🇩🇪 GERMANIYADA 6 KUNLIK TO‘LIQ MOLIYALASHTIRILADIGAN XALQARO FORUM — HEIDELBERG LAUREATE FORUM 2027!
📣Germaniyada matematika va kompyuter fanlari sohasidagi iqtidorli yosh tadqiqotchilar uchun dunyoning eng nufuzli ilmiy forumlaridan birida ishtirok etish imkoniyati!
🏛14th Heidelberg Laureate Forum (HLF 2027) — matematika va kompyuter fanlari bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan olimlar, nufuzli mukofotlar laureatlari va yosh tadqiqotchilarni birlashtiradigan xalqaro ilmiy forum.
📍Manzil: Heidelberg, Germaniya 🇩🇪
🗓Forum sanasi: 12–17-sentabr, 2027-yil
⏳Davomiyligi: 6 kun
🗓Ariza topshirish muddati: 11-fevral, 2027-yil
🎁 DASTUR QANDAY IMKONIYATLARNI TAQDIM ETADI?
☑7 kecha davomida mehmonxonada bepul yashash;
☑Forum davomida bepul nonushta, tushlik, kechki ovqat va yengil tamaddilar;
☑Xalqaro safar va viza xarajatlarini qoplash uchun maxsus Travel Grant olish imkoniyati;
☑Aeroportdan kutib olish va transport xizmatlari;
☑Safar davomida tibbiy sug‘urta;
☑Yetakchi olimlar va xalqaro mukofotlar laureatlarining ilmiy ma’ruzalarida qatnashish;
☑Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh tadqiqotchilar bilan xalqaro networking;
☑Matematika va kompyuter fanlari sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan fikr almashish va ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
✈️Travel Grant haqida:
Agar universitetingiz, ish joyingiz, ilmiy tadqiqot muassasangiz yoki milliy moliyalashtirish tashkiloti safar xarajatlaringizni qoplab bera olmasa, yo‘l va viza xarajatlarini qoplash uchun alohida grantga ariza topshirishingiz mumkin.
❗️Buning uchun moliyaviy yordam so‘rovingiz rad etilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat (Funding Rejection Letter) talab qilinadi.
🔽Quyidagi talabgorlar dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin:
🔹Matematika, kompyuter fanlari yoki ularga yaqin ilmiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoki tadqiqot olib borayotgan yoshlar;
🔹Bakalavriat talabalari — hozirda universitetda tahsil olayotgan va hali magistr darajasiga ega bo‘lmagan bo‘lishi kerak;
🔹Pre-Master talabalari — magistratura bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan va hali magistr darajasini olmagan talabgorlar;
🔹PhD doktorantlari — ilmiy daraja olish ustida tadqiqot olib borayotgan doktorantlar;
🔹Postdoctoral researchers — PhD darajasini oxirgi 5 yil ichida olgan yosh tadqiqotchilar. Rasmiy postdoktorant lavozimida ishlash majburiy emas.
📌Qo‘shimcha shartlar:
• PhD darajasini olganidan keyin farzandli bo‘lgan tadqiqotchilar uchun 5 yillik muddat har bir farzand uchun 1 yilga uzaytiriladi.
• Har bir akademik bosqichda forumda faqat bir marta ishtirok etish mumkin.
• Dunyodagi barcha mamlakat fuqarolari, jumladan, O‘zbekiston yoshlari ham ariza topshirishlari mumkin.
⚠️MUHIM ESLATMA
Ushbu forum barcha yo‘nalishlar uchun ochiq emas. Asosiy e’tibor matematika, kompyuter fanlari va ularga bevosita yaqin ilmiy sohalarga qaratilgan. Shuning uchun boshqa yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabgorlar o‘z tadqiqot sohalarining dastur talablariga mosligini oldindan tekshirishlari kerak.
🔗ARIZA TOPSHIRISH VA BATAFSIL MA’LUMOT:
🌐 https://www.newsroom.hlf-foundation.org/news/article/the-application-process-for-the-14th-heidelberg-laureate-forum-has-begun/
⏰Deadline: 11-fevral, 2027-yil.
📢Imkoniyatni do‘stlaringiz va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan tengdoshlaringizga ham ulashing!
😎Rasmiy kanalga obuna bo’ling ✅
26 nov, 23:33
