cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ismailov's Life 🌓

Motto: Sirli masalliqning o'zi yo'q) Murojaat uchun: @ismailofuz_bot O'z YI TATUFF kengashi Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori Member of @mentalaba_uz Hobby: @fotograf_bola IT: @ismailofpl myurls.co/ismailofuz

Mostrar más
Tayikistán4 569El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
116
Suscriptores
Sin datos24 horas
+37 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Bugun nonushtaga telegramli choy va youtubeli shirinlik yedim. Tushlikka noutbukli ovqat, desertaga facebookli to'rt yedim. Kechasi menimcha SMS li energetik ichsam kerak.
P.s. Hammamiz ijtimoiy tarmoqlarga shunchalik berilib ketganmizki. Hayotimizning bir qismiga aylanib ulgirgan. O'tirsak, tursak, ovqatlansak, ko'chada ketayotsak doimo telefonimiz bilanmiz. Ijtimoiy tarmoqqa kirib hechdan xabar kelmagan bo'lsa shunchaki swipe, scroll qilishdan uyog'iga o'tmaymiz. Nima uchun kirganini ham bilmay, esidan chiqarib qo'yadi ba'zida. Bundan bosqichma bosqich kamroq foydalanish yo'llarini topish kerak. Masalan kunlik yoki haftalik limit qo'yish kerak. Hamma ilovalarga alohida shunday qilsa bo'ladi. Buni yozayotganim sababi men buni o'zimda sinab ko'rmoqchiman. Masalan kunda o'rtacha kuniga telefondan 6 soat, haftada esa 42 soat foydalanayabman. Buni kunlik 5 yarim soatga haftalik esa 38,5 soatga tushiraman(ilojini boricha). Shu tarzda 20 minut 30 minutdan tushirib borsak kunlik asosiy ishimizga yanada ko'proq vaqt ajratib o'z ustimizda ishlashga vaqt bo'ladi. Bu vaqtlarni o'rnini "srazu" to'ldirish uchun bu vaqtni kitob o'qish, sohada yanada rivojlanish, sport bilan shug'illanish, ota-ona bilan ko'proq gaplashish, sayohat qilish mumkin bo'ladi Albatta bu yaxshi natija beradi degan umiddama, hammaga omad 🔥 @ismailofuz
Mostrar todo...
💯 2👍 1 1 1🔥 1🎉 1🕊 1
Bundan 2 yil avval intizom hozirgidan ancha yaxshi bo'lgan ekan))
Mostrar todo...
💯 2
Bugun Mustaqillik maydoni yonida joylashgan "Yoshlar ilod saroyi" ga bordim. Oldin bormagan edim. 1-qavati kitob do'kon va 2-qavati kovorking zona ekan. Qizig'i ish vaqti 24/7 ekan. Tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan ekan. Sal shovqinligini hisobga olmasa dars qilish, kitob o'qish uchun ajoyib muhit. Manzil: Mustaqillik maydoni metro bekatidan chiqishda. @ismailofuz
Mostrar todo...
👍 5
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Barchamiz Javlon Jovliyevning Qo’rqma asarini o’qigan yoki u haqida eshitgan bo’lsak kerak. Juda bo’lmasa Mutolaa loyihasida tayyorlangan filmni ko’rgan bo’lsangiz kerak. Xorijda o’qigan 70 nafar o’zbek talabalari haqida haqiqat. Bizning 16 yoshli singlimiz Dilafruz Juraboeva MLSA-Microsoft Learn Student Ambassadorga topshirgan. Qo’rqma asarida 70 nafar o’zbek yigit-qizlarini oddiy xalq qo’llagani, cho’ntagidagi oxirigi pulini bergani yoritilgan. Hozir biz ham singlimizni xuddi shunday qo’llab quvvatlashimiz kerak. Bu yo’lda bizdan pul talab qillinmaydi. Shunchaki quyidagi link bo’yicha kirib Copilot AI bo’yicha modulini shunchaki o’qib tugatish, muhimi berilgan vaqt bo’yicha o’qish kerak. https://learn.microsoft.com/en-us/training/modules/fundamentals-generative-ai/?wt.mc_id=studentamb_352289 Kichik dasturchi qizning katta kelajagi uchun qo’llab-quvvatlaylik. Deadline: 15.07.2024 | 23:59 💬@Texnovoy
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Izlash... Odatda ko'p kitob mutolaa qila olmayman. Sabrim yetmay qoladi yoki ozgina o'qib uyqim kelib qoladi. Lekin bu safar unchalik ham bo'lmadi. Izlash kitobini bundan 20 kuncha avval boshlagan edim @birfoizbilim kanalida e'lon qilingan chellenj orqali. Boshida har kun 10 daqiqadan o'qishni boshladim. Jami 174 sahifalik kitob. Orada ishlarim bilan bo'lib cho'zilib ketdi. Bugun nihoyasiga yetdim. Hech kitobni ko'z yoshlari bilan o'qimagan edim. Mehmetning boshidan o'tkazganlari, yomonliklari, gunoh ishlari va hammasidan keyin unga Alloh tomonidan ne'mat qilib berilgan Fotima ustozining Mehmetning hidoyat yo'lidagi ishlari tahsinga loyiq. Har qanday gunohlarimiz ko'p bo'lmasin, Allohning marhamati keng, u kechirguvchi zotdir. Boshimizga kelgan har qanday shon shuhrat-u, qiyinchiliklarning hammasi biz uchun yaxshilikdir. Alloh bandasini qiynamaydi. Unga kerakli bo'lgan ne'matlarni unga kerak bo'lgan payt inom etadi. Ushbu kitobni o'qishni qattiq tavsiya qilib qolgan bo'lar edim. Qanday kitoblarni o'qishni tavsiya qilasiz? Izohlarda yozib qoldiring. @ismailofuz
Mostrar todo...
Hamma narsaning nihoyasi bo'ladi: hayotingizdagi qaysidir bosqich - dardni ham, baxtni ham, yolg'izlik-u sevgi ichida osmonlarda uchib yashashni ham. Hamma narsa chegaralangan: baxtning darajasi-yu miqdori ham, dardning og'irligi-yu yengilligi ham va hattoki umr yo'lining masofasi ham.. Hamma narsaning o'z belgilangan vaqti bor: qanchadir vaqt emaklab yurish-u, tili chiqmay nonni "nanna" deb yurishning ham, esini tanimay, yomon va yaxshini ajratolmay qarovsiz qolsa, mashina yo'liga chiqib ketish-u, issiq choynakni ushlab olishni ham. Hayotingizda sodir bo'lib turadigan hamma narsaning o'z yakuni, o'z nihoyasi bor. 1-sinfga chiqib o'qishni o'rganib olishdan tortib, o'sha dargohni bitirguncha ham qanchadir vaqt bor. Tug'ilib o'lishgacha bo'lgan masofani bosib o'tish uchun ham qanchadir muddat kerak. Nihoya - belgilangan muddatdan so'ng keladigan afsus, nadomat oni. Yakun - ma'lum bir bosqichning tugashi. Shuni tan olishimiz kerakki, qaysidir kun nihoyamiz bo'ladi. Biz o'sha kunni shunchaki yakun deb o'ylashimiz mumkin, lekin o'sha kun nihoya bo'lib qolsachi? Biz doim nimadirga intilib yashaymiz. Har doim qandaydir maqsadga, ozruga intilib, borimizcha harakat qilib yashaymiz. O'sha nuqtaga yetganimizda bu yakun bo'ladi. O'sha maqsadga erishdikmi, tamom uning qadri o'sha onning o'zida pasayadi. Yana intilish uchun o'zingizga yangi "ovunchoq" topib olasiz, yana unga qarab harakat qilishda davom etasiz. Xuddi, hali tuzuk yurishni bilmaydigan bolakay qiynalib o'yinchoq oldiga emaklab borib, o'yinchoqni qo'lga kiritgandan keyin 2-3 daqiqa o'ynab zerikkanidan so'ng, qo'lidagi o'yinchoqni yoniga otib yuborib, ko'ziga ko'ringan boshqa yangi narsaga intilishi kabi.. Ha inson hayoti shundan iborat. Bir qancha bosqich yakunidan so'ng, albatta o'sha nihoya.. Demak, biz uchun muhimi yakunlarga yetish yoki nimadirlar orqasidan quvib yashash emas. Biz shunchaki, jarayondan lazzatlanishimiz lozim. Biz erishmoqchi bo'lgan maqsadimizga erishganda emas, balki o'sha maqsadga erishish uchun bosib o'tilgan yo'ldan zavqlanishimiz kerak. Natijalar eskiradi, bizga lahza muhim. Biz lahzalarni o'zimiz bilan ushlab qolsakkina, nihoyamiz afsuslanishlarsiz o'tadi. Biz o'sha narsaga yetish yo'lida qilgan harakatlarimizdan, ko'rgan qiyinchiliklarimizdan zavqni tuya olishimiz lozim. Natijaga erishgan paytingizdagi xursandchiligingizni bir kun unutishingiz mumkin, lekin jarayondagi lazzatni, tuygan zavqingizni butun umringiz davomida eslab qolasiz. Har eslaganingizda yana o'shanday zavqni xohlayverasiz. Va nihoyangiz ham yakunlaringizdan ko'ra ajoyib bo'ladi. Lazzatni tuying, his qiling. Jarayonni shunchaki, qalbsiz inson bo'lib ruhdek bosib o'tmang. Lahzani ushlab qoling.. Sizga ko'rinib turgan natijalardan ko'ra, xotiringizda qolgan "birnimalar" qadrliroq bo'lsin. Zero, natijalar bilan emas, xotiralar bilan ko'zingizni yumasiz. butun umrga.. xotiralar bilan.. Umringizni munosib yashang. 24.05.2023 Muallif: K. S. @asadbek
Mostrar todo...
👍 2🕊 1💯 1
IMG_7275.MOV16.03 MB
IMG_7271.MOV12.48 MB
👍 2🥰 2 1💯 1
👍 4
Toshkentda yomg'ir quydi bugun. kerak edi bizga shu yomg'ir )
Mostrar todo...
Repost from Azimjon's Fikrlog
Tilimiz Kimligimizni Ko'rastadi Britaniyada juda ko'p yomg'ir yog'adi. Natijada ingliz tilida "yomg'ir yog'ayapti" deb 107 xil usulda aytishingiz mumkin. Til rijovlanishiga ko'p yillar kerak, xo'sh tilimiz qayoqqa qarab ketyapti? So'zlarimizni og'irligi bor - ularni kimdirni tasvirlashda ishlatsak ularni maqtayotgan yoki kamsitayotgandek tuyuladi, yetmaganiga bu so'zlar ruscha. Masalan, kimdir navbatni buzib o'tib, ishini tezda hal qilsa uni - shustri (epchil - ijobiy) deymiz. Yoki kimdir kamroq pul sarflasa uni jmot (qurumsoq - salbiy) deymiz. Tejamkor degan so'zimiz bo'lsada, uni hech qachon eshitmaysiz - eslab ko'ring qachon kim uchun ishlatdingiz. Bolalikdan bizni tasvirlashda ishlatalidigan so'zlar bizni hayot davomida kim bo'lishimizni belgilaydi. Oddiy shunaqa so'zlarimiz tufayli ko'p katta xarajatlari bilan maqtanadigan maqtanchoqlar, mansabidan foydalanayotgan o'g'ri-shustrilar chiqadi. Moliyaviy savodxonlik dam oladi. Ko'proq tillar o'rganing, tilimizga boshqacha qaraysiz.
Mostrar todo...
💯 4
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.