cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

BOSHLANG‘ICH PROFESSIONAL TA‘LIM TIZIMIGA DOIR MA‘LUMOTLAR🗂

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
187
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#Президент_қарори Оилавий боғчаларга 3 ёшга тўлмаган болаларни ҳам қабул қилишга рухсат берилади “Мактабгача таълим соҳасида давлат-хусусий шерикликни янада ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–322-сон, 14.07.2022 й.) қабул қилинди 🔰Қарорга мувофиқ, 2022 йил 1 сентябрдан: 🔘 Оилавий нодавлат боғчаларга қатнаётган ижтимоий кўмакка муҳтож оилалар фарзандлари ва махсус контингентлар сони тарбияланувчилар сонининг 70 фоизидан кам бўлганда, етмаган қисмига бошқа оилаларнинг болаларини қабул қилишга рухсат этилади; 🔘давлат-хусусий шериклик асосида фаолият юритаётган боғчаларда, оилавий боғчаларда: 🔹бюджетдан тўланадиган субсидия ва компенсацияларни ҳисоблашда 3 ёш ва ундан катта ёшдаги, лекин 7 йил 8 ойдан катта бўлмаган ёшдаги тарбияланувчилар ҳисобга олинади; 🔹ота-оналар тўлови миқдорини мустақил равишда белгилаб 3 ёшга тўлмаган болаларни ҳам қабул қилишга рухсат этилади. Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни: 👉 https://lex.uz/uz/docs/6108866
Mostrar todo...
👆 ⏩Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida ⏪
Mostrar todo...
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarori.pdf8.68 KB
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 15 ta eng muhim islohoti Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
02:03
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Ushbu formatda olib borilayotgan muloqot tufayli doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga, mintaqamizda mutlaqo yangi konstruktiv hamkorlik muhitini yaratishga muvaffaq boʻldik — Президент Шавкат Мирзиёев: Благодаря налаженному диалогу в этом формате нам удалось укрепить отношения дружбы и добрососедства, создать в регионе совершенно новую атмосферу конструктивного сотрудничества Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Mostrar todo...
QIRGIZISTON_rolik_TG_new.mp413.81 MB
Repost from Edu.uz
03:48
Video unavailableShow in Telegram
#raqamlashtirish Endi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan diplom dublikatini olish raqamlashdi 🔰 Xabar berganimizdek, Hukumat qarori bilan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatini olish tartibini belgilovchi reglament tasdiqlandi. 📹 Ushbu videoda vazirlik huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Yoqubov qaror mazmun mohiyatini sharhladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
дубликат (1).mp47.95 MB
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Professional_taʼlim #Bitiruvchi2022 Kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum bitiruvchilarining 87 fozi diplomlarini oldi Joriy yil professional taʼlim muassasalarini jami 142,9 ming nafar oʻquvchi kasb va mutaxassisliklarni tamomlamoqda. Bugungi kunga qadar bitiruvchilardan 124,9 ming nafari (87,4%)ga yangi namunadagi QR-kodli diplomlar tarqatildi. Jumladan, 70,6 ming nafar kasb-hunar maktablari, 38,7 ming nafar kollejlar va texnikumlarning 15,5 ming nafar bitiruvchilariga diplomlar topshirildi. Ushbu jarayon davom etmoqda. 🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Bugundan professional ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirish boshlandi 🏛 Kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalar 20-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 🔰 O’qishini koʻchirish istagida bo’lganlar ta’lim muassasasida tashkil etilgan Ishchi guruhga quyidagilardan iborat hujjatlar yig‘majildini taqdim etadi: ➖ariza (o’quvchi yoki voyaga yetmagan bo’lsa uning ota-onasi tomonidan); ➖professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma; ➖o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
⚡️O‘qishni ko‘chirish tartibi qanday? 1️⃣ Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi: ➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda; ➖ davlat xizmatchisi ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida). ❌ Boshqa holatlarda “ichki perevod”ga ruxsat berilmaydi. 2️⃣ Xorijiy davlatlardagi OTMdan o‘qishni ko‘chirishda (tashqi “perevod”): ➖ mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari natijasida o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan o‘tkaziladi. ➖ o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi. ❌ mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi tashkil etiladi. mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik to‘lov asosida ko‘chirishi mumkin. Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan. 🔚 Hujjatlar qabuli 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda) ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli) ◾️ akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 📱Yo‘nalishlar kesimida o‘tish ballari bu yerda: 👉@eduuzuniversalbot 🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin. BAKALAVR: ✅ Fanlar majmuasi—2022; ✅ Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy); ✅ Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida). MAGISTRATURA: ✅ Fanlar majmuasi—2022; ✅ Qabul kvotalari—2022 ✅ Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida). Shuningdek: ✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari; ✔️Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin. ☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega. Bizni kuzating: 👉@eduuz
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
01:57
Video unavailableShow in Telegram
📢Eʼlon ⚡️Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi abituriyentlarni o‘qishga taklif etadi 🔰O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi 2022-2023-o‘quv yili uchun kunduzgi taʼlimning bakalavr bosqichiga qabul eʼlon qiladi. ➡️Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur nodavlat taʼlim muassasasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasiga oliy maʼlumotli yetuk kadrlarni tayyorlab beradi. 🔖Shuningdek, akademiya vakant lavozimlar uchun professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Rolik abituriyentlar.mp49.75 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.