cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

AGROBIOLOGIYA FAKULTETI

SamATI Agrobiologiya fakulteti rasmiy kanaliga xush kelibsiz!. Murojaat uchun: @Zarifjon_Boboqulov 👈

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
487
Suscriptores
-124 horas
-47 días
-630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Siz Qishloq xo'jaligi sohasiga qiziqasizmi? 🤔Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida tahsil olmoqchisiz, ammo qaysi fakultetda o'qishni bilmayapsizmi? 🫥Sizga "Agrobiologiya" fakultetini taklif etamiz.
Mostrar todo...
👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti o'qishga tajlif qiladi

ТАЪТИЛДА ТАРИХНИ ЎРГАНАМИЗ Тўғриси, тарихимизни ва ўтмишдаги воқеликни шу телеграм канали орқали англаяпман, десам хато бўлмайди. Сизга раҳмат.” Муштарий эътирофи. Ассалому алайкум ҳурматли 1-проректорлар! Хабарингиз бор, https://t.me/buyuktarix_ssanaqulov телеграм канали 5 ойдан буён аниқ тарихий фактларга асосланган ва ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга, туркий қавм бирлигига, миллат қадр-қимматининг юксалишига хизмат қиладиган энг муҳим ва асосийси, қизиқарли контентларни тақдим этмоқда. Каналда Маҳмуд Қошғарийнинг " Девону луғатит турк", Мирзо Улуғбекнинг "Тўрт улус тарихи", Абулғози Баҳодирхоннинг "Шажараи турк", Бўрибой Аҳмедовнинг тарихий ва илмий асарлари, Ҳерман Вамберининг "Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи", Шарофиддин Али Яздийнинг "Зафарнома"си, Амир Темурнинг "Темур тузуклари", Ибн Арабшоҳнинг "Соҳибқирон Амир Темур тарихи", Берунийнинг "Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар" асари, Заҳириддин Муҳаммал Бобурнинг "Бобурнома"си, шунингдек, рус шарқшунос ва туркшунос олимлари Бартольд, Вятькин, Гумилёвларнинг илмий асарларига асосланган тарихий фактлар кенг ёритилмоқда. Мақсад – ёшларимизни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш. Ватанпарварлик эса ўзликни англашдан, буюк тарихимизни, аждодларимизнинг буюк жасоратларини ўрганишдан бошланади. Аммо бугунга қадар улкан талабалар контингенти, таълим-тарбияга масъул профессор-ўқитувчилар, тьюторларнинг аксарияти бундан бебаҳра қолмоқда. Бугун ижтимоий тармоқлар - энг катта ва энг асосий минбар эканини, тарғиботнинг энг самарали, энг таъсирча майдони ҳам шу ерда (аудитоияларда эмас!) эканлигини тушуниб етишимиз лозим. Агар биз бу каналдаги материалларни аввало ўзимиз ўқиб, ўрганиб, кейин тьюторлар орқали талабаларга кенг тарғиб қила олганимизда, 100 минглаб талабалар контингентини қамраб олганимизда, УЛАРНИНГ ОНГУ ШУУРИДА, ТАФАККУРИДА ВАТАН, МИЛЛАТ ТАҚДИРИ, ТУРКИЙ ҚАВМЛАР БУЮКЛИГИ, БИРЛИГИ, ЖИПСЛИГИ, ВАТАН ЭРКИ, ОЗОДЛИГИ ҚАДР-ҚИММАТИНИНГ НАҚАДАР УЛУҒЛИГИГА ДАХЛДОРЛИК ТУЙҒУЛАРИНИ УЙҒОТА ОЛГАНИМИЗДА зиммамиздаги, келажак авлод олдидаги энг оғир, энг масъулиятли, энг мураккаб, ўз навбатида энг шарафли вазифанинг КАТТА бир қисмини сидқидилдан бажарган, жадид боболаримизнинг орзулари рўёби - маърифатпарварлик, миллатпарварлик, тараққийпарварлик, ватанпарварлик борасидаги олий мақсадлари учун хизмат қилган бўлар эдик. Шу муносабат билан талабаларимизнинг таътил давридаги бўш вақтини мазмунли ташкил этиш мақсадида тьюторлар орқали барча телеграм гуруҳларига ушбу ҳаволани юбориш тавсия этилади. https://t.me/buyuktarix_ssanaqulov
Mostrar todo...
BUYUK OʻZBEKLAR TARIXI

УШБУ КАНАЛДА ТУРКИЙЛАРНИНГ ЭНГ КАТТА ЭЛАТИ САНАЛМИШ ЎЗБЕК ХАЛҚИ, МИЛЛАТИНИНГ ҚАДИМ ТАРИХИ, ЎЗБЕКЛАР ТУЗГАН ҚУДРАТЛИ ИМПЕРИЯЛАР, УЛУҒ АЖДОДЛАРИМИЗ ҲАҚИДАГИ ТАРИХИЙ ФАКТЛАР ВА МИЛЛАТНИНГ БУЮК ИСТИҚБОЛИ ҲАҚИДА МУНТАЗАМ ЁРИТИБ БОРИШГА ЖАЗМ ЭТДИК.

👍 1
10-14.06.2024 Guruhlar.pdf1.30 MB
10-14.06.2024 Professor-o'qituvchilar.pdf6.14 KB
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston-Turkiya: Qishloq xoʻjaligi vazirlarining oʻzaro muloqoti agrohamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab berdi 🇺🇿🇹🇷Ayni paytda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Turkiya bilan nafaqat madaniyat, turizm, suv xoʻjaligi sohalarida, balki qishloq xoʻjaligi sohasida ham butunlay yangi bosqichdagi hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda. 🟢Tashrif dasturidan oʻrin olgan tadbirlar doirasida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Ibrahim Yumakli bilan muloqot qildi. 🟢Unda soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻzaro savdosi oʻsishida ijobiy tendensiya kuzatilayotgani, oʻtgan yili savdo aylanmasi 144,8 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil yakuniga qadar mazkur koʻrsatkichni 200 mln dollarga yetkazish boʻyicha oʻzaro hamkorlikda izchil ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlab oʻtildi. 📌Aynan agrar sohada ikki davlat hamkorligida amalga oshiriladigan loyihalarning ahamiyati juda yuqori ekanligiga urgʻu bergan vazir Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida oʻtkazilgan uchrashuvlar samarali boʻlgani va erishilgan kelishuvlarning istiqbollari haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. 🟢Shuningdek, Ibrohim Abdurahmonov qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi platformasini ishlab chiqishda turkiyalik mutaxassislarning koʻrsatayotgan amaliy yordamini ham alohida eʼtirof etdi.
Oʻz oʻrnida Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Ibrahim Yumakli erishilgan kelishuvlar va oʻrnatilgan hamkorlik aloqalaridan mamnunligini bildirar ekan, ildizlari moziyga tutash qardosh davlatlarning agrar sohadagi hamkorlik yoʻnalishlari bundan buyon tobora mustahkamlanib, kengayib borishini taʼkidladi.
👀Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, Turkiyalik hamkorlar bilan qator oʻzaro investitsiya va hamkorlik shartnomalari shakllantirildi. Ilm-fan sohasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha laboratoriya, geotermal suvdan foydalanib, kooperatsiya asosida issiqxonalar, zamonaviy koʻchatchilik, in-vitro laboratoriyasi tashkil etish, zamonaviy urugʻchilik majmuasini barpo etish hamda Turkiya seleksiyasida mansub boʻlgan kungaboqar, makkajoʻxori va yeryongʻoq navlari ota-onalik materiallarining F1 duragay avlodini koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Mostrar todo...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣 Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektorida 0,5 (yarim) shtat birligida bo'sh ish o'rniga taklif etamiz. ❗️❗️❗️Talablar: - Loyihalarda ishtiroki mavjudligi; - Fanlardan baholarining A'loligi; - Komputer savodxonligiga ega bo'lishi; - Horijiy tillardan birini egallaganligi (majburiy emas). 🕐🕐🕐 Ish vaqti: talabaning dars vaqtiga qarab 08:30 dan 12:30 gacha yoki 13:00 dan 17:00 gacha. Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori, 137-xona.
Mostrar todo...
📌 Institutda Turkiyalik hamkorlar bilan yangi laboratoriya barpo etiladi Oʻzbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari oldidan 2024-yil 5-iyun kuni “Oʻzbekiston-Turkiya biznes-forumi”da Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining delegatsiyasi tarkibida institut rektori Sh.Hasanov ham ishtirok etdi. Batafsil: ➡️ https://samaguni.uz 🌍 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🔍 samaguni.uz | ✅ Telegram | 💬 Facebook | 📸 Instagram
Mostrar todo...
👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#zakovat #yoshlar_oyligi #adiblar_haftaligi DIQQAT E'LON Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida ''Yoshlar oyligi'' va ''Adiblar haftaligi'' loyihasi doirasida yosh professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar o‘rtasida ZAKOVAT intellektual o‘yinlari o‘tkaziladi. 2024-yil 6-iyun 17:00 da Institut hovlisida Barcha jamoalar ro‘yxatdan o‘tish uchun @ozodovna0330 manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
👍 1
“Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi 📌Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkoridir. ⚡️Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida sobiq Samarqand qishloq xo‘jalik instituti bitiruvchisi Urgut tuman hokimi Jabborov Botir Shukurovich va Urgut tumanidan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda hokim talabalarni qiziqtirgan savollar, tanlagan sohasida ishlarni samarali tashkil etish borasidagi takliflarni tinglab, ushbu takliflar yechimi yuzasidan vazifalar belgilandi.
👉 t.me/samati_manaviyat_olami
Mostrar todo...