cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

س

#bismillah! Alloh azza va jalladan qadarimizni hayrli qilishligini so'raymiz! Hammasi o'zim uchun eslatma!? Manfaat olmasangiz tark eting!!!! #Postlar_ruhsatsiz_olinmasin!

Mostrar más
El país no está especificadoEl idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
179
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Hech qachon, hech kimni ichki dunyosiga aralashma... Hech qachon, hech kimni ichki dunyosini barbot qilma... Hech qachon, hech kimga ichki olamingni ochma... Sirli tut, yon, bitib ket, kul bo'l lekin sirli tut... Ibn Haldun
Mostrar todo...
Repost from Fathiyya Nabijon
​​Bekorchilik Barcha yomonliklar, ma‘siyatlar boshi - avvalo johillik, undan so‘ng bekorchilik. Inson qo‘sha-qo‘sha universitet/markaz/kurslarda o‘qib ilm olmaydimi, sha‘riy-arabiy kitoblar o‘qib tashlamaydimi, agar Alloh tavfiq bermasa bo‘sh qolgan vaqtda shayton hiylasidan omonda bo‘la olmaydi. ◽️ Binoyidek o‘qib-o‘rganib yurgan yigit/qiz qilayotgan ishidan to‘xtasa - bo‘sh qoladi. Bo‘sh qolgach esa zerikishni boshlaydi. Zerikkanidan telefon "titadi" va qarabsizki qanday qilib foydasiz, ba‘zida esa ma‘siyat hisoblanadigan kontentlarga o‘tib qolganini o‘zi bilmay qoladi. ◽️ Hech kimdan kam joyi yo‘q ayol erini ishga, bolalarini o‘qishga/maktabga/bog‘chaga jo‘natadi. Ish qilmasa, kitob o‘qimasa, dars eshitmasa - nima qiladi? Ertalabdan kechgacha hech nima qilmay yura olmaydi ahir! ✔️ Shayton ham ko‘p kuttirmaydi, vasavasani boshlab yuboradi: "Ering hozir qayerda ekana?", "Kimlar bilan yurgan ekan?", "Voy, begona ayol bilan yurgan bo‘lsaya", "O‘gling o‘qishga kettim deb boshqa joyga borgan bo‘lsaya?" ❗️Shu payt o‘ziga o‘xshagan bekorchi qo‘shnisi chiqib qolsa/dugonasi telefon qilsa bormi, g‘iybat va fitna avjiga chiqadi, nauzubillah. Nima qilish kerak❔ 1⃣ Avvalo o‘zimizni maksimal darajada foydali ish bilan (zikr/kitob o‘qish/ma‘ruza tinglash/vazifasidagi ishni bajarish) bilan band qilishimiz kerak. Ishlab/dars qilib charchadingizmi - yengil kitob o‘qing. Kitob ham charchatdimi zikr/tilovat qilib o‘tiring. Bunga ham holingiz qolmadimi - yotib uxlang, lekin aslo telefon/tv bilan bo‘sh qolmang! 2⃣ Boshqalarga ham buni bildirishimiz, ularni ham doimo band bo‘lishga o‘rgatishimiz lozim. Bekor o‘tirib zerikkanidan yozgan do‘stingizga foydali ma‘ruza jo‘nating, uyingizga kelsa qo‘liga kitob bering (meni dugonamga o‘xshab kitobni o‘zi bilan olib ketib qolmasa bo‘lgani). O‘qimaydigan toifadan bo‘lsa birorta biladigan xorijiy tilingizni/ko‘nikmangizni o‘rgating. Biror duo yodlating, rivoyat aytib bering va unga keyingi safar u aytib berishini tayinlab qo‘ying, bekor o‘tirmay izlansin. Har kim o‘z holatidan kelib chiqib nima qilishni aniqlab oladi, umumiy shablon yo‘q. Faqat birgina muhim qoida bor - bekorchilikdan yiroq bo‘lish kerak! ©Fathiyya Nabijon @fathiyyanabijon #fathiyyasthoughts
Mostrar todo...

Photo unavailableShow in Telegram
Vaqtiki, osmon yorilsa.Va vaqtiki, yulduzlar sochilib ketsa.Va vaqtiki, dengizlar portlatilsa.Va vaqtiki, qabrlar ostin-ustin bo‘lsa. Har bir jon-nimani taqdim qildiyu nimani ta’xir qildi-biladir. Ey Inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g‘ururga ketkazdi? (Infitor 1-6)
Mostrar todo...
Repost from Fathiyya Nabijon
Taqqoslash 📝 ​​Bundan ancha avval hissiy tushkunlik, o‘z-o‘zini solishtirish oqibatida inson duch keladigan muammolar haqida yozgan edim. Maqolamdan keyin muslimalar ularda aynan shu va shunga o‘xshash holatlar ko‘p kuzatilishini aytib botga murojaat qilishgandi. 💭 Kuni kecha institutda bir ilmli, intiluvchan birodarim bilan shunday hissiy so‘nish, tushkunlikka tushib qolish holatlari haqida suhbat qildik, Alloh ulardan rozi bo‘lsin ajoyib insayt olishimga sabab bo‘ldilar. ❗️Biz bu holatga kelib qolishimizning asosiy omili bu - hayoti/turmush tarzi/sharoiti biznikidan butkul farq qiladigan insonlarni zohiriga qarab, o‘zimiz bilan ularni solishtirishimiz. Masalan: Bir kunda 10 bet kitob o‘qishni odat qilgan inson o‘zini 100 bet o‘qiydigan bilan, 1 haftada 1 juz tilovat qiladigan shaxs esa bir kunda 1 juz o‘qishga qodir bilan, 7 soatdan kam uxlasa sog‘lig‘iga ziyon yetkazib qo‘yuvchi kishi esa, o‘ziga 4 soat uxlashni norma holatiga keltirgan bilan solishtiradi. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin, solishtirishlar natijasida odamni qilgan ishi norma, hattoki yaxshi bo‘lsa ham ko‘ziga "yetarli emas"dek ko‘rinadi, demotivatsiya bo‘lib battar tushkunlikka tushib qoladi. "Falonchi" kabi harakat qila olmayotganidan siqiladi va hkz. ⚪️ Ho‘sh aslida sog‘lom va to‘g‘ri rivojlanish uchun yechim qanday? Yechim: Rosululloh alayhissalotu vasallam, sahobalar, salafi-solihlar qilgan ishni qilish, ya‘ni kechagi kuni bilan bugungisini taqqoslash! 🔸 Qachon biz o‘z holatimizni boshqa "muvaffaqiyatli" shaxslar bilan emas, balki "Kecha qanday edim-u, bugun qandayman?", "Bugun nima yaxshi amal qildim/yangi narsa o‘rgandim yoki o‘rgatdim/kechadigan necha sahifa ko‘proq kitob o‘qidim/oyat tilovat qildim?" qabilidagi o‘lchov bilan solishtirishni yo‘lga qo‘ya olsak, shundagina hayotimizdagi progress bizga ko‘rinadi. ✅ Ishimizdan, maqsadli ravishda yurishimizdan zavqlanamiz, miyamiz esa bu holatda dofamin va serotonin garmonlari ishlab chiqaradi, stress garmonlari miqdori keskin pasaydi, sog‘lom rag‘bat uyg‘onadi Allohning fazli bilan. P.s: Yaqinda muslimalar uchun bo‘ladigan loyihada mavzuni yanada batafsil yoritaman in shaa Allah. ©Fathiyya Nabijon @fathiyyanabijon #fathiyyasthoughts
Mostrar todo...

Photo unavailableShow in Telegram
"Vaqt betaraf bo'lmaydi, yoki senga yaqin do'st, yoki ashaddiy dushman bo'ladi" #mutolaadan
Mostrar todo...
Alloh yo'lidagi birodar deganda nimani tushunasiz o'zi..?! Bir dardni ko'tarib yurgan ikki inson emasmidi birodar degani..?! " Senda men bor - menda sen, ikkimizda esa Alloh bor " degani emasmidi birodar..?! Qo'lidan mahkam tutib "sen bilan Jannatlarda ham" degani emasmidi birodar..?! " Seni Alloh uchun yaxshi ko'raman " deysiz, " Alloh yo'lidagi birodarim " deysiz, Lekin, hech o'ylaysizmi " bir kun kelib Robbim uni mendan so'roqlasa, Alloh'ga nima deyman " deb..?! Balkim, birodaringiz sizga o'z tashvishlarini aytishdan andisha qilar! Ko'zlaridan, ovozining ohangidan anglamas ekansiz holatini, unda birodar emassiz..! Shuni unutmang-ki " Seni Alloh uchun yaxshi ko'raman " deyish, shunchaki bir satr chiroyli so'zdan iborat emas! "Birodarim" degan so'zingiz ustida ham so'ralasiz! Vijdoningizga savol bering, " o'zi unga birodarlik qila oldingizmi " hech..?! Ey Alloh yo'lidagi birodarim mayli mendan qancha uzoq bo'lsang bo'l, sabr qilaman, lekin, iltimos hamisha Alloh'ga yaqin bo'l... " Ishonch " nomli qanotlaringni menga qalqon qil, dunyoning shavqatsiz nayzalaridan asra meni... © al-harara
Mostrar todo...
Tez qoshilamiz hoptimi^_^ Yoz keldi hammaga oqishdan dam vaqtni bekorga kanditsoner tagida uyqu bilan sarflamang, boldi endi nafsingizga qarshi turishni ham o'rganing qizlarim... inshaAlloh ikki dunyoyimiz uchun foydali ilm bersin Allohumma amin.
Mostrar todo...
🌷 Vebinar haqidagi asosiy ma'lumotlar: 1⃣ Bu vebinar kimlar uchun? - Qur‘on yodlashni endi boshlagan/boshlayotgan yoki boshlashni niyat qilayotganlarga ✔️ - Hozirda tajvid ilmini o‘rganayotgan muslimalarga ham qat‘iy tavsiya etiladi, sababi tajvidni o‘rganib bo‘lgach ular eng kamida 30-juz ya‘ni "Amma" porasidan kichik suralarni yod olishadi. 2⃣ Vebinarning narxi qanday? - Biz narxni maksimal darajada barchaning sharoitiga muvofiq bo‘lishi uchun 79.000 so‘m deb belgiladik ✅ 3⃣ Imtiyoz yoki chegirmalar bormi? - Albatta, yuqoridagi postni eng kamida 3ta guruh yoki kanalga (agar biror telegram kanal admini bo‘lsangiz) yuborib bizga screenshot yuborsangiz vebinarni chegirma narxida 79.000 emas, balki 59.000 so‘mga harid qilsangiz bo‘ladi ✅ 4⃣ Qachondan qachongacha davom etadi? - Rasmiy start - 14 iyun, 2022 yil Vebinarning sotuvi ham, chegirmasi ham 25 iyun, 2022 yilga qadar davom etadi, undan so‘ng esa maktabimizning boshqa loyihasi boshlanishi sababli sotuv to‘xtatiladi. ❕Bordiyu qayta sotuvga chiqsa ham, oldingi narxidan qimmatroq bo‘ladi. 5⃣ Mana shu vebinardan keyin xotiram yaxshilanib zo‘r yodlab ketamanmi? - Barchasi avvalo Alloh Taoloning fazliga, undan keyin o‘zingizning harakatingizga bog‘liq. Vebinarda hech qanday "sehrli tabletka" berilmaydi, shunchaki agar o‘rgatiladigan usullardan foydalansangiz/amal qilsangiz/ixlosli bo‘lsangiz, Allohning marhamati ila Qur‘onni yaxshiroq/tezroq/samaraliroq yodlay olasiz biiznillah! 6⃣ Vebinar qanday shaklda bo‘lib o‘tadi? - Barchaga qulay bo‘lishi uchun vebinar videoyozuvi alohida yopiq telegram kanalga yuboriladi va start kunidan boshlab 2 oy davomida qayta eshitish va konspekt qilish mumkin bo‘ladi ✅ 7⃣ Men Tajvidni bilmayman, vebinarda qatnasha olmaymanmi? - Agar yaqin kelajakda tajvid o‘rganish va Qur‘on o‘qish/yodlash maqsadingiz bo‘lsa narx arzon ekanligida vebinarni olib, o‘qib-o‘rganib, ma‘lumotlarni o‘zingiz uchun konspekt qilib saqlab qo‘ysangiz faqat va faqat foyda 😉 Yozilish uchun: @Fathiyyas_manager ga murojaat qilsangiz bo‘ladi 🤗 @bu_ummatning_qizlari_maktabi
Mostrar todo...
"Bu ummatning qizlari" maktabi

​​🌷​​"Qur‘on qalblar bahori" vebinarida siz nimalarni o‘rganasiz? Vebinar uch bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim Qur‘on yodlash yo‘liga safarga chiqayotgan muslima uchun zarur bo‘lgan bilim va to‘g‘ri/samarali usullar haqida muhim ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1⃣ bo‘lim: - Amallar niyatlarga bog‘liqdir - Ogohlik - Va‘da qilingan mukofotlar 2⃣ bo‘lim: - Nimadan boshlash lozim? - Noto‘g‘ri va effekti kam usullar - Eng samarali ikki metod (Bu bo‘lim eng asosiysi - vebinarning qalbi hisoblanadi. Unda siz an'anaviy tarzda sanoq qilib, katta miqdordagi kuch va vaqt sarf qilmasdan, qanday qilib qisqa vaqt ichida ko‘proq va effektivroq yodlash usullarini o‘rganasiz biiznillah) 3⃣ bo‘lim: - To‘siqlar - Doimiy motivatsiya 🎁 Vebinar so‘ngida esa barcha uchun qiziq va dolzarb bo‘lgan mavzu - ⢈⡅⠑⣄⢠⡒⠸⢨⣄⠑ ⡊⢠⡠⠖⡑⠉ ⠸⠒⣈⢤⠜⠒⢢⠨⢠⡢ haqida bonus ma'lumot va tavsiyalar bo‘ladi! ▫️Start - 14 iyun, 2022 yil ▫️Sotuv yopilishi - 25 iyun, 2022 yil ▫️Dostup - 2 oy ▫️Narx - chegirmada 59.000 so‘m Murojaat uchun: @Fathiyyas_manager…

Dunyodagi eng og'ir urush - bu g'urur va muhabbat urushidir. Bu urushda ikkovi ham mag'lub. G'olib esa vaqt... Mustafo Mahmud
Mostrar todo...
Eng ko'p muhabbat qo'ygan narsangiz bilan sinalasiz! Muhabbatingiz Allohga bo'lsin...
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.