꧁꙰♥❀𝐽𝑎𝑛n𝑎𝑡𝑔𝑎 𝑜𝑠𝒉𝑖𝑞 𝑞𝑎𝑙𝑏𝑙𝑎𝑟❀♥꙰꧂
💻 qoidalari🚨💻 💯👉Hurmatsizlik qilgan❌💯🚀 💯👉Reklama tarqatgan lich soʻragan❌💯🚀 Odam qushamiz doim faol boʻlamiz Nazorati unitmaymiz. Shaxsiyatga tegadigan gaplar boʻlmasin. Doim hurmatda bulaylik axir biz musulmonmiza...
Mostrar más157
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Tasa de crecimiento de suscriptores
Carga de datos en curso...
Hayot darsi
(Oʻgay)
Honamga kirdim-u
Qaytib chiqmadim.
Koʻp hayol surardim
Koʻnglim boʻldi gʻash.
Onamni juda ham
Yaxshi koʻrardim.
Bu mehr yomonga
Boʻldi aralash.
Kech payti ovqatga
Chiqqandim lekin.
Otam shu mahalgacha
Kelmabdi uyga.
Onamdan soʻradim
Qanilar deya.
Bugun navbatchilik
Qilib qolarkan.
Ertaga erta tong
Uyga kelarkan.
Deb aytdi ichidan
Hursand boʻlgandek.
Bilmadim sababin
Ne uchun bundek.
Tun yarmi uygʻonib
Kettim toʻsatdan.
Hayolim parishon
Ekan hali ham.
Bir gʻalvo boʻlgudek
Sezardi koʻnglim.
Asta chiqib onamni
Borib poyladim.
Chirogʻi oʻchiqku
Kelardi ovoz.
Ehh Ona oʻzingiz
Toʻlrilab oling.
Kimlar bilan tunda
Qilyabsiz parvoz.
Biz bormiz boriga
Qanoat qiling.
Deb aytaqolmadim
Kirib yoniga.
Tegmasdi bu holat
Onam joniga.
Bilmadim qancha vaqt
Poyladim yana.
Xullaski gaplari
Tugamas edi.
Shu yerda oʻtirib
Uhlab qolibman.
Chunki u payt
Tun sovuq emasdi.
Ertalab uygʻondim
Azon dovshudan.
Qarasam hovlida
Qolibman uhlab.
Yaxshi ham Bu holni
Koʻrmadi Onam.
Bilardi tunda men
Chiqqanim poylab.
Tezgina honaga
Kirib uhladim.
Ushbu kun negadir
Maktabga borgim kelmadi.
Bir muncha vaqt oʻtdi
Rosa oʻyladim.
Bu vaqtda Otam ham
Ishdan kelibdi.
Iyeee haa maktabga
NegaBormaganmiding.
Ayt nima boʻldi aa
Yaxshimi bari.
Bezori boʻldingda
Rosa qiynading.
Shu yoshda goʻyoki
Qolibman qarib.
Deb rosa javradi
Otam ham meni.
Qaniydi barchasin
Ayta olsaydim.
Ogʻzimdan bir ogʻiz
Soʻz ham chiqmadi.
Bu holat guvohi
Boʻlmay qolsaydim.
Onamning oʻzgardi
Yurish turishi.
Boshlandi har kuni
Ota onam urushi.
Nahotki qandayin
Baxtli edik biz.
Bugun qarang
Goʻyoki. Begonalarmiz.
Otam ham ichishga
Berilib ketti.
Mast boʻlib kelardi
Har kuni uyga.
Onamku umuman
Oʻzgarib ketti.
Bir gapni oʻqtirib
Boʻlmasdi unga.
Bu holda yashashdan
Hech foyda yoʻqdek.
Talashib tortishib
Yashay boshlashdi.
Bir birini umuman
Sevmaganlardek.
Oʻzlarin alohida
Yashay boshlashdi.
Bir hona onamga
Biri dadamga.
Hech izzat ikromni
Qilmay qoʻyishdi.
Oʻzlarin oʻylamay
Qoʻygani mayli.
Xattoki meni ham
Xech oʻylashmadi.
Men battar bezori
Boʻla boshladim.
Asabim charchadi
Kundan kun oʻtsa.
Urishib ketardim
Doʻstlarim bilan.
Oddiy gap yo hazil
Qilib qoʻyishsa.
Bir kuni politsiya
Keldi uyimizga.
Otamni kishanlab
Olib ketishdi.
Men rosa yigʻladim
Toʻxtanglar deya.
Onam boʻlsa hatto
Qarab qoʻymadi.
Bilsam otam juda
Siqilib qolgan.
Alamim aroqdan
Ola boshlabdi.
Pul topa olmayin
Ishida bir kun.
Bir kishi yonidan
Pul oʻgʻirlabdi.
Ogʻzi qulogʻida
Yayraydi Onam.
Xattoki yonimda
Gaplashar boʻldi.
Kim bilan gaplashib
Yuribsiz desam.
Aralashma ishing
Boʻlmasin derdi.
Eyy Alloh bu qanday
Nadomat boʻldi.
Oilamiz har yonga
Ketar tarqalib.
Koʻnglim ham bu holdan
Toʻgʻrisi toʻydi.
Yuragim koʻp holda
Qolar siqilib.
..... Davomi bor......
Oybek Ergashev
Photo unavailableShow in Telegram
🎉 Бугун, 5 ноябрь - «Бутунжаҳон эркаклар куни»
(Всемирный день мужчин)
Муҳтарама аёллар, кўп гапга ҳожат йўқ.
Бугунги байрам байрамдек бўлсин!
Бунинг учун кўп нарса керак эмас: ширин овқат, тинчлик, эрини телефонини кавламаслик😁
БАЙРАМИНГИЗ МУБОРАК АЗИЗ ЭРКАКЛАР! 🎊
🌱Assalomu alaykum erta tong🌞
Yana bir kun boshlandi, Alloh yana bir kun hadya etdi, Alhamdulillah 🌼
Bu kuningiz fayzli, Omadli, Barokatli o'tsin Kuningiz yaxshi amallarga boy bo'lsin, Kun davomida yuzingizdan tabassum arimasin🕊
Aziz yaqin insonlarim Hayrli tong☺️
00:05
Video unavailableShow in Telegram
🌞#Xayrli_tong
🌞🌼Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
🌼Allohdan siz uchun dunyodagi eng yaxshi narsa - ALLOHNING MUHABBATINI;
🌼Jannatdagi eng oliy neʼmat - ALLOHNING JAMOLINI KOʻRISHNI;
🌼Eng yaxshi mukofot - PAYMGʻAMBAR ALAYHISSALOM BILAN JANNATDA JAMLASHINI
soʻrayman!
🌼Tani sihhatlik, ofiyat, baxt - saodat, omad, halol daromad sizdan aslo ayrilmasin! Kuningiz xayrli oʻtsin!
🌼Yana bir tong otdi!
Nur taraldi har tomon!
Xayr, barakot va rahmatlar..
Bizga yogʻilsin, har on!
XAYRLI TONG ⛅️
9.45 KB
Балки йўқдир бошингда эринг,
Балки йўқдир яшашга еринг,
Балки сиғмас танангга теринг,
Иффатингни сақла, сингилжон.
Балки йўқдир егани ошинг,
Балки ўйлаб қотгандир бошинг,
Балки йиғлаб тўккансан ёшинг,
Ҳаё билан бўлгин, сингилжон.
Онаммассан, кечдим!», демасин,
Сени кўриб афсус емасин,
Ошикларинг излаб келмасин,
Ор-номусинг сақла, сингилжон!
Ёмон кунлар ўтди-ю, бироқ,
Ёмонлардан юргин сен йироқ,
Яхшиларга ёндош бўл, тезроқ,
Виждонингни сотма, сингилжон!
Балки йўқдир ёру йўлдошинг,
Сабр қилгин, тилаб бардошинг.
Сенга ҳамроҳ қавму қардошинг,
Ғурурингни сотма, сингилжон..!
Яратгандан инсоф тилайлик,
Аллоҳимни танҳо билайлик.
Пайғамбарнинг сўзин қилайлик,
Ибо билан бўлгин, сингилжон!
Муаллифи номалум
Hayot darsi.
(Oʻgay)
Boshimga tushganin
Koʻrdi koʻzlarim.
Sizga ham soʻzlaymi
Tinglang doʻstlarim.
Bir oddiy oilada
Tugʻildim oʻsdim.
Otam bor Onam bor
Hech oʻksinmadim.
Oilada yakka-yu
Yolgʻiz farzandman.
Balki kularsiz lekin
Chin arzandaman.
Bolalik chogʻimda
Edim shoʻx shodon.
Barchaning ustidan
Kulardim handon.
Maktabda oʻqigan
Paytlar edi.
Bir doʻstim bor edi
Chindan doʻst edi.
Men uchun
Har ishga taht tayyor edi.
Nimani hush koʻrishim
U bilar edi.
Maktabdan tashqari
Paytlar koʻchada.
Yurardik kezardik
Bazan bogʻchada.
Toʻgʻrisi juda ham
Bezori edim.
Urushqoq janjalkash
Toʻpori edim.
Baʼzida tortishib
Ketardim rosa.
Doʻstlarim hattoki
Oʻqtuvchim bilan.
Sen sira odam
Boʻlmaysan derdi.
Derdim qoʻying siz buni
Bilasiz qaydan.
Maktabda dars payti
Qolibman uhlab.
Eng orqa partadan
Joy olgan edim.
Oʻqituvchim bu holni
Qolibdi payqab.
Partaga bosh qoʻyib
Tinib ishlardim.
Jahl tez oʻqtuvchi
Edi-da rosti.
Butun bir maktabga
Nomi taralgan.
Qattiqoʻl intizomli
Mehnatkash edi.
Bilmadim qay kunda
Ekan yaralgan.
Sochimdan ushlab tez
Tortilar mahkam.
Hayolim qushdayin
Uchdiyu ketti.
Ogʻziga kelgancha
Javrar edilar.
Uyqu ham janjalga
Ulanib ketti.
Qoʻyvoring teginmang
Deya oʻshqirdim.
Qoʻlini bir siltab
Olib tashladim.
E shoshma senmi deb
Kettimar urib.
Jahlim chiqib rosa
Men ham soʻkardim.
Oxiri boʻlmadi
Yengildi ustoz.
Baribir buni hech
Tan olmas edi.
Sen bola men bilan
Oʻynashma deya.
Direktor oldiga
Chiqamiz dedi.
Men sira tan bermas
Edim shunda ham.
Sochlarim toʻzgʻigan
Bir axvoldaman.
Mayli deb xonadan
Chiqdik-u. Zalga.
Men esa yugurib
Ketdim koʻchaga.
Toʻxta hoy yaramas
Yugurma derdi.
Yetarman deb oʻylab
Ozroq yugurdi.
Men chaqqon bolaman
Gʻayratim toʻla.
Bu holda borib ham
Boʻlmasdi uyga.
Payt poylab devorning
Keldim tagiga.
Sim yogʻoch ustidan
Kuzatdim uyni.
Baxtimga hech kimsa
Yoʻq ekan ana.
Tez borib darvozadan
Kirdim xovliga.
Qarangki chindan ham
Hech kim yoʻq edi.
Bu holdan toʻgʻrisi
Koʻnglim toʻq edi.
Xonamga shoshgancha
Kirib ham oldim.
Charchabman rosa ham
Biroz dam oldim.
Sal oʻtgach uydagi
Kiyimim kiydim.
Qarasam onamning
Kelar ovozi.
Telefonda kim bilan
Turar edi gaplashib.
Etibor bermadim
Oʻzim oʻyladim.
Charchagan boladek
Xovliga chiqdim.
Bir nima boʻlgandek
Onam choʻchidi.
Meni koʻrib telefonni
Birdan oʻchirdi.
Keldingmi qay mahal
Bilmabman oʻgʻlim.
Yur senga ovqating
Suzib berayin.
Toʻgʻrisi hayratli edi
Bu holat.
Chunki ancha vaqtli
Uyga kelgandim.
Abedni qilgach tez
Otlandin yoʻlga.
Doʻstim kelar vaqti boʻlgan
Uning yoniga.
Borsam u har galdek
Turibdi kutib.
Koʻrishdik yayarshdik
Birozcha kulib.
Ertaga maktabga
Borasanmi der.
Albatta boraman
Yurmayman qoʻrqib
Shu holda sal kechroq
Qaytdim uyimga.
Uyda yana sokinlik
Jimlik hukmron.
Vo ajab ne maqsad
Bilmas ham edim.
Bunday holatga guvox
Boʻlmagan edim.
Honamga ketayotib
Koʻrdim onamni.
Oshxona tomonda
Qoʻlda telefon.
Turardi quvnagancha
Rosa gaplashib.
Eee mayli deb yana
Kirdim honaga.
Rosa ham uyquim
Kelibdi chindan.
Endi uhlamas
Boʻlmas deb yotdim.
Mazza qilib miriqib
Uhlab oldim.
Kech tushar mahalda
Oʻrnimdan turdim.
Dadam ham kelar vaqt
Boʻlib qolibdi.
Onam ham telefonni
Qoʻyib yuribdi.
Hayoli parishon
Har oʻychand edi.
Bilmadim bu koʻngli
Qaylarda qoldi.
Sal oʻtib dadam ham
Kirib keldilar.
Xa oʻgʻlim nima gap
Tinchmi dedilar.
Men esa albatta
Dadajon deya.
Qoʻlidan sumkasin
Oldim avaylib.
Dadamdan qoʻrqaman
Toʻgʻrisin aytsam.
Koʻp javrab beradi
Hatolar qilsam.
Deyarli har kuni
Eshitaman gap.
Bugun ham gap
Uchun keladi navbat.
Ertasi maktabga
Maktabga bordim jilmayib.
Oʻqituvchim javradi
Rosa humrayib.
Bir ammalab
Darslarni oldim tugatib.
Tusharman asta sekin
Uyga yoʻl olib.
Borsam shu kechagi
Holat bugun ham.
Telefonda kulib
Quvnaydi Onam.
Shubhaga aylandi
Endi koʻnglim ham.
Sekin borib poyladim
Sezmadi Onam.
Eee qoʻying bilasiz
Sevaman derdi.
Boshimda erim bor
Bolam ham derdi.
Ajrashib ketishga
Hali erta deb.
Vaqt kelib sizniki
Boʻlaman derdi.
Rosa ham jahlimga
Tegdi bu holat.
Negadir bu gapdan
Chekmas hijolat.
Nahotki Onamni
Sevgan yori bor.
Axr men Otamchi
Axr bizlar bor.
.....Davomi bor.....
Oybek Ergashev
Photo unavailableShow in Telegram
Elige un Plan Diferente
Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.