cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Мир Венеры💙

Hikoya yozuvchining sirli olami uning qalbi!♡︎ Muallif: #Venera. #Hayot. #Hayot_mazmunim. #Murda_qalblar_shahri. #Sukut_zabon. #Qora_tuynuk #Sukut_va_nafrat #Oğriq... Kanal ochilgan sana: 16.01.2022. Murojaat uchun: @Venera_1106

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
832
Suscriptores
-224 horas
+297 días
+25730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

426sxIkVVgw.mp33.76 MB
🥰 10 3💋 1
Bugun siqilishdan yiroqlashamiz(manimcha hamma siqilib ketti) va biroz romantikaga erk beramiz Kechga yaqin tashiman hikoyani
Mostrar todo...
79🔥 17🥰 10👍 8👏 2
Shoxjahon menga tikilib ötiraverdi Sekin yotoqdan tushib uni yoniga bordim va yoniga ötirdim. Mast ekan! Men ichib olgan odamdan avvaldan qörqqanman, chunki dadam ichib kelsalar meni urardilar. Keyinchalik Shoxjahon sabab battar qörqib qoldim... Chuqur nafas olib unga qarab ötiraverdim. — Bilasanmi...men öylab qoldim. Balki farzandimiz meni gunohlarim uchun tovon tölagandir? - dedi afsus bilan boshini ortidagi devorga suyab oldi. — Qanday? Qanday gunoh?! Gapirishini sabrsizlik bilan kuta boshladim, yana bir haqiqat ochiladimi? — Dildora ön yetti yoshida bir yigit uni sevaman deb aldab har xil suratlarini olgan va bu suratlar bilan pul sörab muntazam tahdid qilib kelgan. Dildora qörqib bizga aytmay unga pul berib yurgan, lekin ohiri bermayman deganida pastkash yigit uni suratlarini maktab guruhiga tarqatib yuborgan. Men unga tahdid qilib suratlarni öchirtirdim, ölasi qilib kaltaklattim, eshitishimcha, men yuborgan yigitlar uni urayotganda beliga qattiqroq zarba tekkan ekan natijada bir qöli ishlamay qolgan. Buni eshitib vijdonim qiynaldi, bir ikki yil ötgach nogironligi uchun ish topolmayotganini eshitib unga ish örni ajrattim. Ammo endi foydasi bormikin?! Keyingisi Dildora mashinada urib yuborgan bir ayol! Men hech unutolmayman, yarim kechasi menga Dildora yiğlab telefon qildi va odam urib, öldirib qöyganini aytti. Shoshib borganimda ayolni hamma yeri qon, bir ahvolda, közlari tashvishli holda ochiq yotgan edi. Tepasida kichik bolasi, ayolni quchoqlab chirqirab yiğlardi, ayolni joni allaqachon uzilib bölgandi! Ayolni tashvishli közlari meni haligacha tushimga kirib turadi... Ösha kuni nima qilishni bilmay qoldim, bir zumda tez yordam yetib keldi. Dildorani ota onasi esa meni nimadir qilishim kerakligini aytishganida, men ahmoqlarcha qölimda ishlaydigan oddiy boğbon kishiga aybni ağdardim. Bu osson bölmagandi. Avtohalokat bölgan joydagi odamlarga pul berib Dildorani körmaganliklarini ayttim. Huddi atay qilgandek u yerda kamera yöqligi ishimni biroz ossonroq qildi. Boğbon kishini barmoq izlari va telefonini mashinaga solib qöydim. Kishi hech kimga aybsizigini isbotlolmay qamalib ketti, uni yosh farzandlari bor ekan ... Har oy uni eshigi tagiga pul va rözğoriga yeydigan narsalar tashlab kelaman lekin baribir ularni otasi bölolmayman. Dadamni buyruqlari bilan, bizdan oshib borayotgan bir kompaniyani yoqib yubordik... Bilasanmi meni boqib olgan oila sabab köp xatolar qildim, gunohga qoldim. Bazan öylab qolaman, balki yetimxonada katta bölaverganimda bunchalik bölmasdi. Olti yil farzandli bölolmaganim bejizga emasdir?! Men sabab nogiron bölib qolgan yosh yigit, yosh ayol, tuhmat sababli qamalgan boğbon kishi va kasotga uchragan kompaniya. Balki farzandimiz ham meni gunohlarim sabab tovondir?! Shoxjahon gapini tugatganida qanday qilib yiğlab yuborganimni bilmay qoldim. Negaa ahir? Farzandim... Bir tomondan bariga Shoxjahon aybdor degan hayol kelsa, bir tomondan unga juda achinyapman. Ahir özi hohlab qilmaganku. Nega taqdir bir yigitga bunchalik köp zarba berganini tushunolmayapman. — Rano - boshini kötarib ikki yuzimdan tutti — Seni ham hayotingni oğriqqa, töldirishni holamayman va hohlamaganman ham. Lekin nima qilay, sen hayotimdagi yagona yoruğliksan! Shoxjahonni gaplari yuragimga qadaldi. Nima bölgan bölsada barini unutgim keldi, garchi buni imkoni bölmasada. Biz köplab xatolar qildik, köp narsalarni boshimizdan ötqazdik... Uni yosh tasirida yanada uzunlashgan kipriklariga, közlariga tikilib turib, hayolimga kelgan ilk ishni qildim. Ilk bor, öz hohshim bilan uni chiroyli lablariga labimni bosdim.
Mostrar todo...
😢 115❤‍🔥 45👍 20 12💋 8😱 4😭 4🥰 2😈 1😨 1😘 1
"Gulirano" Operatsiyadan chiqib baridan habar topganimda özimni tutolmadim. Aqlimdan ayrildim göyo. Alam bilan, shunaqanggi yiğladimki... Men yarmimni yoqottim. U meni yarmim edi, uni qancha orziqib kutgandim ahir. Shifokorlar meni tinchlantirish uchun noiloj ukol qilishgandan keyin Shoxjahonni quchoğida uhlab qoldim. Ölik kabi...qalbi ölgan insondek 1 haftadan söng — U sizni sevgani uchun shunday qilimi menga?! - dedim ichimda vulqon qaynar ekan özimni zörğa bosib. Qanday qilib bitta inson bunchalik razil bölishi mumkin?! Shoxjahon tasdiq ma'nosida boshini qimirlatti. U bilan bir haftadan buyon gaplaymayotgandim, nihoyat bugun söz ochdim. Rosti unga juda rahmim keldi. Olti yil kutgandi, endigina farzandli bölaman deganda esa...u öldi. Tuğilmay. Bu voqea esa Shoxjahonga juda yomon tasr qildi, ishiga deyarli bormay qöydi, har kuni uydan chiqib ketib bökkunicha ichib tunni yarmida qaytib keladi. Yuzlari kökargan ahvolda! Avval nega bunday bölayotganini tushunmadim, keyin bilsam u böksga chiqqan ekan avval, hozir esa trenirovka qiladigan zalida bokschilar bilan urishib alamini chiqarayotgan ekan. Shoxjahonni yordamchisidan bu gaplarni eshitib ichim achishdi. Ahir uni sevaman, bundayligicha yashab bölmaydi. Yana oramizni yaxshilashimiz kerak... — U bilan ajrashishingizni hohlayman! Garchi sizni shunchalik sevar ekan, ajrashuv unga oliy jazo - dedim biroz sukutdan söng. — Dildora bilan ösha kuniyoq ajrashganman! - devorga suyanib öylanib ötirgan Shoxjahon nigohini menga qaratti. Hayrat bilan tikilib qoldim. Közlarini tagi qorayib ketibdi, qovoqlari uyqusizlikdan ishgan, oq köylagi ğijim, qon doğlari bor va deyarli tugmasi taqilmagan. Shoxjahonga tikilib turib farzandining ölimi unga mendanda kuchli tasr qilganini bildim. — Balki hayotimizni yangidan boshlarmiz...hech qanday yolgonlarsiz, yangittan - dedim noiloj. Ahir bunday yashab davom etib bölmaydi. Men bilan ajrashing deya aytgandim boshida Shoxjahonga, u qat'iyan "Tushingda ham emas" dedi. Qöyib yubormas ekan bunday yashashdan ma'no bormi? Men bundan keyingi hayotimni hech qanday oğriqlarsiz ötqizishni hohlayman.
Mostrar todo...
❤‍🔥 78 24👍 12🤯 3💋 2
#qiziq Begzod & Shoxjahon Qaysi obraz yuragingizdan joy oldi? Va nima uchun?
Mostrar todo...
👏 39 15💋 14👍 2
— Uni öldiraman! - Dildora Shoxjahonga alam bilan qarab shivirladi. Bu gapi sabab esa eri uni böynidan qattiq böğib oldi. Tobora nafasi qaytayotgan qiz yigitni harchand urinmasidan özidan uzoqlashtirolmadi. Tipirchilab yigitni köksiga urishi esa chumoli chaqqandem ham tasr qilmadi. — Özing tuğolmaganingga yarasha, bolamni öldirding! Bunga javoban ajrashish bilan chegaralanyapman holos. Agar Ranoga yaqinlashgudek bölsang, seni tirik qöymayman! - dedi Shoxjahon közlari yumilishni boshlagan qizni kuzata turib hech bir hissiyotsiz. Qizni ahvoli yomonlashgach tomoğidan qölini oldi, shu zahoti nafassiz qolgan qiz yerga ötirib qoldiyu chuqur chuqur nafas ola boshladi. Yana yiğlab yubordi. Ular birga olti yil yashagan bölsa hech qachon Shoxjahon unga bunday muomilada bölmagandi. Nafrat közlari bilan boqmagandi. Birgina jahl ustida qilgan xatoyi sabab u Shoxjahonni bu ahvolga solganidan mana endi pushaymon böla boshladi. — Imzo chek! Qiz erini imzo chemaguncha tinchimasligini bilsada qaysarlik qilaverdi. Sabri tölgan yigit Dildorani barmoqlarini kuch bilan ushladiyu majburan imzo chetirdi. — Qaytib yölimdan chiqma, farzandimni qotili sifatida közimga jirkanchdek körinyapsan! Qizning ohirgi eshitgan gapi shu böldi. Közlarini yumib alam bilan yiğlayverdi.
Mostrar todo...
118😢 45❤‍🔥 23👍 15👏 5💔 5
Odamlar oylab kutadigan ajrim qoğozi Shoxjahonning "kuchi" bilan yarim saotda tayyor böldi. Olti yildan buyon bu ajrim qoğozga imzo qöyolmagan yigit hozir hech ikkilanishsiz imzo qöydi. Bu yölda na onasi va na otasi töxtatolmadi, hatto tahdidlari ham. Shoxjahonni ajrashmasligi uchun qilingan pöpsalar, kompaniyangni olib qöyaman degan tahdidlarni hech biri uni ajrashishdan töxtatolmadi. Ğazab ustida hech biri köziga körinmadi. — Ösha siz ochib bergan kompaniyani bugunoq nomingizga ötkazaman. Ösha vaqtda ochgan zavodimni ham! Hohlasangiz birinchi sotib olgan uyimni ham. Endi menga yedirib ichirganingizni minnat qilmang, chunki menga ketqazgan pulingiz meni birgina, kichik uyimni narxida ham emas! Uydan shahdam qadamlar bilan chiqib ketgan Shoxjahon endi Dildorani uyiga yöl oldi. Chiroyli qilib dazmollangan oq köylagining yoqasidagi ikkita tugmani ochib tashlab chuqur nafas oldi. Biroz tinchlanib olmasa Dildorani öldirib qöyishi hech gap emas! Uyga yetib kelgan yigitni körgan qöriqchilar uyning honimidan "uni kiritmang" deya olgan buyruği sabab eshik oldida saf tortib turib olishdi. — Qoch yöldan! - past ammo juda vahimali ovozda gapirdi Shoxjahon. Uni vajohatidan qörqib turgan qöriqchilarni bir ikkitasi, höjayinining qölidan nimalar kelishini bilgan holda chetga ötti. Ammo yaqindagina ishga kelgan bir qörqichi honimining buyruği sabab chetga ötmadi. — Janob mumkin ema... — Hoziroq qochmasang qabringni özinga qazitaman! Yigitning ğazabdan qizargan közlariga qarab noiloj ortiqcha sözsiz chetga ötishi bilan, höjayini katta qadamlar bilan uy ichiga kirib ketti. Shoxjahonni kirib kelganini körgan Dildora örnidan uchib turdi, u biladi, yigit nimalarga qodirligini, uni bosiq fe'li jahli chiqqanda ishlamasligini biladi. Qilib qöygan ishini oqibati nima bölishini öylamagani uchun mana endi afsus bilan ötiribdi. U köproq bir insonga ziyon berganidan emas, Shoxjahonning ğazabidan qörqyapti. Dildora endigina özini oqlamoqchi edi hatto oğiz ochishga ulgurmay yuziga qattiq tarsaki kelin tushdi. Oppoq va körgan odamning havasini keltiradigan yuzda yigitning zarbasi tasirida bir zumda qizarish izlari paydo böldi. Erkak kishining kuchi tasirida yuzini ushlab yerga ötirib qoldi. Yoshlangan közi bilan boshini kötarib tepasida öziga öldirgudek tikilib turgan yigitga qörquv bilan qaradi. — Nega...urasiz?! - dedi qiz nima deyishni bilmay yiğlamsirab. — Hoziroq imzo chek! - qizning yuziga ikki varroq qoğoz uchib tushdi. Hayron qoğozni ochib körgan qiz yiğlab yuborgancha inkor ma'nosida boshini silkdi. Bundan esa yigitni battar ğazabi qözib qizni kiyimi yoqasidan ushlab siltab turğazdi. Qattiq kuch tasirida nafis köylakning yelkasi yirtilib ketti. Shoxjahon Dildorani yoqasidan ushlab devorga zarb bilan tiradi. Ham böynida, ham yelkalarida oğriq his qilib Dildora qörquvdan kuchliroq yiğlab yubordi. — Imzo chekasan! — Bunday qilolmaysiz?! - qiz yiğlashdan töxtab bir zumda közlari ayyorona porladi — Ota onam sizga qancha yaxshilik qilgan. Kompaniya.... — Men barini ortiği bilan qaytardim. Sen bilan bugunoq hoziroq ajrashaman! Ortiq körishga közim yöq seni. Ahir, u gödak ediku?! Hali dunyoga ham kelmagan...shunchalikka bordingmi? — HA! HA! Men Guliranoga hasad qildim. Siz menga berishingiz kerak bölgan mehir e'tiborni mendan tortib oldi.... Gapirayotgan qiz qattiqroq devorga tiralishi bilan oğriqdan ingrab yubordi. — Sen menga hiyonat qilmaganingda sendan ketmas edim... — MEN MAST EDIM! JIN URSIN! MAST EDIM. ÖZIMDA EMASDIM - qiz alam bilan qichqirib yubordi. Shoxjahon uni baqirishiga hotirjam jilmaydi. — Men ham mast edim! Hozir ham mastman, ösha qizni ishqida! Tushunyapsanmi?!
Mostrar todo...
69❤‍🔥 38👍 18👏 6
Kasalxonaning eshigi tagiga tim qora mers katta tezlikda chiyillab töxtadi. Bu yerga mashina qöyib bölmasligini ham qiziği yöqdek, taqiqlangan joyga qöydi. Mashinadan göyoki uchib tushgan Shoxjahon yugurgancha kasalxonaga kirib ketti. Unga kechroq aytishdi daxshatli habar haqida. Chunki u "muhim hujjat ustida ishlayotgandi" hamkorlari bilan. Kasalxonaga kirishi bilan hamshiraga duch keldi. — Hamidova Gulirano?! U qayerda?! — Yölak ohiridan öngga.... Shoxjahon katta umid bilan ösha yerga ketti, operatsiya bölayotgan xonani eshigi tagida uyoqdan buyoqqa yurar ekan ichida vulqon qaynagandek his qilardi özini. Göyo vaqt töxtab qolgandek, tomoğiga ilon chirmashib olgan va nafas olishga qöymayotgandek... Oppoq shifoxona devorlari, shifo izlab kelayotgan bemorlar, uyoqdan buyoqqa yurgan hamshiralar, Shoxjahonga tikilayotgan közlar va shifoxonaning antiqa hidi. Hozir hech biriga e'tibor bermayotgan yigitning ichini bir savol qiynardi. " nega ötirib tursin demadim?!" Nega?! Öt tushsin ishga! " Biroz boshini changallab öylanib ötirgach yashin urgandek kastyumi chöntagidan telefonini oldi. Sönggi rusumdagi telefonni ochib eng yaqin ishchisiga telefon qildi. Birinchi chaqiruvdayoq telefonni kötargan yigit göshak ortidan kelgan asabiy ovoz sabab sergaklandi. — Alo Mahmud, hoziroq kompaniyadagi kamera yozuvlarini och. Har bitta burchakni, kerak bölsa har bir teshikni qara, hech qayer qolib ketmasin. Gulirano qanday yiqilganini menga yerning tagidan bölsa ham aniqlab ber! — Siz bemorga kim bölasiz? - shifokor chiqishi bilan unga peshvoz chiqqan, yaxshi kiyingan, qoshlari chimirilib turgan yigitga qarab, bemorining hayoti uchun har narsaga tayyorligini tushunib deyarli javobini oldi. — U meni ayolim! Yaxshimi u? Ahvoli qanday? - dedi hövliqib. — Ayolingizni ahvolini yaxshi deyolmayman, siz birink tanlashingiz kerak.... Onani tanlaysizmi yoki bolangizni? Ammo - shifokor öylanib qoldi — Bolagingizni tanlaganingizda ham u yashab ketadi deb ishonch bilan aytolmayman, chunki u endigina yetti oylik bölayotgan ekan, bu vaqtda chaqaloq yashab ketolmaydi. Shoxjahonni ichida nimadir uzilgandek böldi. Bir zum köz oldi qoronğulashdi. Közida bir zumda qalqigan yosh qarshisidagi shifokorni tiniq körishiga tösqinlik qila boshladi. Balki bu tovon tölashdir? Olti yil kutgan farzandi Shoxjahonning qilgan gunohi uchun tovondir?! — Ayolimni saqlab qoling, nima qilib bölsa ham! Hohlasangiz chet eldan shifokor olib kelaman, hohlasangiz dori. Hohlasangiz pul! Faqat...ayolim soğ bölsa bas! Qat'iy yangragan sözlardan shifokor afsus bilan operatsiya xonasiga qaytib kirib ketti. U hozir, hali dunyo yuzini körish uyoqda tursin, yaxshi rivojlanmagan bolani öldirishiga töğri keladi. Örindiqqa qayta ötirib qolgan Shoxjahon közidagi yoshlarini artti. U Ranoni baxtli qilaman dedi...lekin uddalay olyaptimi? Oğir judolik! Juda. Hali farzandini körmagan bölsada unga özgacha mehir qöygandi. Rano bilan gaplashmayotgan bölsada u tunda qiz uhlashi bilan yuz közidan öpar, ishib chiqqan qorniga barmoğini qöyib göyoki farzandini his qilardi. Lekin endi farzandi yôq...har tun qöllarini qöyib yotadigan qorin ichidagi mittivoy yöq... Telefonining ovozidan istamaygina göshakni kötardi. — Janob honimni itarib yuborishgan... — KIM?! - Shoxjahonni miyyasi göyo yona boshladi. Bu alanga yaxshilik istamaydi — Dildora honim...
Mostrar todo...
🥰 54❤‍🔥 30😢 20👍 11🤯 6 3👏 1💔 1
00:12
Video unavailable
#𝗝𝗔𝗥_𝗬𝗢𝗤𝗔𝗦𝗜𝗗𝗔 Yigit qiz bilan mototsikl haydashda bellashadi. G'alaba qozongan inson xohlagan shartini berish imkoniyatiga ega edi... Qiz yigitni poygada yutgach, "Meni sevib qol! Yuragingdan men uchun joy ajrat! Toki u faqat menga tegishli bo'lsin. Agar yuragingga yana birorta qizni yaqinlashtirgudek bo'lsang, seni ham, o'sha qizni ham yo'q qilaman!"- deb shart aytadi. ©𝙼𝚊𝚛𝚒𝚢𝚊 Hikoyani davomini mana shu kanalda o'qishingiz mumkin ❤️‍🔥 https://t.me/+7-JbvexS8dM5NmFi
Mostrar todo...
9.11 MB
🥰 5
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.