sinov imtihonlari joriy yilning 10-iyul kuni tashkil etiladi. Sinov imtihonlari suhbat asosida bo'lib o'tishini maʼlum qilamiz. Oʻz nomzodingiz haqidagi maʼlumotlarni 4-iyulga qadar dekanatingiz va fakultet iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻyicha masʼullarga yetkazing. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi @CHDPU_iqtidorli_talabalari
Mostrar todo...
👍 4
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#bayram_tabrigi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan yurtimizda fidokorona mehnat qilib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari hamda faol blogerlarni samimiy muborakbod etadi! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik #tavallud_kun_muborak Bugun fakultetimizning Informatika o`qitish metodikasi kafedrasi v.b.dotsenti, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) Yuldasheva Gulshad Tileuovnaning tavallud ayyomi! Shu munosabat bilan Yuldasheva Gulshad Tileuovnani fakultetimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklarimiz bilan muborakbod etamiz. Sizning ilm-fan yoʻlida amalga oshirayotgan ishlaringizga rivoj tilaymiz.Sizdek fidoyi, isteʼdodli va jonkuyar ustoz bilan faxrlanamiz . Kelajakda bundanda ulkan zafarlar tilaymiz.Sizdek ustoz talim berayotganidan minnatdormiz.
Bizni kuzating:
Fakultet rasmiy sahifalari: 👇👇👇 Telegram | Facebook |Instagram | YouTube
Mostrar todo...
🔥 4👍 1
Repost from Edu.uz
02:41
Video unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Bunda: ➖ bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, ➖ magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, ➖ doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi. Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉http://admission.eyuf.uz Batafsil ma’lumot uchun havola: 👉https://eyuf.uz/site/event?id=79 ☎️ Qo‘shimcha savollarga javoblarni +99 871 203 00 47, +99 871 203 00 48, +99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
21.95 MB
👍 1
Kafedralarning yillik faoliyati tahlil qilinmoqda #yil_sarhisobi Chirchiq davlat pedagogika universitetida kafedralar faoliyatini samarali tashkil etish, mudirlar va professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish, ularning funksional vazifalarini qat’iy belgilash, shuningdek, kafedralarning yillik faoliyatini baholab borish maqsadida taqdimot start oldi. Kecha, dastlab Matemtika va informatika fakultetining kafedralar kesimida hisoboti tinglandi. O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda xalqaro yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar va natijalar tahlil qilindi. Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Mostrar todo...
👍 5👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik #tavallud_kun_muborak Bugun fakultetimizning O'quv ishlari bo'ycha dekan o'rinbosari Esonturdiyev Mamatqobil Nurmamatovichning tavallud ayyomi! Shu munosabat bilan Esonturdiyev  Mamatqobil Nurmamatovichni fakultetimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklarimiz bilan muborakbod etamiz. Sizning ilm-fan yoʻlida amalga oshirayotgan ishlaringizga rivoj tilaymiz.Sizdek fidoyi, isteʼdodli va jonkuyar ustoz bilan faxrlanamiz . Kelajakda bundanda ulkan zafarlar tilaymiz.Sizdek ustoz talim berayotganidan minnatdormiz.
Bizni kuzating:
Fakultet rasmiy sahifalari: 👇👇👇 Telegram | Facebook |Instagram | YouTube
Mostrar todo...
🔥 7👍 3🥰 1👏 1
03:10
Video unavailableShow in Telegram
📌 Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin: OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi. Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin: 👉 kontrakt; 👉 ipoteka kreditlari; 👉 nodavlat bog’cha va maktablar. ❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi. 👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma 👉 12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot! Ma'lumot uchun, 1-avgustdan boshlab to’lovlardan 12% qaytarib olish uchun yosh cheklovi olib tashlanmoqda. Shuningdek Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi. Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
Mostrar todo...
Endi_kontraktdan_12%_daromad_solig‘ini_qaytarib_olish_to‘liq_masofadan.mp410.24 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.