cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TOSHKENT SHAHAR QURILISH BOSH BOSHQARMASI

Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi rasmiy kanali Murojaat uchun telefon: +998 55 512-10-01 (120)

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
485
Suscriptores
Sin datos24 horas
+17 días
+130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#SAYYOR_QABUL Mazkur qabulda tumandan murojaat bilan kelgan 15 dan ziyod fuqarolar muammolari mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati yer uchastkasini xususiylashtirish, rekonstruksiya qilish hamda qo‘shnilar roziligisiz qurilayotgan obyektlardan iborat bo‘ldi. Ana shunday murojaatlardan biri tadbirkor tomonidan qurilayotgan obyektda loyihadan tashqariga chiqish holatlari kuzatilayotgani to‘g‘risidagi shikoyat bo‘ldi. Mazkur masalaga mutaxassislar oydinlik kiritib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilishi yuzasidan tavsiyalar berishdi. Shuningdek, har bir fuqaroga alohida yondashilgan holda, mutasaddilar tomonidan ularning hech qaysi murojaati nazoratsiz qolmasligi taʼkidlandi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Mostrar todo...
#Onlayn #SAYYOR_QABUL Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Mirzo Ulug'bek tumani, "Yalang'och" mavzesi hududidagi fuqarolar qurilish bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Mostrar todo...
SAYYOR_QABUL.mp440.83 MB
#Onlayn #SAYYOR_QABUL        Ayni damda Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumani, "Yalang'och" MFY binosida boshlangan Sayyor qabulda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i  o‘rinbosari – shahar bosh arxitektori Shavkat Dusmuxamedov hamda bir qator mutasaddi tashkilot rahbar va masʼullari ishtirokida hududdagi qurilish bilan bog‘liiq  aholi murojaatlari o'rganilmoqda. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣 DIQQAT, EʼLON! TOSHKENT SHAHRINING MIRZO ULUG'BEK TUMANI AHOLISI DIQQATIGA! ❗️Sizda qurilish-pudrat tashkilotlari yoki qurilishga oid boshqa muammo va takliflaringiz bormi? U holda sizlarni 21-iyun sanasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumani, "Yalang'och" MFY binosida, soat 10-00 da boʻlib oʻtadigan Sayyor qabulga taklif etamiz! Sayyor qabulda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Kadastr agentligi, Toshkent shahar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mutasaddilari ishtirok etishadi. 📍 Mirzo Ulug'bek tumani, "Yalang'och" mavzesi, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 415G-uy, "Yalang'och" MFY binosida Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Mostrar todo...
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oliy himmat” MFY, Neʼmat berk ko‘chasi, 32A-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari quyidagilarni maʼlum qiladi: Unga ko‘ra, yuqoridagi manzilda qurilish olib borayotgan obyekt fuqaro Bo‘tayeva Maxsuda Qo‘zibayevnaga tegishli bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek tuman qurilish bo‘limining 2023 yil 15 avgustdagi 1726269-126017-sonli bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish uchun tegishli ruxsatnoma berilgan. Mazkur ruxsatnomaga muvofiq, 2023 yil 25 avgustdagi 1726-1726269-73743-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART) hujjati hamda "Sharqevroproekt" MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan dastlabki eskiz loyihasi ishlab chiqilgan. Shu bilar birga, o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organi tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda 2023 yil 22 sentyabrdagi 95161354-sonli ijobiy xulosasi kelishib berilgan. Shuningdek, ushbu obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilganligi hamda Toshkent shahar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar bosh boshqarmada mavjud emasligini bildiramiz.
Mostrar todo...
#Murojaat_va_yechim Ayni kunlarda barcha jabhalarda qurilish ishlari avj pallasiga chiqqan bir paytda aholi ham o‘z xonadonlarida qurilish va qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda. Mazkur qurilish jarayonlarni amalga oshirishda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish va turli tushunmovchiliklarga yechim topish maqsadida aholi har hafta Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida tashkil etiladigan fuqarolar qabuliga yig‘ilishdi. Unda mutaxassislar tomonidan aholining qurilishga oid 15 dan ziyod muammolari tinglandi va ularga huquqiy tushunchalar berildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Mostrar todo...
FUQARO QABULI.mp419.51 MB
👍 1
01:04
Video unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi Qurilish maydonidagi balandlikda amalga oshiriladigan ishlarda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik, ayanchli oqibatlarga olib kelishini unutmaslik lozim!
Mostrar todo...
Қурилишда техника хавфсизлиги.mp418.17 MB
Давлатимиз раҳбари туман ва шаҳарларнинг мастер режаларини ишлаб чиқишга оид тақдимот билан танишди. — Глава нашего государства ознакомился с презентацией по разработке мастер-планов районов и городов. #Mirziyoyev #taqdimot #hududlar #masterreja Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
#Bu_qiziq “Sanjay Puri architects” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tijorat binolari dizayni Mumbaydagi mashhur arxitektorlardan sanalgan Sanjay Puri va Nina Puri boshchiligidagi “Sanjay Puri Architects” kompaniyasi Hindiston me’morchiligining mukammallik va innovatsiyalar timsoli hisoblanadi. Ushbu taniqli kompaniya o‘z nomini arxitektura olamining elitasi qatoriga kiritgan bo‘lib, ular tomonidan yaratilgan loyihalar o`zining ta’sirchan va yorqinligi bo‘yicha ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kuritgan. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 Telegram| Instagram
Mostrar todo...
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.