cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

KASBI – ILM BULOG‘I

RMMM_Kasbi_ilm_bulog‘i

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
424
Suscriptores
+124 horas
+17 días
-2430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Kitob tumani Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasidaa Kitob tumanidagi 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti misolida "Ma'naviyat sektori" ning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyatini tashkil etish bo'yicha o'quv seminar dasturi bo'lib o'tdi
Mostrar todo...
👍 1
Repost from QASHQADARYO ZIYOSI
🏆“Ota, menga kubokni olib keling” – qizining so‘nggi istagini sharaf bilan bajargan futbolchi ota ⚽️Kuni kecha Germaniya – Daniya o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda nemislar ishonchli g‘alaba qozonishdi. Bu ikki terma jamoa uzoq 1992-yilda Yevropa chempionati finalida uchrashishgan va unda Daniya chempion bo‘lgandi. Bu yutuqning o‘ziga xos va nihoyatda ta’sirli bir jihati bor edi. 🎗Tasodiflarga to‘la o‘sha chempionatda aslida Daniya umuman ishtirok etmasligi kerak edi. Saralashdan o‘ta olmay, butsalarni otib yuborgan jamoa tarqalib ham ketgandi. Ammo qatnashishi kerak bo‘lgan Yugoslaviyada urush boshlanib ketadi va bu jamoa musobaqalardan chetlashtiriladi. 🏝Uning o‘rniga darhol Daniya termasi yig‘iladi. Jamoa futbolchilari ro‘yxatida Kim Vilfort ham bor edi. U turnirga borishni rad etadi – chunki jondan aziz qizalog‘i Lin qon raki kasalligiga chalingan, jon olib jon berayotgan paytlari edi. Qiz og‘riqlardan, umidsizlikdan azob chekayotgan bir paytda ota uni tashlab ketishni xayoliga ham keltira olmasdi. 🚑 Biroq qiz otasiga shunday deydi: “Ota, musobaqada qatnashing va g‘olib bo‘lib, kubokni menga olib keling!”. Atrofdagilar bu mutlaq ushalmas orzu ekanligi, qizning sog‘ayishi kabi sarobligini his qilib, achchiq-achchiq yig‘lashadi. ❤️🩹 Vilfort bu qizi Linning so‘nggi istagi ekanligini his qiladi va chempionatga otlanadi. U dastlabki ikki o‘yinni juda yaxshi o‘tkazadi. Uchinchisi oldidan uyidan qo‘ng‘iroq bo‘ladi va qizining ahvoli og‘irlashgani haqida xabar keladi. Darhol ortga qaytgan ota qizining oldiga yetib keladi va ruhini ko‘taradi. Ikkisi Daniyaning Fransiya ustidan erishgan shonli g‘alabasini birga tomosha qilishadi. Shundan keyin qizi, oilasi va bu voqeadan xabar topgan butun mamlakat Kimdan chempionatga qaytishni o‘tinib so‘raydi. Vilfort yarim finalga yetib boradi, Gollandiya darvozasiga to‘p kiritadi va yana qizi yoniga qaytadi. Ko‘zlarida so‘nggi shu’lalar chaqnayotgan qizaloq kubokni kutayotgan edi. Yum-yum yig‘lagan ota qalbini farzandi yonida qoldirib, vujudi bilan finalga yetib boradi. 🥇Finaldagi raqib anoyilardan emasdi, Germaniya desa nafaqat Yevropa, balki butun dunyoning oyog‘i titrardi. Ikki yil oldingi jahon chempionlari Yevroni ham qo‘lga kiritishga astoydil bel bog‘lashgan, tasodifiy chiqib qolgan Daniya ular uchun pista po‘choqdek parcha-parcha bo‘lib ketishi kerak edi. Lekin bu o‘yinda umid o‘ynadi, oriyat va mo‘jizaga ishonch maydonga tushdi. Ko‘zda yosh bilan to‘p surgan Kim Vilfort yana to‘p kiritdi va Daniya Germaniya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z ertagini yozdi. ❣️Kubokni olishi bilan uyiga qarab shoshgan ota uni qiziga topshirdi. Qizaloq Lin joni azobdaligiga qaramay shodlikdan sarmast bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay uning joni uzildi. Dafn marosimida Daniya terma jamoasi saf tortdi, butun mamlakat irodali qizaloqni so‘nggi yo‘lga kuzatib qo‘ydi. 🤲 Aytingchi, Siz hanuz mo‘jizalarga ishonmaysizmi? ✍️ Abror Zohidov 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
QASHQADARYO ZIYOSI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali. Bizga murojaat uchun: @Qashadaryoga_murojaatbot

Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati
Agar kishi tijorat bilan mashg‘ul bo‘lsa, bu dunyoda farovon yashaydi, agar ibodat bilan shug‘ullansa, u dunyoda oxirati obod bo‘ladi, agar ilm bilan shug‘ullansa, u ikki dunyo saodatiga erishadi.
✍️ Abdurauf Fitrat 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
👍 1
05:57
Video unavailableShow in Telegram
#Xayrli_tong ☀️ Erta tongni go‘zal tarona bilan boshlang! 🎙 Munojat Yo‘lchiyeva – “Yor istab. Mustahzod” 👍 Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin. Kanalimizni kuzatishda davom eting! 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Mostrar todo...
d3dac19b-6910-4900-ac7e-39eec7434de7.mp431.37 MB
02:47
Video unavailableShow in Telegram
Mirzo Ulugʻbekning asl ismi nima? U Buxoroda qurdirgan madrasa eshigiga nima deb yozdirgan? Yangi loyiha – “10 fakt” Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va “Oʻzbekiston tarixi” telekanali hamkorlikda “Buyuk millat tarixi” doirasida buyuk alloma, daholarimiz haqida “10 fakt” loyihasini boshladi. Tasvirlar sunʼiy intellekt imkoniyatlari bilan yaratildi. Loyihaning navbatdagi soni qaysi daholarimiz haqida boʻlishini istaysiz? Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
IMG_2336.MP414.52 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Piter Pen avlodlari – nega odamlar hech kim boʻlishni tanlashmoqda? Atrofingizda karyera qilishni istamaydigan, oila qurishdan qoʻrqadigan, farzandli boʻlish haqida xayoliga ham keltirmaydigan insonlar bormi? Bunday insonlar Piter Pen sindromiga chalingan boʻlib, ushbu holat psixologlarning fikricha, kelajak uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2865 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
“Korzinka”ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi Maʼlum boʻlishicha, mazkur supermarketlar tarmogʻining “eng arzon” mahsulotlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmaydi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/23670 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
“Jadid” gazetasining 29-soni nashr etildi Gazetaning ushbu sonida: 📌 “Zo‘raki boy”; 📌 “Navoiyshunoslik va qo‘lyozma ilmi”; 📌 “Yer hammani boqadi... “Boyota”ga ham aylantiradi”; 📌 “Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur... yoxud Abdulla Avloniy ma’rifati; 📌 “Men ko‘rgan bir tarix kitobi” kabi maqolalarni o‘qishingiz mumkin. 👉 Pdf Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston pasporti dunyodagi eng kuchli pasportlar reytingida nechanchi oʻrinda? Maʼlumotda keltirilishicha, Singapur dunyodagi “eng kuchli” pasportga ega. Mazkur davlat fuqarolari 195 ta davlatga vizasiz kirishi mumkin. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/23672 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabul qilish boshlandi Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/23668 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.