es
Feedback
"UNIVERSAL" o'quv markazi

"UNIVERSAL" o'quv markazi

Ir al canal en Telegram

"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali Instagram: https://www.instagram.com/unv_ntm?igsh=Y3JvNTlxdWZnbGpz

Mostrar más
1 312
Suscriptores
-124 horas
-27 días
+1 01530 días
Archivo de publicaciones
🤩

🤩

🤩

🤩

#foydali 📚 Natijaga erishish faqat sportda emas, balki har qanday sohada intizom va muntazamlikni talab qiladi. Ta'lim ham bundan mustasno emas. Har bir qoldirilgan dars — maqsad sari tashlangan bir qadamning ortga surilishidir. 🎯 Shuning uchun aziz o‘quvchilar, iloji boricha darslarni qoldirmaslikka harakat qiling. Muntazam qatnashish — yuqori natijalar va yorqin kelajakning eng muhim kalitidir. 💪 Bugungi intizomingiz — ertangi muvaffaqiyatingiz! 📱Telegram📸Instagram

⭕️⭕️⭕️💙💙💙 NATIJALARNI KUTAYOTLAR DIQQATIGA ! 📇Doʻstlarizga ulashishni unutmang !
Bizni kuzating

📱Telegram📸Instagram

#abituriyent ⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!! Abituriyent tanlovda 5 tagacha bakalavriat yo‘nalishini tanlaydi. Bunda quyidagilarga amal qilishi tavsiya etiladi: 1. To‘plagan baliga mos yo‘nalishlarni tanlang. O‘tgan yillardagi o‘tish ballarini tahlil qilib, kirish ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni tanlash maqsadga muvofiq. 2. Eng ko‘p istagan yo‘nalishni 1-o‘ringa qo‘ying. Tizim tanlovlarni ketma-ket ko‘rib chiqadi. Shuning uchun ustuvor yo‘nalish birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. 3. Beshta tanlovni strategik joylashtiring. 1–2-tanlov: orzu qilgan, biroq raqobati yuqoriroq yo‘nalishlar. 3–5-tanlov: balingiz bilan kirish ehtimoli yuqoriroq bo‘lgan yo‘nalishlar. 4. Grant va kontrakt imkoniyatlarini hisobga oling. Balingiz grantga yetmasa ham, kontrakt asosida o‘qish imkoniyatini ham baholang. 5. Kasb va kelajakni o‘ylab tanlang. Faqat universitet nomiga emas, balki yo‘nalishning mehnat bozoridagi talabi va o‘zingizning qiziqishingizga e'tibor bering. ❗️Muhim: 5 ta tanlovni tasodifiy emas, balki puxta o‘ylab joylashtiring. Birinchi o‘rindagi tanlovingiz eng ko‘p o‘qishni istagan yo‘nalish bo‘lsin, qolganlari esa balingizga mos va muqobil variantlar bo‘lsin.

Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, HURMATLI PREZIDENT! 📱Telegram📸Instagram

❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi #abituriyent Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 📱Telegram📸Instagram

Biz kutayotgan natijalar hali e'lon qilinmadi. Kecha “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi imtihon natijalari e‘lon qilingan edi. Bugun IJOD MAKTABLARINING imtihon natijalari e'lon qilindi. Ixtisoslashtirilgan maktablar, Al-Xorazmiy va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni natijalari hali e'lon qilinmadi. Natijalar e'lon qilinishi bilan Telegram kanalimizda ham e'lon qilamiz.

#imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi
#imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
📱Telegram📸Instagram

#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoq
#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda! 🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz ✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan: 🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi. ✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi: 🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.
Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
Bizni kuzating

❗️Ота—оналар албатта видеони кўринг ва хулоса қилинг... 📱Telegram📸Instagram

Prezident maktabi, Xorijiy tillar, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari qachon chiqadi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Prezident maktabi Asosiy bosqich imtihoni natijalari 30 kun, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.
— Prezident maktabi Asosiy bosqich imtihoni natijalari 16-avgustgacha
— Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 24-iyulda e'lon qilinishi kerak.
— Ixtisoslashtirilgan maktab imtihon natijalari ham 24-iyulgacha chiqib qolsa kerak, o'tgan yil Al Xorazmiy va bu maktab natijalari ketma-ket e'lon qilingan edi.
— Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Demak, bu maktab imtihoni natijasini yaqin kunlarda chiqishi kerak.
@piimaolympiad_edu

#imtihon Al-Xorazmiy va Qolgan ixtisoslashtirilgan maktablari imtihon natijalari 24-iyul kuni e'lon qilinishi kutilmoqda. Ushbu maktablar imtihon natijalari Prezident maktablaridagi kabi fayl (PDF) ko‘rinishida e'lon qilinmaydi. Natijalarni Telegram botlari orqali bilib olishingiz mumkin. Botlar natijalar e'lon qilinadigan vaqtda ishga tushiriladi. Albatta, botlarning havolalarini birinchilardan bo‘lib kanalimizga joylaymiz. Shuning uchun kanalimizni kuzatishda davom eting. 📱Telegram📸Instagram

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholangan: Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholangan: Masalan: 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholangan: Matematika — 30 ta savol: ▪️ 12 ta savol — 1,1 ball ▪️ 18 ta savol — 2,1 ball Umumiy ball: 51 ball Ingliz tili — 15 ta savol: ▪️ 6 ta savol — 1,1 ball ▪️ 9 ta savol — 2,1 ball Umumiy ball: 25,5 ball Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etgan.

⚠️⚠️⚠️ Assalomu alaykum, qadrli kanalimiz a'zolari, aziz o'quvchilar va hurmatli ota-onalar! Sizlarni ta'limga oid eng so'ngg
+1
⚠️⚠️⚠️ Assalomu alaykum, qadrli kanalimiz a'zolari, aziz o'quvchilar va hurmatli ota-onalar! Sizlarni ta'limga oid eng so'nggi yangiliklar, foydali tavsiyalar, o'quvchilarimizning yutuqlari hamda o'quv markazimiz faoliyati bilan muntazam tanishtirib boramiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz — 📱Telegram va 📸Instagram orqali kuzatib boring! 📚 Birgalikda bilim sari yuksalamiz!

🎓 Bugun katta sinov kuni! Prezident maktabi 2-bosqich imtihonida ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad tilaymiz!
+2
🎓 Bugun katta sinov kuni! Prezident maktabi 2-bosqich imtihonida ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad tilaymiz! 🍀 Bu yerga kelishingizning o‘zi ham katta yutuq. Endi esa o‘zingizga ishoning, xotirjam bo‘ling va bilimingizni namoyon eting. Har bir savolga ishonch bilan yondashing. Siz buning uchun uzoq vaqt mehnat qildingiz. 💙 UNIVERSAL o‘quv markazi jamoasi siz bilan faxrlanadi! 🏆 Omad sizga yor bo‘lsin! Yuksak natijalar bilan qaytishingizni kutamiz.

photo content
+1