cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

•‌Gᴏ‘ᴢᴀʟ Mɪsʀᴀʟᴀʀ•

•ᴏᴅᴅɪʏ ᴠᴀ ᴋᴀᴍᴛᴀʀ ʏɪɢɪᴛɴɪ sʜᴇ'ʀɪʏ ᴋᴀɴᴀʟɪ•

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
194
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Yorim bo‘lsang... Yorim bo‘lsang bir yo‘la, Kel, meni jonim so‘ra, Doimiylikka ko‘ra, Senga muhabbat to‘la. Iymoni ko‘p jononsan, Mendan-da bilimdonsan, Qalbim qa'riga kirib, Yuragimga sultonsan. Senga yetish farmonim, Sensan dardga darmonim, Abadiy ushalmaydi - Yetolmasam armonim. Sendan o‘zga kerakmas, Kerak desa yurakmas, Necha marta adashib, Seni sevdim, bo‘ldi, bas. Seningdayin dononi, Yigitlari ko‘p bo‘lar, Hayotdagi orzu-yu, Umidlari ko‘p bo‘lar. Ko‘piga ham ko‘namiz, Xo‘piga ham ko‘namiz, Allohim bergan baxtni, Birga baham ko‘ramiz. Halolda halovat bor, Unchalik so‘zlamayman, Lekin, so‘zimga ishon: O‘zgani ko‘zlamayman. Murodali, el seni - Solih deya atiydi, Yuragingdagi sevgi, Jannatlarga tatiydi. Yorim bilan bir bo‘lib, Jannatlarga kirgim bor, O‘zimcha kamtarona Iymonim-u sevgim bor.
Mostrar todo...
Kibring sabab... Hayotda insonga egmaysan - bo‘yin, Bunaqa ahvolda yashamoq qiyin, G‘iybat-ku demanglar, men qayg‘uraman, Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Balki, buzilgansan, boylikka uchib, Balki, buzilgansan, oylikka uchib, Tavbalar aytasan - yiqilib tushib, Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Bilsang, yordam qo‘lin uzataman, men, Aybimni shu zahot tuzataman, men, Seni juda-juda kuzataman, men, Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Yoningda kularlar, ortingdan g‘iybat, Shuning uchun doim boshingda g‘urbat, Shaytonga ishlashni to‘xtatgin, to‘xtat, Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Boyvachchalar hamki bir kuni o‘lar, Fursati bir kuni nihoya bo‘lar, Kamtarning yuragi iymonga to‘lar, Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Iblis xiylasiga egilding, nechun? Kibr-u havolarga berilding, nechun? Loydan yaratilib, kerilding, nechun? Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Hamisha musulmon do‘st musulmonga, Kibring gohi-gohi tegadi jonga, Manmanlar hech qachon yoqmas Rahmonga, Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Kerilish kerakmi, bo‘lsa qomading? Jannatga yo‘llasin sabr-u toqating, O‘zgargin-o‘zgargin, qochar omading, Seni kibring sabab qadring bir tiyin. Banda Murodali, hayrona o‘zing, Manmanlardan yonib, vayrona o‘zing, Arzimas dunyoda sarsona - o‘zing, Seni kibring sabab qadring bir tiyin.
Mostrar todo...
Javobini murodali_26 ga jo‘nating!
Mostrar todo...
Savol: • Rossiya, Ruminiyada birinchi o‘rinda turadi. Argentina, Fransiyada ikkinchi o‘rin va Germaniyada uchinchi o‘rinda turadi. Ayting-chi "bu" Portugaliyada nechanchi turadi?
Mostrar todo...
Savol: • Rossiya, Ruminiyada birinchi o‘rinda turadi. Argentina, Fransiyada ikkinchi o‘rin va Germaniyada uchinchi o‘rinda turadi. Ayting-chi "bu" Portugaliyada nechanchi turadi? @murodali_26 ga eng birinchi to‘g‘ri javob yo‘llagan ishtirokchiga 30.000 ming so‘m paynet! Shoshiling😍
Mostrar todo...
©️Murodali 🎤Bobuw Rep "Jigarimsan do‘st"
Mostrar todo...
JIGARIMSAN DO'ST.mp37.12 MB
Sen qiz qalbim... Mehr-u tabassum ila, Yuragimni quvnatding, Chala bilar ekanman, Sevishni ham o‘rgatding, Iftixorlar baxsh etib, G‘urur bilan sayratding, Bunchalik o‘ylamovdim, Qalbimni zo‘r yayratding! Menga nasiba bo‘lgay, Kirib olish qalbingga, Inshaalloh, to abad - Yetadurman qadringga, Yaqinlaring sog‘ bo‘lsin, Kamolingga, baxtingga, Xasta bo‘lgan dilimni, Shodliklardan yig‘latding. Xayolimdan ketmaysiz, Uxlasam tushimdasan, Bismilloh deb uyg‘onsam, Vo ajab, hushimdasan, Go‘zal bo‘lgan kunlar-u, Oromli kechamdasan, Vaslingni kecha-kunduz, Men g‘aribga o‘ylatding. Havolarga uchaman, Ko‘zlaringni o‘ynatsang, Judayam sevinaman, Jamolingni ko‘rsatsang, Meni battar sevdirib, Makr-u xiyla ishlatsang, Voh-voh, qalbim qa'rida, O‘zgacha xis yaratding. Sinchiklab kuzataman, Qaro ko‘zim ostidan, Yolg‘onni axtarmagin, Gaplarimni rostidan, Ishqing mastidan o‘tdim, Ayanchli hol mastidan, Har bir o‘tib-qaytganda, Atr-u ifor taratding, Olamlarda tinchlik bo‘lsin, Gullab-yashnasin jahon, Menda armonda bo‘larmi? Sen bo‘lsang sog‘-u omon, Allohimga ming shukur, U Qodirdir, U Rahmon, Duolarda o‘zingni - Joynamozda so‘ratding. Hammasi zo‘r bo‘ladi, Qarab tugin, sen hali, Farishtalar keladi, Bizni baxtga eltgali, Senga chin yuragidan, Oshiqdir - Murodali, Bilsang, sevaman deya, Ilk bora sen so‘zlatding.
Mostrar todo...
Bir malak... Mehrin sochib bir malak, Quyoshdek balx uradi, Yuragimga o‘t solib, Qiqir-qiqir kuladi. Iymoni-ku beta'rif, Namoz o‘qir besh mahal, "Dunyoni eng zo'ri" deb, Qo‘ysa arziydi - haykal. Seva-seva aqlingdan, Ozsang ozgudek, axir, Bisotini to‘xtamay, Yozsang yozgudek, axir. Yashil zumrad bir yona, Zumrad ko‘zi bir yona, Shu qiz, agar, sham bo‘lsa, Parvonaman, parvona. Nozlanishlari go‘zal, O‘zgacha har bir nozi, Ko‘zlarimni o‘nggi-yu, Tushlarimda pardozi. Bir baxtiyor bandaman, Shu sanamga uchragan, Fikrimcha, go‘zalligi - Onasiga o‘xshagan. Unga yetmog‘im tilak, Allohim nasib etsa, Olamdan ne ketadi? Bir buyuk baxtga yetsa. Halolligi namoyon, Zo‘r bo‘lar - halovati, Meni ko‘nglimga yoqdi, Bilim-u zakovati. Murodali, mast bo‘ldik - Sevgi sharobin ichib, Uningdek solihadan, Kechib bo‘lami, kechib?
Mostrar todo...
🔥She'riy kanal🔥 https://t.me/iymonli_qalblar_926
Mostrar todo...
Malak... Jamolini ko‘rganda, "Duk-duk" uradi yurak, Chiroyiga mast bo‘lib, Meningdek yigit xalak, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak! Arzimni tingla, falak, Yorimdan beray - darak, Bu dunyoda shu qizni, Tenggi bo‘lmasa kerak, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak! Nozlanishlari bo‘lak, Qildim orzu-yu tilak, Vasliga yetish uchun, Bo‘laman-a jonsarak, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak! Farishtadan farqi yo‘q, Yashil zumrad ko‘zlari, Sevishimni eshitgan, O‘z og‘zimdan o‘zlari, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak! Necha vaqtlar o‘tibdi, Uningdayin dono yo‘q, Olamlarni axtaring, Go‘zallikda yakto yo‘q, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak! Shu chehra-yu shu qomad, Yuz aylanar tushimda, Aql-u xayol yo‘qotdim, Hush qolmadi hushimda, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak! Inshaalloh, vasliga, Yetisharman - asliga, Shodlik bilan chiqyabmiz, Ko‘rkam bahor fasliga, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak! Boraman ishqi sari, G‘olib bo‘laman, hali, Endi sira qaytish yo‘q, Olg‘a bos - Murodali, Gul malak, gulru malak Yuragimda shu malak!
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.