cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yosh kitobxon roʻyxati - 2024

Ushbu kanalda "Yosh kitobxon" roʻyxatidagi va boshqa asarlarning elektron (PDF, APK formatda) va audio shakllari joylab boriladi Kanal asoschisi: Yosh kitobxon sovrindori @Orientalist007 (Murojaat va takliflar uchun ham shu yerga yozing)

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
904
Suscriptores
+124 horas
+127 días
-2630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Qora qogʻoz harchand yuvgan bilan oq boʻlmaydi. Oq qogʻozni qora qilish uchun bir chiziq tortish kifoya. Qorani oqlash emas, Oqni qoralamaslik adolatdir. Oʻtkir Hoshimov, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” @sanduvoch_uz
Mostrar todo...
👍 2
15-may – Xalqaro oila kuni
Amir Temur davrida oilaga bo‘lgan e’tibor Tarixda shunday qonuniyat mavjud: har bir Buyuk Yo‘lboshchini ma’lum davrda tarixning o‘zi tarbiyalayli va u millat, xalq va Vatanga rahnomalik qiladi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/150 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Mostrar todo...
Kitob oʻqiydigan kishi vafotiga qadar minglab hayotda yashaydi. Hech narsa oʻqimaydigan kishi esa faqat bitta hayotda yashaydi. Jorj R.R. Martin @sanduvoch_uz
Mostrar todo...
👍 11🔥 2🤔 1
Hayot – velosiped minishga oʻxshaydi, muvozanatni saqlash uchun doim harakatda boʻlishing darkor. Albert Eynshteyn @sanduvoch_uz
Mostrar todo...
🔥 6 2💯 2👍 1
Mostrar todo...
Xatboshi

Diqqat! Bu kanalni kuzatib, dunyoqarashingiz o'zgarish xavfi bor. @JavohirJabborov Murojaat: @xatboshibot instagram.com/xatboshi youtube.com/@xatboshi

👍 1
⚡️⚡️⚡️ 🌔 КЕЧКИ ТАФАККУР 🌔 Индира Ганди иқтибослари 🔱 Бобом менга бир куни икки турдаги одамлар бор, деди: ишлайдиганлар ва баҳона излайдиганлар. У мендан биринчи турдаги одамлар қаторида бўлишни сўради: у ерда рақобат анчагина кам. 🔱 Ҳеч ким сизга имкониятларни тақдим этмайди. Уларни юлиб олиш ва уларни устида ишлаш керак, бунга тиришқоқлик ва жасорат талаб қилинади. ⚜️ Яқинда сиз кўтарилган чўққингиз энг қуйи чўққилардан бири эканлигини тушуниб етасиз. Бу тоғ қатор тоғларнинг бир қисми эканлигини, бундан бошқа кўплаб тоғлар борлигини ҳам... Сиз қанчалик юқори кўтарилсангиз, ўта кучли чарчоққа қарамай янада юқорироққа кўтарилишни шунчалик кўп хоҳлайсиз. 🔱 Бизнинг бугунги ҳаракатларимиз эртанги кунимизни шакллантиради. ⚜️ Биз нима қилмоқчи бўлганимиз эмас, нимага эришганимиз муҳим. ⚜️ Ҳаёт саёҳати қудрат ёки бойлик излашдан эмас, ички қадриятни излашдан иборат. ➡️@sharq_xabar
Mostrar todo...
👍 3🔥 2 1
Bu loʻttivozga namuncha qulluq qilasanlar! – Xrushchevni soʻkkan Gʻafur Gʻulom Gʻafur aka sezdiki, bir gap boʻlgan. Bu aniq. U ortiga qaytib, shundoqqina mehmonxona eshigi oldidagi “Roʻznomalar” doʻkoniga bordi. Gazetalar endi kelgan shekilli, sotuvchi ularni taxlardi. Gazetalarning birinchi sahifasida yirik harflar bilan terilgan “Informatsion bildirish” degan sarlavhaga koʻzi tushdi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/teahause/676 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Mostrar todo...
👍 2🔥 1👏 1
#Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri G'afur G'ulom tavalludiga 121 yil toʻldi. G‘afur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. G‘afur G‘ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentda, dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan. 1923-yildan G‘. G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. Adabning ilk she'rlari "Maorif va oʻqituvchi" oynomasida bosilgach, birin-ketin she'riy toʻplamlari nashr etilgan: "Dinamo", "Xitoy suratlari", "Biz sizlar bilan tirikmiz", "Jonli qo‘shiqlar", "Sizga", "Sovg‘a", "Tong qo‘shig‘i". Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: "Sen yetim emassan" (1942), "Qayg‘u" (1942), "Biri biriga shogird, biri biriga ustod" (1950), "Sizlarga - yoshlar" (1947), "Bahor taronalari" (1948) kabilar shunga misoldir. "Netay" (1930), "Yodgor" (1936), "Shum bola" (1936-1962) qissalari va "Shariat nayranglari" (1930), "Mening o‘g‘rigina bolam" (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan. G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur. 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan. Eslatib oʻtamiz, adibning "Shum bola" asari BBC tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi bolalar kitoblari 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan.
Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g’animatdir, umrzoq soqiy. Quyoshki falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏 🤝 Do‘stlarga ham ulashing. Zero, ilm ulashmoq ham ehsondir! 📚@zakadabiyot - Adabiyot ummoni
Mostrar todo...
🎉 1