Ralibro
Ir al canal en Telegram
Ralibro - His-tuyg'ular, kitoblar va pedagoglar burchagi 🤍 - kitoblar - iqtiboslar - ta'limiy metodlar - subyektiv fikrlar - qalb istaklari Study blog & lifestyle blog 📱Instagram.com/ra.libro
Mostrar más270
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-5330 días
Archivo de publicaciones
270
#8_2026
#kitob_yakunlandi
#finished
🗓 01.08.2026 21:42
M.Bulgakov qalamiga mansub "Usta va Margarita" nomli asar qizgʻin fikrlar bilan yakunlandi. Anchagina savollar, mulohazalar girdobida qoldiradigan, oʻqigan sari "Nega? Nega bunday?" degan savollarni oʻzingiz va yozuvchiga juda koʻp berishga majbur qiladi. Voland (Iblis), Begemot, Korovyov, Usta, Margarita, Ponti Pilat, Iyeshua Ga-Notsri (Iso a.s), Leviy Matvey va yozuvchilar bu asarning qahramonlari hisoblanadi...
Aslida bu asar oʻtkir satira va falsafiy asar boʻlib, oʻta chuqur maʼnolarni oʻzida jamlagan. Yaxshigina tafakkur qilishga chorlaydi...
Asar insoniyatning Robbisiz, e'tiqodsiz va ma'naviyatsiz yashashga urinishi qanchalik fojiali tugashini, qo'rquv insonni qanchalik harob qilishi va baribir ezgulik hamda haqiqat, sof muhabbat har qanday tuzum, yovuzlikdan baland turishini ko'rsatib beradi. Asarga islomiy jihatdan emas, dunyoviy jihatdan yondashib oʻqishga toʻgʻri keladi...
Oʻqing! Zero, har narsada hikmat yashirin.
@ralibro
270
#shunchaki_emas
Odamlarni ongi shunchalar pastki, 21dan oshib 22ga qarab ketyotganingda "qachon erga tegishing" muhim. Bo'lmasa, "hech kim olmasmish", "iye nega" deb sõrasang, "qari qiz yoki bu " qiz bola" emas-da" deyisharmish😂
Tupizm😂
Asabim buzildi-yu, lekin hayot faqat erdan iborat, bola tuğishdan iborat deganlarga achinaman...
Ehh, bechoralar...
Aytgancha, õqigan, ishlagan, tõğri oyoq bosib yurgan qizdan havotir olmangizlar, ularam vaqti kelsa ERGA TEGADI!
Tavba...
@ralibro
270
#happiness
Ochigʻini aytay, judayam xursand boʻldim🥰
"Oddiy rasm-ku" deyishingiz mumkin, ammo men uchun bu judayam qadrli. Borish nasib qilmadi baʼzi sabablarga koʻra, ammo profilimiz yetibdi😁
@Tojimurodova_Xurshida_Rashidovna rasm va quvonch uchun rahmat! Alloh sizni ming chandon koʻproq xursand qilsin, eʼtibor uchun tashakkur ❤️
@ralibro
270
#shunchaki
Bu pechenyening õz tarixi bor...
Judayam-judayam tili biyron qizaloq bõlganman bolaligimda. Aynan shu pechenyelarni ayniqsa, mayda bõlaklisini sevardim.
Bolaligimda buni õrtasini ochib keyin yerdim va doim shu pechenyeni sõrardim😁 Momamning erkatoyi bõlgan ekanman-da😁
Nomini õz tilimda qiziq nomlagandim: "Ochilib-yopiladigan pechenye".
Ochilib-yopiladigan pechenyeni soğindimmi, bolaligimnimi...
Bilmadim)
@ralibro
270
Repost from «ПсихоБлог»
Хўш!
Қуйидаги лайфхак фақат non-fiction китобларга таалуқлидир:Менинг шахсий тажрибамга кўра, ҳақиқатан ҳам фойдали non-fiction китоблар сизга ҳеч нарсани ваъда қилмайди. Аксинча, кўпинча фақат совуқда ўтин бўлишга ярайдиган китобларгина «бахтли бўлиш», «бой бўлиш», «омадли бўлиш» ёки «соғлом бўлиш»нинг тайёр формуласини ваъда қилади. Бир нарсани билиб қўйиш керак: бахтли ёки омадли бўлишнинг универсал формуласи мавжуд эмас. Буни бирорта китобдан ўқиб тўлиқ ўзлаштириб ҳам бўлмайди. Чунки инсон ҳаётига жуда кўп омиллар таъсир қилади. Қайси мамлакатда туғилганингиздан тортиб, қандай муҳитда улғайганингиз, қандай имкониятларга эга бўлганингиз ва ҳатто исмингизгача маълум даражада таъсир кўрсатиши мумкин. Агар китоб ўқишнинг ўзи инсонни бахтли ёки омадли қила олганида эди, Ер юзида энг бахтли одамлар доим китоб ўқийдиган инсонлар бўлиши керак эди. Аммо ҳаётда бундай эмас. Яхши non-fiction китобларнинг яна бир муҳим белгиси шуки, улар ўз даъволарини илмий тадқиқотлар билан асослашга ҳаракат қилади. Кўпинча муаллифлар фойдаланилган манбалар ва илмий ҳаволаларни келтиради. Бу эса ўқувчига маълумотларни мустақил текшириш ва танқидий баҳолаш имконини беради. @psixobloguz
270
Savollar, takliflar, shikoyatlar, aytilmagan gaplar uchun (barchasi anonim bóladi):
http://t.me/anonaskbot?start=jvgamwfj451t2yip
@ralibro
270
Repost from Ralibro
#work_time
🔴 DIQQAT 🔴
Qadrli obunachilarim! Agar sizga maqola yozish va uni jurnallarga chiqarish xizmati kerak bo'lsa, siz eng to'g'ri manzildasiz! Maqola nega kerak deysizmi? Unda diqqat bilang o'qing:
- Yil talabasi
- Zulfiya mukofoti
- Nomdor stipendiya va turli tanlovlar
- O'qituvchilar uchun ustama va boshqalar uchun, albatta, sizdan ilmiy maqola talab qilinadi.
✅Biz eng hamyonbop va sifatli tarzda maqolangizni ingliz, rus, o'zbek tillarida, ilmiy-akademik tilda yozib beramiz.
🏆Maqolangiz bu sohada tajribali inson
- Prezident granti nomzodi (189 ball egasi)
- Prezident stipendiyasi sovrindori
- Yil talabasi 3x
- Rektor stipendiyanti
- Yoshlar akademiyasi lideri va turli tanlov g'olibasi hamda til sertifikati egasi tomonidan yozib beriladi!
🛑 Shoshiling, bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi!
📩 Murojaat uchun: @Rayxona_Soatova
RALIBRO 🌖
270
#just
#film
Yoz davomida zerikmaslik uchun bir qancha k-drammalar tavsiya qilmoqchiman. Har holda menga ular juda yoqdi.
1. "Haqiqiy ta'lim" k-drammasi. Eng dolzarb mavzu yoritilgan, ayniqsa, ta'lim sohasi vakillariga yoqadigan k-dramma.
2. "Travmatologiya markazi" k-drammasi. Travmatologiya bòlimidagi ekstremal holatlar, insoniylik, jarrohlik, pulga öchlik oqibatlari, uddaburonlik mavzulari judayam chiroyli ochib berilgan.
3. "Quyoshning kunlik ölchami" k-drammasi ("Ruhiy kasalliklar bölimida ham tong otadi" yana bir nomi). Psixiatriya bölimidagi voqealar, ayniqsa, atrofimizdagi odamlarda uchrashi mumkin bölgan psixik buzilishlar, mehr, insoniylik, yangi bilimlar örganishga yordam beradigan ajoyib dramma.
Ishonamanki, bu drammalar asosida siz hech bölmasa bitta bólsa ham nimanidir örganasiz, tushunasiz. Spoyler sifatida bu k-drammalarning asosiy mavzusi sevgi, romantika emas😁
P.s* drammalar @minxo_tv telegram kanali orqali tomosha qilindi.
@ralibro
270
Repost from N/a
#kayfiyat
Ташқарида бугун "Онамол" деган иссиқ бўлади экан
❤️ eshitdizlarmii, problema qilmas ekanmiz🤣
270
Repost from TerDPI rasmiy telegram sahifasi
🎥 Termiz davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan “Bitiruv oqshomi – 2026” tantanali tadbiridan yorqin lavhalar.
🎓 Diplom topshirish marosimi, iqtidorli bitiruvchilarni taqdirlash hamda musiqiy-badiiy konsert dasturiga boy ushbu shukuhli oqshom bitiruvchilar hayotidagi eng unutilmas voqealardan biri sifatida muhrlandi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
