Abdukhalil- filtrsiz :)
Ir al canal en Telegram
Fikrlarimiz bir xil bo’lmasa - tabiiy holat! YouTube kanal: https://youtube.com/@abdukhalil Instagram: https://instagram.com/abdukhalilreal
Mostrar más976
Suscriptores
-224 horas
-47 días
-1430 días
Archivo de publicaciones
Assalomu alaykum!
Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da ovozli chat qilamiz. Podkast shaklida.
🇺🇸Mehmon AQSH dagi talaba Diyorbek Umarov
📝Mavzu: “Xatolar” - óqishga borishdan oldin va keyin yo’l qóyilgan kamchiliklar. (Germaniya haqida ham bo’ladi🇩🇪)
@abdukhalilreal
#tajriba #4
Sayohat rejalashtirish uchun kerakli saytlar.
www.booking.com - universal (hotel, car, flight uchun). Men faqat avtomobil ijarasi va mehmonxona uchun tavsiya qilaman. 🪐
www.airbnb.com - xususiy uy ijarasi. Köpchilik sayohat qilganda qulay, butun boshli uyni olishiz mumkin.🏡
www.skyscanner.com - samalyotga chipta izlash uchun juda qulay. Bir oylik narxlarni bir vaqtda körasiz, eng arzon kunni tanlab olasiz ✈️ (1-rasm)
www.omio.com - barcha turdagi transport vositalarini bir vaqtda körish uchun qulay. (2-rasm)🚢
@abdukhalilreal
#bilganizbilgan
Liamcarpsdan ancha oldin tayyorlangan video. Ayrim qiziq ma’lumotlar o’rganish mumkin:
1) Qariyalar odatda nemis tilida gapirishizi talab qiladi.
2) Qora so’mkani ichidan “sehrli baklajka” oldi. Tushungan tushundi.
3) Nemislar bilan inglizlar (Angliyaliklar) unchalik kelisholmaydi.
4) Konduktor rostan e’lon qilyatib chaynab yuboradi.
5) Poyezdlar vaqt vaqti bilan “cancel” qilinib turadi. Ishchi yetishmovchiligi odatda.
Videodagi kadrlar ketma-ketligida yozildi. Yanayam ko’proq narsa o’rganishiz mumkin.
@abdukhalilreal
#bilganizbilgan
Germaniya 16ta Bundesland (viloyat) dan tarkib topgan. Har bir Bundesland o’zining bayrog’i(1-rasm) va “gerb”iga (2-rasm) ega. Avtomobilga raqam taqilganda, har bir Bundesland o’z “gerb”ini yopishtiradi (3-rasm Berlin; 4-rasm Bavariya).
PS.: Baby ga nechchi? :)
@abdukhalilreal
#hype #midjourney #ai
Sun’iy intellekt trendda - eng qizig’i bu hali boshlanishi. Insoniyat taraqqiyotiga hissa qöshishi shubxasiz, lekin yakunlab qöyishi…Bilmadim. Xullas, bugun MidJourney pullik versiyasidan ‘Brandenburg darvozasi oldida özbek ayoli va erkakni tasvirla’ deb söradim. Natijaga öziz baho bering 🙂
@abdukhalilreal
#statistika
2022-yil yakuniga ko’ra, Germaniyada jami 450,000 atrofida muhojir talabalar bor ekan. (bittasi men 😄)
2013-yilga taqqoslasak (301,350 ga), xorijlik talabalar soni qariyb 50% ga ortgan. (sizlar bilan yana ko’payamiz, kelaveringlar :))
Qiziq statistika: O’zbekistonda jami 461,000 talaba bor ekan.
@abdukhalilreal
Vengriya poytaxti Budapeshtdan chiroyli videolarni so’raganlar uchun 🇭🇺
Judayam chiroyli shahar ❤️🔥
#holat
Qaysi universitetga kirganizi bilib oling, eng kamida :)
@abdukhalilreal
Germaniyadagi talabalarga energiya inqirozi tufayli, kommunal tölovlar oshish evaziga bir martalik 200€ yordam puli beriladi. 30.09.2023 gacha quyidagi link orqali ariza topshirish mumkin.
2022-yil, Sentabr oyida ham 300€ berilgan edi.
@abdukhalilreal
🇩🇪Ishga kirishda majburiy hujjatlar:
1. Ishlash uchun ruxsat etilgan viza;
2. Anmeldung - “propiska”. Bu xujjatni olish uchun “Termin” (navbat) olishiz kerak. Turli shaharda, turlicha link kerak böladi. Googlega Anmeldung einer Wohnung in Shahar deb oozing.
3. Bank hisob raqami - talaba yoshlar uchun bepul. Shaxsan Deutsche Bankni ishlataman (baquvvat bank). Sparkasseni köpchlik tavsiya qiladi, chunki bankomatlari va banklari har qadamda topiladi. Bank kartangiz bankomatidan boshqasida pul yechsangiz 4.99€ tölov bor.
4. Davlat Sug’urtasini olish majburiy (ishlashga) - Menda Barmer bor, AOKni köpchilik tavsiya miladi. Narxlari deyarli bir xil.
5. Sozialversicherungsnummer - sug’urta kompaniyangizdan sörashiz mumkin.
6. Tax ID - avtomatik manzilizga jönatiladi. Agar kelmasa, Finanzamt (moliya vazirligiga) tögridan tög’ri borib sörashingiz mumkin. Ozroq “shustriy” bölsangiz, raqamni aytib berishadi 😉
@abdukhalilreal
#tajriba #3
Sayohatdagi kutilgan-kutilmagan xarajatlar💸
Har safar sayohatdan oldin tahminiy xarajatlarni hisoblab chiqaman. Lekin, doim kutilganidan köp xarajat böladi. Ayrimlari haqida quyida:
1. 2019-yil Pragada notög’ri ‘parkovka’ uchun 15-minutta 20€ yozishgan. (1-rasmda Chexdan jarima haqida sörayotgan xolatim🤨).
2. 2022-yil Brusselsda katta xalqaro tadbir bölganligi uchun, hotel & hostelda joy qolmagan ekan. Boshqa shaharda tunashga tög’ri kelgan. Reja puxta qilinmagan. 200€ dan oshiqqa tushgan xato.
3. 2023-yil Varshavadan Helsinkiga uchish uchun check-in oldindan online qilinmagani uchun aeroportda 160€ dan tölashga tög’ri keldi.
4. Laplandiyadan qaytishda avtomobil navigatoridagi nosozlik tufayli, 100km/slik joyda 151km/s yurganimiz 240€ jarima va 1 oy Finlandiyada avtomobil xaydashni taqiqlashga olib keldi.
Shunaqa kutilmagan xarajatlarni doim kutib turasizlar. Oldin umuman bormagan joyizga sayohat qilish odatda kutganizdan qimmatga tushadi.
PS.: 1€ = 12.300 UZS
@abdukhalilreal
188ta Davlatga oldindan vizasiz kirish ✈️
🛂Nemis passporti bilan köpchiligimiz orzu qiladigan mamalakatlar jumladan AQSH, UK, Kanada, Yaponiyaga viza olmasdan borsa böladi. Fuqarolik olish uchun shartlar:
• kamida 8 yıl (ma’lum holatlarda 6 yil) Germaniyada muammosiz yashagan bölish
• B1 darajada nemis tilini bilish
• Fuqarolik testidan muvaffaqiyatli ötish (33 ta umumiy savodxonlik sinaladigan savollar)
Eng tez yöli, nemis ayol yoki erkak bilan turmush qurish (3 yilda beriladi).
Endi eng qiziq joyi, haligacha Germaniyada qösh fuqarolikka qonunan ruxsat yöq (Osiyoliklar uchun).
Parlamentga buni qonuniylashtirish böyicha bu yil jiddiy taklif kiritildi. Xursand bölishga shoshilmaydigan joyi, Özbekistonda ham qösh fuqarolik qonunan taqiqlanadi.
P.S.: shunchaki ma’lumot berdim. "Özbekistonni alishmasman bashqa jahonga…"
@abdukhalilreal
Velikda qizil chiroqdan ötish narxi 🔴
Yakshanbaga xos bölmagan post. Bir ukamiz (Anjanlik) velikda qizil chiroqdan ötgani uchun 128.5€ (1.550.000 söm) jarima kelibdi 🚲
Qiziqarli joyi, köp xolatlarda jarimani sudda körib chiqiladi. Bu holatda ham körib turganizday 25€ sud xizmat haqqi.
Xulosa, jazo muqarrar, extiyot bölasizlar. Piyodalar, mashinalar uchun ham jarimalar köp. Qiziq bölsa yozaman.
@abdukhalilreal
…davomi
Ertaknamo tabiyatini körish uchun, Interlaken & Lauterbrunnen qishloqlariga borish kerak. Biz u joylarga avtomobilda borganmiz. 3-4 kishi bölsa arzonroq tushadi.
🚘 Zurichdan 2 kunlik avtomobil ijarasi 150-200$
⛽️ Yoqilg’i sarfi ham 150-200$
🏨 Bu qishloqlarda tunash minimum 100$/kechasi
🍔 3 maxal ovqatlanish: 70-80$/1 kishiga
@abdukhalilreal
#tajriba #2
Shveysariyaga kunlik sayohat narxi.
Shartli holat: yakka (solo), talaba tarifi, Zurich(Shveysariyadagi eng yiriki shahar)da 1 kecha tunab qolish, 1 oy oldindan rejalashtirish, faqat 1ta shaharga borish, jamoat transportlarida, Germaniyadan samalyotda uchish.
✈️Bilet borish-kelish: Berlin - Zurich - Berlin (150-200$)
🏨Hostel bir kechasi: 45-55$
🚋Kunlik transport bileti: 15$
🍔3 maxal ovqatlanish: 50-60$
Demak minimumda tahminan 300$ bilan bir kunga Shveysariyaga borib, bitta rasmga tushib kelsa böladi.
