cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🌐 Xalqaro aloqalar bo'limi | O’zMU | NUU

O'zbekiston Milliy Universiteti Xalqaro aloqalar bo'limining rasmiy Telegram kanali✅ Официальный Telegram канал отдела международных связей НУУз✅ Department of International Relations of NUU✅ 🌐http://nuu.uz

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
851
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-2730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

👍 1
O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Boshqaruvining navbatdagi yig’ilishi 2024 yil 14 iyun kuni O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Boshqaruvining Shanxay Hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiya markazi O’rtasida Hamkorlik Memorandumi tuzish bo’yicha navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida uyushma raisi Rahbarxon Murtazayeva "Olima" uyushmasi tomonidan tashkil etilgan va bo'lajak tadbirlar haqida qisqacha ma'lumot berdi. Kun tartibida, shuningdek, Uyuhsma Ustavini muhokamasi ham bo’lib o’tdi, unda Uyushma a'zolari o'z fikrlari va takliflarini bildirdilar. Bundan tashqari, dekabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan yosh ayollar uchun "ilmiy Yulduzlar - 2024" intellektual tanlovini tashki etish bo’yicha ham kelishib olindi. Uchrashuvda O'zbekiston Milliy universitetining xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori va assotsiatsiya raisi Raima Shirinova ishtirok etdi. Professor Shirinova oliy o'quv yurtlarining global reytingini oshirishda “Olima” uyushmasining o’rni haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Ushbu uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O'zbekistonda xotin-qizlarning intellektual o'sishini qo'llab-quvvatlash yo'lidagi samarali qadam bo'ldi.
Mostrar todo...
01:16
Video unavailableShow in Telegram
🇹🇭THE Global Barqarorlik Kongressida O’zMU delegatsiyasi ishtirok etmoqda • Avval xabar berganimizdek, O’zMU delegatsiyasi hozirda “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Global barqaror rivojlanish kongressi”da O’zMU Uslubiy ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’yicha prorektori Ravshan Musurmanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Yoqub Ergashov va Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi uslubchisi Alijon Oripov ishtirok etdi. • Anjuman davomida, dunyoning qator ilg’or universitetlarining barqarorlik bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlari o’rganildi. Master-classlarda ishtirok etib, THE Impact reytingida ma’lumotlar bilan ishlash, ularni taqdim etish bo’yicha ilg’or universitetlarning tajribalari o’rganildi. • Saudiya Arabistonining Qassim universiteti (QS WUR #781-790) va Janubiy Koreyaning Kyung Hee universiteti (QS WUR #328) bilan hamkorlik masalalari bo’yicha muzokaralar olib borildi va hamkorlik shartmomasini imzolashga kelishib olindi. Mazkur ikki universitet bilan talabalar almashinuvi doirasida 25-30 iyun kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan “Xalqaro butun jahon Yoshlar forumi”ga xorijiy talabalar taklif etildi. • Universitet akademik va ish beruvchi obro’sini yanada oshirish maqsadida Yaqin Sharq va Avstraliyaning yetakchi universitetlari bilan kontaktlar almashilindi. @xalqaro_reyting_nuuz
Mostrar todo...
IMG_0179.MOV26.23 MB
👍 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Milliy universiteti THE Impact Rankings xalqaro reytingida TOP-1000 universitetlar qatorida • Ma’lumki, O‘zbekiston Milliy universiteti oxirgi besh yilda QS va THE hamda boshqa xalqaro reyting agentliklarining yo‘nalishlar kesimidagi reytinglarida ishtirok etib eng kuchli TOP-1000 universitetlar joy olmoqda. • Xabaringiz bor, 5 iyun kuni O‘zMU tarixiy natijani qayd etdi. QS World University Rankings 2025 reytingida dunyoning kuchli TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi. • Bugun, 12-iyun kuni Taylandning Bangkok shahrida “Global Sustainable Development Congress” (Global Barqaror rivojlanish Kongressi) bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro kongress doirasida Times Higer Education Impact Rankings reytingi natijalari e’lon qilindi. Mazkur reyting yo‘nalishi BMTning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq universitet hududida olib borilgan ijtimoiy chora-tadbirlar, madaniy-ma’rifiy ishlar, BRMning o‘quv faoliyatidagi o‘rni va albatta, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan o‘lchanadi. • Natijalarga ko‘ra O‘zbekiston Milliy universiteti 16 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha dunyoda 601-800 o‘rinlarni qayd etdi. • Quvonarlisi O‘zMU BRMlarning bir qanchasi bo‘yicha uch karra yuqoriga ko‘tarildi va TOP-100 universitetlar qatoridan o‘rin oldi. Bular: • BRM-6 toza suv va sanitariya bo‘yicha birinchi urinishdayoq 48 o‘rinni egalladi, shuningdek, BRM-2 ochlikka qarshi kurashish bo‘yicha 2023 yilda 201-300 o‘rinlarni qayd etgan bo‘lsa, bu yil 53 o‘rinni egallab, 150 pag‘ona yuqoriladi. O‘zMU bu yil birinchi urinishdayoq BRM-15 yerdagi hayot maqsadi bo‘yicha 54 o‘rin, BRM-7 arzon va toza energiya maqsadi bo‘yicha 85 o‘rinni egalladi. BRM-13 Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash maqsadini amalga oshirishda 2023-yilga nibatan 200 pag‘ona ko‘tarilib 94 o‘rinni qayd etdi. Yana bir katta ko‘rsatkich BRM-17 barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda global hamkorlik indikatori bo‘yicha so‘nggi besh yillikdagi eng katta natijani qayd etib, ushbu reytingdan o‘rin olgan barcha xorijiy oliy ta’lim muassasalari orasida 201-300 o‘rinni egalladi. • Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu reyting natijalariga ko‘ra O‘zMU 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan 400 o‘rin yuqoriladi. • Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zMU BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishiga mos ilmiy maqolalar soni bo‘yicha respublika OTMlari o‘rtasida yetakchi hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida: THE Impact Rankings da 2022 yil 1406 ta OTM reytingdan o’rin olgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib 1591 ta, 2024 yilda 2031 taga yetdi.
@xalqaro_reyting_nuuz
Mostrar todo...
🎉 4 2
Times Higher Education Global Barqarorlik Kongressi • Taylandning Bangkok shahrida, Times Higher Education xalqaro reyting agentligining Global Barqarorlik Kongressi o’z ishini boshladi. Global kongress 10-13 iyun kunlari bo’lib o’tmoqda. • Kongress barqarorlikdagi global muammolarning yechimlarini muhokama qilish uchun xalqaro miqyosidagi katta tajriba ega olimlar va innovatorlarni birlashtiradi. Ushbu kongressda 3 mingdan ortiq dunyoning turli xil nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar va 350 ekspert o’z ma'ruzalari bilan ishtirok etmoqda. • Mazkur global kongressda O’zbekistonning ekspozitsiyasi tashkil etilgan bo’lib, Respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. Xususan, O’zbekiston Milliy universiteti Uslubiy ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’yicha prorektori Ravshan Musurmanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Yoqub Ergashov va Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi uslubchisi Alijon Oripov akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, universitetga xorijiy talabalarni jalb qilish hamda dunyoning yetakchi universitetlarining barqarorlik bo’yicha tajribalarini o’rganish maqsadida ushbu kongressda ishtirok etishmoqda.
Kun tartibida oltita global muammolar tanlab olingan bo'lib, ularning har biri BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDGs) erishish uchun muhim yangiliklar, shuningdek, barqarorlikka erishishga to’sqinlik qilayotgan masalalarning amaliy yondashuvlariga qaratilgan bir qator anjumanlar tashkil etilgan.
📹GSDcongress video-rolik: havola @xalqaro_reyting_nuuz
Mostrar todo...
👍 2
0️⃣0️⃣0️⃣🏆🏆🏆🏆📊 O‘zMU Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytinggida Top-150 talikda. Kuni kecha Shvetsariyaning Stokgolm shahrida Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingining (WURI - The World University Rankings for Innovation) 2024-yilgi ro‘yxati e’lon qilindi. Dastavval, ushbu reytingda O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarigina ishtirok etishgan bo'lsa, bu yil O'zbekistondan hujjat topshirgan oliygohlar safi kengayib, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetlari ham o'z loyihalarini taqdim etishdi. Ma'lumki, O'zbekiston Milliy universiteti ushbu reytingda 3 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va bu yilgi natijalarga ko'ra universitet so'nggi uch yillik natijalarini yangiladi, ya'ni 73 pog'ona yuqorilab Top 150 universitetlar qatoridan joy oldi. (127-o'rin) . E’tiborlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti bir necha yo'nalishlarda dunyoning eng ilg'or, nufuzli universitetlari Yale , Garvard universiteti, MIT lar bilan bir qatorda Top-30, 50 oliygohlar ro'yxatiga kiritildi. Xususan, "Inqirozni boshqarish" yo'nalishi bo'yicha Top-30 oliygohlar (30-o'rin) hamda "Talabalarni qo'llab-quvvatlashga jalb qilish" loyihalari bo'yicha (38-o'rin), " Sanoat inqilobi" (31-o'rin) loyihalari bo'yicha esaTop-50 universitetlar qatoriga kirdi. O'zMU xalqaro reytinglarda o'z pozitsiyasini ko'tarishda davom etadi. @xalqaro_reyting_nuuz
Mostrar todo...
👍 1 1
#Xushxabar. O‘zMU Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytinggida Top-150 talikda. Kuni kecha Shvetsariyaning Stokgolm shahrida Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingining (WURI - The World University Rankings for Innovation) 2024-yilgi ro‘yxati e’lon qilindi. Dastavval, ushbu reytingda O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarigina ishtirok etishgan bo'lsa, bu yil O'zbekistondan hujjat topshirgan oliygohlar safi kengayib, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetlari ham o'z loyihalarini taqdim etishdi. Ma'lumki, O'zbekiston Milliy universiteti ushbu reytingda 3 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va bu yilgi natijalarga ko'ra universitet so'nggi uch yillik natijalarini yangiladi, ya'ni 73 pog'ona yuqorilab Top 150 universitetlar qatoridan joy oldi. (127-o'rin) . E’tiborlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti bir necha yo'nalishlarda dunyoning eng ilg'or, nufuzli universitetlari Yale , Garvard universiteti, MIT lar bilan bir qatorda Top-30, 50 oliygohlar ro'yxatiga kiritildi. Xususan, "Inqirozni boshqarish" yo'nalishi bo'yicha Top-30 oliygohlar (30-o'rin) hamda "Talabalarni qo'llab-quvvatlashga jalb qilish" loyihalari bo'yicha (38-o'rin), " Sanoat inqilobi" (31-o'rin) loyihalari bo'yicha esaTop-50 universitetlar qatoriga kirdi. O'zMU xalqaro reytinglarda o'z pozitsiyasini ko'tarishda davom etadi. @xalqaro_reyting_nuuz
Mostrar todo...
#Xushxabar. O‘zMU Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytinggida Top-150 talikda. Kuni kecha Shvetsariyaning Stokgolm shahrida Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingining (WURI - The World University Rankings for Innovation) 2024-yilgi ro‘yxati e’lon qilindi. Dastavval, ushbu reytingda O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarigina ishtirok etishgan bo'lsa, bu yil O'zbekistondan hujjat topshirgan oliygohlar safi kengayib, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetlari ham o'z loyihalarini taqdim etishdi. Ma'lumki, O'zbekiston Milliy universiteti ushbu reytingda 3 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va bu yilgi natijalarga ko'ra universitet so'nggi uch yillik natijalarini yangiladi, ya'ni 73 pog'ona yuqorilab Top 150 universitetlar qatoridan joy oldi. (127-o'rin) . E’tiborlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti bir necha yo'nalishlarda dunyoning eng ilg'or, nufuzli universitetlari Yale , Garvard universiteti, MIT lar bilan bir qatorda Top-30, 50 oliygohlar ro'yxatiga kiritildi. Xususan, "Inqirozni boshqarish" yo'nalishi bo'yicha Top-30 oliygohlar (30-o'rin) hamda "Talabalarni qo'llab-quvvatlashga jalb qilish" loyihalari bo'yicha (38-o'rin), " Sanoat inqilobi" (31-o'rin) loyihalari bo'yicha esaTop-50 universitetlar qatoriga kirdi. O'zMU xalqaro reytinglarda o'z pozitsiyasini ko'tarishda davom etadi. @xalqaro_reyting_nuuz
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🤔 Chexiyaning Gʻarbiy Bohemia universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv
Mostrar todo...
👍 1 1
Assalomu aleykum, O’zMU
Mostrar todo...