es
Feedback
"UNIVERSAL" o'quv markazi

"UNIVERSAL" o'quv markazi

Ir al canal en Telegram

"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali Instagram: https://www.instagram.com/unv_ntm?igsh=Y3JvNTlxdWZnbGpz

Mostrar más
1 311
Suscriptores
+124 horas
-27 días
+1 01630 días
Archivo de publicaciones
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi! Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Marshall Cavendish Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

‼️ BUGUN Prezident maktabi Saralash imtihonining natijalari chiqishi kutilmoqda‼️ Natijalarni birinchilardan bo'lib sizlarga yetkazish uchun Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi https://www.cambridgeinternational.org ni kuzatib borayapmiz. Natijalar ushbu saytda quyidagi ikki linkdan biri ko'rinishida e'lon qilinishi mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/J26-preselection-results/ yoki https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2026/ 👆👆 Ushbu tavsiya ehtimoliy bo'lib, oldingi yillarda natijalar yuqoridagi ko'rinishda e'lon qilingan edi. Natijalar chiqishi bilan kanalimizda e'lon qilamiz, bizni kuzatib boring. 📱Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#agar_ballar_teng_bolsa Bugun Prezident maktabi saralash imtihoni natijalari chiqishi kutilmoqda. Bu imtihonda deyarli har yili ballarning teng bo'lish holati kuzatiladi. Agar ballar teng bo'lib qolsa, murakkab savollarni yecha olgan o'quvchilarga ustunlik beriladi. Agar barcha savollar turi bo'yicha bir xil natija bo'lsa, yoshi kichikroq o'quvchiga ustunlik beriladi.

⁉️ Prezident maktabi Saralash imtihoni natijalari qachon chiqadi⁉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Saralash, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan. Prezident maktabi Saralash imtihoni 2026-yildan 25-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Imtihon topshirilgan kundan 18 kun vaqt o'tdi!! Oldingi yillarda Prezident maktabi Saralash imtihoni natijalari: 2023-yilda 10 kunda, 2024-yilda 15 kunda, 2025-yilda 17 kunda e'lon qilindi. 2026-yilda Natijalar eng kech chiqadigan yil bo'lmoqda. Imtihon o'tganiga 18 kun bo'ldi va hali chiqishi bo'yicha Cambridge saytida ham, agentlikda ham yangilik yo'q. Natijalar katta ehtimol bilan ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda.

⚠️⚠️⚠️ ID raqamlarni rayyorlab turinglar.... Tez orada natijalar e'lon qilinadi. Prezident maktabi rasmiy kanalidan olingan xabar

#Imtihon_natijalari_2026 #Birinchi_bosqich #Prezident_maktablari 📣BUGUN YOKI ERTAGA (13-14 IYUL KUNLARI) PREZIDENT MAKTABLAR
#Imtihon_natijalari_2026 #Birinchi_bosqich #Prezident_maktablari 📣BUGUN YOKI ERTAGA (13-14 IYUL KUNLARI) PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINISHI KUTILMOQDA! ✔️ Joriy yilning 25-iyun Payshanba kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini "Camnridge Assessment International Education" ta’lim tashkiloti tomonidan e'lon qilinishi eslatib o'tamiz. ‼️Saralash imtihoni natijalari anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi. Imtihon natijalarini quyidagi 2 ta holatda bilishingiz mumkin: "Cambridge Assessment International Education" tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: 👉👉https://www.cambridgeinternational.org/J26-preselection-results/ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2026" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktablari Saralash imtihonlari natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: 👉👉 https://ariza.piima.uz/pm-1 📌Bizni kuzatishda davom eting! Natijalar e’lon qilinishi bilan sizga ushbu rasmiy kanalimizda birinchilardan bo'lib xabar beramiz!🙂

Repost from N/a
Mensaje de video00:47

Repost from N/a
Mensaje de video00:26

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💜💜💜 Prezident maktablarining 1-bosqich (saralash) imtihon natijalari odatda imtihondan taxminan 2-3 hafta o
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💜💜💜 Prezident maktablarining 1-bosqich (saralash) imtihon natijalari odatda imtihondan taxminan 2-3 hafta o‘tgach e’lon qilinadi. Natijalar anonim tarzda, nomzodning ID raqami orqali xorijiy tashkilotlar tomonidan tasdiqlanib beriladi. Natijalarni quyidagi rasmiy platformalar orqali kuzatib borishingiz va tekshirishingiz mumkin: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining PIIMA Rasmiy Portali orqali ID raqamingizni kiritib tekshirishingiz mumkin. Imtihonni baholovchi xalqaro tashkilotning Cambridge Assessment International Education veb-sahifasi orqali e'lon qilinadi. Eslatma: Natijalar aniq qaysi sanada chiqishi imtihon kuniga qarab belgilanadi va Agentlikning rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi. 📱Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

❤️❤️❤️ Prezident maktabi 1-bosqich imtihon natijalarini kutayotganlar bormi?
❤️❤️❤️ Prezident maktabi 1-bosqich imtihon natijalarini kutayotganlar bormi?

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💜💜💜 Bu yil imtihondan ozod bo'lgan, ya'ni 5ta fandan sertifikat olgan abiturentlar soni o'tgan yilga solishtirganda 20X ga ko'p.

💟💟💟 Oʻquvchilarimga qiyin block Test berib qoʻysam ulardi hayolida shunday tuzgan boʻlman testni😂

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuk
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan. 2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

#imtihon #foydali Prezident maktabi 1-bosqichidan 2-bosqichga faqatgina 480ta o'quvchi o'tadi. 2-bosqichda qatnashgan 480 o'quvchining 24 nafari PREZIDENT MAKTABDA o'qiydi. 25-o'rindan 48-o'ringacha ro'yxatdan o'tish jarayonida tanlangan Alternativ maktab sifafida tanlangan Ixtisoslashgan maktabga qabul qilinadi.

#imtihon JUDA HAM FOYDALI POST. Diqqat! Internetdan olingan ma’lumotlarga tayanib gapiramiz. Ixtisoslashtirilgan maktablarga
#imtihon JUDA HAM FOYDALI POST. Diqqat! Internetdan olingan ma’lumotlarga tayanib gapiramiz. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonida ingliz tili fanidan jami 15 ta savol beriladi. Bu savollar murakkablik darajasiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi. 1-savol turi Bu turdagi savollar o‘quvchining o‘rganilgan materialni eslab qolish va qayta ishlata olish qobiliyatini tekshiradi. Bunda o‘quvchi oldin o‘rgangan so‘z boyligi, grammatika qoidalari, gap tuzilmalari va asosiy tushunchalarni eslaydi. Savol tanish vaziyatda beriladi. O‘quvchi murakkab tahlil qilmaydi, asosan bilgan qoidasini eslab, uni oddiy kontekstda qo‘llaydi. Masalan, o‘quvchi to‘g‘ri fe’l shaklini tanlaydi, gapni to‘ldiradi, so‘z ma’nosini eslaydi, sodda gap tuzadi yoki tanish grammatik tuzilmani ishlatadi. 1-savol turidan 6 ta savol beriladi. Har bir savol 1.1 ball bilan baholanadi. 2-savol turi Bu turdagi savollar o‘quvchidan til qoidalarini ko‘proq fikrlab qo‘llashni talab qiladi. Bunda o‘quvchi faqat qoidani eslab qolmaydi. U vaziyatni tushunadi, gapdagi ma’no va grammatik belgilarni tahlil qiladi, qaysi qoida kerakligini tanlaydi va mos shaklni qo‘llaydi. Ba’zan bir nechta qoida yoki til elementi birgalikda ishlatiladi. Bu turdagi savollarda o‘quvchi oraliq qarorlar qabul qiladi: vaqtni aniqlaydi, gapning mazmunini tushunadi, mos grammatik shaklni tanlaydi va javobni mantiqan tekshiradi. Masalan, o‘quvchi dialogda eng mos javobni tanlaydi, kontekstga qarab zamonni aniqlaydi, bir nechta grammatik qoidani bog‘lab ishlatadi yoki qisman yangi vaziyatda o‘rgangan bilimini qo‘llaydi. 2-savol turidan 5 ta savol beriladi. Har bir savol 2.1 ball bilan baholanadi. 3-savol turi Bu turdagi savollar o‘quvchining bilimni notanish, murakkab yoki noodatiy vaziyatda qo‘llay olishini tekshiradi. Bunda o‘quvchi faqat eslab qolgan qoidasini ishlatmaydi. U tilni tahlil qiladi, grammatik shakllarni solishtiradi, fikrlarni umumlashtiradi, bir nechta qoidani birlashtiradi va xulosa chiqaradi. Savol o‘quvchidan mustaqil fikrlashni talab qiladi. Bu darajadagi savollar tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish, sabab-oqibatni tushunish va yangi vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini tekshiradi. Masalan, o‘quvchi xatoni topadi va tuzatadi, ikki gap orasidagi farqni tushunadi, matn yoki dialog asosida xulosa qiladi, grammatik tanlov sababini anglaydi yoki bir nechta ma’lumotni bog‘lab to‘g‘ri javobni topadi. 3-savol turidan 4 ta savol beriladi. Har bir savol 2.1 ball bilan baholanadi. Umumiy taqsimot: 1-savol turi: 6 ta savol × 1.1 ball 2-savol turi: 5 ta savol × 2.1 ball 3-savol turi: 4 ta savol × 2.1 ball Jami: 15 ta savol.

📣📣📣⚠️⚠️⚠️ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR uchun Ruxsatnomalar chiqishni boshladi. Ruxsatnomada: ⏱Imtihon vaqti (sana, soat)
📣📣📣⚠️⚠️⚠️ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR uchun Ruxsatnomalar chiqishni boshladi. Ruxsatnomada: ⏱Imtihon vaqti (sana, soat) 📍Imtihon bo'ladigan manzil ko'rsatilgan. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizdan olishingiz mumkin. ⚠️⚠️⚠️Eslatma: Imtihonga kamida 1soat oldin yetib borishingiz kerak. O'zingiz bilan Tug'ilganlik haqida guvohnoma va imtihon Ruxsatmonasini olishni unutmang!!! 📱Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

📣📣📣⚠️⚠️⚠️ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR uchun Ruxsatnomalar chiqishni boshladi. Ruxsatnomada: ⏱Imtihon vaqti (sana, soat) 📍Imtihon bo'ladigan manzil ko'rsatilgan. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizdan olishingiz mumkin. ⚠️⚠️⚠️Eslatma: Imtihonga kamida 1soat oldin yetib borishingiz kerak. O'zingiz bilan Tug'ilganlik haqida guvohnoma va imtihon Ruxsatmonasini olishni unutmang!!! 📱Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#motivatsiya ☄️ Oz qoldi! Tez orada bugungi mehnating natijasini ko‘rib, o‘zing bilan faxrlanasan. Sabr qil, tinimsiz harakatdan to‘xtama — g‘alaba juda yaqin! 💪📚🌟 📱Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

O'quvchilarimiz juda yaxshi kayfiyatda ,ilohim davomli bo'lsin...