cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

FARZAND TARBIYASI

💦Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda. 📞 @Mehrnoz_Saydullayeva

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
5 844
Suscriptores
-524 horas
-517 días
-24530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Бола ўсмирлигида мустақил қарор қабул қилишни ўрганмаса, катта ҳаётда ҳам уни кимдир бошқариши керак бўлади Ўсмирлик йиллари – ота-оналар учун ҳам, болалар учун ҳам мураккаб давр. Бу ёшда фарзандлар ўз фикрини энг тўғри деб ҳисоблашади. Ота-оналар ҳам кичкинтой деб ҳисоблаб юрган боласининг энди ўз фикрини, ўз қарашларини аён қилишларини қабул қилишлари қийин бўлади. Айниқса, фақат боласининг ғамида яшайдиган оналарда бу жараён қийин кечади. Бунда улар ўзларини худди энди боласига кераксиз бўлиб қолгандай ҳис қилишлари мумкин. Болалар ҳам ўзларини ақлан катта бўлгандай ҳис қилишса-да, моддий ва жисмоний жиҳатдан ота-онага тобе бўлиб қолаверади. Барча тушунмовчиликлар шундан келиб чиқади. Ўсмир болалар учун ўзидан бошқа ҳамма ноҳақ. Агар ота-онаси томонидан унинг фикри рад этилса, бола бу фикрда янаям қатъийлашади. Бундай вазиятда ота-оналар унинг фикрини ҳурмат қилишларини сездиришлари ва шунинг баробарида ўйлаган қарорларининг натижаси ҳақида маслаҳатлашишлари керак бўлади. Бунда болага саволлар бериш орқали уни ўйлашга ундаб, тўғри қарор чиқариш имкониятини бериш лозим. Яқинларингизга хам улашинг. https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
FARZAND TARBIYASI

💦Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda. 📞 @Mehrnoz_Saydullayeva

👍 15
VIII asr Islom tamaddunining iste’dodli vakili, tarjimon, kotib va faylasuf Abu Muhammad Abdulloh ibn Muqaffaning “Adab ul vajiz li-l-valadi-s-sag’ir” nomli risolasidan. Ey farzand: Men senga odob namunalaridan egallashing, o‘zingda zaxira qilishing lozim bo‘lgan, hech qanday shak-shubhasiz, sabr-toqat va bor quvvating bilan intilishing shart bo‘lgan vasiyat shudirki, Alloh taoloning rizoligi yo‘lida ijtihod qilgin, Uning yo‘lida xizmat qilishni hamma narsadan afzal ko‘rgin. Chunki “Avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham Uning O‘zidir” . Aql-farosatni o‘z qalbingda mustahkam qilib joylagin, Allohdan qo‘rqishni o‘zingga odat va shior qilib olginki, bugungi azob ertangi rohat oldida arzimas ahamiyat kasb etsin. Zero, qiyomat osoyishtaligini talab qiluvchi aql sohiblari nazdida tez o‘tib ketuvchi mashaqqatning qadri yo‘qdir, boqiy jannatdan umidvor bo‘lgan oqil kishi ko‘z oldida esa foniy kulfat hech bir ahamiyatga ega emas. Har kimki Alloh taolodan qo‘rqsa, taqvoni o‘zi uchun mustahkam qo‘rg‘onga aylantirsa, turli balo va ofatlardan o‘zini ehtiyot qilgan, g‘am-qayg‘uga sabab bo‘luvchi voqea-hodisalardan himoyalangan bo‘ladi. https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
FARZAND TARBIYASI

💦Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda. 📞 @Mehrnoz_Saydullayeva

👍 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
МЕНИНГ ОНАМ ЭНГ ДИЛБАР АЁЛ Олам узра кезиб пиёда, Дўст топмадим ундан зиёда, Ишонмайсиз бу кенг дунёда, Менинг онам энг дилбар аёл. Қошларида қалдирғоч учар, Бизни дея қор , ёмғир кечар, Кўкси узра қуёш нур сочар, Менинг онам , энг дилбар аёл. Сочларида эрир оқ тола, Қийналса ҳам қилмайди нола, Онам борки, мен ҳамон бола, Менинг онам энг дилбар аёл. Қисматига кўниб яшаган, Дардин дилга кўмиб яшаган, Армонларга чўмиб яшаган, Менинг онам , энг дилбар аёл. Бардошига тоғлар бош эккан, Азобига осмон ёш тўккан, Чиройига гуллар тиз чўккан, Менинг онам,энг дилбар аёл. Яширинча ғамларга ботар, Ухламасдан тонглари отар, Юрагимда меҳр уйғотар, Менинг онам , энг дилбар аёл. Садоқату , вафода тенгсиз, Муҳаббати мисоли денггиз, Сўзларимга кўниб хўп денг , сиз, Менинг онам , энг дилбар аёл. Истагим шу , доим чоғ бўлсин, Кўкси доим баланд ,тоғ бўлсин, Минг йилда ҳам , жони соғ бўлсин, Менинг онам энг дилбар аёл. https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
👍 20 8
Photo unavailableShow in Telegram
“Ота ўғлига деди: -Ўғлим, ҳар қадамингни эҳтиёт бўлиб босгин! Ўғил отага жавобан: -Отажон, ўзингиз хушёр бўлинг, мен изингиздан кетаяпман.” Жуброн Халил "Кесик қанотлар" https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
👍 16🔥 2
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Yilning eng yaxshi ona mukofoti))😂 https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
a0a4907dbfcd1cd5c4f801292d357f69d8b6cdce35c93e7b8388f27f6bef33af.mp45.99 MB
👍 39😁 4 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bu mening farzandim... — Bolani ovqatlantirish, kiyintirishning o‘zi yetarli emas. Bu g‘amxo‘rlik xolos, tarbiya emas. Afsuski, ko‘pchilik ota-onalar buni yetarli sanaydilar. — Nima eksang – shuni o‘rasan. Farzandimiz qariganimizda biz unga bolaligida qanday munosabatda bo‘lsak xuddi shunday munosabat bildiradi. — Maktab ta'limi standart fanlarni o‘rganish bilan cheklanmasligi lozim. Bolalar nazariyani yodlagandan ko‘ra amaliyotda va katta hayotda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bilimlarni olishi muhimroq. — Bolaning yomon baho haqidagi kuchli xavotiri ota-onaning bahoga bo‘lgan munosabatinigina aks ettiradi. Agar ota-onalar bolaning o‘qish, sportdagi muvaffaqiyatsizliklariga xotirjam munosabat bildirsa, bolalar ham xatolarini xuddi shunday qabul qiladi https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
👍 17👏 5
01:30
Video unavailableShow in Telegram
#ДАҲШАТ2 ёшлигида соғлом бўлган бола 3 ёшга бориб аутизм касалига чалинган, сабаби ТЕЛЕФОН, ТЕЛЕВИЗОР😱 Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз.
Mostrar todo...
10.43 MB
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Bir ayolning gapi: Namoz oʻqiyotgan edim. Kichik oʻgʻlim oldimga kelib, bir necha marta meni chaqirdi. Shu vaqt ikki yosh katta akasi kelib, uni koyib berdi: “Ikki kishi gaplashayotganida oraga gap qoʻshish – uyat! Koʻrmayapsanmi, onam Alloh bilan gaplashayabdilar axir!” Bu gapdan butun vujudim titrab ketdi. Buyuk Zotning qarshisida turgan ojiz-u notavon banda ekanimni his qildim. Shundan soʻng qachon namozga “Alloh-u akbar” deb takbir aytsam, oʻgʻlimning gapi qulogʻim ostida jaranglab, qalbimdagi gʻaflatni aritadi. ➡️ https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
28👍 17🔥 7😢 5❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼 Болалар хаётдан нимани ўрганишади? Агар болани хар доим танқид килсангиз, у ёмон кўришни ўрганади. Агар бола жанжалда яшаса, агрессив бўлишни ўрганади. Агар болани устидан кулсангиз, у ёпилиб қолади Агар болага таъна қилсангиз, айб ҳисси билан яшашни ўрганади Агар бола чидамлиликда яшаса, бошқаларни қабул қилишни ўрганади Агар бола тўғри-халолликда яшаса, адолатли бўлишни ўрганади. Агар бола хавфсизликда яшаса, бошқаларга ишонишни ўрганади Агар болани қўллаб-қувватласангиз, у ўзини қадрлашни ўрганади. Агар бола тушуниш ва дўстона муносабатда яшаса, у бу дунёда севги топишни ўрганади. Яқинларингизга хам улашинг.
Mostrar todo...
👍 17😢 1
BOLANI BOGʻCHAGA OʻRGATISH! Avvalambor, bolani bogʻchaga berish kerakmi yoki yoʻqmi? 3yoshgacha boʻlgan farzand ona mehriga juda muhtoj boʻlgani va bu yoshgacha boʻlgan bolalarning koʻngilchasini😊 faqat onasi topa olishini hisobga olsak bolani 3 yoshdan soʻng bogʻchaga bergan afzal. Bolani bogʻchaga berishning uning kelajagida ahamiyati katta. Chunki, u bu orqali oʻzining kelajak jamiyati bilan yuzlashadi. Har xil vaziyatlarda oʻzini qanday tutish kerakligini va hatto oʻzini himoya qilishni oʻrganadi. Uyida ovqat yemay xarxasha qiladigan bolalar ham bogʻchaga borgach, ishtahasi ochilib, harakatlari aktivlashgani guvohi boʻlganmiz. Endi farzandni bogʻchaga berishni boshlaganda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari bilan tanishamiz: Eng dastlabki duch kelinadigan muammo bu bola bogʻchaga borishdan bosh tortishi. Buni oldini olish uchun bolani dastlab oz vaqtga masalan, 2soatga bogʻchaga qoʻying va oʻzingiz ham u bilan qoling. Keyin birga qayting. Ertasi kuni oʻzini 2-3soatga qoldiring. Shu tariqa vaqtni uzaytirib borib bolani bogʻchaga qiynalmay oʻrgatasiz. Ammo, bunda koʻpchilik onalar norozi boʻlishi mumkin, chunki aksariyat oʻqiydigan yoki ishlaydigan onalar farzandini bogʻchaga beradi. Farzandni bogʻchaga berishni taʼtil vaqtingizga toʻgʻirlashingiz yoki ular oʻrganib qolgan buvijon yoki enaga yordamidan foydalanishingiz mumkin. Xullas, ilojini topsa boʻladi😊. Xoʻsh tajribali onajonlar, sizda farzandingizni bogʻchaga berishda qanday muammolar boʻlgan yoki boʻlmoqda. Siz bularni qanday bartaraf etish yoʻllarini topgansiz? https://t.me/farzand_tarbiyasida
Mostrar todo...
FARZAND TARBIYASI

💦Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda. 📞 @Mehrnoz_Saydullayeva

👍 11
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.