cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

INFO | School counselor | ZOMIN IMI

Xorijiy davlatlarga hujjat topshirish 🤝 Chet el universitetlari haqida ma'lumotlar👍 Grantlar Tanlov va olmpiadalar 💪 Uzbdagi OTMlarga kirish 🧑‍🎓 Va olib borayotgan ish jarayonlarimiz haqida ma'lumotlar hammasi biz bilan📌 School Counselor: @N_Davronovna

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 196
Suscriptores
-324 horas
Sin datos7 días
+730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

❗️#Tarqating! ⚡️Abituriyentlar uchun eng muhim eslatmalarni yigʻib chiqdik: ⚡️  Test 14-iyuldan 28-iyulgacha 2 ta smenada bo‘ladi. ✔️ Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani oʻzlari uchun foydali. ❌ kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi; 📑 testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi: 1) pasportning originali; 2) abituriyent ruxsatnomasi. ‼️ Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o'tmaydi. Albatta pasportning originali boʻlishi kerak; 👉 abituriyent ruxsatnomasini  @ruxsatnomalarbot orqali yuklab olish mumkin; ☝️abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan boʻladi; 🖨 abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham boʻladi, rangli printerdan chiqarish shartmas; ❗️Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varagʻi bilan almashtirmaslik kerak.🤦‍♂️ Hujjatning yuqori qismida “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” degan yozuv boʻlishi kerak. Koʻpchilik “ABITURIYENT QAYD VARAQASI” degan hujjat bilan adashtirib qoʻyyapti; ✏️ testga ruchka olib borish shart emas, oʻsha yerda tarqatishadi; 👕  testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yoʻq. Abituriyentlar oʻziga qulay koʻrinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas; 👉 Joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball. Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi. 3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat); 2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat). ✅ Jami: 180 daqiqa (3 soat). 📹 test jarayonlarini test2024.uz sayti yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin. 🆗 Eng asosiysi test sinovlaridan qoʻrqmang. Hayajon boʻladi, bu tabiiy, hayajon boʻlgani bir hisobdan yaxshi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yoʻqotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, ichingizda oʻzingiz sevgan duolarni qaytaring, oʻz bilimingizga ishoning. Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilaymiz!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent_ruxsatnomasi
📞 +99891-450-96-16 📞 +99899-580-08-08 Manzil: 📍  "ILM-U ZIYO" oʻquv markazi ✅"Ilm-u Ziyo" rasmiy sahifalari: ✅Telegram |🌐 Instagram | 📹YouTube
Mostrar todo...
🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: Abituriyent ruxsatnomasi berilmoqda
Abituriyentlar ruxsatnomasida: - Тest sinovi topshirish hududi va hududga  kelish vaqti - Test topshirish joyi nomi - Test topshirish manzili - Test topshirish alifbosi - Tanlov ustuvorigi - Тalim shakli va Talim til koʻrsatilgan boʻladi.
❗️Abituriyentlar ruxsatnoma my.uzbmb.uz sayti orqali olinadi!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent_ruxsatnomasi
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Ertangi imtihonda qatnashuvchi abituriyentlar diqqatiga! ❗️“Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan saralash imtihonlari 6-iyul kuni 15:30da boshlanadi. 📌 Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak. ❗️Imtihon ruxsatnomasini shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishni va qog'ozga chop etgan holda ko'rsatilgan imtihon manziliga borishni unutmang. 🎗Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz! 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #imtihon2024 #exam2024 ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
👍 2
#bizda_shunday_o'quvchilar_bor Jizzax viloyat Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 11a-sinf o'quvchisi Akramov Dilshodbek SAT imtixonidan 1260 ballni qo'ga kiritdi. Yaqinda davlat rahbarimiz SAT haqida aytgan fikrlariga isbot. Tabriklaymiz ustoz hamda ota-onasiga. Keyingi qadam sari olg'a.. #zomin_imi
Mostrar todo...
👍 11🎉 6🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ruxsatnomani yuklab olish boshlandi! Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkaziladigan imtihonda qatnashish uchun siz ruxsatnomangiz va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga belgilangan vaqtda borishingiz kerak. 📥 Ruxsatnomani ushbu havola orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, “Permit card” boʻlimidan yuklab olishingiz mumkin: https://admission.newuu.uz ❗️Har bir talabgor imtihonga Ruxsatnoma va Pasport yoki ID kartaning asl nusxasi bilan kelishi shart. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #exam #ruxsatnoma ⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#online Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar va 5/7-singa hujjat topshirgan talabgorlar. Sizlarga ertaga to'liq formatda testlarni online shaklda taqdim qilamiz. Qatnashish istagida bo'lganlar marhamat @Zomin_imi_online ushbu profilga 10000 so'm to'langanganlik chekini tashlab testga qatnashishingiz mumkin bo'ladi. Natijalar kechga e'lon qilinadi. Sizni nazoratingiz ostida farzandingiz test bajarsa va natijasi shu zaxoti olsa bu o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi albatta. Karta raqam: 9860130121537653 Test sanasi: 30.06.2024 Test shakli online. Telegramda Test vaqti. 9:00dan 15:00gacha @zomin_imi
Mostrar todo...
👏 2
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi: 1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; 2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi; 3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi; 4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi; 5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi; 6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi; 7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.  ⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi: 1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish; 2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash; 3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish; 4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish. @alisher_sadullaev
Mostrar todo...
6986619.pdf1.67 MB
🔥 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Эндиликда: - IT соҳасида ўзини ўзи банд қилган ёшларга IT парк резиденти мақоми берилади; - улар уч йил муддатга барча солиқлардан озод қилинади; - IT парк томонидан IT компаниялардаги каби тиббиёт, спорт ва офисдан фойдаланиши учун уларга “ижтимоий карта” берилади; - ёшларни ушбу соҳага жалб қилиш бўйича алоҳида дастур амалга оширилади. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
🤩 2
Mana buni ajoyib yangilik desa bo’ladi.
Mostrar todo...
2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.