cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yetakchi kundaligi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
7 290
Suscriptores
-724 horas
-297 días
-21930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Viloyat hokimining yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Kuni kecha Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Pastdarg‘om tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda hokim tumandagi yoshlar muammolarini bartaraf qilishdagi masalalarga to‘xtalib, yetakchilar uchun muammoli jihatlar sektor rahbarlari ishtirokida muhokama etildi. Shuningdek, yetakchilarning faoliyati va sohaga doir taklif va tashabbuslari tinglanib, Pastdarg‘om tajribasi sifatida qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirildi. #OchiqMuloqot Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Mostrar todo...
👍 8
02:05
Video unavailable
Yoshlar yetakchilari uchun Bo‘stonliqda seminar tashkil qilindi. Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Mostrar todo...
TORABE.mp412.97 MB
👍 8
00:39
Video unavailable
Yoshlar yetakchilari uchun oromgoh, natijalar qanday? Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan 3 kunlik seminar yoshlar yetakchilari uchun nihoyatda manfaatli bo‘ldi. Oromgohda har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan mahallada yoshlar bilan ishlash bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi. Bu kabi o‘quv oromgohlari yoshlar yetakchilari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning professional rivojlanishiga va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 🤝O‘z mahallasida tizimli faoliyat olib borayotgan va seminarda faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Seminarning navbatdagi ishtirokchilari Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining yoshlar yetakchilari. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Mostrar todo...
IMG_4005.MP414.05 MB
👍 23
Photo unavailable
#yetakchi_tajribasi ✨ Bir liderning oʻn yutugʻi
O‘lmasjon Pardayev – 30 yoshda, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Bo‘ston” mahallasi yoshlar yetakchisi. 2023-yili “Eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibi. 30-iyun Yoshlar kuni arafasida faol yosh sifatida e’tirof etilib, “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
“Karving” – meva va sabzavotlarda gulli shakllar yasash O‘lmasjon Pardayevning hobbisi. Bu san’atni mahalladoshlariga o‘rgatib kelmoqda. “Umid uchqunlari” loyihasini yo‘lga qo‘yib, 11 nafar imkoniyati cheklangan yoshning uyiga borib “karving” san’atini o‘rgatib kelmoqda. Bu orqali yoshlar bandligi ta’minlanib, daromad topishi ham mumkin. – Kelgusida bu loyihani yanada rivojlantirib, imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand nogiron yoshlarga uyida turib kasb o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilganmiz, – deydi O‘lmasjon. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/bir-liderning-on-yutugi Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Mostrar todo...
👍 40 1
Photo unavailable
🎉 Bugun Alisher Sa’dullayevning tavallud ayyomi! Shu munosabat bilan barcha tuman, shaharlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari Sizga oilaviy va kasbiy muvaffaqiyatlar hamrohligini, orzular ro'yobini tilab, tavalludingiz bilan tabriklaydi. Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas'uliyatli va sharafli faoliyatida g‘ayrat va shijoat hamroh bo‘lsin! Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Mostrar todo...
👍 174🎉 51 5🔥 1
Photo unavailable
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Muminov Abdulaziz Majid o‘g‘li — Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Abdulaziz Muminov tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Markaziy apparat inson resurslari boshqarmasi rahbari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Abdulaziz Muminovni yangi masʼuliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz! #tayinlov Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Mostrar todo...
👍 61👌 2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Yoshlar yetakchilari uchun navbatdagi o‘quv-seminari boshlandi ⚡️Yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarning navbatdagi mavsumi Toshkent viloyatidagi “Yoshlar oromgohi”da start oldi. 📑Joriy yilning may oyida mazkur o‘quvning 1-2-mavsumlari haqida xabar bergan edik. Bu mavsumda Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining 437 nafar yoshlar yetakchilari o‘qitiladi. Oromgohda, soha mutaxassislari tomonidan yoshlarga yer ajratish, liderlik qobiliyatini shakllantirish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, zamonaviy kasblarga o‘qitish, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish kabi bir qator yo‘nalishlarda o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Mostrar todo...
👍 25 1
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Bugun loyihalar yuzasidan muloqot qilsak nima deysizlar? Mavzu: o'zbek va xorijiy tillarni rivojlantirish, o'quv markazlari bilan hamkorlik, "Kelajak kasblari" loyihasini davom ettiramizmi?
Mostrar todo...
👍 38🔥 3🤩 1👌 1
Photo unavailable
#yetakchi_tajribasi 🔥 Poliglot yetakchi
Buxoro shahridagi Furqat mahallasi yoshlar yetakchisi Bobur Qudratov bugun o‘z mahallasidagi xulq-atvorida kamchiliklari bo‘lgan, sho‘x, qiziqqon va agressiv fe’l-atvordagi yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga harakat qilib, ularni kitobxonlik, turli xil sport musoboqalariga, xorijiy tillarga qiziqtirishga bor kuch-g‘ayrati bilan intilib, kasbdoshlariga ibrat bo‘lib kelmoqda.
Parviz Ashurov xulqi tufayli “qizil” toifaga kiritilgan edi. Yoshlar yetakchisi uning qiziqishlarini o‘rganib, sportga jalb qildi. Hozir Parviz yaxshi tomonga o‘zgargan, jamoat ishlarida faol. U mahallalar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka va armrestling musobaqalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Parviz Bobur Qudratov ko‘magida “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali ingliz tilini o‘rgana boshladi. Aytgancha, yoshlar yetakchisining o‘zi ham 4 ta tilda erkin muloqot qila oladi. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/poliglot-yetakchi Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Mostrar todo...
👍 14🔥 1
Repost from Alisher Sadullaev
Ko'pchiligimiz "yoshlar uchun ko'rishga arzirli kinoseriallar kam, deyarli yo'q" deb ta'kidlaymiz. Aynan shu gapni bir guruh yosh ijodkorlar ham yaqinda qabulimga kelishganda aytishgandi. Ularga javoban "shu seriallarni o'zinglar olinglar, biz yordam beramiz degandim". Chunki har doim men yoshlarning yechimning bir qismi ekanligi, ba'zan katta-katta og'riqli muammolarni yoshlarning o'zlari mustaqil yecha olishlariga ham ishonaman. Xo'sh, natija nima bo'ldi? Menga ham bu juda qiziq. Yosh ijodkorlar o'zlari tasvirga tushirgan veb-serialning "trailer"ini e'lon qilishibdi. Bahoni men emas, Sizlar beringlar. Izohlarda ilk taassurotlaringizni bo'lishing. Yaxshimi, yomonmi yosh ijodkorlar mehnatiga baho bering. Sizlardan umidimiz katta. Serialni ko'rish va izoh yozib qoldirish uchun: https://youtu.be/SS91CzHnhug?si=CO1R8z_HEh7BKZMe
Mostrar todo...
👍 7🔥 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.