G'azna
Ir al canal en Telegram
Data-jurnalist va Tanga.uz nashri muharriri Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali. Davlat pullari nimaga ishlatilayotganini kuzataman va bo'lishaman. Reklama bo'yicha murojaat: @proekt_pr
Mostrar más4 411
Suscriptores
+1024 horas
+227 días
-3730 días
Archivo de publicaciones
4 412
"Toshkent-Markaziy vokzali" va "Toshkent-Janubuy" stansiyasi kredit ta'minoti sifatida garovga qo'yilmoqda
Bu haqida vokzal binolarini sug'irtalash bo'yicha o'tkazilgan 2 mlrd so'mlik xaridda ma'lum qilingan.
Xarid hujjatlarida bu ma'lumot nega qo'shilgani tushunarsiz. Shu bilan birga hujjatlarda aynan qaysi kreditga ta'monot sifatida garovga qo'yilgani ma'lum qilinmagan.
Yanvarda kompaniya 200 ta yo‘lovchi vagonini yangilash uchun 143 million dollar miqdorida kredit olishi ma'lum qilingan edi. Iyun oyining ikkinchi yarmida YTTBdan 38 mln yevrodan ortiq kredit olishi haqida xabar berilgan.
Vokzallar qaysi kreditga ta'minot sifatida garovga qo'yilgani noma'lum. Lekin shuni qayd etish kerakki, O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning birinchi choragida 479 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan.
Kompaniya sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 251 mlrd so‘mga yoki 2,1 barobarga oshgan.
Ya'ni moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko'ra kompaniya daromadli ishlamoqda.
Bu kreditlar evaziga yangidan yangi vagonlar sotib olinsa, yangi hududlarga yo'llar ochilsa va xizmat yaxshilansa ajoyib, lekin bunday strategik obyektlarni garovga qo'yilgani haqida xaridlardagi bir qator gapdan emas, rasmiy xabarlardan bilishimiz kerak deb o'ylayman.
Boshqa tomondan, bunday xabarlar oxirigacha o'qilmasdan tez negativ va haypga aylanib ketishi ehtimoli baland. Ammo nima bo'lmasin, jamoatchilik bu haqida bilishi kerak.
@gazna1
4 412
Hozirgina "Yangi O'zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalarini 2026-yilda chop etish bo'yicha 6,2 mlrd so'mlik tender o'z yakuniga yetdi.
Ha, 2026-yil davomida, 1-yanvardan 31-dekabrgacha - 29-iyulda. Tender natijasi shu yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Yanvardan buyon bu gazetalar chiqmayotganmidi? Yo'q, chiqayotgandi. Yanvardan buyon ularni "Sharq" AJ chop etib kelyapdi. Topinglarchi tenderni kim yutadi?
Tender hujjatlariga ko'ra, g'olib korxona 2026-yil davomida 252 kun mobaynida quyidagi hajmda gazetalarni chop etishi kerak:
- "Yangi O'zbekiston gazetasi" - har kuni 40 000 tiraj
- "Pravda vostoka" gazetasi - har kuni 1 500 tiraj
Umuman olganda, bu yilgi summa avvalgilardan ancha kam. 2022-yilning ikkinchi yarimini o'zida bu gazetalar uchun 10,6 mlrd so'm sarflangan, 2023-yilda - 23,4 mlrd, 2024- yilda - 13,9 mlrd, 2025-yilda - 8,5 mlrd so'm.
Aslida gazeta yanvardan buyon o'tkazgan tenderlarni 7 tasi bekor bo'lgan, barchasida yoki "Sharq" AJ ni bir o'zi qatnashgan, yoki raqobatchisi mos kelmagan va diskvalifikatsiya qilib yuborilgan, yoki hech kim qatnashmagan. Hozir 8-si o'tkazilmoqda va bunisi muvaffaqiyatli bo'lishi fakt emas.
Nega tenderda hech kim qatnashmayapdi?
Chunki muddati 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan ilk tender 12-yanvarda o'tkazilgan, ungacha 6 ta sonni "Sharq" AJ chop etgan. Kim g'olibi aniq xaridda qatnashishni istaydi?
Qaysi nashriyot hozir boshini og'ritib shundoq ham egasi bor xizmat tenderiga hujjat yig'adi?
Qiziq, 8-tenderni amallashdimikin yoki spektakl davom etadimi?
P.S. Ushbu tenderni boshlang'ich summasi aslida 14 mlrd so'm bo'lgan, ammo ekspertiza markazining 2025-yil 3 dekabrdagi xulosasida narxni 6,3 mlrd so'mga tushirish kerakligi belgilangan.
@gazna1
4 412
200 mln so'mlik ostanovkalar
Ba'zi odamlar bilan suhbatda "mana shu ikkitabtunika 200 mlnga olinganakan, shuni yozmaysanmi" degan gapni eshityapman.
Shuncha muhokamadan keyin odamlar haligacha ko'chada shuni gapirib yurishganini sezdim.
Bu masala qanday shishib ketganini tushunmay qoldim ham.
Birinchi marta ko'rganimda bu auksionligini o'qidim: "tushunarli, demak tadbirkorlar sotib olib, u yersa joylashadigan reklama va apparatlardan pul ishlar ekan" deb o'yladim.
Budjetdan pul ishlatilyapdi deyishga hech qanday asos topa olmadim va mavzuni o'tkazib yubordim.
Shunday ham bo'lib chiqdi, ammo odamlar "200 mln so'mlik" bekatlarni uzoq muhokama qiladi, jurnalistika bu faqat tanqid qilish deb biladigan talaba-jurnalistlar tadbirlarda hali ko'p bu bilan bog'liq savollar berishadi.
Mana shunaqa media olam va emotsiyalar va hayp davrida yadhayapmiz.
@gazna1
4 412
587,8 mlrd so'mni maqsadsiz sarflanishini oldi olingan
Kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha jamoatchilik eshituvi bo'lib o'tdi.
Agentlik jamoat kengashi a'zosi sifatida man ham yig'ilishda ishtirok etdim.
Statistika bilan qisqacha bo'lishaman:
🟢2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 1,9 trln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 264,7 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar bartaraf etilgan, 587,8 mlrd so‘m mablag‘ning maqsadsiz sarflanishi oldi olingan.
🟢Davlat xaridlari bo‘yicha esa qiymati 298,4 mlrd so‘mlik 73 ta xaridda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
🟢Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan 127 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
🟢“E-qaror” tizimida “yashirilgan” maqomda qabul qilingan 24 241 ta qaror va farmoyish o‘rganilib, ularning 648 tasi asossiz ravishda yashirilgani aniqlangan.
Bu raqamlar bir qarashda zerikarli va quruq bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin o'ylaymanki yilning birinchi yarimida juda katta hajmdagi ish olib borilgan.
"E-qaror" tizimidagi yashirin qarorlarni iloji boricha ko'proq ochiqlanishiga erishilishi kerak.
Yig'ilishda tizimni aldashga uringan korxonalarni davlat xaridlaridan ma'lum muddatga chetlatish taklifini bildirdim.
Albatta bu bilan "o'yinbuzarlar"ni yo'q qilib bo'lmaydi, lekin qisqa muddatda bo'lsa-da tiyib turish mumkin deb o'ylayman.
Korrupsiya va tanish bilishlikka nisbatan toqatsizlik jamiyatimizni o'zida kuchaymas ekan, unga qarshi kurashish abadiy bo'ladi.
@gazna1
4 412
Maktabgacha ta'lim vazirligini mana bu xaridini ko'rib amaldorlarimizdagi bir tendensiya esimga tushib ketdi.
Xarid vazirlikni tadbirlarini o'tkazish bo'yicha, jumladan 536 mln so'mlik musobaqa (sotib olinadigan predmetlardan qilgan xulosam). Xarid qilinayotgan mahsulotlar manga ulgurji bozor narxidan baland tuyulgan bo'lsa-da, post mavzusi boshqa.
Maktab paytimdan turli xil tadbirlarda qatnashar edim va negadir doim uni tashkil qilgan davlat idoralari xodimlari xarajatlarni o'z kistasidan qilayotgandek tutardi.
Xokim sovg'asi, boshqarma boshlig'i yaratib bergan imkoniyat va boshqa.
Nima demoqchiman?
Qaysidir tadbirni o'tkazilishida shunchalik rahmat aytishni istasangiz, uni ish jadvaliga qo'shganlarga rahmat ayting, qolgani budjet harajatlari. Umuman olganda bunday Respublika miqqiyosida bolalarni bir joyga to'playdigan har qanday tadbirlarni oqlayman va duo qilaman.
@gazna1
4 412
@revizor_uzb xaridlarni qanday o'rganishiga qiziqaman doim. Kuniga 100lab xaridlar e'lon qilinadi, ularni orasidan shubhalisini topish uchun qancha hujjatni va korxonalarni o'rgnaib chiqish, taqqoslash kerak.
Revizor esa har bir hujjatni ikir chikirigacha o'rganadi va ba'zida har kuni post joylaydi.
Qanday ulgurarkan. Kanal anonim, lekin egasi bilan osh ustida suhbatlashishga yo'q demasdim. Bir ikki joyda shu kanal siznikimi debam qolishadi. Buncha vaqtim bo'lganida G'aznada kontent tinmas edi😁. Buni ustiga G'aznada endi faqat qonunbuzilishi bilan bog'liq holatlar emas, umuman davlat harajatlari haqida yoziladi.
Faqat qonunbuzilishi haqida yozaverish, qidirish odamni o'zini ham, unga nisbatan munosabatni ham toksik qilib qo'yar ekan.
@gazna1
4 412
Xavfsiz shahar tizimlarni rivojlantirish markazi tanlovni 1-iyun dan beri 3 marta o'tkazishga harakat qilgan ekan (1,2,3). Har safar ishtirokchilar texnik talablarga to'g'ri kelmagani uchun chetlashtirib yuborilgan. Oxirida bitta ishtirokchi qolgan yoki umuman qolmagan.
Juda g'alati holat. Bir tomondan Markaz harakat qilganini qayd etish kerak, ikkinchi tomondan kecha yakuni e'lon qilingan xarid logikaga to'g'ri kelmaydi. Ishni hal qilish uchun nima qilib bo'lsa ham vaziyatdan chiqishga urinishgan chog'i.
@gazna1
4 412
O'zbekona klassik xarid
OTMga kirish imtihonlari o'z yakuniga yetdi, imtihonlar 14-23 - iyul sanasida bo'lib o'tdi, ammo imtihonlarda kameralarni montaj va demontasj qilish bo'yicha 2,3 mlrd so'mlik xarid kecha yakunlandi.
27-iyul kuni IIV qoshidagi Xavfsiz shahar tizimlarni rivojlantirish markazi bu bilan bog'liq tanlov natijalarini e'lon qildi, unda "Smart Technology Systems" MChJ 2 mlrd 286 mln so'm taklif bilan g'alaba qozondi.
Tanlov nomida: 2026/2027 o'quv yili uchun kirish imtihonlari o'tkaziladigan obyektlarga videokuzatuv tizimlarini yaratish loyihasi bo'yicha montaj va demontaj ishlarini bajarish deb yozilgan. Xarid 17-iyulda boshlangan va kecha tugadi.
Albatta, albatta tanlov yuqori darajadagi raqobat muhitida o'tkazilgan. Ishonchim komil.
@gazna1
4 412
Yangi O‘zbekiston universiteti Garvard, Abu Dabi va 2 mlrdlik Spektrometr
Yangi O‘zbekiston universiteti AQShdagi Garvard universitetining Ta’lim oliy maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Shartnoma qiymati — 190 ming dollar yoki hozirgi kurs bo‘yicha 2,3 mlrd so‘m.
Hujjatga ko‘ra, dasturlarda “Rektorlar maktabi” bitiruvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Umumiy hisobda 40 nafargacha ishtirokchi Garvard universitetining Ta’lim oliy maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlariga yuborilishi mumkin.
Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda o‘qishi rejalashtirilgan:
🟢 Yangi tayinlangan oliy ta’lim rahbarlari uchun Garvard seminari — 4 nafargacha ishtirokchi, har biri uchun 10 350 dollar;
🟢 Boshqaruvni rivojlantirish dasturi — 6 nafargacha, har biri uchun 6 150 dollar;
🟢 Ta’limda boshqaruv va yetakchilik instituti — 6 nafargacha, har biri uchun 8 595 dollar;
🟢 Ta’lim boshqaruvi instituti — 6 nafargacha, har biri uchun 8 995 dollar;
🟢 Qabul jarayonlarini strategik boshqarish bo‘yicha yetakchilik dasturi — 10 nafargacha, har biri uchun 4 950 dollar;
🟢 Oliy ta’limda institutsional tadqiqotlar va ma’lumotlar asosida boshqaruv dasturi — 10 nafargacha, har biri uchun 3 400 dollar;
🟢 Akademik rahbarlar uchun oliy ta’lim moliyasi dasturi — 10 nafargacha, har biri uchun 3 500 dollar.
Shartnomada har bir dastur bo‘yicha to‘lov ishtirokchilar soniga qarab hisoblanishi ko‘rsatilgan. Garvard tomonida yakuniy qabul qarori ham saqlanib qoladi.
Hujjatda, shuningdek, bu hamkorlik “qo‘shma dastur” emasligi, balki Yangi O‘zbekiston universiteti vakillarining Garvard universiteti Oliy ta’lim maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlarida ishtirok etish imkoniyati ekani qayd etilgan.
Ishtirokchilar 2027-yilning kuzgi mavsumida o'qishadi. Mablag'lar Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 177-son qarori asosida davlat budjetidan qoplanadi.
Bundan tashqari Yangi O‘zbekiston universiteti Abu-Dabidagi Khalifa universiteti bilan "Kompyuter ma’lumotlari tahlili" (Computational Data Science) yo‘nalishi bo‘yicha ikki diplomli magistratura dasturini ham yo‘lga qo‘ymoqda.
Kelishuv 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, dastur davomida 80 nafargacha talaba qamrab olinishi mumkin. Universitet Khalifa universitetiga har bir talaba uchun 17 ming dollar to‘laydi.
1 yillik dastur 3 semestrdan iborat:
1-semestr Abu Dabida
2- va 3-semestr Toshkentda
Universitet ilk qabul bo'yicha 10 nafar talaba uchun 2 mlrd so'mlik shartnomani imzoladi.
Umuman olganda universitet tadqiqot markaziga aylanish uchun qadam bosyapdi. Iyulni boshida Yangi O'zbekiston universiteti 2 mlrd so'mga Spektrometr sotib olgan. Bu xaridlar natijasini 4-5 yildan keyin ta'lim va kadrlar tizimimizda sezamiz degan umiddaman. Hozircha kuzatamiz.
@gazna1
4 412
Romanovlar saroyi muzeyi ekspozitsiyasi uchun 60 mlrd so‘mlik shartnoma imzolandi
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar saroyi muzeyi uchun ekspozitsiya ishlab chiqarish va o‘rnatish bo‘yicha Germaniyaning Atelier Brückner GmbH kompaniyasi bilan to'gridan to'g'ri shartnoma imzoladi.
Shartnoma qiymati 4,3 mln yevro, so'mda 60,3 mlrd so‘mligi belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, kompaniya “Knyaz N.K. Romanovning sobiq qarorgohi” loyihasi uchun ekspozitsiya elementlarini ishlab chiqarish va o‘rnatish ishlarini bajaradi.
Ishlar tarkibiga ko‘rgazma mebellari, vitrinalar, eksponatlar uchun podstavkalar, grafik materiallar, vitrina yoritish tizimlari, media uskunalar va media kontent ishlab chiqarish kiradi.
Bundan tashqari, kompaniya loyiha koordinatsiyasi, texnik chizmalar tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish, obyektga yetkazish, joyida o‘rnatish va montajdan keyingi tekshiruv ishlarini ham amalga oshiradi.
Shartnomada ishlarning kelib chiqish mamlakati Germaniya ekani ko‘rsatilgan.
Romanovlar qarorgohi hozirgacha TIV ning qabulxonasi edi, unga shunchaki kirib aylanib yurish mumkin bo'lmagan.O'tkan yili may oyida fond Romanovlar saroyini tiklash uchun homiylar izlayotganini e'lon qilgan. @gazna1
4 412
Repost from tanga.uz — biznes va moliyaviy tahlillar
UzVC Milliy venchur fondi Startup Growth Program dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish uchun 3,6 mlrd so‘mlik tender o‘tkazdi.
Unda Britaniyaning AKS Services Group kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu kompaniya fondning 2022-yildan buyon hamkori hisoblanadi.
OAV va amaldorlar uni xalqaro yetakchi investitsion konsalting kompaniyasi sifatida qayd etgan, biroq bu ma’lumot Buyuk Britaniya reyestrida o‘z tasdig‘ini topmadi.
tanga.uz o‘rganishlari tenderning texnik baholash mezonlari va shaffofligi yuzasidan bir qator savollarni yuzaga keltirmoqda.
Batafsil: https://tanga.uz/news/1530
Telegram | Instagram | YouTube
4 412
+1
Taxtako‘pirga kirishdagi stella bo‘yicha tanlovda g'alati holat kuzatildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumaniga kirishda 800 mln so‘mlik stella va arka o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.
Obyektning eni 18 metr, balandligi esa 7 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Qiziq tomoni — bu xarid avval ham o‘tkazilgan.
Avvalgi xaridda, 22-iyun kuni “NAZARXAN INVEST STROY” MCHJ 756 mln so‘m taklif bilan g‘olib deb topilgan.
Lekin Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ushbu xaridda qonunbuzilish holatlari borligini bildirgan. Taqdimnomada baholash mezonlari xarid hujjatlariga mos kelmagani va komissiya tomonidan ishtirokchilarga noxolis ball berilgani ko‘rsatilgan. Katta ehtimol bilan yutkazgan korxonalar ariza qoldirishgan va ko'rib chiqilgan
Keyin tanlov qayta o‘tkazilgan.
Holatni kulguliligi shundaki. Avvalgi tenderda hammani balli bir xil maksimal bo'lgan, g'olib narx hisobiga yutib ketgan.
Bu safar esa yangi ishtirokchi qo'shilib, u yutib, zaxira g'olibini balli kamaytirilib, qolganlar diskvalifikatsiya qilib yuborilgan, Xuddi o'sha tender, xuddi o'sha ishtirokchilar.
Xullas, Taxtako'pir tuman Obodonlashtirish boshqarmasi zerikmayapti. Agar avvalgisi ishtirokchilarni arizasini deb bekor qilingan bo'lsa, demak bunisi ham ko'rib chiqiladi. Qiziq.
P.S. Suratda yangi rejalashtirilayotgan (chapda) va eski (o'ngda) stellalar.
4 412
+2
O'zavtosanoatga tegishli Qizil suv kurorti 5 milliard so'mga qayta loyihalashtiriladi
18-iyul kuni bu bo'yicha tanlov yakunlandi. Ushbu mehmonxona Xumson yaqinidagi Qizil-suv qishlog'ida joylashgan. Tanlov hujjatlariga ko'ra uni Skandinaviya va Alp tog'lari arxitekturasi elementlari stilida loyihalashtirishmoqchi.
Loyihalashtirishni o'zi 5,2 mlrd so'mga tushganiga qaraganda katta ishlar qilinadiganga o'xshaydi. Lekin kimning hisobidan?
Hujjatda moliya manbayi mahalliy investitsiyalar deyilgan, ammo aynan kim investitsiya qilishi aniq emas. Manimcha bu investor O'zavtoning o'zi,
Ushbu ishlarni bajarish uchun asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 03/1-1878-sonli farmoyishi ko'rsatilgan. Farmoishni topa olmadim, balki turizm bilan bog'liqdir.
Qiziq, agar bu loyihani rostan ham O'zavtoning o'zi moliyalashtirayotgan bo'lsa, uni iqtisodiy manfaatdan kelib chiqib qilganmikan yoki topshiriq asosida majburan?
Birinchisida - kompaniya qo'shimcha yaxshi daromadli kapitalga ega bo'ladi, ikkinchisida - agar rentabellik bo'lmasa, yana bitta ortiqcha moliyaviy yuk paydo bo'ladi.
Xususiy biznes bu loyihaga pul tikkaniga shubham bor. Yana kim bilsin. Kurortning 100% ulushi haligacha O'zavtosanoatda.
Hozirgi kunga kelib mehmonxonada narxlar xonaga qarab 1,1 mlndan 2,7 mln so'mgacha ekan.
@gazna1
4 412
+3
O‘zbekiston byudjetining daromad va xarajatlari iyun oyida qanday o‘zgardi?
Iyun oyidagi davlat budjeti daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi kunlik ma’lumotlarini o'rganib chiqdim va natijalarni sizlar bilan bo'lishaman.
⚡️Davlat byudjeti 2026-yilning yarim yilligini profitsit bilan yopdi. Yil boshidan buyon byudjet daromadi va harajatlarini farqi 1,8 trln so'mga yetdi.
🔻 Deyarli butun oy davomida xarajatlar daromadlardan oshib bordi.
📉 Eng katta farq 4-iyunda qayd etilgan (-7,85 trillion so‘m).
📊Oyning ikkinchi yarmida tafovut asta-sekin qisqaradi: 26-iyunga kelib u -0,8 trln so‘mgacha kamaydi.
📈30-iyun kuni daromad kutilgandek keskin ko'paydi va xarajatlardan oshib ketdi. O'tkan oyda profitsit 2,7 mlrd so'mni tashkil qildi. Bu mart oyidagi 10,1 trln so'm profitsitdan bir necha barobar kamroq.
Batafsil infografikada.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
@gazna1
4 412
104 mlrd so‘mlik paxta tolasini birja savdolarisiz sotgan kompaniyaga jarima qo‘llanildi
Raqobat qo‘mitasi WHITE GOLD KLASTER MChJ faoliyatida qonunbuzarliklarni aniqlagani ma'lum qilindi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 104 mlrd so‘mlik 5 ming tonnadan ortiq paxta tolasini birja savdolarini chetlab o‘tgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan.
Shuningdek, mahsulot o‘rtacha birja kotirovka narxlaridan yuqori narxlarda sotilgani oqibatida kompaniya 700 mln so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlangan.
Ish yakunlari bo‘yicha kompaniyaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Bundan tashqari, aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan majburiy ko‘rsatma berilgan.
@gazna1
4 412
📌Muhimi, yaratilayotgan qiymat va kiritilayotgan investitsiyalar qayerda qoladi — Toshkentdami yoki Sietlda?
Uzum hammuassisi, strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Nikolay Seleznyov Markaziy Osiyoda elektron tijorat, mintaqaviy integratsiya hamda transchegaraviy savdo-sotiqni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro munozarada ishtirok etdi. Tadbir Jahon bankining E-GATE (Elevating Global Access Through E-commerce) dasturining ikkinchi bosqichini ishga tushirdi. Muhokama davomida u mintaqa mamlakatlari uchun elektron tijoratning o‘sishi emas, balki uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri muhimligini ta’kidladi.
"Bugungi kunda elektron tijorat shunchaki savdo maydonchalarini rivojlantirish masalasi emas. U ishonchli aloqa, zamonaviy to‘lov yechimlari, samarali logistika, ma’lumotlar almashinuvi va qulay tartibga solishlarsiz amalga oshmaydigan raqamli transformatsiyaning muhim qismiga aylandi E-GATE dasturining birinchi bosqichi Markaziy Osiyo kompaniyalari raqamli savdoga tayyorligini ko‘rsatdi: ishtirokchilar 23 million AQSH dollaridan ortiq yangi shartnomalar tuzdilar va onlayn kanallar orqali 70 dan ortiq eksport bozorlariga chiqdilar" — Sandra Sargent Jahon banki guruhi direktori va raqamli rivojlanish bo'yicha katta mutaxassis.Batafsil | Reklama
4 412
Endi xarid jarayonlarini "Ammo. Lekin. Biroq." qismiga e'tibor qaratamiz
2026-yili fevralda o’tkazilgan tanlov bekor qilinib, qayta o’tkazilgan. Birinchi tanlovda yakuniy narx 438 mln so’m bo’lgan (boshlang’ich narx 560 mln so’m).
Ikkinchi tanlovda yakuniy narx 520 mln so’m bo’lgan. G’olib o’zgarmagan (NBE Beznes 666. Rahbari: O’rinov Abbos). Faqatgina bu safar uning yagona raqobatchisi "Aqidaxon Bahodir qizi" XK bo’lgan. Umuman olib qaraganda yakuniy narx 82 mln so'mga oshgan🙄
Xarid nega bekor qilinganini tushuntiruvchi faylda shunchaki shablon turibdi va nega bekor bo’lgani tushunarsiz.
19-iyun kuni natijasi e’lon qilingan ikki xaridda ham g’olib O’rinov Abbosga tegishli “Yakkabog’ tomorqa klaster xizmati” MCHJ. Ikki xaridda ham faqatgina 2 ta korxona ishtirok etgan va ikkalasida ham yagona raqobatchi "Aqidaxon Bahodir qizi" XK bo’lgan.
Qo’shimcha tekshiruvlarda balki ko’proq qiziqarli faktlarni topish mumkindir. Afsuski xarid jarayonlaridagi mana shunday nyuanslar odamni loyiha natijasiga bo’lgan ishonchiga ta’sir qiladi.
@gazna1
4 412
2023-yilda Xalqaro taraqqiyot uyushmasidan "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasi uchun 142 million dollar qarz olganmiz (5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga).
Loyihaning umumiy qiymati 205,4 mln dollar (142 mln - imtiyozli qarz, 11 mln dollar - O’zbekiston va Koreya jamg’armalari o’rtasida tuzilgan grant bitimlar, 52,4 - O’zbekiston harajatlari: shundan 31 mln dollar qarz bo’yicha foizlar).
Loyihaning asosiy harajati (116,5 mln dollar) daraxtzorlardan iborat landshaftlarni tiklash va boshqarishga qaratilgan. Ya’ni Respublika hududida daraxtlar sonini oshirish rejalashtirilgan.
Hozircha loyiha doirasida o’tkazilgan bir nechta tanlovlarni topdim.
Misol uchun, 2025-yilning noyabr oyida kredit mablag’lari hisobiga Qashqadaryo viloyatidagi “Qiziqltom” o’rmon bo’limi hududida ekin maydonlarida yerni yumshatish va terassalar qurish uchun maxsus mashinalar yetkazib berish bo’yicha sal kam 1 milliard so’mlik xarid amalga oshirilgan.
Shu yilning dekabr oyida Yakkabog’ ixtisoslashgan davlat o’rmon xo'jaligi o’rmon fondi yer maydonlarida suvni tejash va tog’ o’rmonlarida tuproq eroziyasiga qarshi kurashish ishlarini bajarish bo’yicha tanlov o’tkazilgan.
2026-yilda yili fevralda Shaxrisabzda ham 520 mln so’mlik ishlar bo’yicha tanlovo’tkazilggan, ammo u budjet hisobidan bajarilishi belgilangan.
19-iyun kuni ikkita xarid yakuni e’lon qilindi. Ikkalasi ham loyiha doirasida moliyalashtirilishi belgilangan:
1. Qamashi tumanidagi “Toshto’rgon” o’rmon bo’limida o’rmonni tabiiy tiklanishiga ko’maklashish (522 mln so'm).
2. Shaxrisabz o’rmon xo’jaligida o’rmonzorlarni tabiy tiklanishiga ko’maklashish (578 mln so'm).
Hozircha loyiha doirasida man aniqlagan xaridlar faqat Qashqadaryo viloyati bilan bog’liq. Viloyatda borgan sari cho’llashish alomatlari kuchayib borayotgan vaqtda bunday loyihalar amalga oshirilishini oqlayman va duo qilaman. Qarshi shahrida tug’ilib o’sgan odam sifatida, viloyat aholisi uchun yashil hududlar qanchalik muhimligini shaxsan bilaman.
Loyiha doirasida boshqa ko’plab ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsa kerak, balki ular ma’lum qarorlar asosida xaridsiz bajarilayotgandir. Ammo, o’ylaymanki tashqi qarz evaziga bajariladigan ishlar iloji boricha batafsil yoritib borilishi kerak. Gap qayerdadir o’g’rilik bo’lmayapdimikan degan tekshiruvda emas, ishonchda.
Oradan bir necha yil o’tib har qanday o’zbekistonlik bu o’rmon hududlariga borib, ularni tiklash haqidagi 2023-yilgi bitmlar natijasini ko’ra olishi va kelgusi bitmlarga ishonishi kerak. Umid qilamanki, bu o’rmonlar hisobot qilib topshirilganidan keyin 2-3 yilda qurib ketmaydi.
@gazna1
4 412
Korrupsiyaga qarshi kurash haqida gap ketganda odatda nazorat qiluvchi organlarni eslaymiz. Lekin amaliyotda jamoatchilik nazorati ham kam rol o‘ynamaydi.
Kecha Agrobankda "Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining o‘rni" mavzusidagi davra suhbatida qatnashdim. Tadbir davomida davlat xaridlari, ochiqlik, jamoatchilik nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari haqida fikr almashildi.
Bank vakillari jamoatchilik nazoratini muammo emas, balki tizimni yaxshilashga xizmat qiladigan vosita sifatida ko‘rishini ta’kidladi.
Bu xursand qiladi. Har qanday tashkilot, xoh u davlat tashkiloti, xoh xususiy bo'lsin jamoatchilikni korrupsiya va maxinatsiyalar bilan bog'liq xabarlariga hujum sifatida emas, signal sifatida qaray olishi va ochiq muloqotga tayyor bo'lishi kerak.
Tadbir yakunida Agrobank va "Yuksalish" harakati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
@gazna1
