642
Suscriptores
Sin datos24 horas
-57 días
-3930 días
Archivo de publicaciones
642
Esingdami, sen tug’ilgan on?
Barcha xandon edi, sen esa giryon
Shunday yashaginki ketar chog’ingda
Barcha giryon qolsin, sen borgin xandon…
642
Ichimiz ham tashqimiz ham dard bilan to'ldi.
Qani, kim bizni baxtli qilmoqchi bo'lsa, bir qadam oldinga chiqsin)
642
Erning birini ikki qiladigan ayol bu — agar er unga sovgʻa olib kеlsa, sovgʻani pakеtini "kеrak boʻlib qolar" dеb olib qoʻygan ayoldir
Ikrom Sharif
642
Xo‘sh, men nima qilay bundayin tongni,
Sensiz kirib kelar tundayin tongni???
Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o‘ylagan sarim:
Ko‘zlarim qa’rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg‘ularim.
Sensiz on asrlar o‘tganga o‘xshar,
Yer meni o‘ziga yutganga o‘xshar.
Sen tomon o‘tmoqqa imkonim boru,
O‘rtada ajdaho yotganga o‘xshar.
Nima bo‘ldi menga, xayol jontalash,
Majnun belbog‘ining yirtig‘i menda.
Farhod ko‘tarolmay qolgan qo‘shbardosh
Menga, faqat menga, ortig‘i menga!!!
642
Uzilib zil bo‘ldi ko‘nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt:
Mensiz ahvolingga yig‘laymi yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi, ayt?
Mashriqlardan kutib olgali bongni,
Dunyo saf tortadi xushro‘y shaharda –
Men hali o‘nglolmay bu telba ongni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda!!!
642
Mag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o‘tli ko‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Endi esa qondir yuragim.
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
642
Dardlashaylik ko‘ngildan,
Quruq gapni qo‘ysangchi.
Tosh ottilar, sinmadim,
Gul bilan urmasangchi..
Qalbda o‘t, bag‘rim yara,
Ko‘p dardni yengdim, qara,
Haqqimda marddan so‘ra,
Nomardlarni qo‘ysangchi
642
Goho gʼam-anduhdan sochlar oqardi,
Baʼzan orzular deb keksaydi jasad,
Аmmo sevgi doim, doim yoshardi,
Koʼngil goʼdak qoldi abadul-abad!
642
Kel ikkimiz qahva ichaylik,
Qahva mendan manzara sendan.
Dardimizni teng boʼlishaylik,
Yigʼlash mendan qahqaha sendan!
Kelganingda yolgʼiz edim man,
Ketar boʼlsang insof bilan ket,
Manzarangni butun qoldirib,
Yolgʼizligim yarmin olib ket!
Koʼngil asli istamas edi,
Na qahva-yu na qahvaxona.
Koʼngil oshiq istardi balki,
Qahva esa balki bahona!
642
Repost from Maylida endi
• Oxirida nima bo'ldi ?
• Sovchi qo'ydim!
• U rozi bo'ldi
Shunday yakun istaydi kongil.🫀
