cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

KOSON KARVON.UZ

RMMM Koson tuman bo‘linmasi

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 210
Suscriptores
-424 horas
+527 días
+4030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
🏆“Ota, menga kubokni olib keling” – qizining so‘nggi istagini sharaf bilan bajargan futbolchi ota ⚽️Kuni kecha Germaniya – Daniya o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda nemislar ishonchli g‘alaba qozonishdi. Bu ikki terma jamoa uzoq 1992-yilda Yevropa chempionati finalida uchrashishgan va unda Daniya chempion bo‘lgandi. Bu yutuqning o‘ziga xos va nihoyatda ta’sirli bir jihati bor edi. 🎗Tasodiflarga to‘la o‘sha chempionatda aslida Daniya umuman ishtirok etmasligi kerak edi. Saralashdan o‘ta olmay, butsalarni otib yuborgan jamoa tarqalib ham ketgandi. Ammo qatnashishi kerak bo‘lgan Yugoslaviyada urush boshlanib ketadi va bu jamoa musobaqalardan chetlashtiriladi. 🏝Uning o‘rniga darhol Daniya termasi yig‘iladi. Jamoa futbolchilari ro‘yxatida Kim Vilfort ham bor edi. U turnirga borishni rad etadi – chunki jondan aziz qizalog‘i Lin qon raki kasalligiga chalingan, jon olib jon berayotgan paytlari edi. Qiz og‘riqlardan, umidsizlikdan azob chekayotgan bir paytda ota uni tashlab ketishni xayoliga ham keltira olmasdi. 🚑 Biroq qiz otasiga shunday deydi: “Ota, musobaqada qatnashing va g‘olib bo‘lib, kubokni menga olib keling!”. Atrofdagilar bu mutlaq ushalmas orzu ekanligi, qizning sog‘ayishi kabi sarobligini his qilib, achchiq-achchiq yig‘lashadi. ❤️🩹 Vilfort bu qizi Linning so‘nggi istagi ekanligini his qiladi va chempionatga otlanadi. U dastlabki ikki o‘yinni juda yaxshi o‘tkazadi. Uchinchisi oldidan uyidan qo‘ng‘iroq bo‘ladi va qizining ahvoli og‘irlashgani haqida xabar keladi. Darhol ortga qaytgan ota qizining oldiga yetib keladi va ruhini ko‘taradi. Ikkisi Daniyaning Fransiya ustidan erishgan shonli g‘alabasini birga tomosha qilishadi. Shundan keyin qizi, oilasi va bu voqeadan xabar topgan butun mamlakat Kimdan chempionatga qaytishni o‘tinib so‘raydi. Vilfort yarim finalga yetib boradi, Gollandiya darvozasiga to‘p kiritadi va yana qizi yoniga qaytadi. Ko‘zlarida so‘nggi shu’lalar chaqnayotgan qizaloq kubokni kutayotgan edi. Yum-yum yig‘lagan ota qalbini farzandi yonida qoldirib, vujudi bilan finalga yetib boradi. 🥇Finaldagi raqib anoyilardan emasdi, Germaniya desa nafaqat Yevropa, balki butun dunyoning oyog‘i titrardi. Ikki yil oldingi jahon chempionlari Yevroni ham qo‘lga kiritishga astoydil bel bog‘lashgan, tasodifiy chiqib qolgan Daniya ular uchun pista po‘choqdek parcha-parcha bo‘lib ketishi kerak edi. Lekin bu o‘yinda umid o‘ynadi, oriyat va mo‘jizaga ishonch maydonga tushdi. Ko‘zda yosh bilan to‘p surgan Kim Vilfort yana to‘p kiritdi va Daniya Germaniya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z ertagini yozdi. ❣️Kubokni olishi bilan uyiga qarab shoshgan ota uni qiziga topshirdi. Qizaloq Lin joni azobdaligiga qaramay shodlikdan sarmast bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay uning joni uzildi. Dafn marosimida Daniya terma jamoasi saf tortdi, butun mamlakat irodali qizaloqni so‘nggi yo‘lga kuzatib qo‘ydi. 🤲 Aytingchi, Siz hanuz mo‘jizalarga ishonmaysizmi? ✍️ Abror Zohidov 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
QASHQADARYO ZIYOSI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali. Bizga murojaat uchun: @Qashadaryoga_murojaatbot

Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati
Agar kishi tijorat bilan mashg‘ul bo‘lsa, bu dunyoda farovon yashaydi, agar ibodat bilan shug‘ullansa, u dunyoda oxirati obod bo‘ladi, agar ilm bilan shug‘ullansa, u ikki dunyo saodatiga erishadi.
✍️ Abdurauf Fitrat 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
05:57
Video unavailableShow in Telegram
#Xayrli_tong ☀️ Erta tongni go‘zal tarona bilan boshlang! 🎙 Munojat Yo‘lchiyeva – “Yor istab. Mustahzod” 👍 Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin. Kanalimizni kuzatishda davom eting! 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
d3dac19b-6910-4900-ac7e-39eec7434de7.mp431.37 MB
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
2:00:33
Video unavailableShow in Telegram
#kinotavsiya 📺 O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi "Abdulla Oripov" filmi
Film rejissyori Muzaffar Erkinovning aytishicha, tasvirga olish jarayonlari asosan, shoir tug‘ilib, voyaga yetgan qishloq — Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Toshkent viloyatining Yangiobod shaharchasi, Toshkent shahri, Zomin tumani hamda AQShda ham suratga olingan.
🔹“Abdulla Oripov” badiiy filmi Kinematografiya agentligi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda suratga olingan. Postanovkachi rejissyor: Muzaffar Erkinov; Ssenariy mualliflari: Minhojiddin Mirzo, Muqaddas Usmonova, Furqat Usmonov va Abduqayum Yo‘ldoshev; Postanovkachi operator: Ravshan Mirzakamolov; Prodyuser: Firdavs Abduxoliqov. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Mostrar todo...
Abdulla_Oripov_o’zbek_film_|_Абдулла_Орипов_ўзбек_фильм.mp4252.36 MB
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
#TAYINLOV Ahmedova Bahora Maqsudovna Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining multimedia studiyasi bo’limi boshlig’i sifatida faoliyat yuritgan.
Batafsil: https://manaviyat.uz/posts/170 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Mostrar todo...
👍 3
Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
1:15:12
Video unavailableShow in Telegram
#OAVda_biz #Maʼnaviyat_festivali
“BIZ BIR BO‘LSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ!”
Qashqadaryo TRK “Fayzli kun” musiqiy dam olish dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamid Toshpo‘latov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod hamda “Surxon” guruhi xonandasi To‘lqin Fayziyevlar mehmon bo‘lishdi! 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
FAYZLI KUN 13.07.2024.mp4690.36 MB
👍 1
Huquqbuzarliklarni oldini olishda hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi Koson tumani prokurori F.R.Jovliyev raisligida Viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i D.Shodmonov ishtirokida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikni oldini olish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish va yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Xizmat vazifasiga yuzaki va mas'uliyatsizlik bilan qaragan xodimlarga nisbatan qat'iy chora ko'rilishi lozimligi ta'kidlandi. Kengash qarori bilan hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta'minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hokimlik, idora va tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. ✅ Kanalimizga a'zo bo'ling! ⤵️ https://t.me/kosonmanaviyati
Mostrar todo...
01:35
Video unavailableShow in Telegram
YANGILIKLAR : “Yoqilg‘i energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror ijrosi amalda! Ishchi guruhning Koson tumanida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbiri tafsilotlari Qashqadaryo axborotida yoritildi. https://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr
Mostrar todo...
37.39 MB
Repost from MARKAZ XABARLARI
#Maʼnaviyat_festivali #Qashqadaryo #Koson
🔰 “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shior ostidagi tadbirlar bugun Koson, Ko‘kdala, Chiroqchi tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda
Koson tumanidagi “Ma’naviyat festivali” doirasidagi tadbirlar “Ma’rifat-tur” loyihasi asosida "Pudina" mahallasidagi “Qusam ota” ziyoratgohini ziyorat qilishdan boshlandi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Mostrar todo...
👍 1
Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
#Maʼnaviyat_festivali #Koson_tumani
“BIZ BIR BO‘LSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ!”
Navbahor mahallasida ham gala konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Kanalimizni kuzatishda davom eting! 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
👍 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.