cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Achieve Yourself!

MA Student at Uni-Bremen ~ Data Enthusiast ~ Teacher ~ (and a Web Developer too) Living to learn is learning to live

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
750
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-2030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:20
Video unavailableShow in Telegram
❤‍🔥 5👍 3 3💯 1
Chess tournament?
Mostrar todo...
Podcast soʻzi ipod + broadcast ya’ni ipadda efirga uzatmoq soʻzidan kelib chiqqanini bilarmidingiz?
Mostrar todo...
👍 8 3 2
ChatGPT keyin Google darajasidagi texnik inqilob boʻladi. ChatGPTni orqasidagi texnika haqiqiy sun’iy intellekt darajasidamas. Bu filmladagiday oʻylay oladigan mantiqiy fikrlaydigan SI emas. Lekin u tilda oʻta mohir va tez ishlaydigan algoritm asosida qurilgan. Vaqtida googleni toʻgʻri ishlatish koʻp odamlarga foyda keltirgan. Zamondan orqada qolmaslik uchun ham ChatGPT davriga moslashib borish kerak deb oʻylayman. https://www.youtube.com/live/DQacCB9tDaw?si=6UK14kHEJk_jfsJX
Mostrar todo...
Introducing GPT-4o

OpenAI Spring Update – streamed live on Monday, May 13, 2024. Introducing GPT-4o, updates to ChatGPT, and more.

👍 2❤‍🔥 1 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tushunganla boʻlsa 🤫😂
Mostrar todo...
😁 4 2👍 1
‼️8.5 olgunimcha bu ishni qilmaganman Men ingliz tilini boshlaganimda koʻp kirsdoshlarimdan orqada edim. Maktabda A2.1 darajagacha chiqib DTM testiga tsyyorlanishni boshlaganman. Birinchi yil kursda eng kuchsizi edim. Hdch qachon qachon doim 36 ta yecharkanman deb oʻylamaganman. Keyingi testda oldingisidan 1ta yoki 2ta koʻproq topishga harakat qilganman. Uch yilda 36dan 36 topadigan boʻlganman. IELTSga biror martta kursda ustoz bilan tayyorlanmaganman. Testimga bir oy oldin roʻyxatdan oʻtardim. Va hech qachon 8.0 yoki 8.5 olishim kerak degan hayolga yopishib olmaganman. Doim reading listening balimga qarardim. Men 40 ta urishni xohlaganimda 38 ta chiqardi. Jahl qilib mana shu 38ni qanaqa qilib 40 qilishga diqqat qaratardim. Natijalarga tikilib oʻtirish natijalarni bermaydi. Shunaqa oʻrtogʻlarim boʻlganki “shu yil 8.0 olaman” degan gapni aytgan kunlari inglizchada biladigan soʻzlaridan koʻproq. Jarayonga qarash kerak. Jarayonni yaxshilab borish kerak. Jamss Clear aytganiday har kuni 1%dan yaxshilab borsangiz ham bir yilda hozirgidan uch baravaer yaxshiroq boʻlasiz! 👉 Sirojiddin Bobokulov 👈
Mostrar todo...
Achieve Yourself!

MA Student at Uni-Bremen ~ Data Enthusiast ~ Teacher ~ (and a Web Developer too) Living to learn is learning to live

❤‍🔥 8👍 3
Repost from Gullayotgan yurak
​​Biz lux sharoitli masjidlarda namoz o'qiymiz, ammo maktab o'quvchilari va talabalar qishda sovuq xonada dars o'tishadi. Savol berganimda davlat masjid qurish uchun mablag' ajratmasligi, masjidlar asosan xayriya fondlari va ko'ngillilar tomonidan qilingan ehsonlar hisobiga quriladi, deb aytdi ko'pchilik. Chekka qishloqlarda maktablarda qishda sovuq bo'lishi, isitish tizimlari har doim ham ishlamasligi hech kimga sir emas. Ayrim maktablarda qishda oshxona ishlamaydi, ochiq maydonga klyonka o'rab oshxona qilingan maktablarni ham televizorda ko'rsatishgan. Hattoki viloyat markazidagi shahar maktablarida ham informatika darsida kompyuter yetishmaydi, fizika, kimyo va biologiya fanidan laboratoriya ishlari bajarilmaydi hisob. Kutubxonada o'qiydigan kitob yo'qligidan o'quvchilar kitob ham o'qiy olishmaydi. Masjid qurish va ta'mirlash uchun xalq ehson qilganini ko'p eshitganman. Ammo yigirma yoshga kirib hali kimdir maktabni ta'mirlash uchun ko'nglidan chiqarib pul ajratganini eshitmaganman. Balki bundaylar bordir, ammo juda kam. To'g'ri, maktablar davlat hisobidan ta'mirlanishi kerak. Ammo masjidlar qurish uchun ehson qilingan pullarning hech bo'lmaganda yarmi maktab qurish va ta'mirlash uchun sarflanganda O'zbekistonda ta'lim sifati sezilarli darajada yaxshilangan bo'lardi balki. Ayrimlar hammaga masjid qurish uchun ehson qildim, deb maqtanib aytish uchun ham katta summa ajratadi o'z hisobidan. Shu pulga moliyaviy sharoiti yo'q talaba yoki o'quvchiga ta'lim olishi kompyuter olib bersa, qo'shimcha darsining to'lovini qilib bersa savobi masjidga ehson qilgandan kam bo'lmaydi. “Ilm olish, unga rag‘bat uyg‘otish va sharoit yaratishning ham savobi kattadir” --- muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar --- P/s - pulim ko'payib katta odam bo'lib ketsam ibodat uchun emas, ilm uchun ehson qilaman. @gullayotganyurak
Mostrar todo...

❤‍🔥 7😢 3 1💯 1
Katta maqsadlarga ishonishgina kichik zanjirlardan ozod qila oladi. 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Mostrar todo...
5👍 2 2
Asablarni asrang Hamma narsaga asab ketqazish ba'zan faqat o'zingizga emas boshqalargayam ta'sir qiladi. Asab xuddi elektrga o'xshaydi. Sizdan ketgani yetmaganiday boshqalargayam shok beradi. Shuning uchun kimga yoki nimaga asab ketqazishni ehtiyot bo'lib tanlang. Har bir mayda masala yoki inson energiyani sarflashga arzimaydi. Ba'zan bosiqlik va diplomatiya yo'li shok terapiyasidan yaxshiroq. 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Mostrar todo...
👍 7🌚 2🍓 2❤‍🔥 1
🇯🇵Yaponiya va 🇺🇿 O'zbekiston bog'chalari. (Shaxsiy tajribam) 🇯🇵 Yaponiya: Boshqa mamlakatlarday erta yoshdan o'qish emas erkin o'yinlarga e'tibor beriladi. Erkin o'yinlar orqali bola hayotni o'rganadi deb ishoniladi. 🇺🇿 O'zbekiston: Bog'cha bormaganman. 🇯🇵 Yaponiya: Bog'chada do'stlik, yaratuvchanlik va mas'uliyat hislari shakllantiriladi. 🇺🇿 O'zbekiston: Ayb mendamas, qishlag'imizda bog'cha bo'magan. 🇯🇵 Yaponiya: Guruhlar katta bo'lishiga qaramay ustozlar ularni qiynalmay boshqarishadi. Chunki har bir guruhda mayda doimiy birga bo'ladigan jamoalar kichik oiladek shakllanadi. Bu oilada bolalar yaqindan do'stlashadi, bir-biriga yordam beradi va bir birini nazorat qiladi. 🇺🇿 O'zbekiston: Bormaganman dedimku-eee! Nima dey endi? Borsamam shu, abedda urib uxlatishardi... Muddati o'tgan makaron sho'rva berishardi. Bog'cha opalani oyligni ko'tarasanmi yo biliminimi... Mayli lekin behazil katta bo'shliq bor. Bolalarga yoshligidan aniq fan o'qitish katta foyda bermaydi deb o'ylayman. Bola uni tasavvur qilolmaydi, diqqati yetmaydi. Avvalo tarbiya va asosiy tushunchalarni o'rgatish tarafdoriman. Yapon modelidan ko'p narsa o'rganishimiz mumkin. Va mana shunaqa model asosida vaqti kelib xususiy bog'chalar tizimini ochgan odam jamiyatda kuchli o'zgarishlarga sabab bo'ladi deb o'ylayman. Tag'inam kim bilsin... 👉 Sirojiddin Boboqulov 👈
Mostrar todo...
😁 7👍 5 3❤‍🔥 1🍓 1