cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Kopirayting ensiklopediyasi | Namuna Yoqub qizi

Kanalda kopiraytingga oid nazariy-ensiklopedik bilimlar hamda tajribadan oʻtgan keyslar ulashib boriladi. Murojaat uchun: @kopirayter_Mahmudova

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
717
Suscriptores
+3924 horas
+1127 días
+44230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Kerakli maʼlumotlar roʻyxatini davom ettiramiz: Dunyodagi eng noodatiy reklamalar https://t.me/namunayoqubqizi/326 Blogpost nima va u qanday yoziladi? https://t.me/namunayoqubqizi/343 Progrev nima? https://t.me/namunayoqubqizi/352 SEO kopirayting qanday ishlaydi? https://t.me/namunayoqubqizi/367 Kopirayting menga nima berdi? https://t.me/namunayoqubqizi/389 Offer haqida https://t.me/namunayoqubqizi/412 Ish yoʻqmi? https://t.me/namunayoqubqizi/421 Shaxsiy rezyumem https://t.me/namunayoqubqizi/433 Amaliy kopirayting boʻyicha ustoz-shogirdlik loyihasi doirasidagi 1-bepul dars ishlanmasi https://t.me/namunayoqubqizi/478 Kopirayterlar qayerda ishlashadi? https://t.me/namunayoqubqizi/499 Shunchaki motivatsiya) https://t.me/namunayoqubqizi/502 Ish topishga qiynalayotganlar uchun https://t.me/namunayoqubqizi/577 Ishsizligingiz sababi nima? https://t.me/namunayoqubqizi/608 Qanday qilib oʻquvchini mijozga aylantirish mumkin? https://t.me/namunayoqubqizi/617
Mostrar todo...
👍 3🔥 3👏 2
Eng kerakli maʼlumotlar roʻyxatini keltiraman Eʼtibor bilan oʻqib chiqsangiz, shu maʼlumotlarning oʻzidan ham fundamental bilimlarga ega boʻlasiz: Kopirayting haqida bilasizmi? https://t.me/namunayoqubqizi/158 Kopirayting – soʻzni sotish sanʼati https://t.me/namunayoqubqizi/168 Matn turlari https://t.me/namunayoqubqizi/169 Kashshof reklama nima? https://t.me/namunayoqubqizi/182 Ideal sotuv matni qanday boʻladi?https://t.me/namunayoqubqizi/192 Matnga taʼsir qiluvchi bevosita omillar https://t.me/namunayoqubqizi/199 Ssenariy qanday yoziladi? https://t.me/namunayoqubqizi/203 Native reklama nima? https://t.me/namunayoqubqizi/207 Naming nima? https://t.me/namunayoqubqizi/236 Naming tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak? https://t.me/namunayoqubqizi/238 Kontent reja nima? https://t.me/namunayoqubqizi/253 Kontent plan qanday tuziladi? https://t.me/namunayoqubqizi/296
Mostrar todo...
👍 2🔥 2👏 2
Kopirayting haqida umuman bilmaydiganlar uchun post (yoxud qanday qilib oʻquvchini mijozga aylantirish mumkin?) 🌤 Ishonchim komilki, ushbu maqoladan keyin kopirayting haqidagi tasavvurlaringiz bulut ortidan chiqib, yanada oydinlashadi. Bu kasb aynan nima uchun xizmat qilishini tushunib olasiz. Kopirayter deganlariga nima uchun maosh berishadi? Albatta oʻz yozganlari orqali oʻquvchini mijozga aylantirib bergani uchun. Yoʻqsa, shunchaki jimjimador matnlar yozish adabiyot oʻqituvchisining ham qoʻlidan keladi. 📌 Quyida esa oʻquvchining ishonchini qozonib, uni poytensial mijozga aylantirishga koʻmak beradigan baʼzi tavsiyalarni beraman: 1. Matndagi fokusni oʻquvchiga qarating. Unga beradigan foydangizni ertaroq aytib oʻting, iloji boʻlsa sarlavhaning oʻzida. Bu haqida kanal storisida ham batafsil yozgan edim. 2. Chalgʻitmang va chalgʻimang. Asosiy maqsadingizdan uzoqlashmang. Matnning har bir qismida asosiy fikringizni qoʻllab-quvvatlaydigan gʻoya va maqsad boʻlsin. 3. Aniqlik va fakt-cheking ( axborotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirish) ga qatʼiy amal qiling. Ilmiy asoslanmagan, ishonchsiz maʼlumotlar bilan oʻquvchingiz eʼtiboridan tushib qolmang. Aksinch, aniq fakt va dalillar bilan uning ishonchini qozoning. 4. Ana endi sarlavhadagi vaʼdaga qayting. Fokus hali ham oʻquvchidami? Unda juda yaxshi. Unga nima qiymat bera olishingizni eslating va oʻz taklifingizni bering. 5. Matnni bir boshidan koʻrib chiqing va harakatga yoʻnaltiring. CTA lardan unumli foydalanib qoling. ✅ Tabriklayman, sizning oʻquvchingiz mijozga aylantirildi. Shunday uzun maqolani oxirigacha oʻqiganingiz sharafiga bitta reaksiya bosib, hamkasblarga ulashib qoʻymasangiz uyat boʻlar) ☺️ Izlanish va harakatdan toʻxtamang, tolibi ilm. @namunayoqubqizi
Mostrar todo...
👍 13 4🥰 3🔥 2💯 2🤩 1
Foydali boʻlish qanday baxt ekanligini mana shunaqa xabarlarni oʻqiganlar tushunadi))
Mostrar todo...
🥰 3 1👏 1
MashaAlloh. Shu satrlar bilan nima qilganingizni tasavur qila oladizmi? Juda koʻp vaqtlardan beri yomon ahvolda yurgan edim❤️‍🩹 Ishlarim orqaga tortib ketib, kayfiyatib tushib, tashvish ichida qolib ketgandim. Ichimdagini tushunmay dardimni hech kmga aytolmay yurgandim. Lekin shu yozganingizni hammasi manga yechim boʻldi. Buni oʻzimga xaritadek qabul qildim. Alloh rozi boʻlsin sizdan. Togʻridi esimda yoʻq oldin qachon bu kanalga qoʻshilganim😅. Endi oldimdan chiqib qolganiga oʻqigandim taskin topdim. Sevimli kanallarim safiga qoʻshildi kanalingiz😁 Tashvishlanganingda qalbingda nimalar boʻlayotganini aslida oʻzing ham tushunmayotgan bir paytda Allohning izni oddiy narsalardan qalb dardining yechimi chiqaverarkanda SubhanAlloh🤍
Mostrar todo...
3🔥 3👍 2
Ustoz Anora Abirkulovaga savollaringizni ushbu post izohiga qoldirishingiz mumkin 😊
Mostrar todo...
👍 2
Qizigʻey... Kanalda shuncha maʼlumot turib, yana "grupada shaxsiy gaplar koʻpku" deyishadi. Endi siz aytingchi, shaxsiy gap bilan tajriba teng boʻlurmu?
Mostrar todo...
😁 4👌 2🤨 2🔥 1🤔 1
Assalomu alaykum barchaga. Avvalo taklif uchun Namunaxonga rahmat. Lekin ayni kunlarda audiochat qilish uchun imkonim bo'lmaganligi sababli (yashirib nima qildim, har 5 minutda "ayaaa" deydigan o'g'lim va 7 oylik qizalog'im bor qo'limda) savol-javobni yozma qilsak nima deysiz?
Mostrar todo...
👍 8👏 3
Birinchi suhbatni ustozim ANORA ABIRKULOVA bilan qilmoqchi edim. Ustozdagi vaziyatni hisobga olib, yozma savol-javobli podkast qilsak, nima deysiz? Menimcha, ustozdagi tajriba hamma uchun qiziq boʻlsa kerak)
Mostrar todo...
👌 5👍 2🔥 2💯 2
Ishsizligingiz sababi nima? Odatda qoʻlida biror kasbi yoki hunari bor kishining ishsizligiga ikkita asosiy sabab boʻladi: 1️⃣. Ishlashni xohlamaslik. 2️⃣. Notoʻgʻri harakat. Birinchi sababni oʻqib, jahlingiz chiqdimi? Albatta chiqadi-da. Axir qachondan beri ishlamoqchi boʻlib yuribsiz. Lekin izlamayapsiz. Demak xohlamaysiz. Chin dildan harakat qilinsa, Alloh albatta yetkazadi. Networking, blog yuritish, izohlarda faol boʻlish degan narsalarga erinasiz. Bir-ikkita vakansiyaga murojaat qilib, birorta kanalga rezyume joylab qoʻygan bilan ish bitib qolsa ekan. Xoʻsh, rostakamiga ishlashni istayotgan ekansiz, unda nega hali ham ishsizlar safidasiz? Bunga sizning xato urinishlaringiz sabab. Qaysi vaziyatlarda xatoga yoʻl qoʻyyapsiz? ❕ Soft skillarning yaxshi rivojlanmaganligi. Siz kim bilan gaplashayotganingizni unutmang: u kompaniya yoki tashkilot nomidan ish yuritayotganiga qaramay, aslida INSON. Muomala madaniyati, oʻz xizmatini sota olish koʻnikmasini shakllantirishga harakat qilmasangiz, ishsiz yuraverasiz. ❕ Nooʻrin murojaat. Kimgadir sizning sohangizdagi mutaxassisda ehtiyoj borligini sezgan boʻlsangiz, uning ogʻriqli nuqtalarini tahlil qilib, yechim topgachgina manfaatli taklif bilan chiqing. Shunchaki quruq taklifdan koʻra qiymat bersangiz, ishonch va professionalizmga erishasiz. ❕Oʻzini bechora qilib koʻrsatish. Har qancha pul zarur boʻlsa ham, aslo birovga sir bermang! "Bechora" kadr hech kimga kerak emas. "Menga hozir pul judayam zarur, ish topmasam boʻlmaydi 😔" degan xabar sizning yaxshi mutaxassisligingizni emas, uquvsizligingizdan darak beradi. Buning oʻrniga "SMM postlardan tashqari, ssenariylar, SEO va PR maqolalar, press-relizlar yoza olaman. Saytingizdagi matnlarni yanada optimallashtirishga yordam berishim mumkin" kabi "yurish" qilsangiz foydaliroq boʻladi. Erinmasdan oxirigacha oʻqiganingizni isbotlash uchun reaksiya bosib qoʻysangiz kifoya. @namunayoqubqizi
Mostrar todo...
👍 16🔥 6💯 4👏 2