cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Shaharses.uz | Rasmiy kanal

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy telegram kanali - @toshsanepid Rasmiy sayt: www.shaharses.uz Instagram: https://instagram.com/shaharses.uz?igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg== Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=1000891182

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 192
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-1330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️Qo‘yliq dehqon bozorida sifati kafolatlanmagan mahsulotlar savdosi aniqlandi Yoz faslining jazirama issiq kunlarida aholi o‘rtasida noma'lum sharoitda tayyorlangan, sifat ko‘rsatkichlari kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarni xarid qilish va iste'mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanish yoxud o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishining asosiy omillardan biri bo‘lishi mumkin. 📌Bugun, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mas'ul mutaxassislari, shuningdek, bozor ma'muriyati, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘yliq dehqon bozorining sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga sotishda, tartib-qoidalar asosida ish olib borilishi yuzasidan o'rganish ishlari amalga oshirildi. Natijada har bir savdo rastasi, do'konlar, go'sht va go'sht mahsulotlari savdo nuqtalari nazoratdan o'tkazildi. 🔹Nazorat davomida sifati kafolatlanmagan ikkilamchi polietilen idishlarda saqlanayotgan 11 litr miqdorda sut, 110 kg organoleptik xususiyatlari buzilgan banan, 12 kg miqdorda go‘sht suyaklari va 17 kg qo‘yning ichki a'zolari joyida savdodan oldirildi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. 🔹Sotuvchilarga sifati buzilgan mahsulotlarni sotmaslik yuzasidan ogohlantirish choralari qo'llanildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi #foydali_maslahat ‼️ Ona suti goʻdak uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga koʻra goʻdakning ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga mos keladi. 🔹Bolani ona suti bilan oziqlantirishning ona va bola uchun foydali jihatlarini Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi tomonidan tayyorlangan ushbu infografika orqali bilib olishingiz mumkin. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Mostrar todo...
👍 1🔥 1👏 1
Umumiy ovqatlanish shahobchalarida sanitariya nazorati amalga oshirildi ‼️ Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi va Yakkasaroy tuman hokimligi mutaxassislari bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanidagi "Dilbuloq" va "Shohjahon" MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, somsaxonalar va novvoyxonalarda amaldagi Sanitariya qoida va me'yorlari yuzasidan sanitariya nazorat tadbiri amalga oshirildi. 🔹Nazorat tadbirlari davomida: - atrof-muhit tozaligi va shaharning infratuzilmasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan holatlar; - antisanitariya holatlarda oziq-ovqat tayyorlanayotgani; - mahsulotlarning saqlash sharoitiga amal qilinmayotganligi; - noqonuniy ko'cha savdosiga yo'l qo'yilgani; - hojatxonalarning talab darajasida emasligi; - rejali tibbiy ko'rikdan o'tilmaganligi aniqlandi. 🔹Nazorat tadbirlari yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan sanitariya tavsiyanomasi berildi va berilgan muddat ichida kamchiliklarni bartaraf etilishi nazoratga olinishi ta'kidlab o'tildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Mostrar todo...
Umumiy ovqatlanish shahobchalarida sanitariya nazorati amalga oshirildi ‼️ Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi va Yakkasaroy tuman hokimligi mutaxassislari bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanidagi "Dilbuloq" va "Shohjaxon" MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, somsaxonalar va novvoyxonalarda amaldagi Sanitariya qoida va me'yorlari yuzasidan sanitariya nazorat tadbiri amalga oshirildi. 🔹Nazorat tadbirlari davomida: - atrof-muhit tozaligi va shaharning infratuzilmasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan holatlar; - antisanitariya holatlarda oziq-ovqat tayyorlanayotgani; - mahsulotlarning saqlash sharoitiga amal qilinmayotganligi; - noqonuniy ko'cha savdosiga yo'l qo'yilgani; - hojatxonalarning talab darajasida emasligi; - rejali tibbiy ko'rikdan o'tilmaganligi aniqlandi. 🔹Nazorat tadbirlari yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan sanitariya tavsiyanomasi berildi va berilgan muddat ichida kamchiliklarni bartaraf etilishi nazoratga olinishi ta'kidlab o'tildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Mostrar todo...
Ta'lim tashkilotlarida dezinfeksiya tadbirlari olib borildi Profilaktik dezinfeksiya-epidemiologik vaziyatdan qat'iy nazar, doimiy ravishda jadval asosida olib boriladi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining "Aholini sanitariya-epidemiologik osayishtaligi to‘g‘risida"gi qonunida korxona-tashkilot, muassasalarda dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish belgilangan. 📌Shu sababli, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumandagi bir qator maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tuzilgan shartnoma asosida turli xildagi yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida profilaktik zararsizlantirish (dezinfeksiya) chora-tadbirlari o‘tkazildi. 🔹Aynan shu choralar bois, ayrim kasalliklarning oldi olinmoqda. Umuman, dezinfeksion vositalarni ishlatishdan asosiy maqsad kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilish hisoblanadi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#foydali_maslahat #bilasizmi Ko'p hollarda parranda go'shtidan salat va turli taomlar tayyorlaymiz. Ba'zida taomlarni ko'proq tayyorlaganimiz bois saqlab qayta-qayta iste'mol qilamiz. ❓Aslida parranda go'shtidan tayyorlangan taomlarni qanday harorat va qancha muddatgacha saqlash mumkin? Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Mostrar todo...
👍 1🔥 1👏 1
Brinza va tuzli pishloq mahsulotlari xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo'yicha tekshirildi Gigiyenik nuqtai-nazardan ichimlik suvi qadoqlab ishlab chiqarish korxonalari, go‘sht va go‘sht mahsulotalri ishlab chiqarish korxonalari, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari epidemiologik ahamiyatga ega va doimiy ravishda xavf omillari tahlil qilinishi lozim bo‘lgan obyektlardan sanaladi. Tabiiyki, bu korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar ham saqlash, tashish va realizatsiya qilinishi jarayonida bir muncha qatiy talablarga rioya etilishini taqazo etadi. ‼️Ayni shu kabi talablar bajarilayotganiga gigiyenik baho berish maqsadida, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi sanitariya bo‘linmasi laboratoriya kompleksining sanitariya-bakteriologik, sanitariya-gigiyenik va radiologik laboratoriya mutaxassislari tomonidan iste’mol bozoriga taqdim etilayotgan brinza mahsulotlari bakteriologik, kimyoviy va radiologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlildan o‘tkazildi. 🔹Eslatib o‘tamiz, brinza mahsuloti ham o‘z tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy birikmalari va yurakning normal fiziologik faoliyatini rag‘batlantiruvchi glikozidlarga boy bo‘lib, mutanosib ovqatlanish ratsionida nonushta vaqtida kuten o‘simligi barglari va yashil zaytun donachalari bilan iste’mol qilinishi foydali va shifobaxsh hisoblanadi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.