cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bonu Sayyid

•Mohinabonu Saidumarova✨ • Turkiya Karabuk davlat univeri talabasi Murojaat uchun: @bonusayyid1 (Reklama almashilinmaydi, joylanmaydi) ! Postlar manbaa bilan olinsin

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 560
Suscriptores
-124 horas
+67 días
+9730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Yozish ishlari boshlandi manda. Yarimi turk tilida, yarimi o’zbek. Turk tilida yozish ko’nikmamni ham shakllantirish kerak✨ @sokinlikuzra
Mostrar todo...
26🔥 2
Hayotdagi qo’rquvlar va ularni yengish Odatda har birimizning hayotimizda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan narsalarga oldindan qo’rquvimiz bo’ladi. Va bu har kishida juda turli xil. Biror kim qo’rquvi pulsiz qolib ketish bo’lsa, boshqamizda yaqinimizni yo’qotish va shu ka’bilar. Va aynan shu qo’rquvlarimiz, qaysidur shaklda hayotimizda namoyon ham bo’ladi. O’ylab qoldim, balki biz ular bilan oldindan yuzlashishimiz kerakdur? Masalan deylik, bir nechta katta qo’rquvlarimizni yozamiz. Va avvalo bularni boshimizga kelmasligi uchun nima choralar ko’ra olishimizni yozamiz. Keyin esa, mabodo kelib qolsa, undan qanday chiqish yo’llari borligini (yechim) bir-ma bir yozib chiqamiz. Chunki biz aynan o’sha qiyin vaqtlarga tushib qolganimizda odatdagidek fikrlay olmay qolamiz. Natijada bu vaziyatdan tezroq chiqishimiz qiyinlashadi. Har biri uchun oldindan yechim yozib chiqsak, u narsalar aslida juda ham qiyin emasligi, har bir ishda yechim borligi borasida miyamizga signal yaxshigina boradi. Mabodo shu holga tushib qolsak ham, yozganimiz chiqish yo’llari ila to’g’irlanishga urunamiz. @sokinlikuzra
Mostrar todo...
7🔥 2
30 kun davomida yozish Ko’pincha yaxshi yozish uchun nimadan boshlash kerakligini bilolmay qolamiz. Shaxsan o’zim, 5,6 yil avval boshqalarni kitobga yozgan taqrizini o’qib, men yozganim qanday sayoz ekanidan uyalib ketardim va aynan shu sabab blogimni o’chiraverardim. Biroz ustimda ishlab olib, keyin bittada zo’r yozib ketish uchun. Ammo yozmay turib, faqat ma’lumotni ko’paytirish, ilm olish ila bu narsa shakllanib qolmas ekan. Keyin esa shunchaki yozaverishga o’tdim. Boshida faqat kitoblarga taqriz yozgan bo’lsam, sekin asta hayotimdan darslarni ham yoritib bordim. Bu ishdagi amaliy sahifam @bookgeek_uz bo’ldi asosan. Keyinchalik Bonu Sayyid ochilib, erkin ravishda qaydlay boshladim. Sekin-sekin yozish qobiliyatim rivojlanib bordi. Orada bir qancha vaqt varroq qoralamay qo’ysam, yana tushib ketaverardi. Hozir ham ancha tushgan. Shu sabab o’zim uchun bir challenge qilmoqchiman. U qanday? • 30 kun davomida ozginadan bo’lsa ham, kun bo’yi nima qilganim yoki nimalarni his qilganimni yozish. Imkoni boricha buni daftarga qoralash. Agar bo’lmasa, telefon ham bo’ladi. Zo’r yozilgan bo’lishi yoki ko’p bo’lishi shart emas. 3,4 gapdan bo’lsa ham, asosiysi yozishim kerak. Bu manga nimalarni beradi? • Birinchi navbatda yozish ko’nikmam shakllanadi; • Ichimdagilarni yetkazib berish qulaylashib boradi; • Jumlalar tuzishim yaxshilanadi; • Hamda keyin yozganlarimni o’qib, o’zimga xulosalar chiqara olaman. Shu bilan bir qatorda: Har kuni kamida 3 sahifa kitob o’qib borish. O’qimay faqat yozilaverilsa, natija yaxshi bo’lolmaydi. Biz mutolaa qilganimiz sari jumlalarimiz ravonlashib boradi, fikrlash doiramiz kengayadi. Yozganlarimizni o’qish yana-da qiziqlashadi. Ko’pincha mandan “blogni qanday boshlab olishim kerak (ayniqsa kitob blog) degan savollar keladi. O’ylashimcha ana shu savollarga ushbu ikki oddiygina uslub yaxshi yechim bo’la olsa kerak. Asosiysi to’xtamaslik, uyalmaslik, odamlardagi ortiqcha gaplarga e’tibor qaratib qo’ymay, shaxsiy chegarani belgilab olib yo’lda davom etish. Bugundan manda yozish ishlari boshlanadi. Natijalarni esa bo’lishib boraman.@sokinlikuzra
Mostrar todo...
24🔥 3
“O’tin yonar kul bo’lur, Odam yonar qul bo’lur”. Inson dardlar, sinovlar ichida yongani sari asl qulligi tomon yuzlanadi… @sokinlikuzra
Mostrar todo...
18🔥 3
Baxt - biror nimalarga sohiblikda emas, baxt - qanoatda… Inson qachonki qo’lidagiga qanoat qila bilsa, u baxtlidir. Baxtli bo’lishimiz uchun nimadurlarga erishgan bo’lishimiz shart emas, har turli holimizda biz uni o’zimiz kashf eta olamiz. Baxtsiz ekanimiz esa, hayotimizdagi baxtlarni farq eta olmasligimizdandir. O’zini eng baxtsiz deb sanagan inson ham aslida yetarlicha baxtga sohib. Faqat uni farqiga bora bilish buyuk mahorat talab etadi. Har kimning baxtlilik tushunchasi turli xil. Chunki har birimizning hayotimiz va sinovlarimiz ham turli xil. Birov baxt deb hisoblagani, katta ehtimol ila bizga tushmaydi. Shu uchun ham boshqalarning baxt deb bilganlari ketidan yugurish emas, o’zimiznikini topish asl ishimiz. @sokinlikuzra
Mostrar todo...
20🔥 6
Inson avvalo o’zi o’ziga yordam berishga intilmasa, boshqalarning yordami ma’nosiz. Gaplar shunchaki havoda qoladi. @sokinlikuzra
Mostrar todo...
24
Yoshlikdan onam doim biror o’quv markaziga darsga jo’natardilar. Kechgacha dars bo’ladigan maktabda o’qisam ham, qo’shimcha biror to’garakka albatta borar edim. Raqs, gimnastika, vokal darslariga ham borib, ko’plab yutuqlarga ham erishgandim. Onam shu holda yangi narsalarga, ilmga qiziqishimni ta’minladilar. Keyinchalik esa o’zim har turli yo’nalishga qiziqib, o’qib ko’rdim. Dizayner bo’lishni juda istar edim. Lekin uydagilar shifokor bo’lishimni xohlashardi. Kollejga dizayn yo’nalishiga o’zim berkitib xujjat topshirib keldim. Ammo u yerdagi ta’lim sababmi dizayndan ko’nglim qoldi. Qo’shimcha tarzda har kun kechki payt bir univerdagi dizayn darslariga borishni boshladim. Ertalab kollejda, kun ora matematika va ingiliz tili qo’shimchada, kechki payt esa o’sha univerda. Keyin birdan dizayn yo’lida ketishni istamadim. Medga kirishga tayyorlanish, keyin Italiya univeriga kirish (xalqaro aloqalar yo’nalishi), keyin umuman yo’nalishni yana o’zgartirib, Turkiyaga ketish ro’y berdi. Va orada yana boshqa turli darslar; Endi esa, ota uyimdan ketishimga juda yaqin qolsa-da, oxirgi zimmalaridagi ishni qilgan holda, o’zim oldin juda istaganim kiyim dizayni yo’nalishida o’qitishmoqda. Chindan ham onaning farzandga hissasi, ta’sir doirasi juda katta. Hozirgi Bonu bo’lishim ham onamning shuncha harakatlari natijasi aslida… @sokinlikuzra
Mostrar todo...
47🔥 2
Har kimning dardi, og’riqlari barmoq izi kabi. Biri boshqasiga o’xshamaydi. @sokinlikuzra
Mostrar todo...
33🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
Ma’no: Holing ne bo’lsa, mijozi sen bo’lding, Nuqsonni adl-i ilohiy (ilohiy adolat) danmi bilding? @sokinlikuzra
Mostrar todo...
23🔥 4
Aslida, qiz bola uchun qilinadigan eng yaxshi sarpo, uning ta’limiga yillar davomida kiritib kelingan doimiy investitsiya. Boshqa turli narsalar emas. Pulga sotib olinadigan u matohlar zamoni o’tishi, eskirishi, lat yeyishi mumkin. Ammo ilm qoladi va nasldan naslga o’tib ham keladi. @sokinlikuzra
Mostrar todo...
43🔥 14
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.